Psixolog
09.01.2023 2023-10-13 10:59Psixolog
Psixolog faoliyati
Ta’lim xizmatlari sohasiga mansub bo’lib,kadrlar tayyorlash sifati va samaradorligini oshirish,barkamol shaxsni tarbiyalash hamda to’laqonli psixologik taraqqiyotini ta’minlashni maqsad qilib qo’yadi.
Psixologik faoliyatning tadqiqot va ta’sir o’tkazish obyekti: talabalar, o’qituvchilar va ota-onalar hisoblanadi. Ijtimoiy psixologik xizmat faoliyatining vazifalari quyidagilardan iborat: Respondentda stress ,depressiya holatlari,kommunikativ qiyinchiliklar,oilaviy va shaxsiy psixologik muammolar hamda ijtimoiy psixologik muammolarni bartaraf etishda psixodiagnostika,psixokorreksiya va psixoprofilaktika ishlarini olib boradi.
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar
AGAR SIZDA:
- stress
- uzoq muddatli depressiya
- surunkali tushkun kayfiyat
- muomalada qiyinchiliklar
- shaxsiy psixologik muammolar
- ta’lim borasidagi muammolar
- ijtimoiy psixologik muammollar
- atrofingizdagilarning xatti-harakatidagi g‘ayrioddiy ko‘rinishlar
o‘zingizga tushunarsiz bo‘lgan psixofiziologik muammolar mavjud bo‘lsa, institut psixologiga murojaat etishingizni so‘raymiz
Barcha psixologik xizmat turlari ijtimoiy talabga ko‘ra jamoaviy va individual tarzda amalga oshiriladi
Yuqoridagi ruhiy, ijtimoiy, ta’limiy, shaxsiy va boshqa muammolar va ishonch qutisiga tushgan savollar psixolog tomonidan qat’iy sir saqlanishi kafolatlanadi.
Institutda olib boriladigan psixologik faoliyatning yo‘nalishlari quyidagilar
- Psixoprofilaktik ishlar
- Psixologik maorif va ma’rifat
- Psixodiagnostik ishlar
- Psixik rivojlantirish va psixokoreksiya
- Psixologik konsultatsiya (maslahat)
Psixologiya fani biz uchun eng zarur sohalardan biri, psixologiyani o‘rganish-hayotni, insonni o‘rganish degani.