Davolash ishlari bo'yicha prorektor
Tursunov Shermuxammadxo’ja Lutfulloyevich 1985-yil 27-mayda Buxoro viloyati Buxoro tumanida tug‘ilgan. 2009-yilda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining davolash fakultetini tamomlagan.
2009–2011-yillarda Moskva shahridagi A.N. Bakulev nomidagi ilmiy-tekshirish institutida «Kardioxirurgiya» mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinaturani tamomlagan. U o‘z ta’limini 2011–2014-yillarda ushbu institutda kardioxirurgiya bo‘yicha aspiranturada davom ettirgan.
2010-2015 yillarda Qo’shimcha ta’lim davlat byudjeti ta’lim muassasasi Rossiya Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tibbiyot akademiyasi Sog’liqni saqlash vazirligi Rossiya Federatsiyasi rentgen-endovaskulyar diagnostikasi va davolash sertifikati berilgan.
2014-yil 19-dekabr kuni A.N. Bakulev nomidagi Yurak-qon tomir jarrohligi ilmiy markazi tomonidan tibbiyot fanlari nomzodi unvoni berilgan. Shundan so‘ng, 2014–2017-yillarda ushbu institutda «Kardioxirurgiya» mutaxassisligi bo‘yicha doktoranturani tamomlagan.
2017–2023-yillarda Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining angio-grafiya va rentgen-endovaskulyar xirurgiya bo‘limi mudiri lavozimida ishlagan. Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida “Yurak-qon tomirlarini stendlash”, “Kardiosimulyator implantatsiyasi”, Buxoro viloyatida birinchi marta “Aortal va metral klapan implantatsiyasi” bo‘yicha jami 6000 dan ortiq jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirgan.Shu va shu kabi jarrohlik amaliyotlarida xorijiy mutaxassislar bilan birga bosh-miya tomirlarida murakkab intervension 100 dan jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirgan.
2021-yildan hozirgi vaqtgacha Buxoro davlat tibbiyot instituti davolash ishlari bo‘yicha prorektor lavozimiga tayinlangan.
Davolash prorektorlik vazifalari bilan bir qatorda, Shermuxammadxo’ja Lutfulloyevich Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasining bosh shifokori sifatida ham faoliyat yuritadi. Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davalat tibbiyot instituti klinikasi davlat muassasasi» belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib 2024 – yilning 27 mart sanasidan o‘z ish faoliyatini boshladi..
Klinikada serebrovaskulyar patologiya (Nevrologiya) bo‘limi, Terapiya bo`limi, Kardioxirurgiya bo`limi, Neyroxirurgiya va travmatologiya-ortopediya, Rekonstruktiv jarrohlik (ChLX,LOR) bo‘limi, Repruduktologiya (Akusherlik va Ginekologiya) bo‘limilari bosqichma-bosqich o‘z ish faoliyati boshladi.Klinika binosining 1-qavatida poliklinika bemorlarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatmoqda.Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasi Kardioxirurgiya bo‘limi o`z ish faoliyatini boshladi Xirurgik amaliyotlar bajarilmoqda Xirurgiya bo‘limi joriy yilning avgust oyidan bo`lim ochilib Laporoskopik xirurgik amaliyotlar olib borilmoqda.Yangi neyroxirurgik operatsiya joriy etishda. Bosh miya o’smasi, orqa miya o’smasi, tug’ma nuqsonlar, umurtqa miya churralari, gidrosefamiya kattalarda va bolalarda, Adenoma gipofiza- endoskopicheskoye udaleniya Shular bo’yicha jarrohlik amaliyoti instituti klinikasining neyroxirurgiya bo’limida amalga oshirilgan.
2024-2025 o’quv yilida 15 ta ilmiy markazlar bilan 24 ta ilmiy yo‘nalishda, 12 ta tuman va 8 ta viloyat Sog‘liqni Saqlash boshqarmasi bilan klinik ordinaturaning 44 ta yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash borasida integratsiya qilish rejalashtirilgan.
Institut hududida yer ajratilgan bo`lib tuproq iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda noan’anaviy ekinlar maydonlarini ko‘paytirish, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ekinlarni ekish bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish bo‘yicha Xalq tabobatini rivojlantirish, mahalliy dorivor o‘simliklardan dori-darmon ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yangi kampus yon tomonida yer maydoni ajratilgan bo‘lib, 17 turdagi dorivor o‘simliklar yetishtiriladi.
– Klinika kafedralari xodimlari tomonidan davolash ishlari hajmi va sifatini nazorat qilish.
– Klinika bazalari bilan hamkorlikni ta’minlash va davolash jarayonlarini yaxshilash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish.
– Tegishli yuqori tashkilotlar ko‘rsatmalari, Ilmiy kengash qarorlari va rektorning davolash ishlari bilan bog‘liq buyruqlarini bajarilishini ta’minlash
© 2024 BSMI. Barcha huquqlar himoyalangan