Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi

Davlatov Salim Sulaymonovich

Bo`lim boshlig`i

Bo'lim xodimlari

Navruzov Rustam Rashidovich
Bosh mutaxassis
Narziyeva Dilnoza Faxriddinovna
Bosh mutaxassis
Ibragimova Maftuna Ibodulloyevna
Bosh mutaxassis
Kadirov Bexruzbek Saidovich
Bosh mutaxassis

Davlatov Salim Sulaymonovich – 2006 yilda Buxoro davlat tibbiyot institutining davolash fakultetini tamomlagan. 2007-2010 yillarda Samarqand davlat tibbiyot institutining “Xirurgiya” ixtisosligi bo‘yicha magistraturada tahsil olgan. 2010-2014-yillarda 1-sonli xirurgik kasalliklar kafedrasida assistent lavozimida ishlagan. 2011-2013 yillarda “Xirurgiya” mutaxassisligi bo‘yicha aspiranturada o’qigan. 2014-2019-йилларда 1-sonli xirurgik kasalliklar kafedrasi katta o‘qituvchisi bo‘lgan. 2015-2020 yillarda ilmiy kotib lavozimida ishlagan. 2019-2020 yillarda Samarqand davlat tibbiyot instituti Xirurgik kasalliklar kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N. Toshkentboyevaning tavsiyasiga asosan 2020-yil oktabr oyidan Buxoro davlat tibbiyot instituti Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i lavozimiga tayinlangan va bir vaqtning o‘zida Fakultet va gospital jarrohlik, urologiya kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.

2019 yilda tibbiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan (ilmiy rahbar professor A.M. Shamsiev). 2019-yilda Xirurgiya ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni berilgan.

S.S. Davlatov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan 420 ta bosma ilmiy (Scholar Google, Scopus, orcid) va oʻquv-uslubiy ishlar, jumladan, 5 ta darslik, 14 ta oʻquv qoʻllanma, 15 ta monografiya, 50 dan ortiq oʻquv qoʻllanma va tavsiyalar muallifi.

S.S. Davlatovga 2018-yilda professional kadrlar tayyorlash va yoshlarning ijodiy tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan hissasi uchun “Innovatsion va axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha eng yaxshi pedagog” nominatsiyasida tibbiyot sohasida “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi o‘qituvchisi” faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

S.S. Davlatov Osiyo endoskopik va laparoskopik jarrohlar jamiyati (ELSA) aʼzosi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tarkibiga kiruvchi “Biologiya va tibbiyot muammolari”, “Gepato-gastroenterologik tadqiqotlar jurnali”, “Nevrologiya va neyroxirurgik tadqiqotlar jurnali” nomli ilmiy jurnallar tahririyati aʼzosi.

Uylangan, uch nafar farzandi bor.

Beshta Davlat nomdor stipendianlari g‘olibi tayyorladi:

  • Abdusattarova Sarvinoz Komiljon qizi – Ibn Sino nomidagi Davlat stipendiyasi. (2016)
  • Juraeva Fariza Farmonovna – Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi (2017)
  • Qurboniyozova Feruza Zafarjonovna – Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi (2019)
  • Tilavova Yulduz Muhammadshukur qizi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi (2019)
  • Qamariddinzoda Malikabonu Qamariddinovna – Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi (2020)

 Malaka oshirish

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasining masofaviy ta’lim markazi (2011).
  • Samarqand davlat tibbiyot institutida elektiv jarrohlikda zamonaviy davolash usullari (2014).
  • Portu universitetida amaliyot (2015).
  • “Shoshilinch bolalar xirurgiyasi va travmatologiyasi” VII Butunrossiya ilmiy-amaliy konferensiyasi (2019)
  • Xalqaro ishtirokda Rossiya bolalar jarrohlarining V taʼlim forumi (2019)

2017 yil 18-iyulda ta’lim jarayoni sifatini nazorat qilish, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g’risidagi qonuni, «Kadrlar tayyorlash dastur» hамда O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20-apreldagi 2909-sonli “Oliy ta’limni rivojlantirish to’g’risidagi farmoyishiga suyangan holda kadrlar tayyorlash sifatini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini yaratish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 515-sonli qarori qabul qilindi.

Ushbu farmonning 14-bandi asosida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida 4 kishidan iborat (bo`lim boshlig`i va 3ta asosiy mutaxassis) ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi tashkil etildi.

Bo`lim xodimlari tomonidan institut talabalarining bilimlari va ularning davlat standartiga muvofiqligi o’rganiladi, tahlillar o’tkaziladi, kadrlar tayyorlash sifati nazorat qilinadi va ularning ichki natijalari aniqlanadi, ta’lim sifatiga ta’sir qiluvchi sabablar aniqlanib institut rektoriga, shuningdek, davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish to’g’risidagi nizom tasdiqlangan. Ushbu bo’lim institutning asosiy qismidir, uning asosiy vazifasi davlat standarti asosida ta’lim sifati monitoringini ta’minlash, maqsadli va uyushtirilgan tadbirlar natijalariga ko’ra o’quv jarayoni sifatini yaxshilashdir. Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi institut rektoriga bo’ysunadi.

Bo`limning asosiy vazifalari va funksiyalari.

Asosiy vazifalar quyidagi bandlardan iborat:

  • Yo’nalishlar va mutaxassisliklar bo’yicha davlat standartini ta’minlash uchun tahlil va ekspertiza o’tkazish, malaka talablari, o’quv rejasi va dasturini taqdim etish;
  • Ta’lim sifati jarayonini aniqlashda o’quv-uslubiy materiallar va adabiyotlar bilan ta’minlanish darajasini o’rganish;
  • Talabalar bilimlarining davlat standartiga muvofiqligini o’rganish va ularni tahlil qilish;
  • Ta’lim sifatini oshirishda me’yori va qonunchilik hujjatlarining bajarilishini ta’minlash;
  • Ichki attestatsiyani tashkil etish, ta’lim sifatiga ta’sir qiluvchi nojo’ya ta’sirlarni aniqlab institut rektori va davlat inspeksiyasiga ma’lumot berish;
  • attestatsiya davomida o’z vaqtida aniqlangan kamchiliklar va ularning ta’lim sifatiga ta’sirini nazorat qilish;
  • Monitoring o’tkazish, ta’lim sifatini aniqlash, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo`yicha o’z vaqtida maslahat berish;
  • Zamonaviy uslublardan foydalangan holda professor-o’qituvchilar tarkibini takomillashtirish jarayoni tahlilini o’tkazish;
  • O’qituvchilarning asosiy ma’lumotlarini aniqlash va ularni o’qitiladigan fanlar bo’yicha qayta tayyorlash, ularning ilmiy darajalarini o’rganish va institut rektoriga ma’lumot berish;
  • O’quv jarayonining monitoringi, tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlarning bajarilishi;
  • O’quv jarayonining moliyaviy va texnik bazasini tahlil qilish va ularni rivojlantirish bo’yicha takliflar berish;
  • Talabalar o’rtasida ixtisosligi va yo’nalishini hisobga olgan holda amaliyotni tashkil etish va tahlil qilish;
  • Davlat inspektsiyasi qarori bilan o’tkazilayotgan attestatsiyani hisobga olgan holda institut reytingi va bahosi to’g’risidagi ma’lumotlarni aniqlashda ishtirok etish;
  • Shaffoflik, baholash darajasi va boshqa bir qator vazifalar orqali baholash jarayonida talabalarning bilimlarini tahlil qilish.

Asosiy vazifalar quyidagi bandlardan iborat:

Hozirda ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi o’z zimmasiga yuklatilgan barcha mas’uliyat va funksiyalarni muvaffaqiyatli bajarmoqda. Quyidagi jadvallar va diagrammalardan shuni aytishimiz mumkinki, ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar Buxoro davlat tibbiyot institutining boshqa o’quv yurtlari orasida erishgan joyini egallash jarayonida muhim rol o’ynaydi. So‘ngi 2019 va 2020 yillarda sifatli ta’lim ulushi 51,07 dan 53,13% gacha o’sdi. Buxoro davlat tibbiyot instituti har tomonlama sezilarli o’sish bilan o’z natijalarini ko’rsatib, O’zbekistondagi eng obro’li ta’lim muassasalaridan biriga aylandi. Institut xodimlari tomonidan qilingan eng katta va eng qiyin qadamlardan biri hurmat va ehtirom bilan tan olindi.

Buxoro davlat tibbiyot instituti ta’lim muassasasining mas’ul xodimlari, professor-o’qituvchilar va talabalar tomonidan yil davomida olib borilgan mashaqqatli va ulkan ishlari tufayli O`zbekistonda eng yaxshi ta’lim muassasalari qatorida 2023 yilda 10 o’rindan (2021) 4 o’ringa ko’tarildi (12 – o’rin 2020 yil, 16 – o’rin 2019yil va 41-o’rin 2018 yil).

2023 yil Tibbiyot sohasi oliy talim muassasalari reytingi orasida yetakchi 1- orinni egalladik.

Yildan yilga xalqaro OTM reytinglarida esa oz ornini yanada yashilab bormoqda.– 2024 yilda Times higher education (THE) xalqaro OTMlar reytingidaREPORTER maqomiga ega boldik;

– “Green metric World University Rankings”da 911 o’rinni egalladik;

Round University Rankingsda 974 o’ringa sazovor bo’ldik.

Institut mamlakatdagi eng yosh va yaqinda tashkil etilgan oliy o’quv yurtlaridan biri bo’lishiga qaramay, faoliyatning barcha yo’nalishlarida muhim va yaxshi natijalarni ko’rsatmoqda. Masalan, 2021 yilda doktorlik va nomzodlik ilmiy darajalarini olgan o’qituvchilar soni 70 nafar bo`lib, monografiyalarini nashr etgan o’qituvchilar soni ikki baravar ko’paydi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti O’zbekiston tarixida birinchi marta Hindistonda o’z filialini ochish to’g’risida memorandum imzoladi. Shuningdek, institut Rossiya, Germaniya, Hindiston, Turkiya va boshqa mamlakatlarning xalqaro miqyosda tan olingan universitetlari bilan yaqin aloqalarni o’rnatdi. Institut Hindiston, Turkmaniston, Qozog’iston, Ozarbayjon va Rossiyadan kelgan chet ellik talabalar uchun yangi uyga aylandi. Ushbu talabalar soni ham deyarli ikki baravarga oshdi. Bugungi kunda Buxoro tibbiyot instituti O’zbekistondagi yetakchi ta’lim muassasalaridan biri bo’lib, eng yuqori o’rinlardan birini egallaydi.

So'rovnomalar

2023 yil mahsulot