Otorinolaringologiya kafedrasi

Otorinolaringologiya kafedrasi

Nurov Ubaydullo Ibodullayevich

Kafedra mudiri

Kafedra xodimlari

Voxidov Nuriddin Hikmatovich
t.f.n., professor
Narzullayev Nuriddin Umarovich
DSc, dotsent
Nurova Go`zal Ubaydullayevna
PhD
Nuriddinov Husniddin Nuriddinovich
O`qituvchi
Ikramova Firangiz Suleymanovna
O`qituvchi
Xolov Husen Negmurodovich
O`qituvchi
Umarov Umedjon Nuriddinovich
O`qituvchi
Rahmatov Alizot Axtam o’g’li
O`qituvchi
Alimova Shahnoza Azamat qizi
O`qituvchi

Kafedra tarixi

1993-1995 yillarda kafedrani O`zbekiston Respublikasida  xizmat ko`rsatgan fan arbobi  professor, otorinolaringologiya, bosh va bo`yin jarrohligi xalqaro akademiyasining akademigi, Buxoro Davlat tibbiyot instituti rektori Akram  Ibragimovich Mo`minov boshqargan.

1990 yilda  sobiq Sovet Ittifoqi ministrlar sovetining qaroriga asosan buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino  Vatani- Buxoro shahrida tibbiyot instituti tashkil etish to`g`risidagi qarori e`lon qilindi. A.I.Mo`minovga institutga  rahbarlik qilishdek mas`uliyatli vazifa  topshirildi va shu institut rektori etib tayinlandi. O`tgan qisqa vaqt ichida A.I.Mo`minov rahbarligi ostida Buxoro Davlat Tibbiyot instituti  Respublikamizdagi ko`zga ko`ringan oliy o`quv yurtlari qatoridan o`rin oldi. 1993 yil  avgust oyida  O`zbekiston Respublikasida  xizmat ko`rsatgan fan arbobi  professor, otorinolaringologiya, bosh va bo`yin jarrohligi xalqaro akademiyasining akademigi, Buxoro Davlat tibbiyot instituti rektori Akram  Ibrogimovich Mo`minov rahbarligida otorinolaringologiya kafedrasi o`z faoliyatini boshladi va Akram  Ibragimovich Mo`minov kafedra mudiri etib tayinlandi. Kafedra 1993 yil Buxoro viloyat kasalxonasi (hozirda Buxoro viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazi) klinik bazasi tarkibida tashkil qilindi. Akram Ibragimovich Mo`minov 1960 yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutini tugatib, Samarqand tibbiyot instituti LOR kasalliklari kafedrasiga klinik ordinator sifatida qabul qilindi. 1962-1965 yillarda Moskva shahridagi vrachlar malakasini oshirish instituti aspiranti bo`ldi. 1965 yilda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. U 1965-1970 yillarda Samarqand tibbiyot instituti LOR kasalliklari kafedrasi assistenti va dotsenti, 1970-1975 yillarda Toshkent Davlat tibbiyot instituti LOR kasalliklari kafedrasi dotsenti va professori lavozimlarida faoliyat ko`rsatdi. A.I.Mo`minov 1972 yilda doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 1975-1990 yillarda o`zining tashabbusi bilan tashkil qilingan Toshkent Davlat tibbiyot institutining birinchi davolash va sanitariya-gigiyena fakultetlari LOR kasalliklari kafedrasi mudiri bo`lib ishladi. Shu yillarda A.I.Mo`minov Toshkent Davlat tibbiyot institutida internatura va ishlab chiqarish amaliyoti dekani, birinchi davolash fakulteti dekani, o`quv ishlari prorektori lavozimlarida faoliyat ko`rsatdi. 1990 yilda Buxoroda tibbiyot instituti tashkil etilganligi munosabati bilan u shu institut rektori va LOR kasalliklari kafedrasi mudiri etib tayinlandi. A.I.Mo`minov 1995-2000 yilgacha Samarqand Davlat tibbiyot instituti rektori etib tayinlandi. 1995-2001yillarda SamMI huzuridagi vrachlar malakasini oshirish fakulteti LOR kasalliklari kafedrasini boshqardi. 2001 yildan hayotining so`nggi kunlarigacha II Toshkent Davlat tibbiyot institut LOR kasalliklari kafedrasida professor konsultant lavozimida faoliyat ko`rsatdi. A.I.Mo`minov 350 dan ortiq ilmiy maqola va 5 ta monografiya muallifidir. U kishi tomonidan 1996 yilda o`zbek tilida tibbiyot instituti talabalari uchun Otorinolaringologiya fani darsligi yaratildi. U kishining rahbarligi ostida 7 ta doktorlik va 30 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. A.I.Mo`minov tashabbusiga asosan 1980 yilda Respublikada birinchi “Eshitish va nutq reabilitatsiyasi markazi” tashkil etildi.  A.I.Mo`minov ilmiy-pedogogik, davolash va ma`muriyat ishlari bilan bir qatorda ko`p qirrali jamoat ishlarini ham olib borgan. U kishi “Вестник оториноларингологии”, “Медицинский журнал Узбекистана”, “Российская ринология” jurnallari muharririyat kengashi a`zosi, O`zbekiston Respublikasi sog`liqni saqlash vazirligida kollegiya a`zosi va otorinolaringologiya bo`yicha monotematik komissiya a`zosi vazifalarida faoliyat ko`rsatgan. 1980 yilda u kishiga “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan fan arbobi” sharafli unvoni berilgan.

1995-2012 va 2014-2018 yillarda kafedrani tibbiyot fanlari nomzodi, professor Vohidov Nuriddin Hikmatovich boshqargan.

1995-2012 va 2014-2018 yillarda  Buxoro Davlat tibbiyot instituti “LOR, stomatologiya va onkologiya”  kafedrasi mudiri etib tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Vohidov Nuriddin Hikmatovich tayinlandi. U 1975 yilda Samarqand  tibbiyot institutining pediatriya fakultetini tugatgan. 1975-1976 yillarda Buxoro viloyat bolalar kasalxonasida Internaturani o`tagan. 1977-1989 yil Buxoro viloyat bolalar kasalxonasida LOR-shifokori, 1989 yilda Buxoro viloyat bolalar kasalxonasi LOR-bo`limi mudiri lavozimida faoliyat ko`rsatdi. 1995 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi, 1997 yilda dotsentlik unvonini oldi. 1995-1998 yilda IIB kasalxonasi boshlig`i lavozimida ishladi. 2003-2009 yy. tibbiy pedagogika fakulteti dekani, 2009-2011 yy. Buxoro davlat tibbiyot instituti davolash fakulteti dekani 2012-2014 yilda tibbiy pedagogika va oliy hamshiralik ishi fakulteti dekani, 2014-2018 yilda Otorinolaringologiya, stomatalogiya va oftalmologiya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko`rsatdi. U 80 dan ortiq ilmiy maqolalar, 16 ta uslubiy qo`llanma muallifidir. Voxidov Nuriddin Hikmatovich “Otorinolaringologiya (2019 yil)” va “Bolalar otorinolaringologiyasi (2019-yil)” rus va o`zbek tilida darslik, “Halqum, hiqildoq, burun, quloqning funksional anatomiyasi va tekshirish usullari”, “Yuqori nafas yo`llari kasalliklari”, “Bolalarda o`tkir laringotraxeit”, “Bolalarda hiqildoq va traxeya kasalliklari (2019-yil)”, “Klinik otorinolaringologiya (2020-yil)”, “Bolalarda yuqori nafas yo`llari kasalliklari (2019)” o`quv qo`llanmalar nashr ettirgan.

2012-2014 yillar, 2019-yildan hozirga qadar kafedrani tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Nurov Ubaydullo Ibodullayevich boshqarib kelmoqda.

2012-2014 yillarda kafedra mudiri etib tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Nurov Ubaydullo Ibodullayevich tayinlandi. U 2014 yilda tibbiy pedagogika va oliy hamshiralik ishi fakulteti dekani etib tayinlanganligi uchun, kafedrani 2014-2019 yillarda dotsent N.H.Voxidov boshqardi. 2019 yildan hozirgi kunga qadar kafedrani dotsent U.I.Nurov boshqarib kelmoqda. U 1980 yilda   O`rta Osiyo pediatriya tibbiyot institutiga o`qishga kirib, 1986 yilda shu institutni imtiyozli diplom bilan tugatdi. 1993 yilda aspiranturaga qabul qilinib, uni muddatidan oldin tugatib,  nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. U.I. Nurov 1996 yilda LOR kafedrasi assistenti, 1997 yil kafedra katta assistenti lavozimida faoliyat yuritdi. 2002 yil kafedra dotsenti etib tayinlandi. 2004-2009 yy.  Buxoro davlat tibbiyot instituti stomatologiya fakulteti dekani lavozimida ishladi. 2012-2014 yillar “Otorinolaringologiya” kafedrasi mudiri, 2014-2019 yillarda Tibbiy pedogogika fakulteti dekani vazifasida ishlagan.  U 96 ta ilmiy maqola, 12 ta uslubiy qo`llanma, 4 ta o`quv qo`llanma va “LOR-hamshirasining jarrohlik blokidagi ishi”, “Bolalarda hiqildoq va traxeya kasalliklari”, “Klinik otorinolaringologiya”, “Otorinolaringologiya” kabi o`quv qo`llanmalar muallifidir. Uning tomonidan 7 ta ratsionazatorlik taklifi kiritilgan va 3 ta ilmiy ishlariga patent olingan.

“Otorinolaringologiya” kafedrasi 2006 yilda oftalmologiya kafedrasi bilan birgalikda faoliyat ko`rsatdi. 2014-2016 yillarda rektor buyrug`i bilan kafedra “LOR,  stomotologiya va onkologiya”, 2016-2018-yillarda esa “LOR, onkologiya va oftalmologiya” kafedrasi sifatida faoliyat yuritdi. 2019 yildan hozirgi kungacha “Otorinolaringologiya va oftalmologiya” kafedrasi bo`lib, o`z faoliyatini davom ettirmoqda.

1993 yilda institut ilmiy kengashi qaroriga asosan “Koʼz kasalliklari” kursi tashkil qilindi. Kafedra Buxoro viloyat koʼz kasalliklari shifoxonasi bazasida joylashgan. 2006 yildan hozirga qadar Oftalmologiya kursini Odilova Guljamol Rustamovna boshqarib kelmoqda. 2010 yilda  G.R.Odilova nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib,  2011 yilda tibbiyot fanlari nomzodi unvoni oldi. Odilova Guljamol Rustamovna oftalmologiya kursi katta oʼqituvchisi, tibbiyot fanlari nomzodi, 25 dan ortiq oʼquv-uslubiy qoʼllanma muallifi, 45 dan ortiq maqolalari xorijiy va respublika jurnallarida chop etilgan.

    Kafedrada “Davolash”, “Tibbiy pedagogika”, “Tibbiy biologiya”, “Tibbiy profilaktika”, “Stomatologiya” va “Pediatriya” fakulteti talabalariga otorinolaringologiya va oftalmologiya fanlaridan amaliy va klinik mashg`ulotlar olib boriladi.

Oftalmologiya (yunoncha” ko’z haqidagi ta’limot ” dan) — ko’zning tuzilishi va fiziologiyasini, uning kasalliklarini, ularning oldini olish va davolash usullarini o’rganadigan tibbiyot sohasi. Oftalmologiya tibbiyot fanida muhim o’rin tutadi. Ko’rish organi yoki “ruhning ko’zgusi”, adabiyotda aytilganidek, inson tanasining yaxshi “sog’liqni saqlash oynasi” dir. Agar biz oftalmologiyaning tibbiyotning boshqa sohalari bilan umumiy aloqasini izlasak, ularning barchasi ma’lum darajada oftalmologiya bilan bog’liq deb ishonch bilan aytishimiz mumkin.

Oftalmologiya kafedrasi respublika ixtisoslashtirilgan ko’z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali negizida joylashgan. Kafedrada ilmiy, amaliy va tarbiyaviy ishlarni 7 professor-o’qituvchi olib boradi. Kafedrada Buxoro davlat tibbiyot institutining quyidagi fakultetlarining 4-5-kurs talabalari tahsil oladi: davolash (60910200), tibbiy-pedagogika ta’limi (5111000), stomatologiya (5510400), pediatriya (5510200), davolash-profilaktika (5510300) va xalq tabobati (5511100). Kafedrada 2 nafar mustaqil izlanuvchi, shuningdek, doktorantlar, magistrantlar va klinik ordinatorlar o’z ilmiy va amaliy faoliyatini olib boradilar. Oftalmologiya kafedrasida “yosh oftalmolog” to’garagi faoliyat ko’rsatmoqda, unda institut bakalavrlari, magistrlari va klinik ordinatorlari ishtirok etadi.

Bizning maqsadimiz talabalarni ushbu kasallikning oldini olishga, ko’z patologiyasini tananing umumiy kasalliklari bilan, ish sharoitlari, kundalik hayot, kasb bilan bog’lashga e’tibor qaratgan holda turli xil ko’z kasalliklarini tan olishga o’rgatish, bu kasalliklarning oldini olish va davolash usullarini belgilashga imkon beradi, shuningdek ushbu fanni o’qitish metodikasi bo’yicha ko’nikmalarni rivojlantiradi.

Tibbiyot fanlari doktori, oftalmologiya kafedrasi dotsenti Odilova Guljamol Rustamovna

“Ko’z kasalliklari” mutaxassisligi bo’yicha tibbiyot fanlari nomzodi (Toshkent tibbiyot Akademiyasi, 2010 yil), tibbiyot fanlari doktori (Buxoro nomidagi tibbiyot instituti) darajasiga ega. Abu Ali ibn Sino, 2023) “morfologiya” va “ko’z kasalliklari”mutaxassisliklari bo’yicha. 2020 yildan boshlab 14.00.08 oftalmologiya mutaxassisligi bo’yicha dotsent ilmiy unvoniga ega. O’quv faoliyati: pedagogik ish staji 23 yil, umumiy tibbiy staji 33 yil. 2011, 2014, 2018, 2021 yillarda pedagogika bo’yicha malaka oshirish to’g’risidagi guvohnomalarga ega.Tibbiyot fanlari  nomzodi, dotsent 2010 yilda “Совершенствование лечения ожогов глаза”(14.00.08.–oftalmologiya) mavzusida dissertatsiya himoya qilgan.

Ilmiy faoliyati: 100 dan ortiq ilmiy va o’quv-metodik ishlar, 3 ta monografiya, o’quv qo’llanmalari -4 va metodik qo’llanmalarning muallifi (hammuallifidir) 10. Ilmiy qiziqish sohasi: ko’z yuzasi kasalliklari va “quruq ko’z” sindromi; ko’z ichi suyuqligi patologiyasi; bolalarda diabetik retinopatiya, yoshga bog’liq makula degeneratsiyasi; optik asabning ishemik patologiyasi. 2022 yilda men Antaliyada bo’lib o’tgan turkiy tilli oftalmologlarning 56-xalqaro Kongressida, 2023 yilda Sankt-Peterburgda bo’lib o’tgan oftalmologlarning xalqaro Kongressida qatnashdim.

Tibbiy faoliyati: oftalmologiya mutaxassisligi bo’yicha tibbiy tajriba-33 yil. 1991 yildan 2023 yilgacha Buxoro oftalmologiya dispanserida oftalmolog shifokor bo’lib ishlagan. Mutaxassislik bo’yicha tibbiy kategoriya oliy.

Ma’lumotlar:” oftalmologiya ” eng yuqori (2010 yildan), 2015 yilda uzaytirildi va 2018 yilda uzaytirildi. Bo’limlarda malaka oshirish sertifikatlari mavjud: vitreoretinal jarrohlik (2013); oftalmologiya (2009; 2014; 2019); glaukoma (2020); ko’z olmasining oldingi segment kasalliklari (2021); retinal va optik asab kasalliklari (2021). Kasbiy qiziqish sohasi: retinologiya, yoshga bog’liq makula degeneratsiyasi, ko’z yuzasi kasalliklari va “quruq ko’z” sindromi, glaukoma diagnostikasi va monitoringi. O’zbekiston oftalmologlar jamiyati a’zosi, Buxoro shahridagi oftalmologlar jamiyati raisi hisoblanadi.

E-mail:     gulyaoculist@mail.ru        

Telefon:          +998905134484

Boboeva Ra’no Rahimovna – kafedra katta o`qituvchisi, PhD. O`quv ishlar bo’yicha javobgar. Tibbiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) 2022 yilda “ Rutanning xoleretik faolligini eksperimental asoslah”(14.00.17.–farmakologiya va klinik farmakologiya, 14.00.16-normal va patologik fiziologoya) mavzusida dissertasiya himoya qilgan.

 Tibbiyotning oftalmologiya  yo’nalishlari bilan shug’ullanadi.

O’quv faoliyati: oftalmologiya  fanidan ma’ruzalar va amaliy mashg’ulotlar olib boradi. 12 dan ortiq uslubiy qo’llanma, 2 ta uslubiy tavsiyanoma, 3 ta o’quv qo’llanma  va 1 ta monografiya muallifi.

Ilmiy faoliyati: 30 dan ortiq ilmiy maqolalar.

Davolash ishlari: birinchi toifali vrach.

Ma’lumotlar: “Davolash ishi” mutaxassisligi bo’yicha oliy (2007) kvalifikatsiya: Umumiy amaliyot shifokori (286105), “Oftalmologiya” mutaxassisligi bo`yicha klinik ordinatura (2009) (№ 0144). Umumiy ish staji: 14 yil. Pedagogik ish staji: 14 yil

2022 yilda Turkiyada bo`lib o`tgan 56 kongressda va 2023 yilda Sank Peterburg shahrida bo`lib o`tgan konferensiyalarda qatnashib sertifikat olib kelgan.  E-mail:     ranoboboyeva3553@mail.com https://scholar.google.com/citations?user=HBUyG7wAAAAJ&hl=ru&authuser=1

Telefon:          +998936263553

Jo’raeva Gulruh Bafoevna– kafedra assistenti. Tibbiyotning oftalmologiya yo’nalishi bilan shug’ullanadi.

O’quv faoliyati: Kafedrada ilmiy faoliyat bilan bir paytda bakalavr  talabalariga  oftalmologiya bo’yicha   seminar mashg’ulotlari olib boradi.

Ilmiy faoliyati: Hozirgi kunda “Патогеническое средство востановления функциональной активности почек”  mavzusida ilmiy izlanuvchi sifatida  ish olib bormoqda.15 dan ortiq ilmiy maqolalar  muallifi. Davolash ishlari: 2-  toifali vrach.Vrach oftalmolog  Ma’lumotlar: “Davolash ishi” mutaxassisligi bo’yicha oliy (2004) kvalifikatsiya: Umumiy amaliyot shifokori (279219), “Oftalmologiya” mutaxassisligi bo`yicha klinik ordinatura (2011) (№ AA 000085). Umumiy ish staji: 19 yil. Pedagogik ish staji: 2 yil E-mail:      https://scholar.google.com/citations?user=ZGO9foEAAAAJ&hl=ru&authuser=3 

Telefon:          +998914031779

Xuddiyeva Nargiza Yuldashevna – kafedra assistenti. Tibbiyotning oftalmologiya yo’nalishi bilan shug’ullanadi. Kafedrada ma`naviy – ma`rifiy ishlariga javobgar.

O’quv faoliyati: Kafedrada ilmiy faoliyat bilan bir paytda, bakalavr  talabalariga  oftalmologiya bo’yicha   seminar, аmaliyot va klinik mashg’ulotlarni olib boradi.

Ilmiy faoliyati: Hozirgi kunda «Клинико- иммунологические особенности течения конъюнктивитов вирусной этиологии» mavzusida mustaqil ilmiy izlanuvchi sifatida  ish olib bormoqda. 20 dan ortiq ilmiy maqola va 10 dan ortiq tezislar  muallifi.

Davolash ishlari: 2 –  toifali vrach. RIKMIATM Buxoro filialida vrach oftalmolog

Ma’lumotlar: “Davolash ishi” mutaxassisligi bo’yicha oliy (2008) kvalifikasiya: Umumiy amaliyot shifokori (289895),

“Oftalmologiya” mutaxassisligi bo`yicha klinik ordinatura (2013) (№ АА 005564). Umumiy ish staji: 15 yil. Pedagogik ish staji: 3 yil E-mail: ophthalmics.22@mail.ru

scholar.google: https://scholar.google.com/citations?user=pejFUd8AAAAJ&hl=ru&authuser=2

Telefon: +998912404949

Murodullayeva Nargiza Oripovna– kafedra assistenti. Tibbiyotning oftalmologiya yo’nalishi bilan shug’ullanadi.

O’quv faoliyati: Kafedrada ilmiy faoliyat bilan bir paytda bakalavr  talabalariga  oftalmologiya bo’yicha   seminar mashg’ulotlari olib boradi.

Ilmiy faoliyati: Hozirgi kunda “Kontakt linzalardan foydalanganda shox parda epiteliysining morfometrik ko‘rsatgichlari va ko‘rish funksiyasining buzilishi.” mavzusida mustaqil izlanuvchi sifatida  ish olib bormoqda. 10 dan ortiq ilmiy maqolalar  muallifi.

Davolash ishlari: 2-  toifali vrach.Vrach oftalmolog

Ma’lumotlar: “Davolash ishi” mutaxassisligi bo’yicha oliy (2016) kvalifikatsiya: Umumiy amaliyot shifokori (№ 869881), “Oftalmologiya” mutaxassisligi bo`yicha  magistratura (2019) (№ 103260).

Umumiy ish staji: 5 yil. Pedagogik ish staji: 1 yil

E-mail: https://scholar.google.com/citations?user=NmGoDmkAAAAJ&hl=ru Telefon:          +998912494200

Ramazonova Shohibonu Shoyim qizi– kafedra assistenti. Tibbiyotning oftalmologiya yo’nalishi bilan shug’ullanadi.

O’quv faoliyati: Kafedrada ilmiy faoliyat bilan bir paytda bakalavr  talabalariga  oftalmologiya bo’yicha   seminar mashg’ulotlari olib boradi.

Ilmiy faoliyati: Hozirgi kunda “Ambliopiyani davolash usullarini takomillashtirish”  mavzusida ilmiy izlanuvchi sifatida  ish olib bormoqda.

10 dan ortiq ilmiy maqolalar  muallifi.

Davolash ishlari: Vrach oftalmolog

Ma’lumotlar: “Davolash ishi” mutaxassisligi bo’yicha oliy (2020) kvalifikatsiya: Umumiy amaliyot shifokori (00001826), “Oftalmologiya” mutaxassisligi bo`yicha magistratura (2023). Umumiy ish staji: 3 yil. Pedagogik ish staji: 1 yil   E-mail:      ramazonovashohibonu@gmail.com Telefon:          +998914120004

Umarov Umedjon Nuriddinovich – kafedra assistenti. Tibbiyotning otorinolaringologiya yo’nalishi bilan shug’ullanadi.

O’quv faoliyati: Kafedrada ilmiy faoliyat bilan bir paytda bakalavr  talabalariga va MBBS talabalariga otorinolaringologiya bo’yicha   seminar mashg’ulotlari olib boradi.

Davolash ishlari: Vrach otorinolaringolog

Ma’lumotlar: “Davolash ishi” mutaxassisligi bo’yicha oliy (2019) kvalifikatsiya:  “Otorinolaringologiya” mutaxassisligi bo`yicha magistratura (2021). Umumiy ish staji: 3 yil. Pedagogik ish staji: 2 yil   E-mail: umidjon999umarov@gmail.com Telefon: +998(99) 422-00-09

Kafedra erishgan yutuqlar

 Kafedraning ilmiy yo`nalishi bo`lib: “Tez o`zgaruvchan  iqlim  sharoitida  quloq, tomoq va yuqori nafas  yo`llari  kasalliklari  sabablari  va davolash  choralarini  ishlab  chiqish” va “Tez oʼzgaruvchan iqlim sharoitida koʼz kasalliklari sabablari va davolash choralarini ishlab chiqish” hisoblanadi. Kafedrada  shu mavzuga oid 1 ta doktorlik va 8 ta nomzodlik  ishi  himoya qilingan.

Kafedra  o`qituvchilaridan R.R.Radjabov va N.U.Narzullayev masofadan o`qitish bo`yicha Krasnoyarsk tibbiyot universitetida malaka oshirdilar. N.X.Voxidov, R.R.Radjabov, U.I.Nurov, N.U. Narzullayev 2013 yilda mutaxassislik bo`yicha viloyatda bo`lib o`tgan sayyor  siklda davolash ishi bo`yicha o`zlarining malakalarini oshirib, sertifikat oldilar. Kafedra katta o`qituvchisi R.R.Radjabov 2019-yilda akademik mobillik bo`yicha Tojikiston Davlat tibbiyot universitetining LOR-kasalliklari kafedrasida bo`lib, talabalarga ma`ruzalar o`qidi, amaliy mashg`ulotlar o`tkazdi, shuningdek, bemorlar ko`rigida va jarrohlik amallarida qatnashib tajriba almashdi. 2020-yilda kafedra katta o`qituvchisi R.R.Radjabov Qarag`anda Davlat tibbiyot universitetining 4-bosqich talabalariga otorinolaringologiya fani bo`yicha ma`ruza, amaliy mashg`ulotlar o`tkazdi.

Kafedra dotsenti N.H.Vohidov 2012-yilda “Sog`liqni saqlash a`lochisi” ko`krak nishoni va kafedra assistenti H.N.Nurddinov 2020 yilda  “Mehr-saxovat” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

Kafedrada “Yosh otorinolaringologlar” va “Yosh oftalmologlar” toʼgaraglari tashkil qilingan bo`lib, to`garag a`zolari TIJda dolzarb ma`ruzalar bilan qatnashib, 20 ta talaba sovrinli o`rinlarni egallagan. “Yosh otorinolaringologlar” to`garagi a`zosi U.R.Qosimov N.U.Narzullayev rahbarligida 28.09.2020 yilda Qozog`istonda bo`lib o`tgan “Лучшие молодые учёные-2020” Ilmiy anjumanda 1-darajali diplom va ko`krak nishoni bilan taqdirlandi. Sh.Sh.Yaxyoyev F.S.Ikramova rahbarligida “Samarqand-2020” xalqaro olimpiadada “Научный подход к решению проблемы” nominatsiyasi g`olibi bo`ldi.

 Kafedra xodimlari o`quv ishlari bilan birga ilmiy izlanishlar olib borishyapti. Jumladan, R.R.Boboyeva “Rutanning xoleritik faoliyatini ekspremental o`rganish”, G.B.Jo`rayeva “Клинико-лабораторные исследования больных с изменениями зрения при почечной недостаточности”, G.R.Odilova “Краниальная морфометрическая характеристика светопреломляющей части глаза и элементов глазного яблока у детей с диабетом”, H.N.Nuriddinov “Surunkali polipoz rinosinusitlarni jarrohlik yo`li bilan davolash va reabilitatsiyasini takomillashtirish”, F.S.Ikramova “Bolalarda yiringli o`rta otitning immunologik aspektlari” mavzularida ilmiy izlanish olib boryaptilar. Shuningdek, kafedra xodimlari  tomonidan  mahalliy va xorij jurnallarida ko`plab ilmiy maqola va tezislar chop etilgan, o`quv qo`llanma,  monografiya va   elektron darslik  yaratilgan. Bundan tashqari kafedrada 10 dan ortiq ratsionalizatorlik takliflari kiritilgan va 5ta patent olingan, 6 ta EHM dastur yaratilgan.

Germaniya Federativ Respublikasi va O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlik doirasida Buxoro davlat tibbiyot instituti loyixasiga asosan tibbiyot fanlari doktori Tomas Overlak 2019 yil 29 martdan 14 aprelgacha otorinolaringologlar malakasini oshirish maqsadida Buxoro viloyatida bo’lib, Buxoro davlat tibbiyot instituti “Otorinolaringologiya, onkologiya va oftalmologiya” kafedrasi talabalari, magistr va klinik ordinatorlariga “Quloq kasalliklari” mavzusida ma’ruzalar o’qidi va ular bilan birgalikda bemorlar ko’rigi, jarrohlik amaliyotini o’tkazdi.  

“Otorinolaringologiya va oftalmologiya” kafedrasida hozirda 17 ta magistr va 8 ta klinik ordinator tahsil olmoqda.

Kafedrada «Yosh otorinolaringologlar» va «Yosh oftalmologlar» to`garaglari tashkil qilingan bo`lib, darslar kafedra xodimlari tomonidan muntazam olib boriladi. To`garag a`zolari konferensiyalarda, shuningdek, Respublika tanlovlarida qatnashib sovrinli yutuqlarni qo`lga kiritishgan.

Kafedrada tashkil qilingan "Yosh oftalmologlar" va "Yosh oftalmologlar" to'garakidan fotolavhalar

Kafedrada tashkil qilingan "Yosh oftalmologlar" va "Yosh oftalmologlar" to'garagi a'zolarining erishgan yutuqlari

Kafedra hayotidan lavhalar

Kafedra xodimlari, klinik ordinatorlar va magistrlar Sankt-Peterburg ilmiy tekshirish instituti t.f.d., professor I.I.Chernushevich bilan birgalikda bemorlar ko`rigida

Kafedra xodimlari, klinik ordinatorlar va magistrlar Germaniyalik professor Oksel Pin Pank bilan birgalikda bemorlar ko`rigida

Kafedra xodimlari Germaniyalik professor Tomas Overlak bilan birga jarroxlik amaliyotida

Akademik mobillik bo`yicha kafedra klinik ordinatori O`rinov Jamil Rossiya federatsiyasi V.I.Razumovskiy nomidagi Saratov davlat tibbiyot universitetida

Akademik mobillik bo`yicha kafedra magistri Boltayev Mirjon Rossiya Federatsiyasi Pirogov nomidagi universitetda

Koreyaning Vizion care kompaniyasi vrachi doktor Li Buxoro shaxrida oʼtkazgan bemorlar koʼrigi va jarrohlik amaliyotida kafedra xodimlari ishtiroki

Otorinolaringologiya va oftalmologiya kafedrasi xodimlari.

Ma’lumki, ko‘hna Buxoroi sharif zaminidan juda ko‘plab olimu fuzalolar yetishib chiqqan. Ularning aksariyati ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shishga musharraf bo‘lgan. Bu an’ana hanuzgacha davom etib kelmoqda. Bugungi kunda ham Buxoroda yashab, ilm-fan sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan, xalq sog‘ligini saqlash yo‘lida hormay-tolmay mehnat qilayotgan zabardast shifokorlarimiz soni ko‘pchilikni tashkil etadi. Shulardan biri muborak yetmish yoshni qarshilayotgan tibbiyot fanlari nomzodi, professor Nuriddin Hikmatovich Vohidovdir.

N.H. Vohidov 1952 yilning 8 martida Buxoro viloyatining Kogon tumanida dunyoga kelgan. 1959-1963 yillarda I.V.Stalin nomidagi maktabda boshlang‘ich ta’limni, 1963-1969 yillarda esa A.S. Pushkin nomidagi maktabda o‘rta ta’limni olgan.  N. Vohidov 1969 yilda maktabni a’lo baholar bilan bitirib, akademik I.P.Pavlov nomidagi Samarqand davlat tibbiyot institutining pediatriya fakultetiga o‘qishga kiradi va 4-kursdan boshlab Samarqand viloyat kasalxonasi bolalar bo‘limida, 5-6-kursda o‘qib yurgan davrlarida esa Samarqandning Selskiy tumanida joylashgan “Rabotak” qishlog‘idagi qishloq vrachlik kasalxonasida feldsher bo‘lib ishlaydi. N.Vohidov institutda tahsil olib yurgan paytidayoq ilmiy faoliyatga qiziqadi va 3-kursda ustozlari t.f.n., dotsent I.T. Salomov, va t.f.d. prof. A.H. Hamroev rahbarligida o‘pka zotiljami bilan kasallangan bolalarda gematokrit miqdorining o‘zgarishini tekshirib, ushbu mavzuda yozgan tezisi bilan institutda talabalar orasida o‘tkazilgan anjumanda uchinchi o‘rinni egallaydi. Doimiy izlanishda bo‘lgan N.Vohidov 1975 yilda o‘qishni tugatib, o‘zining shifokorlik faoliyatini Buxoro viloyat bolalar shifoxonasida pediatriya mutaxassisligi bo‘yicha internaturada davom ettiradi. 1977 yildan boshlab esa ushbu shifoxonada M. A. Maqsudov rahbarligida-otorinolaringolog mutaxassisligini egallay boshlaydi. 1977 yil bir yarim oylik malaka oshirish davrida Toshkent tibbiyot akademiyasi “Otolaringologiya”kafedrasida prof. Q.J. Mirazizov rahbarligi ostida mutaxassislik sirlarini chuqur o‘zlashtiradi. O‘sha davrda LOR bo‘limi kasalxonaning 2-xirurgiya bo‘limi tarkibida joylashgan bo‘lib, 20 o‘rindan iborat edi. M.A. Maqsudov vafotidan keyin, ustozining ishlarini davom ettirib, N.H. Vohidov bosh bolalar otorinolaringologi sifatida faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Bu yo‘lda unga ustozlari A.M.Akbashev, X.K.Kamolov, t.f.d. K.M. Mirjanov, R.X. Xolov, t.f.n. A.S.Shamsutdinov, A.D.

Dilmurodov va boshqa ustoz-murabbiylarning hissalari katta bo‘lgan. 1989 yilning iyun oyida viloyat Sog‘liqni saqlash bo‘limi mudiri M.S. Usmonxo‘jaevning buyrug‘iga binoan viloyat bolalar kasalxonasida 40 o‘ringa mo‘ljallangan LOR bo‘limi tashkil etiladi va bo‘lim mudiri etib N.H. Vohidov tayinlanadi. LOR bo‘limi kasalxonaning ma’muriyati va laboratoriyasi binosida joylashgan bo‘lib, uni qayta ta’mirlash lozim bo‘ladi. Bu ishlarni kasalxona bosh vrachi A.S. Shamsutdinov boshchiligida amalga oshirishda N.H. Vohidov alohida jonbozlik ko‘rsatib, bo‘limni ta’mirlaydi. Jumladan, binoning deraza romlari, eshiklari almashtiriladi, jarrohlik, bog‘lov, ko‘ruv xonalari sanitariya-epidemiologiya talablari asosida ta’mirlanadi, bo‘limning yangi yumshoq va qattiq jihozlar bilan ta’minlanishi tashkil etiladi, bemorlarni ko‘rish va davolash uchun tibbiy asboblar, jarrohlik stoli va yoritgich kabi jihozlar olinadi. 1975 yildan 2021 yilgacha viloyat bolalar kasalxonasida 46 yil davomida faoliyat ko‘rsatgan N.Vohidov nafaqaga chiqar ekan, uning faoliyatiga bag‘ishlangan tadbirda butun kasalxona xodimlari qatnashib, mehnatlarini e’tirof etgan holda kuzatishdi. Albatta bunday hurmat va ehtiromga erishish uchun inson tinmay mehnat qilishi, o‘zgalar ehtiyojini o‘zinikidan ustun qo‘yishi kerak. Nuriddin Hikmatovich yoshlarga beradigan o‘gitlarida har doim ushbu so‘zlarni ta’kidlaydi: “Butun koinot olami yutuqlari, yangiliklari, baxt-saodat, hurmat-izzat, o‘qimishli bo‘lish, hunar egallash, kasbli bo‘lish, uyli-joyli bo‘lish, oila qurish, bola-chaqali bo‘lish, boylik orttirish, yaxshi, farovon hayot kechirish, orzu-havaslarni amalga oshirish faqat ilm olish va kitob o‘qish orqali amalga oshsa, nega kitob o‘qimaymiz va kitobning hurmatini o‘z joyiga qo‘yib, uni qadrlamaymiz? Xudodan qo‘rqing va kitobning hurmatini joyiga qo‘yingki, boshingizga balo yog‘ilmasin deb qo‘rqaman. Kitob hech qachon eskirmaydi. Kitob qanchalik eskirsa, uning mavqei shunchalik baland bo‘lib boraveradi. Shu sababli eski kitoblarni tashlab yubormang, nojo‘ya ishlarga ishlatmang! Uvoli uradi! Avloddan avlodga meros qilib qoldiringki, oxiratda Ollohdan mukofoti keladi”.

N.H. Vohidov 1993 yildan Buxoro davlat tibbiyot institutida “Otorinolaringologiya” kafedrasi assistenti, 1995 yildan shu kafedra mudiri, 1994-1998 yillarda IIV boshqarmasiga qarashli shifoxona bosh hakimi, 1998 yildan Buxoro davlat tibbiyot instituti “Tibbiy pedagogika va oliy hamshiralik ishi” bo‘limi boshlig‘i, 2007 yildan esa “Tibbiy pedagogika va oliy hamshiralik ishi” fakulteti dekani, 2009 yilda Buxoro davlat tibbiyot institutining “Davolash” fakulteti dekani va “LOR kasalliklari” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. Ish jarayonida barcha ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni zamon talabiga mos ravishda tashkillashtirdi, institutning “Tibbiy pedagogika va oliy hamshiralik ishi” fakultetida o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yuqori darajada ko‘tarib, fakultet rivojiga katta hissa qo‘shdi. Shuningdek, institutda ta’lim olayotgan oliy toifali hamshiralarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish, ularni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, talabalar bilimini yangi pedagogik texnologiyalar nazariyasi va amaliyoti bilan boyitish maqsadida institutda “JACA” o‘quv xonasining tashkil etilishiga jonbozlik ko‘rsatdi. Doimiy ravishda o‘z ustida ishlab kelgan N. Vohidov bir necha marta sobiq Sovet Ittifoqining Kiev, Moskva, Leningrad kabi shaharlarining markaziy klinikalarida, 2003 yilda Qirg‘izistonda, 2004 yilda AQShda, 2006 yilda Qozog‘istonda, 2008 yilda Shotlandiya bilan hamkorlikda Toshkent shahrida o‘tkazilgan treninglarda otorinolaringologiya va hamshiralarni o‘qitishning yangi pedagogik texnologiyalarini takomillashtirish borasida malaka oshirib keldi. Shunisi tahsinga loyiqki, N.Vohidov o‘z kasbiy va ilmiy faoliyatini takomillashtirib bordi, zamon ruhi bilan nafas oldi, jamiyat taraqqiyotini kuzatib, unga hamohang harakat qildi. Qunt va sabot bilan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy ishlarni chuqur va o‘ziga xos tarzda tashkillashtirish qobiliyati bilan N.Vohidov ko‘pchilikning ehtiromi va e’tirofiga erishdi. Uning tashabbusi bilan Buxoro viloyati shahar va tumanlarida ishlayotgan pediatrlar uchun otorinolaringologiyadan bir oylik o‘qish kurslari tashkil etildi. Pediatrlar orasidan 4 ta shifokor (M.S. Pardaev, U.I. Nurov, A.S. Mirzaev, A.Hamroev) viloyat bolalar kasalxonasining LOR bo‘limida otorinolaringologiya mutaxassisligi bo‘yicha birlamchi malaka oshirishga muvaffaq bo‘ldilar.

Har haftaning chorshanba kuni shahar poliklinikalarining otorinolaringologlari orasida viloyat bolalar kasalxonasining LOR bo‘limida anjumanlar tashkil etildi va unda LOR a’zolarining tuzilishi, tekshirish usullari va kasalliklari to‘g‘risida ma’ruzalar tayyorlanib, muhokamalar o‘tkazildi. Otorinolaringologiya sohasida N.Voxidovning shogirdlari qatoriga t.f.d U.I. Nurov (otorinolaringologiya va oftalmologiya kafedrasi mudiri), t.f.n. Go‘zal Nurova, t.f.n. Nuriddinov Husniddin boshqa ko‘plab mutaxassislarni kiritish mumkin. Ko‘rinib turibdiki, serqirra ilmiy-pedagogik faoliyati bilan tibbiyotga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan bu olim ta’lim sohasida ham sermahsul ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Nuriddin Hikmatovich tom ma’nodagi kamtarin, zahmatkash va bilimdon inson. Ilm uning hayotining mazmuni va qismatiga aylangan, desak sira mubolag‘a bo‘lmaydi. U 1995 yilda “Issiq iqlim sharoitida bolalarda o‘tkir laringotraxeitni davolashning o‘ziga xosligi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va 1996 yilda tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasiga, 1999 yilda esa dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘ldi.

Qiziqish doirasi keng, zahmatkash va izlanuvchan olim ish faoliyati davomida fan takomillashuviga oid 7 ta ratsionalizatorlik taklifi kiritgan, 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislarni chop etgan, 1 ta ilmiy-uslubiy, 19 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 8 ta o‘quv qo‘llanma, 7 ta darslik (5 ta hammualliflikda, 1ta yakka mualliflikda, 1ta Rossiya bilan hamkorlikda), 1 ta elektron darslik, 1 ta monografiya tayyorlab nashr etgan.

                                                                      Ratsianalizatorlik takliflar

  1. Quloq kasalliklarida attikni yuvish (Guvohnoma №38);
  2. Belanjer pichog‘ining kesuvchi qismini sim bilan almashtirish (Guvohnoma № 47, 2005 yil);

3.Hiqildoq sohasida larigotraxeitlarda limfotrop terapiyani qo‘llash (Guvohnoma № 54, 2005 yil);

  1. Yuqori namli atmosfera sharoitida o‘tkir larigotraxeitlarni davolash uchun palatkadan foydalanish (Guvohnoma № 44, 1995 yil);
  1. Burun to‘sig‘i jarrohligida qo‘llaniladigan ajratgich so‘rg‘ich (Guvohnoma № 56, 2007 yil);
  2. Tonzilektomiya jarrohlik amalida ajratgich so‘rg‘ich (Guvohnoma № 62, 2005 yil);
  3. Timpanopunksiya nog‘ora bo‘shliqni teshib ko‘rish uchun igna (Guvohnoma № 83, 2005 yil).

                                                                                Elektron darslik

  1. Quloq, tomoq va burun kasalliklari // S.A.Xasanov,

N.X.Voxidov elektron darslik. Toshkent, 2012 (barcha fakultet talabalari uchun). Guvohnoma № VPGU 00250 04/03/2011yil.

                                                                                      Darsliklar

  1. Otorinoloringologiya // darslik (o‘zbek tili, lotin alifbosida). S.A.Xasanov, N.X.Voxidov Toshkent- 2013 y. 463 bet.
  1. Otorinolaringologiya detskogo vozrasta // uchebnik Q.Q. Qosimov , S.A Xasanov. N.X Voxidov Buxoro “Sadriddin Salim Buxoriy ” Durdona nashriyoti 2020 y.-700 bet.
  1. Bolalar otorinolaringologiyasi (lotin alifbosida) // Q.Q. Qosimov , S.A Xasanov . N.X Voxidov. Buxoro”Sadriddin Salim Buxoriy ” Durdona nashriyoti 2020 y.-943 bet
  2. Otorinolaringologiya (o‘zbek tili,lotin alifbosida) // Q.Q. Qosimov , S.A. Xasanov . N.X Voxidov U.N. Voxidov D.F. Shamsiev. -T.: ”Fan va texnogiya ”, 2019 y, 464 bet.
  1. Otorinolaringologiya (rus tilida) I-qism // 529 bet II-qism 387bet. Q.Q. Qosimov, S.A Xasanov . N.X Voxidov U.N. Voxidov D.F. Shamsiev. -T.: ” Buxoro ”Sadriddin Salim Buxoriy ” Durdona nashriyoti, 2020.-940 bet.
  1. Otorinolaringologiya //N.X Voxidov. (o‘zbek tili,lotin alifbosida) darslik 2022 y.Tashkent.

                                                    Hamkorlikdagi qo‘shma o‘quv adabiyot:

  1. Otorinolaringologiya // V.T.Palchun, A.I.Kryukov, M.M.Magomedov. N.X.Voxidov, U.N.Voxidov. darslik. (o‘zbek tili, lotin alifbosida). ”GEOTAR”-Media. Bosmaxona guruhi. Moskva 2022y.

                                                                        O‘quv qo‘llanmalar

  1. Yuqori nafas yo‘llari kasalliklari // S.A.Xasanov., N.X.Voxidov.O‘quv qo‘llanma Toshkent. 2008 y.335 bet

2.Umumiy amaliyot shifokori tayyorlashda “otorinlaringologiya” // A.M. Xakimov, N.X.Voxidov., R.R.Radjabov.,U.I.Nurov. O‘quv qo‘llanma. Buxoro 2008 y.464 bet.

  1. Quloq, burun, tomoq kasalliklari // S.A.Xasanov, N.X.Voxidov. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. 2011y.I -qism 299 bet, II-qism 209 bet.
  2. Bolalarda hiqildoq va traxeya kasalliklari // N.X.Voxidov., U I Nurov. O‘quv qo‘llanma. “Durdona”-nashriyoti.Buxoro. 2019 y .147 bet.
  3. Klinik otorinolaringologiya // U.I. Nurov, N.X. Voxidov, R.R. Radjabov, G.U. Nurova. O‘quv qo‘llanma. “Durdona”-nashriyoti. Buxoro. 2020 y .255 bet.6. Yuqori nafas yo‘llari kasalliklari //U.N. Voxidov, N.X.Voxidov. O‘quv qo‘llanma.Toshkent 2021y. 649 bet
  1. Bolalarda yuqori nafas yo‘llari kasalliklari // N.X. Voxidov., N.U. Narzullaev, X.N Nuriddinov. O‘quv qo‘llanma. “Durdona”-nashriyoti.Buxoro.- 2021y. 285. bet.
  1. Bolalarda quloq kasalliklari // N.X.Voxidov, U.I.Nurov, R.R.Radjabov, X.N.Nuriddinov, J.A.Shodiev, G.U.Nurova. O‘quv qo‘llanma. Toshkent 2021y. 465 bet.

                                                                               Monografiya

1.Bolalarda o‘tkir laringotroxeit // N.X.Voxidov, S.A.Xasanov. Toshkent 2008 y 208 bet. N.H.Vohidov ko‘plab xalqaro simpozium va ilmiy-amaliy anjumanlarda qatnashib, tibbiyot fani yutuqlarini amaliyotga tadbiq etishda davom etmoqda. U ilmiy tadqiqotlar olib borish, o‘z bilim va tajribalarini ustoz sifatida yoshlarga o‘rgatish bilangina kifoyalanib qolmay, iqtidorli talabalarni ilmga yo‘naltirib kelmoqda. Ko‘pgina iqtidorli talabalar, ilmiy tadqiqotchilar N.H.Vohidovni o‘zlariga “ustoz” deb bilishadi. N.H.Vohidovning nafaqat ilmiy, tashkiliy, balki jamoatchilik faoliyati ham diqqatga sazovordir. U viloyatning shahar va tumanlariga amaliy va nazariy yordam ko‘rsatib, “Tez tibbiy yordam markazi”da maslahatchi sifatida faoliyat olib boradi.

2.Fidoiy olimning shifokorlik va ilmiy-pedagogik faoliyati hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. U 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘iga asosan “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi. 2021 yilda esa O‘zbekiston

3.Respublikasi vrachlar assotsiatsiyasi va O‘zbekiston otorinolaringologlar assotsiatsiyasi bo‘limi, O‘zbekiston otorinolaringologlarining V s’ezdida “Eng faol ustoz” diplomi bilan taqdirlandi. 2021 yil 27 oktabrda Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashi qaroriga asosan N.H.Vohidovga professor lavozimi berildi.

Voxidov N.X O‘g‘illari O‘tkirbek  stomatolog-implantolog va jiyanlari otorinolaringolog Jahongir bilan kitoblarini munozarasi. Buxoro 2019 y.

“Xonsaroy” qishlog‘idagi hovlida  22 mart 2021yil Navro‘z bayramida O‘tkirbekning muchal yoshi munosabati bilan tabrik marosimi. O‘ngdan Axmedov M, Juraev R, O‘tkirbek, Rustamov T, Voxidov N, Voxidov U, Hamro Solievichni o‘g‘li

Doktor Vohidov N.X ilmiy izlanishda 2019 yil.Buxoro.

Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori t.f.d professor Inoyatov A.Sh., Voxidov N.H. ga Buxoro davlat tibbiyot institutining ko‘krak nishonini topshirmokda. 2018 yil. Buxoro.

Davolash fakulteti dekanatida majlis. O‘ngdan ish yurituvchi Maxbuba, dekan muovini Ro‘ziev Oybek, dekan Voxidov N.H., dekan muovinlari Eshonqulov Alijon, Nasrieva Lola. 2012 y

          T.f .n. dos. N.X.Voxidov shaxsiy klinikasida ilmiy izlanishda. 2011 y. Buxoro.

DAK raisi sifatida N.X Vohidov Nukus tibbiyot instituti talabalari bilan. 2008-yil Nukus shahri.

Voxidov N.X. kafedrada talabalar bilan mavzu bo‘yicha qizg‘in munozara o‘tkazmoqda

Erishilgan yutuqlar

Tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasi, 1996 yil

Dotsent ilmiy unvoni, 1999 yil

Voxidov N.H.  Uzbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi. 2011 yil.

Buxoro viloyat Xalq deputatlari Kengashi faxriy yorlig‘i, 2016 yil

Auvezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida ma’ruza o‘qish, 2021 yil