Magistratura bo’limi
27.09.2021 2023-02-17 10:33Magistratura bo’limi
To‘xsanova Nasiba Esanovna
Bo'lim boshlig'i
Bo'lim xodimlari
Uslubchi
uslubchi
Bo'lim tarixi
Buxoro Davlat Tibbiyot institutida vrach mutaxassislarni magistraturaga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013- yil 11- iyundagi “2013-2014- o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalariga qabul to’g’risida”gi PQ-1982-sonli qarori va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2013- yil 18- iyuldagi №263-sonli “2013-2014- o‘quv yiliga oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga kirish sinovlarini tashkil etish va o’tkazish to’g’risida”gi buyrug’iga asosan tashkil qilindi. Magistratura bo’limi institutda tahsil olayotgan magistrlar va klinik ordinatorlar faoliyatiga muvofiqlashtirib kelmoqda. Unga asosan 2013-2014- o’quv yilida Akusherlik va ginekologiya, Umumiy xirurgiya, Ichki kasalliklar (Terapiya) va Morfologiya mutaxassisliklari bo’yicha magistraturaga qabul qilindi.
2013-2014- o‘quv yilida institutda Magistratura bo‘limi tashkil qilindi va bo‘lim mudiri qilib Fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi dotsenti I. Mirxodjayev tayinlandi.
2015-2016- o’quv yilida 2015- yil 23- iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2359-sonli qarori asosida Sport tibbiyoti mutaxassisligi bo’yicha yangi magistratura yo’nalishi ochildi.
2015-2017- yillar magistratura bo’limi boshlig’i bo’lib, Gistologiya va tibbiy biologiya kafedrasi mudiri, dotsent Davronov Raxmon Davronovich faoliyat ko’rsatdi.
2015- yilda 3 nafar, 2016- yilda 18 nafar, 2017- yilda 26 nafar magistrlar o’z mutaxassiliklari bo’yicha magistraturani tugatib shulardan 20 nafari institutda faoliyatini davom ettirmoqda.
2016-2017- o’quv yilida O‘zbeksiton Respublikasi Prezidentining 2016- yil 26- maydagi PQ-2534-sonli qarori asosida Buxoro davlat tibbiyot institutida magistratura yo’nalishlarining yangi Endokrinologiya, Oftalmologiya, Otorinolaringologiya va Kardiologiya mutaxassisliklari ochildi. Magistratura va klinik ordinaturaning barcha yo’nalishlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi DTM tomonidan 2017- yilida Davlat attestatsiya va akkreditatsiyasidan o’tdi. 2016-2017 yillarda bo‘limni dermatovenerologiya kafedrasi dotsenti, t.f.n. Raxmatov olim Bobomurodovich boshqargan
2017-2018- o’quv yilidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 5- maydagi PQ-2955 sonli qarori asosida Dermatovenerologiya va Stomatologiya mutaxassisliklari bo’yicha yangi yo’nalishlar tashkil qilindi.
Institut magistrlari Boymurodov Ravshan, Zuxurov Suxroblar xalqaro “TEMPUS”grant dasturi bo’yicha xorij mamlakatlarida malaka oshirib keldilar.
Magistratura talabalari Kadirov Bexruzbek, Badriddinova Barnolar 2017- yilda, Rizaeva Mexriban, Badriddinova Barnoxon, Kudratova Dilnoza, Jalolova Nigina, Kadirov Bexruzbek 2018- yilda Samarqand davlat tibbiyot instituti bazasida “Zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzuida o’tkazilgan 71-72- xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda nufuzli o’rinlarni egallab, diplomlar sohibi bo’ldilar. 2018- yil fevral oyida Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridagi Sechenov nomidagi birinchi Moskva davlat tibbiyot universitetida Tosheva Iroda va Oripova Feruzalar Akusherlik va ginekologiyadan malakaviy amaliyot o’tadi. 2018- yil Moskva shahrida “Snegeryovskie chtenie” to’rtinchi Rossiya ilmiy-amaliy anjumanida qatnashib Guvohnoma bilan taqdirlandi. Oripova Feruza “Akusherlik va ginekologiya” mutaxassisligi magistranti 2018- yil Yoshlar ittifoqi “O’zbekiston belgisi ko’krak nishoni” nomzodi sifatida qatnashib viloyat bosqichidan o’tgan.
- Birinchi kursga qabul qilingan 45 nafar magistratura talabalariga dissertatsiya mavzulari tanlanib ularning ilmiy rahbarlari va kafedra mudiri bilan birgalikda ko’rib chiqilib, dastlab kafedrada muhokama qilindi. 20 mutaxassislik bo’yicha barcha magistrlarning ilmiy mavzulari 3 oy davomida “Muammolar komissiyasi”da muhokama qilinib, dekabr oyining oxirida fakultet kengashida tasdiqlandi.2018-2019 yillarda bo‘limga t.f.d., dotsent O‘roqov Shuxrat To‘xtaevich rahbarlik qildi.
- 2018-2019- o’quv yilida magistratura mutaxassisliklariga yarim yillik semestr yakunlari bo’yicha attestatsiya o’tkazish amalga oshirildi.
- Institutda 2018-2019- o’quv yili uchun “Yo’l xaritasi”da belgilangan bitiruvchi magistratura talabalari yakuniy davlat attestatsiyasini (YaDA) va magistrlik dissertatsiya himoyasini tashkil etish va o’tkazish iyun oylarida rejalashtirilgan. 2018-2019- o’quv yilida 11 mutaxassislik bo’yicha 20 nafar bitiruvchi, ulardan 9 nafari grant asosida, 11 nafari kontrakt asosida tugatdi.
2019-2020 o’quv yilida jami 22 yo’nalish bo’yicha 59 talaba 1 kursga qabul qilindi. Ulardan 17 nafar grant, 42 nafar tolov – kontrakt asosida qabul qilindi.
2020 – yil 10 yanvardan to hozirgi vaqtga qadar magistratura bo’limi boshlig’i vazifasida akusherlik-ginekologiya kafedrasi dotsenti, t.f.n. Ashurova Nigora Gafurovna faoliyat ko’rsatmoqda.
2020-2021 o‘quv yilidan boshlab, Magistraturada Qo‘shma ta’lim dasturi (1+1) asosida Polsha Respublikasining Luis Universiteti bilan hamkorlikda “Menejment. Tibbiyotda menejment” yo‘nalishi ochildi.Hozirda ushbu yo‘nalishda 18 nafar talaba tahsil olmoqda.
2021-2022 o’quv yilida jami 27 yo’nalish bo’yicha 96 nafar talaba 1- kursga qabul qilindi. Ulardan 24 nafari grant, 73 nafari to’lov – kontrakt asosida qabul qilindi.
Hozirda magistratura yo`nalishlari bo`yicha jami 255 nafar talaba tahsil olmoqda. Ular institut bazalarida ilmiy tadqiqot ishlarini jadal olib borish bilan birgalikda, chet tilini o‘rganish borasida yaxshi natijalarga erishishmoqda. Ko‘pchilik magistrantlar Respublikamiz va Xorijning yetakchi tibbiyot markazlari va Universitetlarida akademik mobillik doirasida o‘z malaka va tajribalarini oshirib qaytishmoqda.
Bo‘limning maqsadi oliy ta’lim muassasasida Kadrlar tayyorlash milliy modeli vazifalariga muvofiq mamlakatimizning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish tendensiyalaridan kelib chiqqan holda tegishli mutaxassislik bo‘yicha kasbiy, pedogogik, ilmiy, huquqiy va psixologik bilimlarni chuqur o‘zlashtirgan jamiyat, davlat va oila oldida ma’suliyatini to‘la anglaydigan yuqori malakali magistrlar-mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etishdan iborat.
2021-2022 o’quv yilida Buxoro davlat tibbiyot instituti magistraturasida yangi yo’nalishlar ochildi.
Bular:
- Travmatologiya va ortopediya
- Pediatriya (yo’nalishlar bo’yicha)
- Gigiyena (yo’nalishlar bo’yicha)
Endilikda viloyatda sezilarli ehtiyojga ega bo’lgan ushbu yo’nalishlarda ham magistr darajasidagi kadrlar yetkazish imkoniyati paydo bo’ldi.
Ushbu yo’nalishlarda yuqori malakali mutaxasislar tayyorlash uchun institutning yuqori ilmiy salohiyatli professor-o’qituvchilari jalb etilgan.
2021-2022 o`quv yilida BuxTI magistratura ta`lim yo`nalishlari ro‘yxati
№ |
Taʼlim yoʼnalishi (Mutaxassislik) |
Shifri |
1. |
Akusherlik va ginekologiya |
5А510101 |
2. |
Endokrinologiya |
5A510102 |
3. |
Terapiya |
5A510103 |
4. |
Otorinolaringologiya |
5A510104 |
5. |
Oftalmologiya |
5A510106 |
6. |
Yuqumli kasalliklar |
5A510107 |
7. |
Dermatovenerologiya |
5A510108 |
8. |
Nevrologiya |
5A510109 |
9. |
Umumiy onkologiya |
5A510110 |
10. |
Psixiatriya |
5A510111 |
11. |
Umumiy xirurgiya |
5A510112 |
12. |
Tashhisning instrumental va funksional |
5A510113 |
13. |
Neyroxirurgiya |
5A510114 |
14. |
Urologiya |
5A510117 |
15. |
Gematologiya va transfuziologiya |
5A510131 |
16. |
Neyroreabilitologiya |
5A510133 |
17. |
Tibbiy radiologiya |
5A510132 |
18. |
Kardiologiya |
5A510105 |
19. |
Morfologiya |
5A510118 |
20. |
Anesteziologiya-reanimatologiya |
5A510120 |
21. |
Bolalar nevrologiyasi |
5A510205 |
22. |
Bolalar xirurgiyasi |
5A510202 |
23. |
Tibbiyotda menedjment (Qo‘shma dastur) |
5A510115 |
24. |
Stomatologiya |
70910101 |
25. |
Travmatologiya va ortopediya |
70910221 |
26. |
Pediatriya |
70910304 |
27. |
Gigiyena |
70910401 |
Magistratura iqtidorli talabalari xalqaro hamkorlik va akademik mobillik doirasida xorijiy davlatlarning yetakchi tibbiyot muassasalarida o’z bilim va mahoratlarini takomillashtirmoqdalar
Jumladan, 5А510401- Stomatologiya yo’nalishi 2-bosqich iqtidorli magistratura talabasi Azizbek Inoyatov akademik mobillik doirasida Turkiyaning Istanbul shahridagi “Estetik international” klinikasiga hozirda malaka oshirish jarayonida.
Malaka oshirish davomida magistrura talabalarining yuqori texnologik operatsiya jarayonlarida bevosita ishtiroki ta’minlanmoqda.
Shuningdek, 5A510131-Gematologiya va transfuziologiya yo’nalishi 2-bosqich talabasi Ixtiyor Hamdamov “Japan International Cooperation Agency” (JICA) dasturi grant loyihasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Yaponiyaning Tokio shahridagi “Tokyo medical and Dental university” nufuzli universitida ta’lim olish imtiyozini qo’lga kiritdi.
Magistratura talabalarining akademik mobillik dasturi doirasida malaka oshirishlari tizimli ravishda davom etmoqda.
Magistrlik dissertatsiyalari mavzusini tasdiqlash
Buxoro Davlat Tibbiyot institutida 22-28 dekabr kunlari davolash, tibbiy-pedagogika, pediatriya , tibbiy-profilaktika va stomatologiya fakultetlari Kengashlari bo‘lib o‘tdi. Kengashlar yig‘ilishida 1-kurs magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyasi uchun rejalashtirgan mavzulari muhokama qilindi va tasdiqlandi. Magistratura rezidentlari ilmiy rahbarlar ishtirokida Kengash a’zolarini ilmiy ishlari mavzusiga oid taqdimot ma’ruzalari bilan tanishtirdilar. Kengashda ilmiy ishlarning mavzulari, qo‘yilgan maqsad va vazifalari, ilmiy ishning nazariy va amaliy ahamiyatiga oid masalalar qizg‘in muhokama qilindi. Magistratura talabalariga material hajmi, o‘rganiladigan ob’ekt va tekshirish uslublariga doir maslahatlar.
Buxoro davlat tibbiyot instituti bitiruvchi bosqich magistratura talabalarining mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari haqida HISOBOT (2021-2022 o‘quv yili)
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 31-dekabrdagi 824-sonli qarori va SSV ning 2021 yil, 21-yanvardagi 8-7-9-/95- sonli ko‘rsatma xati ijrosini ta’minlash maqsadida bitiruvchi bosqich magistratura talabalarining Yakuniy Davlat Attestatsiyasini o‘tkazishni tashkillashtirishga doir 222/1-sonli institut ichki buyrug‘i 27.05.2022 yilda tasdiqlandi. Unga ko‘ra YaDAni 2 bosqichda, ya’ni bilet savollariga og‘zaki javob berishga asoslangan 1-bosqich hamda rasmiy himoya bosqichini o‘tkazish 2-boskich mo‘ljallandi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘iga ko‘ra magistraturaning Davolash ishi negizidagi barcha mutaxassisliklari bo‘yicha Toshkent tibbiyot Akademiyasi ”Gospital xirurgiya” kafedrasi mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor Xakimov Murod Shavkatovich xamda Stomatologiya yo‘nalishi negizidagi barcha mutaxassisliklar bo‘yicha TDSI Toshkent davlat stomatologiya instituti “Gospital ortopedik stomatologiya” kafedrasi mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor Xabilov Nigmon Lukmonovich, “O‘zbekistonning ijtimoiy –iqtisodiy rivojlanish strategiyasi” fani bo‘yicha BuxDU “Jahon tarixi” kafedrasi dotsenti, t.f.n. Raxmonov Kamol Jamolovich YaDA raislari etib tayinlandilar.
Barcha mutaxassislik fanlari o‘qitiladigan kafedralarda Yakuniy davlat attestatsiyaga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish masalalari kafedra yig‘ilishlarida professor-o‘qituvchilar tomonidan bir necha marta ko‘rib chiqilgan va muhokama qilingan. Yakuniy Davlat attestatsiyasi uchun tuzilgan komissiya tarkibida institut professor-o‘qituvchilari bilan birga viloyat davolash-profilaktika muassasalarining yetuk mutaxassislari, bo‘lim boshliqlari, oliy toifali shifokorlari Komissiya tarkibining 50 foizigachani tashkil etadi.
Jami 19 ta yo‘nalish bo‘yicha YaDA raisi va kafedra mudirlari tomonidan 10 tadan o‘zbek va rus tillarida bilet savollari tuzildi. Har bir bilet o‘z ichiga 5 ta savolni jamlagan bo‘lib, 3 ta savol mutaxassislik bo‘yicha nazariy, 4-savol mutaxassislik bo‘yicha vaziyatli, 5-savol amaliy ko‘nikmalar texnikasi demonstratsiyasidan iborat. Ushbu fanlardan talabalarni Yakuniy Davlat Attestatsiyasini baholash mezonlari ishlab chiqilgan va institut rahbariyat tomonidan tasdiqlangan.
Savollarni tuzishda talabaning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha olgan bilimlari, fanning asosiy tushuncha va tamoyillari, amaliy ko‘nikmalarning egallanganlik darajasi, klinik mushohadaga undovchi jihatlariga alohida e’tibor berilgan. Bitiruvchilar uchun tegishli kafedra mudirlari tomonidan fanga doir konsultatsiya o‘tkazildi va talabalarga YaDA o‘tkazish tartibi tushuntirilib berildi. Tasdiqlangan jadvalga asosan stomatologiya yo‘nalishi uchun 2022 yil, 15 iyun kuni, davolash yo‘nalishi uchun 28.06.22 yil YaDA raislari va a’zolari ishtirokida soat 9.00da og‘zaki imtihon boshlandi va javob varaqalari rais va komissiya a’zolari tomonidan 100 ballik reyting sistemasida baholanib, e’lon qilindi.
Komissiya azolari tomonidan talabalar bilimini baholashda ob’ektivlik, ilmiylik, ayni paytda hayrihoxlik ham hukum surdi. Komissiya o‘z ishini tugatgach, baholar bitiruvchilarga elon qilindi. Qo‘yilgan baholar xususida komissiya raisi nomiga birorta ariza va etirozlar tushgani yo‘q va o‘z bahosiga norozi bo‘lgan talabalar bo‘lmadi.
2022 yil stomatologiya yunalishi magistrlari uchun
Buxoro davlat tibbiyot instituti magistraturaning jami 19 ta mutaxassislik fanlari bo‘yicha 2022 yil stomatologiya yo‘nalishi uchun 17.06.22 da (19 ta magistr), davolash yo‘nalishi magistrlari uchun 30.06.22 (49 ta magistr) jami 68 ta magistrlik dissertatsiyasi rasmiy himoyasi o‘tkazildi.
Bu rasmiy ximoyada Himoya hay’ati 19 yo‘nalish mutaxassisliklar bo‘yicha fan doktorlari va dotsentlar, Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining yetakchi mutaxassislaridan tashkil topgan.
Magistrlik dissertatsiyasi himoyasida bitiruvchilar multiproektor vositalaridan foydalangan holda taqdimot materiallari komissiya azolari e’tiboriga taqdim etishdi. Dissertatsiyaning ilmiy va amaliy natijalari, ilmiy ishning asosiy xulosalari namoyishi aks etgan taqdimot materiallari barcha a’zolar tomonidan muhokama etildi. Magistrlik dissertatsiyasi yuzasidan tug‘ilgan savollar va munozaralar qizg‘in muhokama qilindi. Magistrlik dissertatsiyalarining 24 tasi rus, 24 tasi o‘zbek tilida, 4 tasi ingliz tilida yozilgan. Og‘zaki javob natijalariga ko‘ra magistratura talabalarining 30 nafari “a’lo”, 20 nafari “yaxshi” , 2 nafari “qoniqarli”baho bilan baholandi. Rasmiy himoya bosqichida esa 24 nafari “a’lo” 28 nafari “yaxshi” baho bilan muvaffaqiyatli himoya qildilar.
Yakuniy o‘zlashtirish ko‘rsatgichlari quyidagicha:
Jami talaba |
“5” Baxo |
% |
“4” Baxo |
% |
“3” Baxo |
% |
“2” Baho |
% |
68 nafar |
30 |
44,1 |
38 |
55,8 |
– |
– |
– |
– |
Magistrlik dissertatsiyalari jildlangan bo‘lib, tarkibiga mavzuning dolzarbligi, ilmiy mohiyati, olingan natijalar keltirilgan boblar va amaliy ahamiyati kiritilgan bo‘lib, ular baho mezonlari asosida tafsiflandi. Jild tarkibiga ma’ruza multimediyasi slaydlari, 3 tildagi annotatsiya, dissertatsiya ishiga olingan ichki, tashqi va ilmiy rahbar taqrizlari hamda mavzuga oid nashrlar kiritilgan.
Xulosa qilib aytganda, Buxoro davlat tibbiyot instituti bitiruvchi magistratura talabalarining Yakuniy Davlat attestatsiyasi yuqori saviyada o‘tkazildi. Yakuniy davlat attestatsiyasiga 68 nafar talaba kiritildi va ularning barchasi YaDA dan muvaffaqiyatli o‘tdilar. Magistrlik dissertatsiyalari taqdimotlarining aksariyati yuqori darajada tayyorlangan, ayniqsa, bu borada endokrinologiya, terapiya (ichki kasalliklar), otorinolaringologiya, akusherlik va ginekologiya yo‘nalishlari magistrantlari taqdimotlari qiziqarli bo‘ldi va o‘ziga e’tiborni jalb etdi. Magistratura mutaxassisliklari kafedralari ilmiy-amaliy salohiyati yuqori darajadaligi ma’lum bo‘ldi. Barcha mutaxassislik yo‘nalishlari bitiruvchilari tomonidan tayyorlangan dissertatsiyalar “Magistrlik Nizomi”da magistrlik dissertatsiyalariga qo‘yilgan talablarga mos keladi.
Yakuniy Davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan barcha talabalarga mutaxassisliklari bo‘yicha “Magistrlik diplomi” va “Magistr” akademik darajasi berish to‘g‘risida tavsiyalar kiritildi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti bitiruvchi magistr talabalariga tantanali ravishda magistrlik diplomlari topshirildi.
2022/2023 o‘quv yili bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura bitiruvchi yosh mutaxassislarni ish beruvchilar tomonidan ishga taqsimlash va mehnat yarmarkasi tadbiri
2022/2023 o‘quv yili institutning bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura bitiruvchi talabalarning ishga taqsimlash va mehnat yarmarkasi 2022 yil 26 noyabr kuni Buxoro davlat tibbiyot institutida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Sh.J.Teshaev, Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i A.A.Hamroev., Buxoro shahar Aholi bandlikka ko‘maklashish markazi direktori S.K.Komilov., Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i B.N.Sherov, viloyat va shahar tibbiyot muassasalari, oilaviy poliklinika vakillari qatnashdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4-oktabrdagi “Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 561-son qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq barcha tibbiyot oliy ta’lim muassasalarning Davolash ishi, Tibbiy peadgogika, Pediatriya ishi, Tibbiy profilaktika ishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining bitiruvchi kurs talabalariga hamda magistratura va klinik ordinatura mutaxassislarining bitiruvchi kurs talabalariga o‘z yo‘nalishidagi mutaxassisligi bo‘yicha mehnat shartnomalari asosida to‘liq stavkagacha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida oilaviy shifokor, tez tibbiy yordam muassasalarida shifokor hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tuman (shahar) bo‘limlarida ishga jalb qilish aytilgan.
2022/2023 o‘quv yilida jami Davolash ishi yo‘nalishida 215 nafar, Pediatriya ishi yo‘nalishida 43 nafar, Tibbiy pedagogika yo‘nalishi 60 nafar, Tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishida 59 nafar, jami 377 nafar bakalavr bitiruvchi, magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 97 nafar, klinik ordinatura mutaxassisligi bo‘yicha 128 nafar bitiruvchi institutni bitirish arafasida. Shulardan Buxoro viloyatidan bakalavr bitiruvchilar 254 nafar, magistratura bitiruvchilari 82 nafar, klinik ordinatura bitiruvchilari 92 nafarni tashkil etadi.
2022-2023 o‘quv yili bitiruvchilarning Buxoro viloyati bo‘yicha (shahar vatumanlar kesimida) ma’lumot
№ |
Shahar va tumanlar |
Bakalavriat (davolash, tibbiy pedagogika, pediatriya, tibbiy profilaktika) |
Magistratura |
Klinik ordinatura |
Jami |
1 |
Buxoro shahar |
85 |
37 |
28 |
150 |
2 |
Buxoro tumani |
29 |
13 |
11 |
53 |
3 |
Kogon shahar |
5 |
|
1 |
6 |
4 |
Kogon tumani |
11 |
7 |
6 |
24 |
5 |
Qorovulbozor tum. |
|
|
3 |
3 |
6 |
Romitan tumani |
14 |
4 |
5 |
23 |
7 |
Peshku tumani |
16 |
2 |
3 |
21 |
8 |
Vobkent tumani |
26 |
3 |
9 |
38 |
9 |
Shofirkon tumani |
17 |
4 |
7 |
28 |
10 |
G‘ijduvon tumani |
16 |
4 |
8 |
28 |
11 |
Jondor tumani |
17 |
3 |
4 |
24 |
12 |
Qorako‘l tumani |
14 |
5 |
6 |
25 |
13 |
Olot tumani |
4 |
|
1 |
5 |
|
Jami |
254 |
82 |
92 |
428 |
Mehnat yarmarkasi tadbirida Buxoro viloyatidagi shahar va tumanda yashovchi bitiruvchi kurs talabalar ishtirok etdilar. Tadbirda bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilar ish bilan ta’minlandilar va ishga joylashish shartnomalari imzolandi.
2022-23 o'quv yilida magistraturaga qabul to'g'risida
Taraqqiyot va yuksak rivojlanishga erishgan davlatlar tajribasiga ko‘ra, har bir xalq o‘z oldiga ulug‘ va istiqbol maqsadlarni qo‘yishi hamda uni amalga oshirish salohiyatlari bilan jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallaydi. Bugungi intellektual mehnat birlamchi ahamiyat kasb etayotgan, jahon bozorida raqobat tobora ortib borayotgan davrda mamlakatimizda ta’lim sohasini zamon talablari asosida yanada takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlashga oid tizimli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.
Ta’kidlash joizki, oliy tibbiy ta’lim sifatini boshqarish samaradorligini oshirish, uning mazmunini yangilash, sifat darajasini oshirish, barcha bo‘g‘inlarda oliy ta’lim standartlari va sifati ko‘rsatkichlari tizimini jahon standartlari darajasi bilan taqqoslanadigan darajaga olib chiqish bo‘yicha bir qancha amaliy tadbirlar amalga oshirildi. Ta’lim olish huquqining kafolati sifatida 2022 yildan oliy ta’lim tizimida magistratura bosqichi uchun qabul yangicha tizimga o‘tkazildi. Jumladan, onlayn hujjat topshirish tartibi, chet tilini bilish sertifikati asosida magistrlarning imtihonsiz tanlab olinishi, shuningdek yozgi qabulda kvotalar to‘lmay qolgan taqdirda, dekabr oyida ham hujjatlar qabul qilinib, yanvarda magistraturaga qabul amalga oshirilishi tibbiy malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishda ahamiyati kattadir.
1 iyuldan OTMlarning magistratura bosqichiga qabul uchun vazirlikning magistr.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish boshlandi va bu jarayon 30 iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. O‘zbekistondagi xorijiy va xususiy oliygohlarning bitiruvchilari mos (muvofiq) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olishi mumkin.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, biz keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o‘zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik. Yangi O‘zbekiston sharoitida xotin-qizlarning ta’lim olishida bir qancha imtiyozlar va yangiliklar kiritildi. Yangi o‘quv yilidan boshlab magistraturada o‘qiyotgan qizlarning kontrakt to‘lovi to‘liq budjetdan qoplab berilishi uchun 200 mlrd so‘m ajratilmoqda. Buning natijasida respublikada 23 ming nafar qizlarga 200 milliard so‘m kontrakt to‘lovi to‘lab beriladi.
Tibbiyot sohasini zamonaviy fikrlaydigan, chuqur bilimli, mas’uliyatni his etadigan, har jihatdan yetuk kadrlar bilan ta’minlash masalasiga bugun davlat darajasida e’tibor qaratilmoqda. Har qanday sohaning rivoji birinchi navbatda, shu yo‘nalishda tayyorlanayotgan kadrlar salohiyatiga bog‘liq. Ishonchimiz komilki, magistraturani muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarimiz jahon tibbiyoti rivojiga iqtidorlari, bilimlari, shijoatlari, tashabbuslari bilan o‘z hissalarini qo‘shadilar.
2022-23 o’quv yili magistratura qishki qabuli
O`zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 15.02.23 yil 87-02-68-sonli xatiga asosan Davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga 2022/2023 o‘quv yili yanvar oyi qabuli bo‘yicha tanlov natijasi e’lon qilindi.
Quyida ism-sharifi, mutaxassisligi, o`qish turi,to`plagan ballari hamda ta`lim tili ko`rsatilgan grant va kontrakt asosida tavsiya etilgan talabgorlar 2022-2023 yil yanvar oyi qabuli tanlov natijalariga ko’ra, 20.02.23 yilidan ko`rsatilgan mutaxassisliklar bo`yicha birinchi bosqich magistratura talabalari safiga qabul qilindi.
N |
Familyasi, Ismi,sharifi |
Bakalavriat diplom balli |
Xorijiy til bo’yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikati |
Tavsiya |
|
70910202-Endokrinologiya(o’zb) |
|||||
1 |
Asatova Nazokat Utkirovna |
78.60 |
B1 |
Grant |
|
70910227 – Tibbiy radiologiya(o’zb.) |
|||||
1 |
Yahyoyeva Gulchehra Musoyevna |
77.2 |
B1 |
Grant
|
|
70910220 – Anesteziologiya va reanimatologiya(o’zb.) |
|||||
1 |
Turdiyev Abdula ziz Abdurahmon o‘g‘li |
76,0 |
B1 |
Grant |
|
70910215 – Sogʻliqni saqlashni boshqarish va jamoat sogʻligini saqlash (yoʻnalishlar boʻyicha) (o’zb.) |
|||||
1 |
Arslonova Nazira Anvar qizi |
86.0 |
B1 |
Grant |
|
2 |
Nusratova Shohinabonu Jalol qizi |
80,0 |
B1 |
Grant |
|
3 |
Xayrullayeva Guliniso Tojiddin qizi |
78.1 |
A2 |
Grant |
|
70910201 – Akusherlik va ginekologiya (o’zb.) |
|||||
1 |
Rajabova Dildora Xayriddin qizi |
86.2 |
B1 |
kontrakt |
|
2 |
Ubaydulloyeva Sabinabonu Ilhom qizi |
86.2 |
B1 |
kontrakt |
|
3 |
Djumayeva Farangiz Rashidovna |
77,0 |
B1 |
kontrakt |
|
4 |
Rajabova Oygul Islomovna |
76.8 |
B1 |
kontrakt |
|
5 |
Tolibova Komila Obit qizi |
70.74 |
B1 |
kontrakt |
|
70910202 – Endokrinologiya(o’zb.) |
|||||
1 |
Obloqulov Sa’di Saydulla o‘g‘li |
76.8 |
B1 |
kontrakt |
|
70910206-Oftalmologiya |
|||||
1
|
Ismatova Zarnigor Abdullayevna |
77.8
|
B1 |
kontrakt |
|
70910212 – Xirurgiya (yoʻnalishlar boʻyicha) (o’zb.) |
|||||
1 |
Obidov Ibrohim O‘tkirovich |
78.7
|
B2 |
kontrakt |
|
70910301 – Pediatriya (yoʻnalishlar boʻyicha) Rus |
|||||
1 |
Badiyeva Dilorom Saidovna |
81.5
|
B1 |
kontrakt |
|
70910215 – Sogʻliqni saqlashni boshqarish va jamoat sogʻligini saqlash (yoʻnalishlar boʻyicha (o’zb.) |
|||||
1 |
Mirzoyeva Gulshoda Rizoqulovna |
76.87 |
B1 |
kontrakt |
|
70910215 – Stomatologiya (yoʻnalishlar boʻyicha) |
|||||
1 |
Raximova Zarina Damirovna |
75.9
|
B2 |
kontrakt Rus |
|
2 |
Davlatbayev Xasan Maxmudovich |
66.8
|
A1 |
kontrakt O’zbek |
|
3 |
Kosimova Risolat Rasulovna |
76.02 |
A1 |
kontrakt Rus
|
|
4 |
Ro‘zmetova Mohimjon Ikram qizi |
68.9 |
B1 |
kontrakt O’zbek
|
|
5 |
Babadjanova Dilnoza Davlatnazarovna |
86,0 |
B1 |
kontrakt Rus |
NavigatsiyaToggle Table of ContentToggle
So'ngi yangiliklar
- Mamlakatimizda har yili 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi.
- Maktablarga ham ma’rifat ulashilmoqda.
- Oftalmologiyaning dolzarb masalalari-mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilmoqda.
- Ma’rifat ulashib-loyihasi.
- Diddat! Diqqat! Sovrin jamgʻarmasi 900 mln soʻm boʻlgan Intellektual olimpiadaga saralash eʼlon qilinadi!