Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili
01.05.2024 2024-05-02 16:45Sport vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF–37-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari o’rtasida jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo’yicha sport musoboqalari o’tkazildi.
Belgilangan 5 ta tartib shartlari bo’yicha talabalar o’zlarining jismoniy tayyorgarlik darajasini sinovdan o’tkazdi. Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev mazkur tadbir ochilishi yakunlanganidan so’ng, Talaba fest festivali g’oliblari, olimpiadada ishtirok etgan talabalarni Diplom va estalik sovg’alari bilan taqdirladi.
Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash sport sinovlari 10-mayga qadar davom etadi.
BUXORODA ONKOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARIGA BAG`IShLANGAN XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO’LIB O’TDI
30.04.2024 2024-05-10 16:14Kecha Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida onkologoya sohasi boyicha dunyoning nufuzli muassasalaridan tashrif buyurgan olimlar hamda mamlakatimizning etakchi oliy ta’lim muassasalaridan mutaxassislar ishtirok etgan xalqaro ilmiy amaliy konferensiya o
z ishini boshladi. Anjumanda markaziy Osiyoning Qozogiston, Qirg
iziston, Tojikiston davlatlaridan, hamda Koreya, Mog
iliston, Turkiya va Rossiya, Avstriya davlatidan sohaning turli yonalishlari bo
yicha, tajribali va yosh olimlar ishtrok etishdi. Anjumanda onkologik kasalliklargaqaroshit kurashishning zamonaviy usullaridan keng foydalanish imkoniyatlari har omonlama tahlil qilinib olimlar o
zaro tajriba almashishdi.
Anjumanda “Ozbekistonda gepatopankreato-duodenal soha o
smalarini tashxislash va davolashning zamonaviy holati”, “Qizilo`ngach saratoni: davolashga multidissiplinar yondashuv”, “Onkologik kasalliklarning immunogistoximik diagnostikasi”, “Gastrointestinal trakt limfomalari” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Tadbir doirasida “Yosh onkologlar” anjumani tashkil etilib, unda mamlakatimizning turli hududlarida shu sohada faoliyat olib borayotgan yosh shifokorlar o`z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Xalqaro anjumanda onkologiya sohasiga bagishlangan muhim mavzular sho
’ba yigilishlarga bo
linib muhokama qilindi. Unda mutaxassislar songgi yillarda ushbu yo
nalishida kasalliklarni davolash, oldini olishga doir muhim yutuqlar xususida ma’lumot berishdi.
Shuningdek, mutaxassislar onkologiyada zamonaviy diagnostika, jarrohlik-onkologiya, shaxsiylashtirilgan terapiya boyicha ham o
zaro fikr almashdi.
Anjuman doirasida Sechenov nomidagi Moskva davlat tibbiyot universiteti Onkologiya kafedrasi bilan Buxoro davlat tibbiyot instituti o`rtasida hamkorlik memoriandumi ham imzolandi.
Yosh olimlar kuni
26.04.2024 2024-04-30 11:23Buxoro davlat tibbiyot instituti Yoshlar Kengashi a’zolari S.Qudratova, N.Raxmatulloeva hamda B.Bobonazarovlar Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan tashkil etilgan “YoSh OLIMLAR KUNI” Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanda o‘zlarining ilmiy maqola va tezislari bilan faol ishtirok etishdi.
2024-yil 25-aprel kuni Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan “YoSh OLIMLAR KUNI” Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilmoqda. Ushbu anjuman ilmiy faoliyat olib borayotgan talabalar va yosh olimlarni yagona maqsad atrofida birlashtirish, shu orqali fikr almashish, bilim va o‘zaro xamkorlik uchun maydon yaratishga qaratilgan. Anjumanda Republikamiz Tibbiyot OTMlaridan jarrohlik stomatologiyasi, terapevtik stomatologiya, ortodontiya, fudamental fanlar, psixologiya kabi yo‘nalishlarda talabalar 10 ta yo‘nalishda 100 dan ortiq ilmiy ma’ruzalar o‘qishdi.
Ayollar biznesiga birinchi qadam
26.04.2024 2024-04-26 12:25Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 222-son qarorining 2-ilovasi “Ayollar biznesiga birinchi qadam” tanlovini oʻtkazishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan ushbu tanlovda ishtirok etish istagi bo’lgan institutimizning olima, izlanuvchi ayollari o’z loyihalarini joriy yilning 5-may kuni Tijoratlashtirish bo’limi boshlig’i Sh. Sherovga (93 686 49 48) taqdim etish so’raladi.
Tanlovning baholash mezonlari asosida saralab olingan gʻolib ishtirokchilar institut maʼmuriyatining maxsus diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
Bugun Buxoro davlat tibbiyot institutida “Munozara” intellektual turnirining institut bosqichi bo’lib o’tdi.
25.04.2024 2024-04-26 13:21Bellashuvlarni institut birinchi prorektori Z.Saidovna ochib berib, barcha jamoalarga omad tiladi.
Shundan so’ng jamoalar qur’a natijasiga ko’ra, birin-ketinlikda Respublika tashkilotchilari tomonidan tavsiya etilgan mavzularda
“Tasdiq” va “Inkor” pozitsiyalarida o’zaro munozara olib bordilar.
Bellashuvlarning so’ngi natijasiga ko’ra:
1-oʻrin: “Avicenna” jamoasi
2-oʻrin: “Gippokrat” jamoasi
3-oʻrin: “Liderlar” jamoasi.
Institut chempioni boʻlgan “Avicenna” jamoasi viloyat bosqichida institut sharafini himoya qiladigan boʻldi!
Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlari
25.04.2024 2024-04-26 11:23Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat tibbiyot instituti Xalqaro fakultet talabalarining 5.2 MBBS 19 bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlaridan lavhalar.