KENJAEV LAZIZ va MAXMUROV ALISHERning DISSERTATSIYa XIMOYaSI
16.12.2021 2021-12-16 14:08KENJAEV LAZIZ va MAXMUROV ALISHERning DISSERTATSIYa XIMOYaSI
Vaqti: 23 дек. 2021 12:00
Konferensiya identifikatori: 885 7062 1183
Kirish kodi: 12345
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qalqonsimon, qalqonsimon oldi bezlari va diafiz suyak to‘qimasining reparativ regeneratsiyasining o‘zaro bog‘liq struktur o‘zgarishlari», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V2020.4.PhD/Tib737.
Ilmiy rahbar: Raxmatova Maqaddas Xoltaevna, tibbiyot fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Dsc/PhD.04/30.12.2019. tib 93.01
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidullo Abdullaevich, tibbiyot fanlar doktori;
Xamdamova Muxayoxon Tuxtasinovna, Dsc.
Yetakchi tashkilot: «Osh davlat universiteti»
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Gipo- va giperkalsemiya sharoitida qalqonsimon, qalqonsimon bezi oldi bezlari va naysimon suyak diafiz qismi suyak to‘qimasining reparativ regeneratsiyasidagi strukturaviy o‘zgarishlar o‘rtasidagi bog‘liqlik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Gipo- va giperkalsemiya sharoitida qalqonsimon bez parafollikulyar hujayralaridagi strukturaviy o‘zgarishlarning ultrastruktur xususiyatlari aniqlangan;
Gipo- va giperkalsemiya sharoitida qalqonsimon bezi oldi bezi bosh hujayralaridagi strukturaviy o‘zgarishlarning ultrastruktur xususiyatlari aniqlangan va baholangan;
Gipo- va giperkalsemiya sharoitida sun’iy nuqson yaratilgandan so‘ng katta boldir suyagi diafiz qismi suyak to‘qimasining reparativ regeneratsiyasidagi strukturaviy o‘zgarishlarida kuzatiladigan ultrastrukturaviy xususiyatlar borligi isbotlangan;
Gipo- va giperkalsemiya sharoitida qalqonsimon bez, qalqonsimon bezi oldi bezlari va sun’iy nuqson yaratilgandan so‘ng katta boldir suyagi diafiz qismi suyak to‘qimasi reparativ regeneratsiyasidagi morfologik o‘zgarishlar qiyosiy o‘rganilgan va baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Suyak to‘qimasi reparativ regeneratsiyasiga mahalliy va tizimli omillarning ta’siri mexanizmlarini morfologik o‘rganish asosida:
«Giper- va gipokalsemiyada suyak to‘qimalarining reparativ regeneratsiyasini optimallashtirish» (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 17 dekabrdagi 8n-p / 589-sonli xulosasi) uslubiy tavsiyanomasi chop etildi. Ushbu uslubiy tavsiyanoma kalsiyning qondagi miqdoriga ko‘ra suyak to‘qimasining reparativ regeneratsiyasining jarohatdan so‘nggi holatini tahlil qilish imkonini bergan;
Naysimon suyaklar diafiz qismi suyak to‘qimasi nuqsonlarining reparativ regeneratsiyasini optimallashtirish mexanizmlarini o‘rganish va baholash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalari klinik amaliyotga tadbiq etildi, xususan, RShTYoIM Toshkent viloyati filialida, Toshkent viloyati Chirchiq shahar Tibbiyot Birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2021 yil 14 iyundagi 8n-z / 190-sonli xulosasi). Olingan ilmiy natijalarni klinik amaliyotga tatbiq etilishi oyoq-qo‘l shikastlanishlarini to‘liq tiklashga, asoratlarni bartaraf qilishga va hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan.
Bosh inspektor A.Zufarov | Monitoring bo‘limi bosh mutaxassisi Yu.Inoyatova | Veb-sayt administratori B.Shamuratov | Veb-sayt tahririga mas’ul E.Bozorov | DUK rahbari Z.Tadjixodjaev |