Xalqaro tibbiyot fakulteti

Xalqaro tibbiyot fakulteti

Hasanova Dilnoza Axrorovna

Professor

Fakultet dekani

Fakultet xodimlari

Xuseynova Gulshan Xuseynovna
Asadova Yulduz Ismatovna

Ikki diplomli qo’shma ta’lim dasturlari

BITTA DIPLOM – YAXSHI, IKKITA ESA – A’LO!

Ikki tomonlama diplom dasturlari – bu nafaqat xalqaro tajribani olish, balki bir bakalavriat yoki klinik ordinatura dasturi bo’yicha o’qish davrida ikkita diplom egasi bo’lish uchun ajoyib imkoniyatdir.

So’nggi yillarda bizning alma materimiz dunyoning yetakchi tibbiyot universitetlari bilan hamkorlik qilish bilan bir qatorda hamkorlik aloqalarini rivojlantirmoqda, hozirgi kunda ularning soni 136 ga yetdi. Ularning ko’pchiligi bilan ikki tomonlama diplom dasturlarini rivojlantirish bo’yicha bitimlar imzolangan bo’lib, unda hamkor universitetlar ta’lim olish istagani bildirgan talabalarni bir-birlariga o’qishga uzatadilar.

Ikki tomonlama diplom dasturlarining asosiy xususiyatlari va afzalliklari:

  • muayyan hamkor universitet bilan hamkorlikda amalga oshiriladi;
  • ta’lim dasturlari va o’quv rejalari sinxronlashtiriladi va taqqoslanadi;
  • ikki tomonlama diplom dasturida ishtirok etgan universitetlarda talabalarning doimiyligi ta’minlanadi;
  • o’qitish tili – rus tili, ingliz tili, turk tili;
  • ta’lim jarayoni tugagandan so’ng talabalarga har ikki hamkor universitetlar mutaxassislik darajasi beriladi;
  • ta’lim davrlari va imtihon natijalari hamkor universitetlarda avtomatik ravishda tan olinadi va hamkor oliy o’quv yurtlarida mavjud bo’lgan kelishuvlar, umumiy tamoyillar va sifat kafolati standartlari asosida hisoblanadi.

Chet elda o’qish va ikkita diplom olish bilan bir qatorda, dastur ishtirokchilari turli xil ijobiy tajribalarga ega bo’ladilar:

  • yangi zamonaviy tajribalar asosida o’qiydilar, o’zbek va xorijiy tajriba doirasida amaliy ko’nikmalarga ega bo’ladilar;
  • ta’lim sifatini baholashning turli tizimlarida ishtirok etadilar;
  • Buxoro davlat tibbiyot instituti va xorijiy Oliy o’quv yurtlarining tajribali professorlari ma’ruzalarida qatnashadilar;
  • o’zlarini chet tilida tanishtirishni o’rganadilar va ishonch bilan yangi muhitga moslashadilar;
  • madaniyatlararo muhitda o’qiydilar;
  • doimiy til amaliyotini oladilar;
  • talabalarning mobillik dasturlarida ishtirok etadilar.