Xalqaro hamkorlik bo’limi
27.09.2021 2023-11-16 16:03Xalqaro hamkorlik bo’limi
Bo'lim xodimlari
Bo'lim faoliyati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirish, xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganish va o‘quv jarayoniga tadbiq etish borasida muayyan ishlarni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qabul qilingan hujjatlar ijrosini ta’minlaydi.
Bo'lim vazifalari
Vazirlikning 2005 yil 13 apreldagi «Oliy ta’lim muassasalaridan xorijiy safarlarga borish to‘g‘risida»gi 81-sonli buyrug‘iga binoan chet el safarlariga yuborilayotgan universitetning vakillari hujjatlarini ko‘rib chiqish va muvofiqlashtirish.
Universitetda amalga oshirilayotgan loyihalarning monitoringini olib borish va har chorakda , Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga hisobot kiritish.
Universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari uchun loyihalar tahlili asosida seminar, davra suhbatlarini tashkil qilish.
Universitetning xorijiy hamkorlar bilan tuzadigan bitim, shartnoma va protokollarini ko‘rib chiqish, tahlil qilish va tavsiyalar berish. Zarurat bo‘lganda hujjatlarni tegishli tashkilotlar bilan kelishish.
O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan elchixona va xalqaro ta’lim tashkilotlari va jamg‘armalari bilan hamkorlikda ta’lim sohasining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha seminar, o‘quv qurollari va ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining so‘rovlariga asosan xorijiy fuqarolarni o‘qitishdan chet el valyutasi tushumlari bo‘yicha oylik, choraklik, yarim yillik va yillik hisobotlarni tayyorlash;
Xorijiy hamkorlar tomonidan stajirovka o‘tash, malaka oshirish, o‘quv kurslarida qatnashish, magistratura va doktoranturada tahsil olish uchun e’lon qilinadigan grantlar tanloviga universitet professor-o‘qituvchilari, talaba, magistrant va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarini tavsiya etish.
E’lon qilinayotgan xalqaro grantlar haqida axborot jamlab tarqatish va universitet kafedralariga loyihalar tuzishga ko‘maklashish, hamda loyiha ijrosiga bevosita ishtirok etish.
Xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan tadbirlar, konferensiyalar, forumlar haqida ma’lumotlarni to‘plash va fakultetga yetkazish. Universitetda o‘tkaziladigan anjumanlar haqida axborot tarqatish, universitet veb saytini yangilab borishga yordam ko‘rsatish.
So'ngi yangiliklar
- BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORI SHUHRAT TESHAYEVNING BAYRAM TABRIGI
- Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti “Davolash ishi” yònalishi talabalari uchun ajoyib imkoniyat:
- Buxoro davlat tibbiyot institutida Konstitutsiya bayrami keng miqiyosda tashkil etildi
- Buxoro davlat tibbiyot instituti – dunyoning nufuzli “GreenMetrics UI” xalqaro reytingida
- Buxoro davlat tibbiyot instituti