How may we help you?

Tadbir doirasida xotin-qizlar uchun “Huquqiy maslahat burchaklari”, bepul tibbiy ko‘riklar hamda xotin-qizlar uchun mehnat yarmarkasi, kitob va konditer mahsulotlari savdo yarmarkalari hamda konsert dasturi tashkil etildi.

Konsert dasturi mehmoni — qiziqchi Nodirbek Hayitov va estrada xonandalari tomoshabinlarga ko‘tarinki kvyfiyat bag‘ishladi.

Madaniy tadbirda Buxoro davlat tibbiyot institutining xotin-qizlardan iborat ixtirochi olimalari, faol talaba qizlari o‘z ko‘rgazmalari bilan ishtirok etishdi.

2 kundan keyin davlatimizda katta siyosiy tadbir – umumxalq referendumi bo‘lib o‘tadi.

Yangi qonun loyihasi o‘qib chiqish foydadan xoli bo‘lmaydi.

Befarq bo‘lmang va albatta ishtirok eting!

Bugun erta tongda Buxoro viloyat oliy ta’lim muassasalari  rektorlari, BuxDU rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlar, talabalar an’anaviy “Ziyorat Velomarafoni”ning yangi mavsum doirasida Chor Bakr majmuasi tomon tomon yo‘l olishdi.

Erta tongda yaxshi kayfiyat maroqli suhbat bilan boshlangan velosayohat ilm ahliga yaxshi kayfiyat ulashdi.

Har haftaning juma tonggida bizga qo‘shiling!

“Kontrakt”dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olish uchun soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va to‘lov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatining yangi versiyasida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yo‘naltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad solig‘ini masofadan qaytarib olish mumkin:

▫️kontrakt;

▫️nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;

▫️ipoteka kreditlari.

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

 «Tashkent City» Xalqaro ishbilarmonlar markazi Kongress-xollida II Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda dunyoning 56 mamlakatidan 2 mingdan ziyod kishi, jumladan, yirik investorlar, turli davlatlar ishbilarmon va siyosiy doiralar vakillari, moliya institutlari, xorijiy vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Forum doirasida O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning investitsiyaviy salohiyatini atroflicha ochib berishga qaratilgan yalpi majlis, ekspertlarning 30 dan ziyod mavzudagi qizg‘in bahs-munozarasi, davra suhbati va muzokarasi rejalashtirilgan.

Mazkur forumda Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuxrat Teshaev hamda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etishdi.