Umumiy ma’lumot

Umumiy ma’lumot

Buxoro davlat tibbiyot instituti 1990-yil oktabr oyida tashkil etilgan. Xalq deputatlari Buxoro viloyat kengashi Prezidiumi qaroriga binoan 1991- yil mart oyida “Abu Ali ibn Sino” nomi berilgan. 1991-yilda davolash fakulteti, 1992–yildan stomatologiya fakulteti, 1999-yildan boshlab oliy malakali hamshiralar bo‘limi, 2001- yildan esa tibbiy pedagogika, 2016 yildan pediatriya ishi yo‘nalishi tashkil etilgan. 2018 yildan boshlab 2 ta yangi yo‘nalish tibbiy profilaktika va tibbiy biologiya ishi yo‘nalishi tashkil etilgan.

Hozirgi kunga kelib institutda 8 ta fakultet, 41 ta kafedra faoliyat yuritib, unda 8 ta yo‘nalishda bakalavriat, 23 ta mutaxassislik bo‘yicha magistratura va 40 dan ortiq mutaxassislik bo‘yicha klinik ordinaturada va 20 ta hamkorlik dasturlari asosida qo‘shma ta’lim dasturlarida jami 4700 dan ortiq talaba va rezidentlar tahsil olishmoqda. Institutda jami 400 nafar professor-o‘qituvchi, shundan 20 nafar fan doktori, 10 nafar professor, 107 nafar fan nomzodi va dotsentlar, 100 nafar katta o‘qituvchi va assistentlar faoliyat olib borishmoqda. Hozirgi vaqtda institutda o‘zbek, rus, ingliz va turk tillarida mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Institutda quyidagi 8 ta yo‘nalish bo‘yicha yangi tahrirdagi “Ta‘lim to‘g‘risidagi” qonun oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlanmoqda, bular:

  60910200 – Davolash ishi – 6 yil, hozirda 1450 nafar talaba tahsil olmoqda;
  5111000 – Tibbiy pedagogika ishi – 6 yil, hozirda 482 nafar talaba tahsil olmoqda;
  60910300 – Pedriatriya ishi – 6 yil, hozirda 398 nafar talaba tahsil olmoqda;
  60910100 – Stomatologiya ishi – 5 yil, hozirda 706 nafar talaba tahsil olmoqda;
  60910400 – Tibbiy profilaktika ishi – 5 yil, hozirda 181 nafar talaba tahsil olmoqda;
  60910600 – Tibbiy biologiya ishi – 4 yil, hozirda 192 nafar talaba tahsil olmoqda;
  510700 – Oliy hamshiralik ishi – 3 yil, hozirda 152 nafar talaba tahsil olmoqda;
  60911100 – Xalq tabobati ishi – 4 yil, hozirda 30 nafar talaba tahsil olmoqda.