How may we help you?

O‘ZBEKISTONDA ULTRATOVUSH XIRURGLARI ASSOTSIATSIYASI TASHKIL ETILDI.

2023 yining 24 aprel kuni poytaxtimizda yana bir xalqaro hamkorlikka bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Osiyo ultratovush xirurglar Assotsiatsiyasi bilan O‘zbekiston ultratovush xirurglar assotsiatsiyasi o‘rtasida maqsadli memorandum imzolandi.

Ta’kidlash muhimki, Osiyo ultratovush xirurglar Assotsiatsiyasi 2018 yilda Janubiy Koreyaning Seul shahrida Osiyo ultratovush xirurglar Assotsiatsiyasi prezidenti, Koreyaning Katolik Universitetining xirurgiya kafedrasi faxrli professori Il Yong Park tomonidan tashkil qilingan. Mazkur assotsiatsiyaga Koreya, Xitoy, Yaponiya va  Osiyo davlatlaridan 400 dan ortiq xirurg professor — olimlar a’zo bo‘lganlar.

Aytish lozimki, hamkorlarning asosiy tashriflaridan maqsad, O‘zbekistonda ultratovush xirurglar Assotsiatsiyasi prezidentini tayinlash va ilmiy anjumanlar o‘tkazish, shuningdek, O‘zbekistonda ultratovush xirurglar assotsiatsiyasi va Osiyo ultratovush xirurglar assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumini tuzish va imzolashdan iborat bo‘ldi. Albatta, maqsadli hamkorlik quyidagi muhim vazifalarni o‘z ichiga olgan.

Yangi ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish va klinik amaliyotlarda bemorlarni sog‘aytirish va reabilitatsiya qilishda qo‘llash hamda o‘zaro tajriba almashish. Yo‘nalish bo‘yicha sog‘lomlashtirish turizmini yo‘lga qo‘yish. O‘zaro ilmiy anjuman, seminar hamda klinik maslahatlarni olib borish. Ilmiy ma’lumotlar, ilmiy maqola va adabiyotlar bilan o‘zaro fikrlashib, tajribalarni boyitish. Memorandum asosida tuzilgan loyihalarni amaliyotga qo‘llash choralarini ishlab chiqish hamda o‘zaro doimiy maslahatlarni yo‘lga qo‘yishdan iboratdir.

Bo‘lib o‘tgan hamkorlik yig‘ilishida Osiyo ultratovush xirurglar assotsiatsiyasi prezidenti, Koreyaning Katolik Universitetining xirurgiya kafedrasi faxriy professori Il Yong Park. Mazkur assotsiatsiya prezidenti sekritari, Koreya universiteti professori Hay Link Park, assotsiatsiyaning direktori, Koreyaning Katolik universiteti professori Sang Seob Yong assotsiatsiya direktori yordamchisi Mongoliyadagi Sikhbattor klinikasi direktori Bat Reedbu Purevbaatar ishtirok eishdi. Shu bilan birga yurtimiz tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan xirurglar ham qatnashishdi. Yig‘ilishda mamlakatimizga tashrif buyurgan mazkur assotsiatsiyaning vakillari so‘zga chiqib, samimiy tabriklarini izhor etib, maqsadli hamkorlik to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi. O‘zbekiston ultratovush xirurglari assotsiatsiyasi prezidenti, Buxoro Davlat tibbiyot instituti dekani, professor Bahodir Safoev so‘zga chiqib, mazkur assotsiatsiya bilan besh yildan buyon hamkorlik borasida olib borilgan ishlarga to‘xtalib, ishtirokchilarga o‘zi taqdimotini havola etdi. Shuningdek, Osiyo ultratovush xirurglari assotsiatsiyasi vakillarining har biri mavzu doirasidan kelib chiqqan holda faoliyatlarida qo‘llangan amaliyotlarni slayd va videolavhalar sosida izohlab, ma’ruza qildilar.

Tadbir yakunida Osiyo ultratovush xirurglar assotsiatsiyasi prezidenti Il Yong Park va O‘zbekiston ultratovush xirurglar assotsiatsiyasi prezidenti Bahodir Safoev o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Xulosa o‘rnida aytish joizki, bunday o‘zaro xalqaro hamkorlik ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona hamkorlik rishtalarini mustahkamlash bilan birga, insonlar salomatligin muhofaza qilish, shuningdek, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Xabar berganimizdek, bugun, 22 aprel kuni viloyat hokimi Botir Zaripov Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida bo‘lib, bu yerda tahsil olayotgan xorijiy talabalar bilan uchrashdi.

Muloqotda Hindistondagi “Neo Institute of Medical Sciences and Technology Limited” kompaniyasi  direktori Divya Sunitha Raj Burra, Kalkutta universiteti professori, doktor Sudha Sedharam, shuningdek, viloyat hokimining tegishli o‘rinbosarlari, Buxoro shahar hokimi, viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutasaddilari ham ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida qayd etilganidek, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ayni damda jahonning 150 dan ziyod universitet va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. So‘nggi uch yil mobaynida xorijiy mamlakatlarning ellikka yaqin nufuzli oliy ta’lim muassasalari va kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandumlar imzolangan. Rossiya, Hindiston, Xitoy, Polsha, Italiya kabi davlatlarning nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etilib, talabalar o‘qishga qabul qilinmoqda. Jumladan, 2022 yil Buxoro davlat tibbiyot instituti va “Neo Institute of Medical Sciences and Technology Limited” kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga asosan hozirgi kunga qadar institutga mingga yaqin hindistonlik talabalar o‘qishga qabul qilingan.

Umuman, institutda hozirda dunyoning 20 ga yaqin davlatlaridan 3 mingga yaqin talabalar tahsil olmoqda.

Viloyat rahbari hindistonlik talabalar bilan uchrashuvda bugungi globallashuv davrida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan O‘zbekistonda nafaqat yurtimiz, balki xorijlik talaba-yoshlarning ta’lim olishi uchun zarur barcha ishlar qilinayotganligini ta’kidladi. Qolaversa, Botir Zaripov yoshlarga zamonaviy ilmlarni egallashning bugungi hayotdagi, har bir mamlakat rivojidagi katta ahamiyati haqida to‘xtaldi. Bugungi kunda O‘zbekistonda ham, Hindistonda ham malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj haqida to‘xtalgan viloyat hokimi yoshlarni o‘qishni tamomlagach, jamiyat ravnaqi yo‘lida munosib xizmat qilishlariga umid bildirdi.

Ayni jihatlarni uchrashuvda so‘z olgan “Neo Institute of Medical Sciences and Technology Limited” kompaniyasi  direktori Divya Sunitha Raj Burra, Kalkutta universiteti professori, doktor Sudha Sedharam ham mamnuniyat bilan e’tirof etdi.

Ayniqsa, Buxoro davlat tibbiyot institutidagi ta’lim imkoniyatlari, talabalarga yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berildi.

Talabalar o‘zlarining Buxorodagi o‘qish va hayot sharoitlari, kelgusi rejalari borasida o‘rtoqlashdilar. Shu bilan birga taklif va muammolarini bildirib, ularni hal etishda maslahat va ko‘mak so‘radilar.

Har bir taklif va tashabbusni o‘rganib chiqish va hal qilish bo‘yicha uchrashuvda ishtirok etgan viloyat mas’ullariga vazifalar belgilandi.

Uchrashuv yakunida “Neo Institute of Medical Sciences and Technology Limited” kompaniyasi  va viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ayni paytda Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripov BuxDTIning hindistonlik talabalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Buxoro davlat tibbiyot instituti va “Neo Institute of Medical Sciences and Technology Limited” kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga asosan hozirgi kunga qadar institutga mingga yaqin hindistonlik talabalar o‘qishga qabul qilingan.

Uchrashuvda Hindiston kompaniyasining direktori Divya Sunitha Raj Burra ham ishtirok etmoqda.

Buxoro davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar turar joylarida iftorlik dasturxoni va boshqa ehson taomlari tarqatib turishlari an’anaga aylanib ulgardi. Ayni paytda xorijdan kelib ta’sil olayotgan talabalar soni 2000 nafarga yetayotgani va bularning barchasi talabalar turar joylarida yashayotganini inobatga olinsa, millatimizning go‘zal an’analaridan biri -mehr saxovat ko‘rsatish, bag‘rikenglik va to‘kinlikni namoyon etish amallariga dunyo ahli guvoh bo‘lmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Kuni kecha, institutning ikki kafedra – Ichki kasalliklar  va endokrinologiya  hamda Xalq tabobati va kasb kasalliklari kafedrasi a’zolari tomonidan TTTJda yashayotgan talabalarga iftorlik taomi tortildi. Mazali taomlar va yeguliklar bilan chiroyli dasturxon bezatishdi.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, bu kabi go‘zal amallar musofir yurtlarda ilm istagida yurgan yoshlarga mehr oqibat tuyg‘ularining yanada kuchayishiga olib keladi.

Insondan nima qoladi? Qilingan ezgu ishlar,yaxshi amallar qoladi.Ezgu ishlarni o’ziga shior qilib olgan Buxoro davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakulteti talabalari viloyat onkologiya va radiologiya shifoxonasida davolanayotgan bemorlar holidan xabar olishdi.

Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari orasida sportga qiziqadiganlar, hatto professional sportchilar kundan kunga ortib bormoqda. Talaba qizlarga namuna bo’lgan “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sohibasi Sitora ham aynan gimnastika sporti bo’yicha shuhrat qozongan.

Talabalarning sportga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida institut sport zalida kurash va shaxmat sport turlari bo‘yicha jahon, respublka musobaqalari g‘oliblari ishtirokida mahorat darslari ya’ni master klasslar o’tkazildi.

Mahorat daslari shaxmat va kurash sport ustalari tomonidan uyushtirildi. Mazkur tadbirda 160 nafar sportga qiziqishi bor talaba-yoshlar ishtirok etishdi. albatta bu kabi mahorat darslari sog’lik garovi bo’lgan sportga qiziqtirish muntazam shug’ullanishlari uchun motivasiya vazifasini o’taydi.