How may we help you?

O`zbekiston va Qozog`iston , bu ikki mamlakatni uzoq asrlik  o`tmish , yaqin qo`shnichilik aloqalari , o`xshash an`analar  va albatta  qardoshlik munosabatlari  bog`lab turadi . Hozirgi kunda  qo`shnilarimiz  bizning eng yaqin hamkorlarimiz qatorida sanaladi . Shu munosabat  bilan   S.D.Asfendiyarov  nomidagi Qozog`iston  milliy tibbiyot universiteti  Ximiya Kafedrasi dotsenti Almabekova Almagul Amirbekovna tomonidan institutimizdagi    Tibbiy kimyo va  Biokimyo kafedrasida 1 haftalik akademik mobillik dasturi doirasida ma`ruza va amaliy mashg`lotlar olib borilyapti .

Tashrif avvalida kafedra mudirlari tomonidan kafedralarning erishgan ilmiy va pedagogik yutuqlari  ustoz -shogird an`anasi, qilingan yangiliklar haqida tanishtiruv ishlari olib borildi .

Olimaning tashrifi yosh ayol o`qituvchilarimizga motivatsion tajriba bo`libgina qolmay  , erishilgan yutuqlar olima ayolga qiziqishlar uyg`otdi .  Darslar davomida o`zaro tajriba almashilinyapti .

Olimaning tashrifi yosh ayol o`qituvchilarimizga motivatsion tajriba bo`libgina qolmay  , erishilgan yutuqlar olima ayolga qiziqishlar uyg`otdi .  Darslar davomida o`zaro tajriba almashilinyapti .

Ma`lumot o`rnida yakunlangan hafta davomida  Bir guruh professor o`qituvchilarimiz Qozog`istonning Shimkent shahridagi  M.Avezov nomidagi Janubiy -Qozog`iston universitetida o`tkazilgan  ’’Аузовские чтения -22 . Академик Каниш Сатпаев – основоположник  Казахстанской науки ’’ Xalqaro ilmiy anjumanida ishtirok etib ,o`zaro tajriba almashib qaytishdi . Almagul Amirbekovnaning tashrifi  hamkorligimizning uzviy davomi bo`lim kelajakda nafaqat pedagogik va balki ilmiy yangiliklar borasida kelishib olindi .

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida Maqom festivali tadbirlari tashkil etildi. Institut rektori Shuhrat Teshayev tomonidan tadbir ochib berildi. Tadbirda maqomchilar xususan, yosh maqomchilar maktab o’quvchilari bo’lgan iste’dodli yoshlar hamda institut professor o’qituvchilari ham o’z mahoratlarini namoyish etdi.

Buxoro davlat tibbiyot instituti professori, tibbiyot fanlari doktori Shuhrat O’roqov ham musiqa va uning inson salomatligidagi, qadriyatlarimizdagi hamda tariximizdagi o’rni haqida to’xtalib o’tdi. Festival barchaga ko’tarinki kayfiyat baxsh etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi  ijrosini ta’minlash maqsadida yoshlarni ommaviy sport tadbirlariga jalb qilish bo’yicha   institut   talaba-yoshlari o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlariga start berildi.

Buxoro davlat tibbiyot institutida jismoniy tayyorgarlik sinovlari 100-3000m ga yugurish, yugurib kelib uzunlikka sakrash, gimnastika o‘rindig‘idan oyoq tizzalarini bukmay oldinga egilish, yugurib kelib uzunlikka sakrash shartlari bo’yicha o’tkazildi, kelgusida 6 mingga yaqin talabalar o’tishi rejalashtirilgan.
 
Jismoniy tayyorgarlik sinovlari  30-aprel kuniga qadar davom etadi.

22-aprel “Butunjahon yer kuni” munosabati bilan Buxoro davlat instituti tyutorlar boshchiligida talaba-yoshlarni ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish maqsadda “Yer yoshlar kelajagi” shiori ostida tadbir oʻtkazildi.

Tadbir Buxoro “Somoniylar” istirohat bog’ida institut talabalari bilan keng ko’lamda olib borildi.

Respublikamizda yildan yilga ilmiy tadqiqot ishlari rivojlanib bormoqda. Olimlarimiz tomonidan juda ko’plab ilmiy yangiliklar yaratilib, turli sohalarning rivojlanishida ulkan yutuqlarga erishilmoqda. Bu borada bizning Buxoro davlat tibbiyot instituti professor-o’qituvchilari ham o’z hissalarini qo’shmoqdalar.

Xususan, Tibbiy kimyo kafedrasi PhD assistenti Qurbonova Feruza Nurulloyevna 18 aprel kuni O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Polimerlar fizikasi va kimyosi ilmiy tekshirish institutida bo’lib o’tgan O’zbekiston xitinologlar jamiyatining navbatdagi seminarida ishtirok etdi.  O’z izlanishlari bilan xitin va uning hosilalaarining olinishi va qo’llanilishida olgan yangi yutuqlari uchun O’zbekiston xitinologlari uyushmasi a’zoligiga qabul qilindi. Jamiyat raisi O’zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi S.SH. Rashidova tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi.

Biz hamkasbimizning kelajakdagi ilmiy yutuqlari bardavom bo’lishini tilab qolamiz.