Moliya-iqtisod ishlari bo’yicha prorektor
23.09.2021 2023-01-23 15:15Moliya-iqtisod ishlari bo’yicha prorektor
Sharipov Oybek Safarovich
Moliya-iqtisod ishlari bo'yicha prorektor
Umumiy ma'lumot
Sharipov Oybek Safarovich Moliya va iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektor 27.07.1976 yil Buxoro viloyati Vobkent tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq-demokratik partiyasi a’zosi. Ma’lumoti oliy. 2008 yil, Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya instituti (sirtqi) bo‘limini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi nazorat xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, kasb ta’limi: informatika va axborot texnologiyasi.
1994-1996 yy. – Buxoro davlat tibbiyot instituti “Xo‘jalik” bo‘limi ishchisi
1996-1997 yy. – Buxoro davlat tibbiyot instituti “Xo‘jalik” bo‘limi ta’minotchisi
1997-1999 yy. – Buxoro davlat tibbiyot instituti “Hisobxona” bo‘limi material hisobchisi
1999-2001 yy.- Buxoro davlat tibbiyot instituti bosh hisobchi muovini
2001-2011 yy.- Buxoro davlat tibbiyot instituti bosh xisobchisi
2011-2018 yy.- Buxoro davlat tibbiyot instituti moliya va iqtisodiyot ishlari prorektori
2018-2020 y.y – “Shofirkon super avto” mchj moliyaviy masalalar buyicha direktor
2020 -.2020 y.y Buxoro davlat tibbiyot instituti buxgalteriyada 1- toifali buxgalter va o‘rindoshlik asosida davolash fakulteti yoshlar ishlari bo‘yicha dekan muovini
2020- 2021 y.y Moliya-iqtisod ishlari bo’yicha prorektor
2022 yildan hozirgi kunga qadar Moliya va iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektor lavozimiga faoliyat olib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari farmoyishlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlab kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi buyruqlari topshiriqlari hamda yuqori tashkilotlarning topshiriqlari, ko‘rsatmalarini, moliyaviy-iqtisodiyot jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha BDTI Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruq hamda farmoyishlarning bajarilishini tashkillashtirib kelmoqda.
Moliyaviy jarayonni ta’minlaydigan taribiy bo‘linmalar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirib, nazorat qilib bormoqda.
Moliyaviy-xo‘jalik ishlariga oid yordamchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqib, kafedralar, tarkibiy bo‘linmalarni malakali xodimlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etib kelmoqda.;
Moliyaviy-xo‘jalik ishlariga oid bo‘sh lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlar tarkibini yaxshilash va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilib kelmoqda.
O‘quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalariga takliflar kiritib kelmoqda.
Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlab kelmoqda.
• Oliy ta’lim muassasalari bilan moliyaviy-iqtisodiyot yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirib, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlashni tashkillashtirib kelmoqda.
• Reja-moliya bo‘limi, buxgalteriya, xo‘jalik, shuningdek rektor buyrug‘i asosida biriktirilgan boshqa bo‘limlar ishini boshqarish va muvofiqlashtirish, Qurilish ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish ishlariga rahbarlik qilib kelmoqda.
• BDTI mavjud moddiy-texnik bazasi imkoniyati doirasida qo‘shimcha pulli xizmatlarni (noshirlik, maishiy xizmatlar, pulli o‘qitish kurslari, ijara, homiylik, divident va h.k.) yo‘lga qo‘yish orqali budjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilishni kengaytirish va shu orqali professor-o‘qituvchilar va ishchi xizmatchilarni moddiy rag‘batlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish ishlarini bajarib kelmoqda.
• Talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa maxsus budjetdan tashqari mablag‘larni shakllantirishni tashkil etib, Davlat budjeti, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan va tadbirkorlik asosida topilgan mablag‘larining daromadlar va xarajatlar smetalarini tegishli vazirliklardan ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlab kelmoqda.;
• BDTI xarajatlar smetalarining bajarilishi, moliyaviy xo‘jalik faoliyati, valyuta operatsiyalarini hisobini olib borilishini nazorat qilib bormoqda.
• BDTI o‘quv laboratoriya binolari, talabalar turar joylari hamda boshqa yordamchi bino va inshoatlarni kuz-qish mavsumi va yangi o‘quv yiliga tayyorlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha barcha hujjatlashtirish ishlarini amalga oshirib kelmoqda.;
BTDI investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha faoliyatni tashkil etish, mavjud bino va inshootlarni rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari loyiha-smeta xujjatlarini ko‘rib chiqib, shartnomalar tuzish, bajarilgan ishlarni qabul qilish va sifatini nazorat qilib kelmoqda.
Budjet va budjetdan tashqari mablag‘lardan, shuningdek kommunal xizmat turlaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqib, ularning bajarilishini ta’minlab kelmoqda.
BDTIning professor-o‘qituvchilari va xodimlari mehnatiga haq to‘lash sharoitlarini yaxshilash, buxgalteriya hisobi va hisobotini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda amalga oshirib kelmoqda.
BDTIning professor-o‘qituvchilari va xodimlari oylik maoshlari va talabalar stipendiyalarini o‘z vaqtida to‘lanishini nazoratga olib kelmoqda.
Talaba va xodimlarni favqulodda holatlardagi hamda mehnat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar rejasini tuzib, uning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha nazorat ishlarini amalga oshirmoqda.
Talabalar oshxonalari, bufetlari, sport-sog‘lomlashtirish majmuasi, tibbiy punktlar ishlarini rejasini tuzish va ularning ishlashini ta’minlash, talabalar turar joyi ehtiyojlarini doimiy ta’minlab borish ishlarini bajarib nazoratga olib kelmoqda.;
O‘zining xizmat vazifalarini bajarish maqsadida Yangi G‘ijduvon ko‘chasida yangi qurilayotgan kampus klinikaning qurilish ishlarini nazoratini kuchaytirib kelmoqda.
So'ngi yangiliklar
- Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan
- Mamlakatimizda har yili 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi.
- Maktablarga ham ma’rifat ulashilmoqda.
- Oftalmologiyaning dolzarb masalalari-mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilmoqda.
- Ma’rifat ulashib-loyihasi.