Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi
27.09.2021 2024-02-26 15:22Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi
Bo'lim xodimlari
bosh mutaxassis
mutaxassis
Bo'lim tarixi
Buxoro davlat tibbiyot institutida ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo’limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelganlar:
2019-2020-yillarda – N.Sh.Ahmedova
2020-2021 –yillarda – A.A.Raufov
2021-2022- F.I.Ibragimova
2022- dan hozirga qadar Oripova Feruza Shopulatovna ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo’limi boshlig‘I etib tayinlandi.
Bo'lim haqida
Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash boʼlimi institutning asosiy tarkibiy bo’linmalaridan biri bo’lib, u nizomga muvofiq ish olib boradi va o’z faoliyatini institut Rektori va Ilmiy kengashning qarorlari va buyruqlari asosida tashkil etadi.
Oxirgi yillarda ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim tizimda yangi maqsadlar va ko’lamda namoyon bo’la boshladi: bugungi kunda nafaqat yuqori texnologiyalarga asoslangan sanoat tarmoqlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, balki xizmatlar ko’rsatish sohasi ham yuqori malakali mutaxassislarga ham ehtiyoj sezmoqda. O’zbekiston Respublikasida ilmiy va pedagogik kadrlarni tayyorlash quyidagi bosqichlarda va ko’rinishlarda amalga oshiriladi: falsafa fanlari doktori (Doctor of Philosophy, PhD), fan doktori (Doctor of Science, DSc) – tayanch doktorantura va doktorantura orqali, falsafa fanlari doktori (Doctor of Philosophy, PhD), fan doktori (Doctor of Science, DSc) mustaqil izlanuvchilik orqali. 2022-yil 1-iyun holatiga ko’ra diplomdan keyingi ta’lim muassalarida 75 tayanch doktorantlar, 5 doktarantlar, 196 PhD mustaqil izlanuvchilari va 37 DSc mustaqil izlanuvchilari o’qimoqda. BuxDTI qoshida PhD va DSc ilmiy darajalari berish uchun ilmiy kengashlar tashkil etildi va ular samarali faoliyat olib bormoqda. BuxDTI qoshidagi ilmiy kengashlarida 50 dan ortiq dissertatsiya himoyalari o’tkazildi. Institut xodimlari tomonidan 2 yil ichida 93 ta PhD va 12ta DSc dissertatsiyalari himoyasi o’tkazildi.
Boshqaruvning maqsadlari va funksiyalari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PF-4958-son farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 304-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida institutda oily o’quv yurtidan keyingi ta’lim to’g’risidagi hujjatlarga muvofiq falsafa (Doctor of Philosohy, PhD), fan doktori (Doctor of Science, DSc) ilmiy darajasini berish bo’yicha ishni tashkil etish;
– tibbiyot tizimidagi mavjud ilmiy-texnik va klinik muammolarni hal qilishda institut olimlari ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish;
– ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga keng jalb etish yo‘li bilan institutda tayyorlanayotgan mutaxassislar salohiyatini oshirishga ko‘maklashish;
– institut olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalarni o‘quv jarayoni va amaliyotiga, ishlab chiqarishga joriy qilishni tashkil etish;
– byudjetdan tashqari grantlar va xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishini ta’minlash;
– ilmiy seminar va konferensiyalar tashkil etish, ilg‘or xorijiy o‘quv yurtlari, ilmiy markazlar olimlari bilan axborot almashish, ilmiy hamkorlik qilish;
– tadqiqotlar natijalari asosida yaratilgan ilmiy-texnik mahsulotlarni buyurtmachilarga (iste’molchilarga) sotish;
– institutda ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning uzviyligini ta’minlash maqsadida doktorantlarning faoliyatini yagona dastur asosida rivojlantirib, yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish.
NavigatsiyaToggle Table of ContentToggle
So'ngi yangiliklar
- Buxoro davlat tibbiyot instituti magistraturasiga 2024/2025 o’quv yili qabuli bo’yicha tanlov natijalari qaydnomasi e’lon qilindi
- DIQQAT E`LON!
- Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori yoshlar muammolarini manzilli o‘rganishda davom etmoqda.
- Òquvchi yoshlar bilan ishlashning innovatsion tizimi.
- ❗️DIQQAT!