Institut nizomi
20.09.2021 2023-09-16 12:48Institut nizomi
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanib
- Buxoro davlat tibbiyot instituti SSRI Ministrlar Sovetining 1990 yil 24 avgustda qabul qilingan 850-sonli qaroriga asosan tashkil qilingan. Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi rayosatining 1991 yil 19 avgustda qabul qilingan 21/3 sonli qaroriga asosan institutga “Abu Ali Ibn Sino” nomi berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tashkiliy tuzilmasiga kiradi.
- Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, oliy ta’limning asosiy va qo‘shimcha ta’lim dasturlarini bajarish bo‘yicha ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanadi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq o‘quv-pedagogik va ilmiy-metodik, shuningdek boshqa faoliyatni amalga oshiradi hamda ta’lim xizmatlarini ko‘rsatadi.
- Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklarining normativ-huquqiy hujjatlari va mazkur Ustavga amal qiladi.
- Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti yuridik shaxs hisoblanadi. Operativ boshqaruvida o‘ziga xos maxsus mol-mulkka ega va ushbu mol-mulk bo‘yicha o‘z majburiyatlariga muvofiq javob beradi, o‘z nomidan mol-mulk sotib olishi va mulkiy hamda nomulkiy huquqlarni amalga oshirish, zimmasiga majburiyat olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
- Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa shu jumladan valyuta bo‘yicha hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shtamplar va boshqa rekvizitlarga ega.
- Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining rekvizitlari:
Buxoro davlat tibbiyot instituti joylashgan manzil:
Buxoro shaxri Navoiy ko‘chasi 1- uy;
Tel: 0-365-223-17-53, faks: 0-365-223-00-50
E-mail: buhme@mail.ru, bumi_info@edu.uz
Byudjet hisob raqami: 100010860064017094100054001
Byudjetdan tashqari hisob raqami: 400910860064017950100054001
Maxsus jamg‘arma hisob raqami: 400110860064017950100054001; INN:200118
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining ustav asosida ro‘yxatdan o‘tgan rasmiy nomi:
O‘zbek tilida: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
Rus tilida: Buxarskiy Gosudarstvennыy meditsinskiy institut imeni Abu Ali Ibn Sino
Ingliz tilida: Bukhara State medical instituti after Abu Ali Ibn Sino
Qisqartirilgan nomi: BuxDTI;
Institutning “Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti” va “Buxoro davlat tibbiyot instituti” degan nomlari bir ma’noni anglatadi.