BuxDTI ilmiy faoliyatining asosiy yo’nalishlari

BuxDTI ilmiy faoliyatining asosiy yo’nalishlari

Ilmiy tadqiqot faoliyati

Institut ilmiy mavzusi: Buxoro mintaqasi issiq iqlimli sharoitida organizmning patologiya oldi va patologik holatlari erta tashxisi, davosi va profilaktikasiga yangicha yondashish.

Ilmiy mavzu asosida institutda bajarilayotgan ilmiy – tadqiqot faoliyatining ustuvor yo’nalishlari:

  1. Sog’lom ona va sog’lom bola salomatligini muhofaza qilishning tibbiy, ijtimoiy muammolari;
  2. Yuqumli kasalliklar qo’zg’atuvchilarini aniqlash, davolash va profilaktikasi asoslari, yuqumli kasalliklar bilan kasallanishni pasaytirishga yangicha yondoshish yo’llarini ishlab chiqish;
  3. Ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar – sil, OIV/OITS, ruxiy, narkologik, onkologik va jinsiy yo’llar orqali yuquvchi kasalliklarning erta tashhisot usullari va davosini ishlab chiqish;
  4. Ichki kasalliklar zamonaviy tashhisi,davosi va profilaktikasiga yangicha yondoshish usullarini ishlab chiqish;
  5. Xirurgik kasalliklar zamonaviy tashxisi, noinvaziv davolash usullari, reabilitatsiyasi va samarali profilaktikasi usullarini yaratish va mavjudlarini takomillashtirish;
  6. Ekologiyaga va ovqatlanishga bog’liq kasalliklar profilaktikasining tibbiy-ijtimoiy muammolari.