How may we help you?

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida Maqom festivali tadbirlari tashkil etildi. Institut rektori Shuhrat Teshayev tomonidan tadbir ochib berildi. Tadbirda maqomchilar xususan, yosh maqomchilar maktab o’quvchilari bo’lgan iste’dodli yoshlar hamda institut professor o’qituvchilari ham o’z mahoratlarini namoyish etdi.

Buxoro davlat tibbiyot instituti professori, tibbiyot fanlari doktori Shuhrat O’roqov ham musiqa va uning inson salomatligidagi, qadriyatlarimizdagi hamda tariximizdagi o’rni haqida to’xtalib o’tdi. Festival barchaga ko’tarinki kayfiyat baxsh etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi  ijrosini ta’minlash maqsadida yoshlarni ommaviy sport tadbirlariga jalb qilish bo’yicha   institut   talaba-yoshlari o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlariga start berildi.

Buxoro davlat tibbiyot institutida jismoniy tayyorgarlik sinovlari 100-3000m ga yugurish, yugurib kelib uzunlikka sakrash, gimnastika o‘rindig‘idan oyoq tizzalarini bukmay oldinga egilish, yugurib kelib uzunlikka sakrash shartlari bo’yicha o’tkazildi, kelgusida 6 mingga yaqin talabalar o’tishi rejalashtirilgan.
 
Jismoniy tayyorgarlik sinovlari  30-aprel kuniga qadar davom etadi.

22-aprel “Butunjahon yer kuni” munosabati bilan Buxoro davlat instituti tyutorlar boshchiligida talaba-yoshlarni ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish maqsadda “Yer yoshlar kelajagi” shiori ostida tadbir oʻtkazildi.

Tadbir Buxoro “Somoniylar” istirohat bog’ida institut talabalari bilan keng ko’lamda olib borildi.

Respublikamizda yildan yilga ilmiy tadqiqot ishlari rivojlanib bormoqda. Olimlarimiz tomonidan juda ko’plab ilmiy yangiliklar yaratilib, turli sohalarning rivojlanishida ulkan yutuqlarga erishilmoqda. Bu borada bizning Buxoro davlat tibbiyot instituti professor-o’qituvchilari ham o’z hissalarini qo’shmoqdalar.

Xususan, Tibbiy kimyo kafedrasi PhD assistenti Qurbonova Feruza Nurulloyevna 18 aprel kuni O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Polimerlar fizikasi va kimyosi ilmiy tekshirish institutida bo’lib o’tgan O’zbekiston xitinologlar jamiyatining navbatdagi seminarida ishtirok etdi.  O’z izlanishlari bilan xitin va uning hosilalaarining olinishi va qo’llanilishida olgan yangi yutuqlari uchun O’zbekiston xitinologlari uyushmasi a’zoligiga qabul qilindi. Jamiyat raisi O’zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi S.SH. Rashidova tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi.

Biz hamkasbimizning kelajakdagi ilmiy yutuqlari bardavom bo’lishini tilab qolamiz.

Ayni paytda Buxoro davlat tibbiyot instituti katta zalida “Bolalar jarrohligi, anesteziologiya va reanimatsiyaning innovatsion texnologiyalari” mavzuida ilmiy amaliy anjuman boshlanmoqda.

Tadbirda respublikamiz hamda xorijdan bir qancha professor olimlar, shifokorlar ishtirok etmoqda.