Xalq tabobati markazi

Xalq tabobati markazi

Rahmatova Sanobar Nizamovna

Bo'lim boshlig'i

Bo'lim xodimlari

Qodirova Shahlo Salomovna
dotsent
Qayumov Holmurod Naimovich
Dotsent
Tuksanova Zebiniso Izatulloyevna
Assistent
Jumayev Bahodir zayniddinovich
assistent
Jabbarova Muyassar Boboqulovna
assistent
Radjabova Gulchehra Baxadirovna
assistent
Salomova Nilufar Qahhorovna
assistent
Hikmatova Madina Furqatovna
assistent
Boltayeva Mayram Mirali qizi
assistent
Radjabova Dilorom Djalilovna
assistent

Bo'lim tarixi

Oxirgi yillarda Respublikamizda Xalq tabobatiga nisbatan e’tibor oshib bormoqda. Buni yaqqol namunasi sifatida Respublikamiz Prezidentining 2018 yil 12 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3968 va 2020 yil 10 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida Xalq tabobatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ -4668 sonli qarorlari bo’lib, ularda Milliy xalq tabobatimizni rivojlantirish sohasidagi vazifalar belgilab berildi. Belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti Xalq tabobati va kasb kasalliklari kafedrasi qoshida “Integrativ va Xalq tabobati klinikazi” ochildi. Bu klinikada Xalq tabobati va kasbkasalliklari kafedrasi tarkibida bo‘lib, bunda davolash va profilaktika ishlarini kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilishi rejalashtirilgan.
2020 yil 21-Oktyabrda Integrativ va Xalq tabobati Klinikasini ochilish marosimini Buxoro Viloyat Hokimi o’rinbosari Mirali Hamroev, institut rektori Shuxrat Teshaev, professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

Asosiy vazifasi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti “Xalq tabobati va kasb kasalliklari” kafedrasi qoshida “Integrativ va xalq tabobati klinikasi” tashkil etildi.

Aholi salomatligini yaxshilashga qaratilgan tibbiy-sanitar yordam ko‘rsatish, turli xil, ayniqsa surunkali kasalliklar profilaktikasida va ularni davolashda xalq tabobatining kasalliklarni profilaktika qilish, tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha samarali usullarini zamonaviy tibbiyot amaliyotiga integratsiyalash ushbu klinikaning ustuvor vazifasi hisoblanadi.

Ilmiy - tadqiqot ishlari

Klinikada xalq tabobati bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda, xususan, fibroz bilan murakkablashgan o’pka kasalliklarini davolashda anor urug’i moyidan foydalanish, erta bosqichda saratonni oldini olish va davolash, errozif gastrit, kolit, enteritda anor urug’i moyidan foydalanish samaradorligi.
II turdagi diabetni davolashning ijobiy natijalari olindi

Klinikamizdagi hirudoterapiya yuzdan ortiq bemorga yordam bergan keng qamrovli davolanishning bir qismidir. Ushbu protseduraning samaradorligi asrlar davomida sinovdan o’tgan, metodologiyaning asosiy afzalligi shundaki, u nafaqat har qanday kasallikni davolaydi, balki butun organizmga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Bugungi kunda jigar kasalliklarini davolashda sikanjubin (sirka – asal) dan foydalanish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Bugungi kunda jigar kasalliklarini davolashda sikanjubin (sirka – asal) dan foydalanish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
– Integrativ terapiya tizimi yuqori samaradorlik va samaradorlik bilan ajralib turadi. Muayyan hududga ta’sir qilmasdan butun tanani tiklash uchun ishlatiladi.
Sog’liqni saqlash xavfsizligi;
Tanaga samarali ta’sir;
Manipulyatsiyadan olingan tezkor natija;
Hayot uchun xavfli kasalliklar rivojlanishining oldini olish.
Buxoro davlat tibbiyot instituti integrativ va xalq tabobati klinikasi mazkur yo’nalishda faol rivojlanmoqda. Biz organizmni tashqi ta’sirlarsiz tiklashning samarali va xavfsiz usuli sifatida innovatsion texnologiyani joriy qildik.

KOICA Koreya kompaniyaning global vrachi Song Yeng Il tomonidan o‘tkazgan master klass