Fuqaro va mehnat muxofazasi bo’limi

Fuqaro va mehnat muxofazasi bo’limi

Hasanova Nozima Qosimovna

Bo'lim boshlig'i

Bo'lim xodimlari

111

1111

Bo'lim tarixi

Fuqaro va mehnat muhofazasi bo’limi ishlar boshqarmasi boshlig’iga qarashli. Buxoro davlat tibbiyot  institutida mehnatni muhofaza qilish Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼlikni saqlash vazirligi tasarrufidagi muassasalarida mehnatni muhofaza qilish va bilimlarni tekshirish toʼgʼrisidagi nizom hamda Oʼzbekiston Respublikasining ”Mehnatni muhofaza qilish” toʼgʼrisidagi qonun asosida tashkil qilingan.

 Mehnat muhofazasi bo’limi 2013 yil 10 iyul Аskarov Toxir Аskarovich rahbarligida yo’lga qo’yildi va Sharipov O.S, Baxronova Z.S. yordami bilan tashkil etildi.

2020 yil 12 fevral kuni Fuqaro va mehnat muhofazasi, yongʼin xavfsizligi boʼlimlari birlashdi. 2020 yil 12 fevral kuni Inoyatov Аmrillo Shodiyevich raxbarligida Buxoro davlat tibbiyot institutida fuqaro va mehnat muhofazasi bo’limi buyruq asosida Hasanova Nozima Qosimovna bo’lim boshlig’i deb tayinlandi. Hasanova Nozima Qosimovna Buxoro shahrida tug’ilgan. Mutaxasisligi menejment. 1999 yil Buxoro muxandislik texnologiya institutiga o’qishga kirib 2003 yil tugatdi. Buxoro davlat tibbiyot institutida Polsha bilan hamkorlikda magistraturada o’qishga kirgan. Hozirgi paytda fuqaro va mehnat muhofazasi bulim boshlig’i lavozimida ishlab kelmoqda.

Institutda ishga kirgan xodimlar ishlarni xavfsiz olib borish boʼyicha yoʼriqlardan va bilimlar tekshiruvidan oʼtganlaridan soʼng mustaqil ishga qoʼyiladilar. Ishchilarning yoʼrigʼi kirish yoʼrigʼidan mehnatni muhofaza qilish va ish joyidagi yoʼriqqa boʼlinadi va ish joyidagi yoʼriq oʼz navbatida birlamchi davriy va navbatdan tashqari yoʼriqga boʼlingan. Bevosita ish joyidagi yoʼriq ishlarni xavfsiz yuritish qoidalari va yoʼriqnomalari asosida boʼlim boshliqlari tomonidan ishlab chiqilgan va bosh muhandis tomonidan tasdiqlangan dasturlar buyicha oʼtkaziladi. Dastlabki yoʼrik va stajirovkadan soʼng, mustaqil ishga qoʼyilishidan oldin yoki bir ishdan boshqasiga oʼtkazilganda ishchi-xodimlar ishlarni xavfsiz yuritish buyicha qoidalar va yoʼriqnomalarni bilishlari tekshiriladi. Institutda mehnatni muhofaza qilish talablari har tomonlama bajarilishi ustidan nazorat oʼrnatilgan. Institutda mehnatni muhofaza qilish xonasi tashkil qilingan va ushbu xona qoʼllanmalar oʼqitish vositalari bilan jihozlangan. Bundan tashqari mehnatni muhofaza qilish boʼyicha viloyatdagi davriy nashrlarda maqola va takliflar kiritilib borilishi yoʼlga qoʼyiladi. Institutda tibbiy uskunalar va asboblardan foydalanish chogʼida roʼy berishi mumkin boʼlgan falokatlar va baxtsiz hodisalarning oldinini olish tadbirlari joriy etilgan. Kafedra va boʼlimlarda, shuningdek talabalar turar-joyida mehnat qilish sharoitlarining holati, jihozlar, mexanizmlar, moslamalar va uskunalar isitish va yoritish tizimlari avtomatik nazorat hamda yerga ulangan himoya qiluvchi simlarning borligi va sozligi har haftada tekshiriladi.

Hasanova Nozima Fuqaro va mehnat muhofazasi bo’lim boshlig’i 2020 yil hozirga qadar

Usmonov Qahramon Bosh muhandis     2018 yhozirga qadar

Oʼzbekiston Respublkasi Sogʼlikni saqlash  vazirining 2016-2017 yil xodimlarni tibbiy koʼrikdan oʼtkazish tartibi toʼgʼrisidagi Nizom Tasdiqlash haqidagi 200-sonli buyrugʼi va Oʼzbekiston Respublikasi ”Mehnat kodeksi”ning 214–moddasiga asosan institutda ishlaydigan barcha professor-oʼqituvchilar hamda ishchi xodimlar tibbiy koʼrikdan oʼtkazildi. Tibbiy koʼrik institutning yetuk professor-oʼqituvchilardan tuzilgan mutaxasssis tomonidan oʼtkazilishi taʼminlandi. Institutda mehnatni muhofaza qilish uch bosqichli nazorat oʼtkazish asosida tashkil etilgan. Har yili institutda 28-aprel kuni “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni tantanali ravishda  oʼtkaziladi. Va ushbu anjuman viloyat va shahar tashkilotlaridagi rahbar xodimlar va mutaxasislar taklif etiladi. Bundan tashqari mehnatni muhofaza qilish boʼyicha viloyatdagi davriy nashrlarda maqola va takliflar kiritilib borilishi yoʼlga qoʼyiladi.

Oʼzbekiston Respublikasi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Mehnatni muhofaza qilish” boʼlimi ishlari  toʼgʼrisida

Buxoro davlat tibbiyot institutida mehnatni muhofaza qilish Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼlikni saqlash vazirligi tasarrufidagi muassasalarida mehnatni muhofaza qilish va bilimlarni tekshirish toʼgʼrisidagi nizom hamda Oʼzbekiston Respublikasining ”Mehnatni muhofaza qilish” toʼgʼrisidagi qonun asosida tashkil qilingan. Institutda ishga kirgan xodimlar ishlarni xavfsiz olib borish boʼyicha yoʼriqlardan va bilimlar tekshiruvidan oʼtganlaridan soʼng mustaqil ishga qoʼyiladilar. Ishchilarning yoʼrigʼi kirish yoʼrigʼidan mehnatni muhofaza qilish va ish joyidagi yoʼriqqa boʼlinadi va ish joyidagi yoʼriq oʼz navbatida birlamchi davriy va navbatdan tashqari yoʼriqga boʼlingan. Bevosita ish joyidagi yoʼriq ishlarni xavfsiz yuritish qoidalari va yoʼriqnomalari asosida boʼlim boshliqlari tomonidan ishlab chiqilgan va bosh muhandis tomonidan tasdiqlangan dasturlar buyicha oʼtkaziladi. Dastlabki yoʼrik va stajirovkadan soʼng, mustaqil ishga qoʼyilishidan oldin yoki bir ishdan boshqasiga oʼtkazilganda ishchi-xodimlar ishlarni xavfsiz yuritish buyicha qoidalar va yoʼriqnomalarni bilishlari tekshiriladi.Institutda mehnatni muhofaza qilish talablari har tomonlama bajarilishi ustidan nazorat oʼrnatilgan.

Xodimlar bepul maxsus kiyim va poyabzal shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlanib borilmoqda. Ishchilarga berilgan shaxsiy himoya vositalari ularning saqlanishi, ishlatilishi nazoratga olingan. Institutda mehnatni muhofaza qilish xonasi tashkil qilingan va ushbu xona qoʼllanmalar oʼqitish vositalari bilan jihozlangan. Institutda tibbiy uskunalar va asboblardan foydalanish chogʼida roʼy berishi mumkin boʼlgan falokatlar va baxtsiz hodisalarning oldinini olish tadbirlari joriy etilgan. Kafedra va boʼlimlarda, shuningdek talabalar turar-joyida mehnat qilish sharoitlarining holati, jihozlar, mexanizmlar, moslamalar va uskunalar isitish va yoritish tizimlari avtamatik nazorat hamda yerga ulangan himoya qiluvchi simlarning borligi va sozligi har haftada tekshiriladi.Oʼzbekiston Respublkasi Sogʼlikni saqlash vazirining 2016-2017 yil xodimlarni tibbiy koʼrikdan oʼtkazish tartibi toʼgʼrisidagi Nizom Tasdiqlash haqidagi 200-sonli buyrugʼi va Oʼzbekiston Respublikasi ”Mehnat kodeksi”ning 214 –moddasiga asosan institutda ishlaydigan barcha professor-oʼqituvchilar hamda ishchi xodimlar tibbiy koʼrikdan oʼtkazildi. Tibbiy koʼrik institutning yetuk professor-oʼqituvchilardan tuzilgan mutaxasssis tomonidan oʼtkazilishi taʼminlandi. Institutda mehnatni muhofaza qilish uch bosqichli nazorat oʼtkazish asosida tashkil etilgan. Har yili institutda 28-aprel kuni “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni tantanali ravishda oʼtkaziladi. Va ushbu anjuman viloyat va shahar tashkilotlaridagi rahbar xodimlar va mutaxasislar taklif etiladi. Bundan tashqari mehnatni muhofaza qilish boʼyicha viloyatdagi davriy nashrlarda maqola va takliflar kiritilib borilishi yoʼlga qoʼyiladi.

Bo'limning vazifalari

  •  ish joylarida baxtsiz hodisalar va shikastlanishlarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, xodimlarning mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya qilish bo‘yicha masʼuliyat va javobgarligini oshirish;
  • favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, ishchilar va talabalarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga o‘rgatish;
  • avtomatik ogohlantirish tizimlari yordamida xabarlarni tashkil etish va boshqaruv organlari, obyekt kuchlari va vositalarining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorligini taʼminlash; belgilangan tartibda birlashmalar, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv guruhlarini yaratish; xabarnomani taqdim etish va nazorat qilish, uning rivojlanish ko‘lami va taraqqiyoti, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlari, ko‘rilgan choralar va favqulodda vaziyatni bartaraf etish bo‘yicha zarur yordam to‘g‘risida maʼlumot to‘plash.

Bo'limning faoliyati

  • mehnatni muhofazasi va xavfsizligi.
  • favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi.
  • yong‘in va texnik xavfsizlik.

                                                                          Bo‘lim xodimlari:

Bizning xodimlarimiz o‘z malakalarini oshirish, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va oldini olish, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha hamkasblari bilan tajriba almashish, favqulodda vaziyatlar vazirligi orqali o‘z malakalarini oshirish, mehnatni muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish borasida doimiy ish olib bormoqdalar.

Bo‘lim xodimlari favqulodda vaziyatlarni hal qilishda katta tajribaga ega bo‘lgan ichki ishlar idoralarining sobiq xodimlaridan tarkib topgan.

Biz tadbirlarga Favqulodda vaziyatlar vazirligi, ichki ishlar idoralari va shahar hamda respublika miqyosidagi tibbiyot muassasalarining tajribali mutaxassislarini jalb qilamiz, bunda o‘quvchilar favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini oshirishi imkonini beruvchi amaliy tadbirlar o‘tkazamiz.

"Xalqaro tabiiy ofatlar tahlikasini kamaytirish kuni"ga bag'ishlangan tadbir

13 oktyabr ~ “Xalqaro tabiiy ofatlar tahlikasini kamaytirish kuni” munosabati bilan Buxoro Davlat Tibbiyot Institutida o’quv amaliy sеminar tashkil etildi. Tadbirda viloyat Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Sog’liqni saqlash boshqarmalari, Qizil Yarim oy Jamiyati Buxoro viloyati Kеngashi, Oliy ta’lim muassasalari kuzatuvchilari hamda Tibbiyot Instituti profеssor o’qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

13 oktyabr ~ "Xalqaro halokatlar xavfini kamaytirish kuni"

1989 yilda BMT Bosh Assamblеyasining 44-sеssiyasida qabul qilingan rеzolyusiyaga binoan 1990-1999 yillar “Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish o’n yilligi” dеb e’lon qilingan, shu davr mobaynida har yili oktyabr oyining ikkinchi chorshanbasi “Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni” dеb e’lon qilingan.

Bu borada kеng miqyosdagi chora-tadbirlarni davom ettirish maqsadida BMT Bosh assamblеyasining 2017 yil 17 yanvardagi rеzolyusiyasiga asosan har yilning 13 oktyabr sanasi muntazam ravishda “Xalqaro halokatlar xavfini kamaytirish kuni” dеb e’lon qilindi.

BMT ga a’zo davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan ushbu kunni munosib darajada nishonlash, turli halokatlarning oldini olish va ularning xavfini kamaytirish bo’yicha dasturiy rеjalar ishlab chiqilgan bo’lib, O’zbеkiston Rеspublikasi hududida ham bu sana kеng nishonlanib kеlinmoqda.

Sana munosabati bilan Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan ham viloyatdagi korxona, tashkilot va muassasalarda bir qator amaliy tadbirlar, o’quv amaliy sеminarlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, bugun 13 oktyabr kuni Buxoro Davlat Tibbiyot Institutida “Xalqaro tabiiy ofatlar tahlikasini kamaytirish kuni” ga bag’ishlangan o’quv amaliy sеminar o’tkazildi.

Sеminar tadbiri davomida Institut rеktori Sh.J. Tеshaеv, Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot faoliyati xavfsizligi o’quv markazi boshlig’i podpolkovnik B.Baratov ishtirokchilarga sana tarixi, tabiiy ofatlar xavfi va ulardan himoyalanish va to’g’ri harakat qilish bo’yicha nazariy tushunchalar bеrib, talabalarning tabiiy ofatlar to’g’risidagi bilim va ko’nikmalari oshirildi.

Sеminarning amaliy qismida Buxoro viloyati uchun xaraktеrli bo’lgan zilzila tabiiy ofati yuzaga kеlganda Institut binosidagi o’qituvchi va talabalarni evakuasiya qilish, bino ichida qolib kеtgan jabrlanganlarni qutqarish va ularga birinchi tibbiy va psixologik yordam ko’rsatish tadbirlari amalga oshirildi.

Shuningdеk, tadbir davomida Institut talabalari orasida “Tabiiy ofatlar mеning nigohimda” mavzusida rasmlar tanlovi e’lon qilinib, ko’ngilli iqtidorli rassomlar tomonidan tabiiy ofatlar rasmlarda aks ettirildi. Tanlov yakunlari bo’yicha hay’at a’zolari ishtirokchilarning rasmlarini haqqoniy baholab, g’olib va ishtirokchilarga Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Tibbiyot Instituti rahbariyatining faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi.

Ishchi xodimlarni usti- bosh kiyim-kechak bilan ta’minlash

ARM xodimlariga yong’in xavfsizligi MCHS va mehnat muxofazasi bo’yicha davra suhbati o’tkazildi. Texnika xavsizligiga rioya etish, mehnat muhofazasi, yong’in xavsizligi bo’yicha yo’riqnomalar bilan tanishtirib jurnallarning yuritilishi o’rganildi. Yong’in xavsizligi, texnika xavsizlik talab va qonun qoidalariga rioya qilib borayotganliklari nazorat qilindi.

Buxoro davlat tibbiyot instituti bino qorovullariga Yong’in xavsizligi, Favqulodda vaziyatlar va Texnika xavsizligi böyicha qayta tushuntirish ishlari olib borildi.
01.04.2022

Favqulodda vaziyatlarni Yong’in xavsizligini oldini olish texnogen va tabiy ofatlarni bartaraf etish böyicha davra suxbati olib borilib körsatmalar berildi.
04.04.2022

Institutimizning Tibbiy kimyo kafedrasi xodimlari bilan birga davra suhbati tashkillashtirildi yöriqnoma asosida Yong’in xavsizligi Texnika, MCHS böyicha tushuntirish ishlari olib borildi.
05.04.2022

Ijtimoiy fanlar kafedrasida tekshirish o’tkazildi, tekshirish jarayonida mehnat muhofazasi böyicha jurnal yuritilishi va xar kunlik tushuntirish ishlari (instruktaj) ish joyida ötkazilishi aytib ötildi.
06.04.2022

Yong’in xavsizligi texnika, MCHS xavsizligi böyicha tushuntirish ishlari yöriqnoma asosida olib borildi.
31.03.2022