Iqtidorli talabalar(Magistratura)

Iqtidorli talabalar(Magistratura)

Magistratura iqtidorli talabalari xalqaro hamkorlik va akademik mobillik doirasida xorijiy davlatlarning yetakchi tibbiyot muassasalarida o’z bilim va mahoratlarini takomillashtirmoqdalar

Jumladan, 5А510401- Stomatologiya yo’nalishi 2-bosqich iqtidorli magistratura talabasi Azizbek Inoyatov akademik mobillik doirasida Turkiyaning Istanbul shahridagi “Estetik international” klinikasiga hozirda malaka oshirish jarayonida.  

Malaka oshirish davomida magistrura talabalarining yuqori texnologik operatsiya jarayonlarida bevosita ishtiroki ta’minlanmoqda.

Shuningdek, 5A510131-Gematologiya va transfuziologiya yo’nalishi 2-bosqich talabasi Ixtiyor Hamdamov “Japan International Cooperation Agency” (JICA) dasturi grant loyihasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Yaponiyaning Tokio shahridagi “Tokyo medical and Dental university” nufuzli universitida ta’lim olish imtiyozini qo’lga kiritdi.

Magistratura talabalarining akademik mobillik dasturi doirasida malaka oshirishlari tizimli ravishda davom etmoqda.