Reja-moliya bo’limi
27.09.2021 2023-02-04 16:02Reja-moliya bo’limi
Bo'lim xodimlari
iqtisodchi
Bo'lim haqida
Reja moliya boʼlimi Buxoro davlat tibbiyot instituti (BDTI)ning tarkibiy boʼlinmasi hisoblanadi. Boʼlimning majburiyatlariga joriy va peкspektiv planlarni ishlab chiqish, BDTI boʼlimlarni prognozi va saqlab turish turish harajatlarini ishlab chiqish, turli manbalardan (davlat byudjeti, kontrakt-toʼlov maxsus mablagʼlar, ilmiy-izlanish faoliyatidan va boshqa manbalardan) BDTIning moliyaviy ehtiyojini aniqlash va amaliyotga tadbiq qilishni amalga oshiradi.
Reja moliya boʼlimi byudjet, toʼlov-kontrakt, maxsus mablagʼlar, rivojlantirish fondi va grand boʼyicha sarf-harajat smetasini tuzadi va ishini tashkil etadi. Smeta boʼyicha har bir yoʼnalishdagi joriy yil uchun talab qilinadigan ehtiyojlar roʼyxatini tuzib chiqish va boʼlimlar va kafedralar bilan smeta harajatlari miqdorni byudjet va nobyudjet mablagʼlar limitidan kelib chiqqan holda shakllantiradi. Boʼlim shuningdek BDTIning moliya-xoʼjalik faoliyatini tahlil etish va istiqbolli loyihalarni tatbiq etadi.
BDTI reja moliya boʼlimi yillar davomida quyidagi vazifalarni bajarib kelmoqda:
Shtat jadvalini tuzish va nazorat olib borish;
Smeta sarf-harajatlari prognozini ishlab chiqish hamda nazorat olib borish;
BDTIning barcha turdagi faoliyati ustidan majmuaviy iqtisod tahlilini olib borish;
BDTIning barcha iqtisodiy koʼrsatkichlari boʼyicha statistik hisob-kitobini olib boradi va oʼrnatilgan muddatlarda joriy hisobotlarni tayyorlab boradi;
Yangi oʼquv yili uchun hamda ish xaqi va stipendiyadar oshirilganda professor-oʼqituvchi, maʼmuriy-xoʼjalik, oʼquv yordamchi xodimlar tarifikatsion roʼyxatini tuzish;
Meʼyoriy baza oʼzgarshini hisobga olib shtat jadvalini korrektirovaka qilish;
Moliya manbasini hisobini olib borish;
Byudjet va nobyudjetdan mablagʼlaridan moliyalashtiriluvchi smeta sarf-harajatlarini tuzish;
Oʼzbekiston Respublikasi Moliya va Sogʼliqni saqlash vazirliklarining tasdigʼidan oʼtgan limit asosida smeta sarf-harajatlarini korrektirovka qilish;
Hisobxona maʼlumotlari asosida smeta mablagʼlarining sarflanishini tahlil qilib borish;Professor-oʼqituvchi, maʼmuriy-xoʼjalik hamda oʼquv yordamchi xodimlarni mehnat shartnomalariga oylik maoshlarini oʼrnatish;
Har oyda BDTI boʼlimlaridan, kafedralaridan kelgan tabellarni tasdiqlangan shtat jadvaliga asosan tekshirish.
NavigatsiyaToggle Table of ContentToggle
So'ngi yangiliklar
- Buxoro davlat tibbiyot instituti magistraturasiga 2024/2025 o’quv yili qabuli bo’yicha tanlov natijalari qaydnomasi e’lon qilindi
- DIQQAT E`LON!
- Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori yoshlar muammolarini manzilli o‘rganishda davom etmoqda.
- Òquvchi yoshlar bilan ishlashning innovatsion tizimi.
- ❗️DIQQAT!