Iqtidorli talabalar(Bakalavriat)

Iqtidorli talabalar(Bakalavriat)

Buxoro Davlat Tibbiyot Institutida joriy yilning 8-9 oktabr kunlari “Public Health Model United 2021” konferensiyasi bo’lib o’tdi!

Buxoro Davlat Tibbiyot Institutida joriy yilning 8-9 oktabr kunlari  “Public Health Model United 2021” konferensiyasi bo’lib o’tdi! Tashkil qilingan ushbu konferensiyaning ishtirokchilari ikki kun davomida Butunjahon Sog‘liqni Saqlash tashkilotining ishini modellashtirdilar va Sog‘liqni saqlash sohasidagi keng qamrovli muammolarga yechim topishga harakat qildilar. Konferensiya o’zbek, rus va ingliz tillarida olib borildi va va unda O‘zbekistonning turli shaharlaridan, 100ga yaqin talabalar ishtirok etishdi.

     Konferensiya mavzulari:

1 Komitet. Tibbiyot sohasida innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish

2 Komitet. Birlamchi tez tibbiy yordamning zaif tizimlari.

3 Komitet. Ko’krak bezi saratoniga qarshi kurashdagi muammolar va yangi tashabbuslar.

4 Komitet. Arterial gipertenziyaga qarshi kurashdagi muammolar va yangi tashabbuslar.

5 Komitet. COVID-19 pandemiyasidan keyin reabilitatsiya tadbirlarini ishlab chiqish.

       Konferensiyani o’tkazishdan ko’zlangan asosiy  maqsad:

  • Yosh avlod e‘tiborini Sog‘liqni Saqlash sohasining dolzarb, umuminsoniy muammolariga qaratish;
  • Talabalarning Sog‘liqni Saqlash muammolari, Tibbiyotni rivojlantirish kabi muhim sohalarda o‘z g‘oya va takliflarini aytish uchun imkoniyat yaratib berish;
  • O‘zbekistonning turli shaharlaridan bo‘lgan talabalarga nazariy ko‘nikmalar almashinuvi uchun kommunikatsion muhit yaratib berish va ularning dunyoqarashini kengaytirish;
  • Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkiloti namunasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining ish faoliyati bilan yaqindan tanishish va tashkilotga a‘zo mamlakatlarning o‘zaro hamkorlikdagi ustuvor prinsiplarni o‘rganish;

   Public Health MUNning ustuvor vazifasi yoshlarni ruhlantirish, ularni birlashtirish va tashabbuskor bo‘lishda ularga ko‘maklashishdir.

     Ushbu konferensiyaga O’zbekistonning 15 ga yaqin oliygohlaridan delegatlar tashrif buyurishdi.

Xususan:

1) Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

2) Toshkent Pediatriya Instituti

3) Toshkent Davlat Iqtisod Universiteti

4) O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti

5)Farg’ona Jamoat Salomatligini Saqlash Instituti

6)AKFA Universiteti

7) Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti

8)Andijon Davlat Tibbiyot Instituti

9) Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filliali

10) Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filliali

11) Buxoro Davlat Universiteti

12)Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti

13)Moskva Davlat Xalqaro Munosabatlar Instituti Toshkent filliali

14) Toshkent Davlat Yuridik Universiteti

15)Qurolli kuchlar Harbiy Tibbiyot Akademiyasi

16) Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti.