Magistrlik dissertatsiyasi himoyasi
29.09.2021 2022-04-19 13:55Magistrlik dissertatsiyasi himoyasi
Buxoro Davlat Tibbiyot institutida 22-28 dekabr kunlari davolash, tibbiy-pedagogika, pediatriya , tibbiy-profilaktika va stomatologiya fakultetlari Kengashlari bo‘lib o‘tdi. Kengashlar yig‘ilishida 1-kurs magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyasi uchun rejalashtirgan mavzulari muhokama qilindi va tasdiqlandi. Magistratura rezidentlari ilmiy rahbarlar ishtirokida Kengash a’zolarini ilmiy ishlari mavzusiga oid taqdimot ma’ruzalari bilan tanishtirdilar. Kengashda ilmiy ishlarning mavzulari, qo‘yilgan maqsad va vazifalari, ilmiy ishning nazariy va amaliy ahamiyatiga oid masalalar qizg‘in muhokama qilindi. Magistratura talabalariga material hajmi, o‘rganiladigan ob’ekt va tekshirish uslublariga doir maslahatlar berildi.






