Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor
23.09.2021 2024-09-30 9:55Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor
Boltayev Kamol Jumayevich
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor
Umumiy ma'lumot
K.Boltaev o‘z sohasi bo‘yicha nafaqat tibbiyot instituti, balki viloyatdagi shifokorlar orasida yetakchi mutaxassis hisoblanadi. U o‘zining ilmiy pedagogik faoliyati davomida, talaba yoshlarni tarbiyalash jarayonida jamiyatimiz uchun har tomonlama yetuk, sog‘lom fikrlay oladigan, o‘z xalqining salomatligi yo‘lida fidokorona mehnat qila oladigan kadrlarni tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish, institutda ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish, o‘quv jarayonida interfaol usullardan keng foydalanishni tadbiq etishni yulga qo‘yishda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
Ta’lim – tarbiya jarayonida pedagogik innovatsion texnologiyalarga asoslanib, talabalarning xoxish va irodasini kerakli yo‘nalishda boshqarish san’atiga ega.
- Boltaevning aholi orasida gematologik kasalliklarni erta aniqlash, ularning oldini olish, davolashda zamonaviy usullarni qo‘llash borasida amalga oshirgan ilmiy- tadqiqot va amaliy tavsiyalari viloyat va respublika miqyosida tan olingan. Uning tashabbusi bilan Respublika ixtisoslashgan davolash muassasalarida amalga oshiriladigan gemolitik anemiyalarni davolashdagi radikal splenektomiya amaliyoti viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida amalga oshirib kelinmoqda va olim viloyat aholisiga yuqori darajadagi tibbiy xizmat ko‘rsatish, malakali tibbiy yordamni aholiga yaqinlashtirish borasida mamlakatimizda prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda hissasini qo‘shmoqda
Uning rahbarligida terapiya va gematologiya mutaxassisligi bo‘yicha 12 ta magistrlik ishi tayyorlangan. Bugungi kunda uning rahbarligida 5 ta magistr ilmiy izlanishlar olib bormoqda, hamda 200 dan ortiq klinik ordinatorlar kardiologiya, terapiya, gematologiya va laboratoriya ishi yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olib, Respublikamizning turli viloyat, tuman va shaharlarida samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Ilmiy ishlari “Qari va keksa yoshda turli polidefitsitli holatlarning tarqalishi, o‘ziga xos kechishi, oldini olishning yechimlarini ishlab chiqish” yo‘nalishini o‘z ichiga oladi. Shu yo‘nalishda ilmiy loyihalar doirasida tadqiqotlar olib borgan. Tadqiqotlar yuzasidan 98 ta ilmiy ishlari chop etilgan, jumladan 7 ta monografiya, 26 ta uslubiy qo‘llanma, 77 ta ilmiy maqola va tezislar, shulardan 37 tasi nufuzli xorijiy jurnallarda nashr etilgan, hamda patent olingan.
2015 yildan buyon Oliy attestatsiya komissiyas*i tasarufidagi “Immunitet, infeksiya, farmakologiya” ilmiy jurnali tahririyati a’zosi.
2009-2011 yillarda davlat granti asosida ITSS-33 «Qari va keksa yoshdagilarda polidefitsit holatlarning diagnostikasi va davolashning yangi tibbiy texnologiyalarini yaratish» mazusidagi ilmiy-amaliy loyixa bajarildi. Loyixa dasturi buyicha Buxoro viloyatining turli zonalarida yashovchi qari va keksa yoshdagilarda uchraydigan polidefitsitli holatlarning tarqalishi, uni keltirib chiqaruvchi sabablar o‘rganilib, uning asosida shu yoshdagilarda polidefitsitli holatlarni oldini olish, aholining uzoq umr ko‘rish davomiyligini oshirishga qaratilgan tibbiy profilaktika chora- tadbirlari ishlab chiqildi.
K.Boltaev gematologik kasalliklarni samarali davolash maqsadida viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bilan hamkorlikda “Gemolitik anemiyalarni radikal davolashda splenektomiya operatsiyasini qo‘llash” yunalishida ratsionalizatorlik ishlarini yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga aholi orasida gematologik kasalliklarni kamaytirish va oldini olish maqsadida amaliyotdagi shifokorlar orasida 100 dan ortiq davra suhbatlari, amaliy mashg‘ulotlar va seminarlar o‘tkazib kelmoqda.
2013-2015 yillarda Respublika miqyosida “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida viloyatlarning barcha tumanlarida o‘tkaziladigan tibbiy ko‘riklarda faol ishtirok etgan.
Uning samarali mehnatlari yordamida Qorako‘l tumanidagi “Mirishkor” “Yangi turmush” va “Do‘stlik” qishloq vrachlik punkti Modul qishloq vrachlik punktilarga aylantirildi.
Hozirgi kunda qishloq vrachlik punktilar faoliyatini tubdan o‘zgartirish maqsadida Buxoro viloyati Kogon tumani va Sirdaryo viloyati Sardoba tumani qishloq vrachlik punktilarida laboratoriya xizmati sifatini oshirishda amaliy yordam ko‘rsatib kelmoqda.
U jonkuyar va izlanuvchan pedagog. Yangilikka intiluvchan, o‘zining kasbiy, siyosiy va ma’naviy bilim darajasini oshirish ustida doimiy ish olib boradi. Tashkilotchi va tashabbuskor rahbar. O‘ziga va boshqalarga nisbatan talabchan. O‘zining mustaqil fikriga ega.
Aholi salomatligini yaxshilash, oilada tibbiy madaniyatni shakllantirish, barkamol avlodni tarbiyalash borasida davlat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisi va targ‘ibotchisi, fidoiy shifokor sifatida tibbiyot xodimlari va viloyat faollari o‘rtasida hurmat qozongan.
“AnvarMedIshonch” xususiy klinikasi yetakchi gematologi.
“Mehnat shuhrati” ordeni (2013y),Tashakkurnoma O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash Vazirligi (2016 y) kabi yutuqlar sovrindori
Kamol Boltayev Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.04. 2022.Tib.93.02 raqamli ilmiy kengash a`zosi bo`lib, ilmiy izlanuvchilar faoliyatiga to`g`ri yo`nalish berib,institute professor o`qituvchilarining ilmiy daraja olishlariga o`z hissasini qo`shib kelmoqda.
Kamol o’zining hayotiy tajribasi, mustaqil fikri va tashkilotchiligi bilan kasbdoshlari hamda institut jamoasi orasida alohida o’rin egallaydi. Mehnat faoliyati davomida ko’plab yosh pedagog va tibbiy xodimlarga ustozlik qilib kelmoqda.
1982-1988 yy. – Samarqand davlat tibbiyot instituti talabasi
1988-1989 yy. – Buxoro viloyat kasalxonasi vrach-internasi
1989-1991 yy. – Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani markaziy poliklinikasi vrach-terapevti
1991-1993 yy. – Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti gematologiya kafedrasi klinik
ordinatori
1993-1996 yy – Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti gematologiya kafedrasi aspiranti
1996-1997 yy. – Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti gematologiya kafedrasi katta laboranti
1997-1998 yy. – Buxoro davlat tibbiyot instituti gematologiya kursi rahbari
1998-2001 yy. – Buxoro davlat tibbiyot instituti gematologiya mutaxassisligi doktoranti
2001-2011 yy. – Buxoro davlat tibbiyot instituti fakultet va gospital terapiya, endokrinologiya,
gematologiya kafedrasi mudiri
2011-2012 yy. – Buxoro davlat tibbiyot instituti ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektori
(o‘rindoshlik asosida fakultet va gospital terapiya, endokrinologiya, gematologiya kafedrasi mudiri)
2012-2013 yy. – Buxoro davlat tibbiyot instituti Fakultet va gospital terapiya, endokrinologiya,
gematologiya kafedrasi mudiri
2013-2014 yy. – Buxoro davlat tibbiyot instituti Fakultet va gospital terapiya, endokrinologiya,
gematologiya kafedrasi dotsenti
2014-2017 yy. – Buxoro davlat tibbiyot instituti Fakultet va gospital terapiya, endokrinologiya,
gematologiya kafedrasi mudiri
2017-2019 yy. – Buxoro davlat tibbiyot instituti Fakultet va gospital terapiya kafedrasi mudiri
2019 -2021 yy. – Buxoro davlat tibbiyot institutining Fakultet va gospital terapiya kafedrasi dotsenti
2021-2024 yy. – Buxoro davlat tibbiyot institutining Gematologiya va klinik laborator diagnostika kafedrasi mudiri
2024 – v.h. — Buxoro davlat tibbiyot institutining Ilmiy va innovatsion ishlari prorektori v.v.b.
(o‘rindoshlik asosida Gematologiya va klinik laborator diagnostika kafedrasi mudiri)
So'ngi yangiliklar
- Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Sh.Teshayevning talabalar bilan uchrashuvi
- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda BMTTD korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish mavzusida qisqa metrajli filmlar uchun ssenariylar tanlovini e’lon qiladi.
- 13-oktyabr – Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bag‘ishlangan tadbir tashkil qilindi.
- Buxoro davlat tibbiyot instituti tyutorlari va talabalari teatrda bo’lishdi.
- 2024-yil 11-martdagi 20- yigilish 10- bandi ijrosi