Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi
27.09.2021 2025-03-03 10:46Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi

Farmonov Sunnatullo Shokir o'g'li
Markaz boshlig'i
Bo'lim xodimlari
Markaz tarixi

Hamroyev R.R (2004-2006 yy)

Umurov.F.H (2007-2019 yy)

T.S.Jalolov (2019-2020)

Zairov M.I (2020-2024 yy)

Farmonov S.SH (2024- h.v.)
Markazni 2004-yilda 2006- yilgacha Hamroyev Rustam Rasulovich boshqargan. 2007-2019 yilgacha Umurov Fahriddin Hotamovich boshqargan. 2019-yildan boshlab 2020 gacha markazni Jalolov Tursunbek Sadriddinovich boshqargan. 2020-2024 yilgacha markazni Zairov Maqsud Islomovich boshqarib kelgan edi . 2024-yilda esa markaz rahbari Farmonov Sunnatullo Shokirovich bo’ldi.

Markaz xodimlari tarkibi
Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi nizomi
Institutning Axborot texnologiyalari markazi O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora -tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-son farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2018-yilfevraldagi 08/1-580-son topshirig‘i asosida faoliyat olib boradi.
Markaz institutning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, ta’lim muassasasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiradi. Markaz o‘z faoliyatini O‘zbekistan Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekistan Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishilariga, O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining hay’at qarorlari va buyruqlari, institut Ustavi, Kengashi qarorlari, institut rektorining buyruqlariga muvofiq olib boradi. Markaz bevosita AKTni joriy etish bo‘yicha mas’ul prorektorga bo‘ysunadi.
Quyidagilar markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- Oliy ta’lim muassasasida axborot xavfsizligiga paydo bo‘layotgan taxdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida oliy ta’lim muassasasi rahbariyatini xabardor qilish, shuningdek, axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatadi;
- “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘i boshqaruvi faoliyatini tashkil etadi va nazoratini olib boradi;
- Institutdagi mavjud kompyuter texnologiyalari dasturlarining to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish;
- Ta’lim jarayonini interaktiv va innovatsion kontent bilan boyitish uchun yangi raqamli kontentlarni ishlab chiqishi va ularni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish;
- Kiberxavfsizlik bo‘yicha maxsus dasturlarni joriy etish;
- Yangi ta’lim texnologiyalarini tadqiq qilish, sinovdan o’tkazish va o’quv jarayoniga kiritish;
- Institut kompyuter zaxirasini zamonaviy kompyuterlar hisobiga oshirib borish bo’yicha institute rahbariyatga takliflar berish;
- Institutda Internet tarmog‘i, (E-mail) elektron pochta xizmatlarini talab darajasida ishlashini nazorat qilib borish, habar va yangiliklarni o‘z vaqtida qabul qilinishi va tarqatilishini nazorat qilish;
- Institutning elektron o‘qitish bo‘yicha olib boriladigan barcha ishlariga rahbarlik qilish hamda elektron o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha mahalliy va xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalar o‘rnatish;
- Saqlanayotgan hamda aloqa kanallaridan uzatilayotgan ma’lumotlarni ruxsat etilmagan tashriflar, modifikatsiyalar, soxtalashtirishlar va yo‘qotishlardan himoyalash;
- Axborot xavfsizligiga ichki va tashqi tahdidlarni aniqlash;
- Axborot uzatishning zamonaviyligi va haqqoniyliginini ta’minlash;
- Saqlanayotgan hamda aloqa kanallaridan uzatilayotgan ma’lumotlarni ruxsat etilmagan tashriflar, modifikatsiyalar, soxtalashtirishlar va yo‘qotishlardan himoyalash;
- Dasturiy vositalarni ruxsat etilmagan modifikatsiyalashtirish hamda yo‘qotishlardan himoyalash;
- Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar uchun apparat, dasturiy va axborot resurslardan foydalanish imtiyozini berish;
- Ximoyalangan resurs va tarmoq xizmatlari bilan ishlagan foydalanuvchilarnitizim jurnalida ro‘yxatdan o‘tkazish hamda foydalanuvchining xatti-harakatining to‘g‘riligini ushbu jurnalni davriy tahlili asosida nazoratda ushlash;
Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni
amalga oshiradi:
- a) axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, ularning dasturiy ta’minotini soz holatda ishlashini hamda axborot xavfsizligini ta’minlashda:
- Markaz tomonidan yaratilgan yoki nazorat qilinadigan raqamli mahsulotlarda nosozliklar, xató va kamchiliklar yuzaga kelganda, ularni bartaraf etish va takrorlanishining oldini olishga qaratilgan chora tadbirlarni amalga oshirish;
- O‘quv jarayonida kompyuter texnikasi va texnologiyasidan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar kiritish;
- Kompyuter o‘quv xonalariga va kompyuterlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, javobgar shaxslarni belgilash hamda kompyuter o‘quv xonalaridan samarali foydalanishni nazorat qilish;
- Tarkibiy bo‘linmalarda foydalanilayotgan kompyuterlarga Markaz tomonidan yaratilgan yoki nazorat qilinadigan raqamli mahsulotlarni o‘rnatish va yangilab borish;
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalaiish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv -uslubiy va amaliy seminarlar tashkil etish;
- Virtual reallik (VR), kengaytirilgan reallik (AR), va boshqa interaktiv texnologiyalarni ta’lim jarayoniga qo’shish
- Markaz muntazam ravishda o‘qituvchilar va talabalar uchun raqamli ta’lim texnologiyalari bo‘yicha malaka oshirish kurslarini tashkil qilish
- Axborot xavfsizligi va maxfiylikni ta’minlash uchun xavfsizlik auditi o‘tkazish, yangi tahdidlarga qarshi kurashish va foydalanuvchilarni xavfsizlikka oid yangi qoidalar bilan tanishtirish;
- b) institut internet tarmog‘idan samarali foydalanishni tashkil etish, korporativ va lokal tarmoq ishlashini nazorat qilishda:
- O‘quv binolaridagi mavjud tarmoq qurilmalarini (serverlar, svichlar) doimiy ishlab turishini ta’minlash va ularga dasturiy xizmat ko‘rsatish;
- Kompyuterlarni lokal tarmoqda ishlashini nazorat qilish;
- O‘quv binolariga o‘rnatilgan videokuzatuv tizimining doimiy ishlashini nazorat qilib borish;
- Internet tarmoqqa ulanish yuzasidan provayderlar bilan tegishli tartibda shartnomalarni rasmiylashtirish yuzasidan institut rahbariyatiga takliflar kiritish;
- Xodim va talabalarni Internet tarmog‘idan samarali foydalanishini ta’minlash hamda nazorat qilish;
- Internet tarmog‘iga ulanish hamda dasturiy va texnik tarmoqlararo ekran orqali Internet tarmog‘ini doimiy ishlashini nazorat qilish hamda turli xavflarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
- d) rasmiy veb -sayt va elektron pochta xizmatini takomillashtirish va doimiy faol ishlashini, interaktiv xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlashda:
- Tarkibiy bo‘linmalarda faoliyat olib borayotgan xodimlarning institut elektron pochta xizmati bilan ta’minlash va ularni elektron pochtadan to‘g‘ri foydalanishlarini kuzatib borish;
- Markaz tomonidan yaratilgan yoki nazorat qilinadigan raqamli mahsulotlar va rasmiy veb-saytni takomillashtirib borish va axborot xizmati tomonidan institut faoliyatiga oid berilgan ma’lumotlarni o‘z vaqdida joylashtirish;
- Veb-sayt orqali ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlarni doimiy ishlab turishini va yangilanib borilishini ta’minlash;
- e) institut axborot tizimlarini global tarmoqqa integratsiyasini ta’minlash, ta’lim jarayonini avtomatlashtirish, elektron ilmiy – metodik bazani shakllantirish va doimiy yangilab borilishini tashkil etishda:
- O‘quv jarayonini avtomatlashtirish bo‘yicha mavjud dasturlarni rivojlantirish hamda ulardan samarali foydalanishni nazorat qilish;
- Global axborot -huquqiy va ta’lim resurslariga ulanishni hamda ularni muntazam yangilab borilishini tashkil etish;
- Markaz tomonidan yaratilgan yoki nazorat qilinadigan raqamli mahsulotlar va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va joriy etilgan maxsus dasturlarni institutga tegishli ma’lumotlar bilan o‘z vaqtida to‘ldirib borilishini ta’minlash;
- Institutda joriy etilgan elektron xujjatlar almashinuvi tizimidan samarali foydalanishni nazorat qilish;
- Elektron ta’lim resurslar bazasini yaratish va uni to‘ldirib borilishini nazorat qilish hamda reestrini yuritish;
- Yangi avlod adabiyotlarining elektron variantlarini yaratishga dasturiy yordam ko‘rsatish;
- Yaratilayotgan elektron darsliklar bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borilishini nazorat qilish;
Markaz o‘z zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun
quyidagi huquqlarga ega:
- Institutning tarkibiy bo‘linmalaridan bo‘lim faoliyatiga taalluqli materiallar va ma’lumotlarni so‘rab olish;
- Markaz yangi xavfsizlik texnologiyalarini joriy qilish va foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish uchun zaruriy choralar ko‘rish;
- Institut faoliyatini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan, o‘zining iste’dodi va bilimini namoyon qila olgai, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan, turli sohalarda yutuqlarga erishgan, fidoiylik namunasini ko‘rsatgan bo‘lim xodimlarini rag‘batlantirish yuzasidan institut rahbariyatiga takliflar kiritish;
- Zarur hollarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish qoidalariga va axborot xavfsizligiga rioya qilmagan rahbar va mas’ul xodimlarga nisbatan qonun hujjatlarida elgilangan intizomiy jazo choralarini ko‘rish yuzasidan institut rahbariyatiga takliflar kiritish;
- Markaz faoliyatiga doir hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
- Markaz ta’lim jarayonida foydalaniladigan texnologiyalar bo‘yicha malaka oshirish dasturlarini tasdiqlash va ularni tatbiq etish;
- Markaz yangi texnologiyalarni tatbiq qilish va o‘quv jarayonida innovatsiyalarni sinovdan o‘tkazish uchun zaruriy;
- Markaz yangi xavfsizlik texnologiyalarini joriy qilish va foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish uchun zaruriy choralar ko‘rish;
- Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lish mumkin;
Markaz:
- Institut Kengashining qarorlari va rektorining buyruqlarida markazga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlashga;
- Institut rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishga;
- Faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori samaradorlikni ta’minlashga, institut tadbirlarida faol ishtirok etishga;
- O‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga;
- Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari uchun belgilangan tartibda shaxsiy qabullarni tashkil qilishga;
- Mehnat va ijro intizomi hamda xizmat vazifalariga rioya qilishga, yillik ish rejalarning bajarilishini ta’minlashga;
- Institut ichki tartib-qoidalari, odob -axloq qoidalari, Talabalar turar joyi ichki tartib-qoidalariga rioya etishga majbur.
- Markazga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
NavigatsiyaToggle Table of ContentToggle
So'ngi yangiliklar
- Hindistonda O’zbekiston madaniyati kunlari
- Buxoro viloyat Yoshlar akademiyasi OTM liderlari o’rtasida uchrashuv tashkil etildi!!
- Ilmiy Seminar
- Shahrimizning “Ko‘hna va boqiy Buxoro” majmuasida bo’lib o’tgan Navro’z shodiyonalari
- Buxoro viloyati sport boshqarmasi hamda Buxoro viloyati oliy ta’lim muassasalari o’rtasida qo’shma qaror hamda hamkorlik memorandumlari imzolandi