How may we help you?

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektorati tashabbusi bilan talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Navoiy viloyati Nurota tumanidagi qadamjolarga tashrif buyurdi.
Safar xarajatlari hamda tushlik institut hisobidan qoplandi.
Milliy qadriyatlarni, tarixiy madaniyatni keng targ’ib qilishga qaratilgan mazkur sayohat talabalar uchun ko’plab ta’surotlarga boy bo’ldi.

3-5-may kunlari Buxoro shahrida “II Xalqaro zargarlik va zardo‘zlik festivali” bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan

Shu munosabat bilan xorijiy 30 dan ortiq davlatdan mehmonlar viloyatimizga tashrif buyurishyapti. Ularni kutib olish, joylashtirish, shahar bilan tanishtirish va festival davomida yordam berish uchun Buxoro davlat tibbiyot institutining 20 dan ortiq talabalari va yoshlar ittifoqi koordinatorlari volontyor sifatida jalb qilingan.

Ayni kunlarda ochilish marosimi tadbiriga tayyorgarlik ko’rilmoqda. Festival 3-may kuni 09.00 da qatnashchilarning tantanali yurishlari bilan ochiladi.
O‘tkazilish joyi: “Nodir devonbegi” madrasasidan “Ark” qo‘rg‘onigacha.

Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan yoshlarning tahliliy va tanqidiy fikrlashini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirish maqsadida “Munozara” intellektual o’yinining Buxoro viloyati bosqichi tashkil etildi. Unda viloyatdagi barcha oliy taʼlim muassasalari ishtirok etishdi.

Musobaqada jamoalar 3 ta mavzu boʻyicha, tasdiq va inkor pozitsiyalarida kurash olib borishdi.

Yakuniy natijalar quyidagicha koʻrinish oldi:

1-o’rin: Buxoro davlat tibbiyot instituti
2-o’rin: Buxoro davlat pedagogika instituti
3-o’rin: Buxoro davlat universiteti

Institutimiz talabalarini chempionlik bilan tabriklagan, holda Respublika bosqichida omad tilaymiz!

Milliy va xorijiy davlatlar Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xalqaro kurash musobaqasining 1-bosqichi, Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari o‘rtasida o‘tkazildi.

Musobaqaning vazn toifalari bo‘yicha g‘oliblari:

66kg

1-o‘rin Raxmatullayev Nodir – 116 g.

2-o‘rin Ergashev Jasur – 114 g.

3-o‘rin Quvondiqov Sarvar – 131 g.

73 kg

1-o‘rin Amonov Sanjar – 118 g.

2-o‘rin Ravshanov Bexruz – 461g.

3-o‘rin Shamshodov Mirshod – 105 g.

81 kg

1-o‘rin Yuldoshev Asror – 517 g.

2-o‘rin Nizomov Shaxzod – 372 g.

3-o‘rin Rajabov Ilxom – 225 g

+81 kg

1-o‘rin Sharipov Arslon – 371 g.

2-o‘rin Xudoyberdiyev Xurshid – 235 g.

3-o‘rin Amrullayev Quvvat – 371 g.

Sport vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF–37-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari o’rtasida jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo’yicha sport musoboqalari o’tkazildi.

Belgilangan 5 ta tartib shartlari bo’yicha talabalar o’zlarining jismoniy tayyorgarlik darajasini sinovdan o’tkazdi. Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev mazkur tadbir ochilishi yakunlanganidan so’ng, Talaba fest festivali g’oliblari, olimpiadada ishtirok etgan talabalarni Diplom va estalik sovg’alari bilan taqdirladi.

Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash sport sinovlari 10-mayga qadar davom etadi.

Kecha Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida onkologoya sohasi boyicha dunyoning nufuzli muassasalaridan tashrif buyurgan olimlar hamda mamlakatimizning etakchi oliy ta’lim muassasalaridan mutaxassislar ishtirok etgan xalqaro ilmiy amaliy konferensiya oz ishini boshladi. Anjumanda markaziy Osiyoning Qozogiston, Qirgiziston, Tojikiston davlatlaridan, hamda Koreya, Mogiliston, Turkiya va Rossiya, Avstriya davlatidan sohaning turli yonalishlari boyicha, tajribali va yosh olimlar ishtrok etishdi. Anjumanda onkologik kasalliklargaqaroshit kurashishning zamonaviy usullaridan keng foydalanish imkoniyatlari har omonlama tahlil qilinib olimlar ozaro tajriba almashishdi.

Anjumanda “Ozbekistonda gepatopankreato-duodenal soha osmalarini tashxislash va davolashning zamonaviy holati”, “Qizilo`ngach saratoni: davolashga multidissiplinar yondashuv”, “Onkologik kasalliklarning immunogistoximik diagnostikasi”, “Gastrointestinal trakt limfomalari” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Tadbir doirasida “Yosh onkologlar” anjumani tashkil etilib, unda mamlakatimizning turli hududlarida shu sohada faoliyat olib borayotgan yosh shifokorlar o`z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Xalqaro anjumanda onkologiya sohasiga bagishlangan muhim mavzular sho’ba yigilishlarga bolinib muhokama qilindi. Unda mutaxassislar songgi yillarda ushbu yonalishida kasalliklarni davolash, oldini olishga doir muhim yutuqlar xususida ma’lumot berishdi.

Shuningdek, mutaxassislar onkologiyada zamonaviy diagnostika, jarrohlik-onkologiya, shaxsiylashtirilgan terapiya boyicha ham ozaro fikr almashdi.

Anjuman doirasida Sechenov nomidagi Moskva davlat tibbiyot universiteti Onkologiya kafedrasi bilan Buxoro davlat tibbiyot instituti o`rtasida hamkorlik memoriandumi ham imzolandi.