How may we help you?

Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari orasida sportga qiziqadiganlar, hatto professional sportchilar kundan kunga ortib bormoqda. Talaba qizlarga namuna bo’lgan “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sohibasi Sitora ham aynan gimnastika sporti bo’yicha shuhrat qozongan.

Talabalarning sportga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida institut sport zalida kurash va shaxmat sport turlari bo‘yicha jahon, respublka musobaqalari g‘oliblari ishtirokida mahorat darslari ya’ni master klasslar o’tkazildi.

Mahorat daslari shaxmat va kurash sport ustalari tomonidan uyushtirildi. Mazkur tadbirda 160 nafar sportga qiziqishi bor talaba-yoshlar ishtirok etishdi. albatta bu kabi mahorat darslari sog’lik garovi bo’lgan sportga qiziqtirish muntazam shug’ullanishlari uchun motivasiya vazifasini o’taydi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti mamlakatimizda xorijlik talabalar ko‘pligi, umuman xalqaro hamkorlik geografiyasining kengligi bilan alohida ajralib turadi.

BuxDTIda bugungi kunda 15ga yaqin davlatdan minglab talabalar tahsil olmoqda. Ayniqsa, go‘zal Hind diyoridan kelib tib ilmini o‘rganayotgan bo‘lajak shifokorlar 1000 nafardan ortdi. Qolaversa, deyarli har oyda hindistonlik mutaxassislar yurtimizga tashrif buyuradi.

Bugun institutga Hindistonning Kalkutta universiteti professori doktor Sudha Setharam tashrif buyurdi. Institut rektori Shuxrat Teshayev va prorektor Laziz Niyozov hamrohligida hindistonlik talabalar bilan uchrashdi.

Setharam xonim institutning ta’lim imkoniyatlari bilan tanishib, bu yerdagi imkoniyatlarni yuqori baholadi.

Kelgusida ikki davlat o‘rtasida fan, ta’lim, sport, iqtisod kabi sohalarda hamkorlik aloqalari manfaatli bo‘lishini tiladi.

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi “Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek jamgʻarmasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 30-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi, Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligining Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi va Qorakoʻl tuman hokimligi mutassadilari tomonidan 2023-yilning 17-18-aprel kunlari tanlovning viloyat bosqichi oʻtkazildi.

✅Tanlovda tuman (shaharlar) bosqichlarida g’olib deb topilgan jami 65 nafar yoshlar ishtirok etdi. 2 kun bo’lib o’tgan tanlov doirasida tanlov shartlariga ko’ra 20 nafar yoshlar o’z innovatsion loyohalarini Komissiya a’zolariga taqdimot qilib, ularning yakuniy qaroriga ko’ra g’olib deb topildi.

💰Tanlov gʻoliblari bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida (3 mln.so‘m) pul mukofotlarini qoʻlga kiritib, g’oliblik sertifikatlari va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Buxoro davlat tibbiyot institutida tashkil etilgan Talabalar teatr studiyasi festivali mamlakatimizda amalga oshiralayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashga qaratilmoqda.

Tadbirda so‘z olgan institut prorektori Zubayda Baxranova  “Yoshlar –  kelajak bunyodkori!” shiori ostida  o‘tkaziladigan  festivalini doirasida iste’dodli talabalar tomonidan sahnalashtirilgan asarlar yoshlar ma’naviyatini boyitish, ularni sahna san’atining mumtoz namunalari bilan yaqindan tanishtirish, ijodiy fikrlash qobiliyatini o‘stirishda muhim omil ekanini ta’kidladi.

Bugungi tomoshada teatr san’atiga mehr qo‘ygan iqtidorli yigit-qizlar  Davolash fakulteti talaba yoshlar ishtirokida sahnalashtirilgan “PARVONA” spektakli tomoshasi bo‘lib o‘tdi. Sahna ko‘rinishi juda qiziqarli bo‘lib ko‘pchilikning olqishiga sazovor bo‘ldi.

Avval xabar berganimizdek, Prezidentimizning yoshlar masalalarini o‘rganishga qaratilgan videoselektor yig‘ilishida barcha bo‘g‘indagi rag‘barlarga yoshlar bilan ishlash bo‘yicha qator topshiriqlar berilgan edi.

Mazkur topshiriqqa asosan, institut rektori Shuxrat Teshayev ham o‘ziga biritirilgan tumanlarda yashovchi  yoshlar bilan bog‘liq masalalarni o‘rganmoqda.

Kecha, institut rahbariyati tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh a’zolari Shofirkon tumanida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashdi. Shuningdek, xorijda ishlashga ketgan turli daftarlarda ro‘yxatda turadigan yoshlarning ota-onalari, qarindoshlari bilan muloqot qildi.

Uchrashuvlarda mahallalardagi uyushmagan ishsiz yoshlar bilan suhbatlashib, ularni qiynab kelayotgan masalalar tinglandi. Institut rektori Sh.Teshayev imkon doirasida yoshlar muammolarini bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatib, qo‘ldan kelgan yordamini berish ta’kidladi.

Kelgusida  shofirkonlik yoshlarning muammolarini bartaraf etish maqsadida tez-tez uchrashuvlar tashkil etishga kelishildi.