Bugun Buxoro davlat tibbiyot institutida “Munozara” intellektual turnirining institut bosqichi bo’lib o’tdi.
25.04.2024 2024-04-26 13:21Bellashuvlarni institut birinchi prorektori Z.Saidovna ochib berib, barcha jamoalarga omad tiladi.
Shundan so’ng jamoalar qur’a natijasiga ko’ra, birin-ketinlikda Respublika tashkilotchilari tomonidan tavsiya etilgan mavzularda
“Tasdiq” va “Inkor” pozitsiyalarida o’zaro munozara olib bordilar.
Bellashuvlarning so’ngi natijasiga ko’ra:
1-oʻrin: “Avicenna” jamoasi
2-oʻrin: “Gippokrat” jamoasi
3-oʻrin: “Liderlar” jamoasi.
Institut chempioni boʻlgan “Avicenna” jamoasi viloyat bosqichida institut sharafini himoya qiladigan boʻldi!
Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlari
25.04.2024 2024-04-26 11:23Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat tibbiyot instituti Xalqaro fakultet talabalarining 5.2 MBBS 19 bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlaridan lavhalar.
Akademik mobillik O’zbekiston va Qozog’iston
25.04.2024 2024-04-25 13:23O`zbekiston va Qozog`iston , bu ikki mamlakatni uzoq asrlik o`tmish , yaqin qo`shnichilik aloqalari , o`xshash an`analar va albatta qardoshlik munosabatlari bog`lab turadi . Hozirgi kunda qo`shnilarimiz bizning eng yaqin hamkorlarimiz qatorida sanaladi . Shu munosabat bilan S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozog`iston milliy tibbiyot universiteti Ximiya Kafedrasi dotsenti Almabekova Almagul Amirbekovna tomonidan institutimizdagi Tibbiy kimyo va Biokimyo kafedrasida 1 haftalik akademik mobillik dasturi doirasida ma`ruza va amaliy mashg`lotlar olib borilyapti .
Tashrif avvalida kafedra mudirlari tomonidan kafedralarning erishgan ilmiy va pedagogik yutuqlari ustoz -shogird an`anasi, qilingan yangiliklar haqida tanishtiruv ishlari olib borildi .
Olimaning tashrifi yosh ayol o`qituvchilarimizga motivatsion tajriba bo`libgina qolmay , erishilgan yutuqlar olima ayolga qiziqishlar uyg`otdi . Darslar davomida o`zaro tajriba almashilinyapti .
Olimaning tashrifi yosh ayol o`qituvchilarimizga motivatsion tajriba bo`libgina qolmay , erishilgan yutuqlar olima ayolga qiziqishlar uyg`otdi . Darslar davomida o`zaro tajriba almashilinyapti .
Ma`lumot o`rnida yakunlangan hafta davomida Bir guruh professor o`qituvchilarimiz Qozog`istonning Shimkent shahridagi M.Avezov nomidagi Janubiy -Qozog`iston universitetida o`tkazilgan ’’Аузовские чтения -22 . Академик Каниш Сатпаев – основоположник Казахстанской науки ’’ Xalqaro ilmiy anjumanida ishtirok etib ,o`zaro tajriba almashib qaytishdi . Almagul Amirbekovnaning tashrifi hamkorligimizning uzviy davomi bo`lim kelajakda nafaqat pedagogik va balki ilmiy yangiliklar borasida kelishib olindi .
Institutda yot g’oyalarga qarshi kurashish mavzuida targ’ibot tadbiri o’tkazildi
25.04.2024 2024-04-26 11:41Buxoro davlat tibbiyot instituti talaba-yoshlari o‘rtasida “Separatizm va mutaassiblik g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan yoshlar va xotin-qizlarni sog‘lom hayotga qaytarish” loyihasi doirasida oliy ta’lim muassasalalari, umumta’lim maktablari va mahallalarda o‘tkaziladigan “Yoshlar – yot g‘oyalarga qarshi” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi ilmiy xodimlari Karomiddin Jamahmatov va Sadulla Boboxodjayev. Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Buxoro viloyat bosh mutaxassisi Y. Salomov. va institut rektori Sh.J.Teshayev, ishtirok etishdi.
Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi ilmiy xodimi Karomiddin Jamahmatov so‘zga chiqib, Bugungi globallashuv zamonida separatizm, millatchilik, radikalizm kabi milliy va diniy qadriyatlarimizga zid tahdidlar tobora kuchayib borib, hayot farovonligi va jamiyat xavfsizligiga tahdid solmoqda. Bu kabi kuchlar barcha davlatlarda turli ko‘rinishlarda o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Bu holat kundan kun odamlar hayotiga xavf solib, mamlakatlar o‘rtasida nizo va turli xil kelishmovchiliklarni keltirib chiqarganini aytib o‘tdi.
Ma’ruza davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab olingan “2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning “Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish” deb nomlanuvchi 5-bandining 70-maqsadida “Yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilish” masalasi belgilab qo‘yilganini, ayniqsa, bugungi kunda virtual olam orqali terrorizm va ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalarini yoyish, davrning xatarli tahdidlari sifatida namoyon bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi.
Buxoro davlat tibbiyot institutida Maqom festivali
24.04.2024 2024-04-26 10:56Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida Maqom festivali tadbirlari tashkil etildi. Institut rektori Shuhrat Teshayev tomonidan tadbir ochib berildi. Tadbirda maqomchilar xususan, yosh maqomchilar maktab o’quvchilari bo’lgan iste’dodli yoshlar hamda institut professor o’qituvchilari ham o’z mahoratlarini namoyish etdi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti professori, tibbiyot fanlari doktori Shuhrat O’roqov ham musiqa va uning inson salomatligidagi, qadriyatlarimizdagi hamda tariximizdagi o’rni haqida to’xtalib o’tdi. Festival barchaga ko’tarinki kayfiyat baxsh etdi.
Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili
23.04.2024 2024-04-24 17:01O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida yoshlarni ommaviy sport tadbirlariga jalb qilish bo’yicha institut talaba-yoshlari o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlariga start berildi.
Buxoro davlat tibbiyot institutida jismoniy tayyorgarlik sinovlari 100-3000m ga yugurish, yugurib kelib uzunlikka sakrash, gimnastika o‘rindig‘idan oyoq tizzalarini bukmay oldinga egilish, yugurib kelib uzunlikka sakrash shartlari bo’yicha o’tkazildi, kelgusida 6 mingga yaqin talabalar o’tishi rejalashtirilgan.
Jismoniy tayyorgarlik sinovlari 30-aprel kuniga qadar davom etadi.