PhD , dotsent
Kafedra mudiri
2008-2010 yy. – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti pediatriya mutaxassisligi klinik ordinatori
2010-2011 yy. – Buxoro viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi maslahat poliklinika immunolog vrachi
2011-2015yy – Buxoro davlat tibbiyot instituti bolalar kasalliklari va neonatologiya kafedrasi assistenti
2015-2018yy – Buxoro davlat tibbiyot instituti pediatriya kafedrasi tayanch doktoranti
2019-2020yy – Buxoro davlat tibbiyot instituti pediatriya kafedrasi assistenti
2020-2023yy – Buxoro davlat tibbiyot instituti bolalar kasalliklari propedevtikasi va bolalar nevrologiyasi kafedrasi dosenti
2023y. x.v.q. – Buxoro davlat tibbiyot instituti bolalar kasalliklari propedevtikasi va bolalar nevrologiyasi kafedrasi mudiri
2021 noyabr- BIMM
2022 yilda Akademik mobillik dasturi doirasida Qozog’iston respublikasi KGNM universiteti
2023 y. Abuali ibni Sino nomidagiTojikiston Davlat tibbiyot universiteti
2023y. Turkiyaning Sog’liq bilimlari universiteti
– Bemor bolalarni parvarish qilish
-Bolalar kasalliklari propedevtikasi
-Bolalar salomatligi asoslari
-Neonarologiyada hamshiralik ishi
-Pediatriyada hamshiralik ishi
2018 yilda 14.00.36.Allergologiya va immunologiya hamda 14.00.09 – Pediatriyaya mutaxasisligi bo`yicha «Bolalarda tug’ma yurak nuqsonlarida immun-endokrin ko’rsatkichlarning klinik-diagnostik va istiqbolli ahamiyati» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
3 ta monografiya, 2 ta darslik, 4 ta o`quv qo`llanma, 40dan ortiq ilmiy maqolalar va tezis, 5 ta EHM-dasturi, 5 ta o’quv uslubiy qo`llanmalar muallifi.
Ayni vaqtda 4 nafar ilmiy izlanuvchiga rahbarlik qilib kelmoqda.
Основные смежные: шифр научной специальности: 14.00.36-Аллергология и иммунология
ORCID : 0000-0002-7640-4584
Scopus Author ID :
Researcher ID :
Google scholar : https://scholar.google.com/citations?view_op=list_works&hl=ru&user=jeswcIEAAAAJ
“Bolalar kasalliklari propedevtikasi” kafedrasi Buxoro viloyat bolalar ko’p tarmoqli tibbiyot markazi negizida joylashgan. Kafedra xodimlari o’quv-pedagogik, ilmiy-tadqiqot, davolash-diagnostika va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib boradilar.
Kafedra 2020-yil 2 sentyabr kuni institut rektori v/b G.J.Jarilkasinova buyrug‘iga asosan Pediatriya kafedrasi tarkibidan mustaqil ravishda ajralib chiqdi, ya’ni tashkil etildi.
2020 yili 9 sentyabr kuni Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori v/b G.J. Jarilkasinova buyrug‘iga binoan kafedra mudiri etib t.f.n. Shaxnoza Tolibovna Muxamedova tayinlandi. Muxamedova Shaxnoza Tolibovna Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Mutaxassisligi pediatr-neonatolog. 2003 yilda Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining Pediatriya ishi fakultetiga o‘qishga kirib, 2010 yilda shu institutining imtiyozli diplom bilan tugatdi. 2010-2013 yillar Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti Neonatologiya kafedrasida magistraturani tugatdi.
2014-2017 yillarda Buxoro davlat tibbiyot instituti Bolalar kasalliklari kafedrasi assitenti, 2018-2020 yanvar oyigach shu kafedra tayanch doktoranti va 2020 yil 9 sentyabrdan boshlab Buxoro davlat tibbiyot instituti Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Sh.T. Muxamedova 2020 yil 29 yanvar kuni “Osobennosti dinamiki sitokinov u novorojdennix s sindromom sistemnogo vospalitelnogo otveta” mavzusida nomzodlik dissyertasiyasini yo‘qladi.
Kafedraning ilmiy yo‘nalishi bo‘lib: Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda uchraydigan pyerinatal patologiyalarning immun-allyergik mexanizmlarini o‘rganish, bolalarda orasida uchraydigan yurak qon tomir tizimi nuqsonlari, gelmintozlar hamda gastrointestinal patologiyaning immuno endokrin va genenetik jihatlarini o‘rganish asosida ushbu patologiyalarning zamonaviy davolash va profilaktika algoritmlarini ishlabchiqish hisoblanadi.
Kafedra katta o‘qituvchisi I.Q. Sa’dulloyeva 2015 yilda Buxoroda bo‘lib o‘tgan “XXI asr – intelektual avlod asri” nomli yosh olimlar ilmiy-amaliy konfyerensiyasida ishtirok etib viloyatda faxrli II-o‘rinni egallagan va respublika bosqichida “E’tirof etilgan eng yaxshi ma’ruza” naminasiyasi g‘olibi bo‘lgan. 2016 yilda ushbu tanlovda ishtirok etib Respublika boskichida faxrli I o‘rinni egalladi.
2018 yilda kafedra mudiri t.f.n. Sh.T.Muxamedova “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovasion loyihasi” I Respublika tanlovida ishtirok etib, faxri 1 o‘rin g‘olibi bo‘lgan.
2020 yilda Sh.T.Muxamedova rahbarligida Pediatriya, tibbiy biologiya va tibbiy profilaktika fakulteti 533 guruh talabasi Xikmatova Sh.U. Pediatriya fanidan bo‘lib o‘tgan Respublika fan olimpiadasida 1 o‘rinni egallagan.
Kafedra mustaqil izlanuvchilari N.K.To‘rayeva “Prognosticheskie krityerii tyajesti virus assosiirovannogo glomyerulonefrita u detey” mavzusida, M.S.Shodiyeva “Helicobacter pillory assosirlangan gastroduodenal patologiyali bolalarning immunogenetik ko‘rsatgichlari” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
2019 yilda kafedra dosenti A.S.Shamsutdinov Rossiya Fedyerasiyasining Sank -Petyerburg davlat pediatriya tibbiyot institutiga akademik mobillik doirasida tashrif buyurdi va “Bolalarda revmatik isitma, bolalarda zotiljam, bolalarda siydik yo‘llari infeksiyalari” mavzulari 16 soatli amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.
Muxammedova Shaxnoza Tolibovna 2023 yil 11 may Tibbiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini (14.00.36 –Allergologiya va immunologiya ixtisosligi) olish uchun “Perinatal gipoksiya kechayotgan yangi tug’ilgan chaqaloqlar dismetabolik nefropatiyasida sitokinlarning gen polimorfizmi” mavzusida ilmiy seminar bosqichidan o‘tildi.
Kafedraning maqsadi talabalarga bolalar kasalliklari propedevdikasi, bemor bolalarni parvarish qilish, Neonatologiyada hamshiralik ishi, Tibbiy genetika, Nevrologiya, bolalar nevrologiyasi tibbiyot fanlaridan bilim berish va shifokorlik amaliyotiga tayyorlash. Bunda zamonaviy tibbiyot oldida turgan muammolarni hal etishda va shifokorlik kasbi sirlarini o‘rganishda talabalarga sog‘lom va bemor bola ahvolini baholash, kasal va sog‘lom bolalarni ratsional ovqatlantirish, ularda kechadigan kasalliklarni aniqlashni o‘rgatish, davolash va oldini olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Bolalar kasalliklari propedevtikasi fani pediatriya amaliyotida uchraydigan kasalliklarni erta tashxislash, ularni samarali davolash usullarini takomillashtirish va profilaktika choralarini o‘rgatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
3 yillik faoliyati davomida 1 ta nomzodlik dissertatsiyasi, 1 ta doktorlik dissertatsiyasi ilmiy seminar bosqichidan himoya qilindi, 180 dan ortiq ilmiy maqolalar, 15 ga yaqin o’quv uslubiy qo’llanmalar, 2 ta “Tibbiy Genetika” va “Nursing care of stick child” darsliklari, 9 ta o’quv qo’llanma, 4 ta monografiya chop etildi, 5 ga yaqin amaliyotga taklif, 6 ga yaqin EHM dasturlar va yangiliklar tayyorlandi.
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan quyidagi muammolar bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda:
1) “Perinatal gipoksiya kechayotgan yangi tug’ilgan chaqaloqlar dismetabolik nefropatiyasida sitokinlarning gen polimorfizmi”;
2) “Bolalarda funktsional qabziyat shakllanishining immun – genetik jihatlari”;
3) “COVID-19 bilan kasallangan onalardan tugilgan chakaloklardagi chuziluvchan sariklikda interferon xolatining xususiyatlari”;
4) “Bolalar miya falajida simptomatik epilepsiya rivojlanishining klinik molekulyar-genetik jixatlari va reabilitasiyasini optimallashtirish”;
5) “Клинико-иммунологическая характеристика герпесвирусных инфекций у детей с поражением нервной системы”.
Kafedra mustaqil izlanuvchisi Karomatova Fazolat Abdiqahhorovna Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini (14.00.36 –Allergologiya va immunologiya ixtisosligi) olish uchun “COVID-19 bilan kasallangan onalardan tugilgan chakaloklardagi chuziluvchan sariklikda interferon xolatining xususiyatlari” dissertatsiya mavzusida uslubiy qo’llanma tayyorlash bosqichida.
Kafedra bugungi kunda Sag’liq Bilimlari Universiteti, M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog’iston universiteti Notijorat aksiyadorlik jamiyati, S.D.Asfandiyorov nomidagi Qozog’iston milliy tibbiyot universiteti” notijorat aksiyadorlik jamiyati, Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston Davlat tibbiyot bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.
“Bolalar kasalliklar propedevtikasi va bolalar nevrologiyasi” Kafedra Profesori Artikova Mavluda Abduraxmanovna hamda kafedra assistenti N.A.Nabiyeva Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida “Sog’lom bolalar mamlakat kelajagi” mavzusida VI milliy kongressda o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etish maqsadida 2022 Yil 30 may-05 iyun kunlari ishtirok etishdi
Institutlar o’rtasida 16.05.2019-yilda imzolangan hamkorlik memorandumiga muvofiq M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog’iston universiteti Notijorat aksiyadorlik jamiyatining 2022-yil 28-oktyabrdagi 01-02/481 sonli taklifnomasiga muvofiq Kafedra Profesori Artikova Mavluda Abduraxmanovna akademik mobillik dasturini amalga oshirish maqsadida 2022-yilning 31-oktyabr kunidan 5-noyabr kuniga qadar Qozog’iston Respublikasi Shimkent shahriga borib ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni o’tib keldilar.
2023yilning 25-aprel kunidan 2-may kuniga qadar Ozarbayjon Respublikasi Baku shahrida o’tkazilgan “Tibbiyotning dolzarb muammolari” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida o’z ma’ruzalari bilan institutning “Bolalar kasalliklari propedevtikasi va bolalar nevrologiyasi” kafedrasi professori Artikova Mavluda Abduraxmanovna (DcS),dots. va kafedra assistenti Safarov Samadjon Sodikovich ishtirok etishdi.
Kafedra dotsenti Sa’dulloyeva Iroda Qurbanovna akademik mobillik rejasi doirasida S.D.Asfandiyorov nomidagi Qozog’iston milliy tibbiyot universiteti” notijorat aksiyadorlik jamiyatining Umumiy tibbiyot va Pediatriya maktabi talabalariga amaliy va nazariy mashg’ulotlarini o’tkazish maqsadida 2022-yilning 27-noyabr kunidan 2-dekabr kuniga qadar Olmaota shahriga xizmat safarida bo’lib kelindi.
Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston Davlat tibbiyot universitetining oliygohlar o’rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasiga muvofiq akademik mobillik dasturi doirasida universitetda nazariy hamda amaliy mashg’ulotlarini o’tkazishi uchun “Bolalar kasalliklari propedevtikasi va bolalar nevrologiyasi” kafedrasi dotsenti Sa’dulloyeva Iroda Qurbonovna(PhD) 2023-yilning 2-may kunidan 10-may kuniga qadar Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahriga xizmat safarida bo’lib kelindi.
Turkiya Respublikasi Sog’liq bilimlari universiteti Bolalar sog’ligi va kasalliklari fani o’qituvchisi Şirin Güven, Dr. Sevgi Akova, Doç. Dr. Kamil Şahin, Zeynep Kamil Kadın va Çocuk Doğum Suam Neonatologiya klinikasi professorlari va Güner Karatekin, Doç. Dr. Kamil Şahin, Dr. Nihal Hatipoglu, Doç.Dr. Zeynep Yıldız Yıldırmak, Prof. Dr. Murat Elevli, Doç.Dr.Adem Karbuz akademik mobillik dasturi doirasida institut talabalariga ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar o’tish maqsadida tashrif buyurganliklaridan lavhalar
Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy va axloq tarbiya ishlari institut tomonidan tasdiqlangan rejasiga muvofiq olib boriladi. Kafedrada har payshanba kuni ma’naviyat soati muntazam ravishda o’tkazib turiladi. Bunda ma’naviyat va ma’rifat soatlarida videoroliklar namoyish qilinishida, mavzular bo’yicha ma’ruzalar o’tkazishda ma’naviy-ma’rifiy va ustoz-shogird ishlar bo’yicha mas’ul xodim Hamidova Feruza Karimovna, shu jumladan, kafedraning barcha xodimlari faol qatnashadilar.
Bo’lajak shifokorlarni ma’naviy qiyofasini shakllantirish, talabalar qalbi va ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish, ularda kasbga sadoqatlilik xislatlarni rivojlantirish maqsadida ma’naviyat soatlari tashkil etilgan.
Dars jarayonida talabalarga amaliy ko’nikmalarni interfaol-immitatsion usulda o’rgatish.
NavigatsiyaToggle Table of ContentToggle
© 2024 BSMI. Barcha huquqlar himoyalangan