How may we help you?

Buxoro davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar turar joylarida iftorlik dasturxoni va boshqa ehson taomlari tarqatib turishlari an’anaga aylanib ulgardi. Ayni paytda xorijdan kelib ta’sil olayotgan talabalar soni 2000 nafarga yetayotgani va bularning barchasi talabalar turar joylarida yashayotganini inobatga olinsa, millatimizning go‘zal an’analaridan biri -mehr saxovat ko‘rsatish, bag‘rikenglik va to‘kinlikni namoyon etish amallariga dunyo ahli guvoh bo‘lmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Kuni kecha, institutning ikki kafedra – Ichki kasalliklar  va endokrinologiya  hamda Xalq tabobati va kasb kasalliklari kafedrasi a’zolari tomonidan TTTJda yashayotgan talabalarga iftorlik taomi tortildi. Mazali taomlar va yeguliklar bilan chiroyli dasturxon bezatishdi.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, bu kabi go‘zal amallar musofir yurtlarda ilm istagida yurgan yoshlarga mehr oqibat tuyg‘ularining yanada kuchayishiga olib keladi.

Insondan nima qoladi? Qilingan ezgu ishlar,yaxshi amallar qoladi.Ezgu ishlarni o’ziga shior qilib olgan Buxoro davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakulteti talabalari viloyat onkologiya va radiologiya shifoxonasida davolanayotgan bemorlar holidan xabar olishdi.

Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari orasida sportga qiziqadiganlar, hatto professional sportchilar kundan kunga ortib bormoqda. Talaba qizlarga namuna bo’lgan “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sohibasi Sitora ham aynan gimnastika sporti bo’yicha shuhrat qozongan.

Talabalarning sportga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida institut sport zalida kurash va shaxmat sport turlari bo‘yicha jahon, respublka musobaqalari g‘oliblari ishtirokida mahorat darslari ya’ni master klasslar o’tkazildi.

Mahorat daslari shaxmat va kurash sport ustalari tomonidan uyushtirildi. Mazkur tadbirda 160 nafar sportga qiziqishi bor talaba-yoshlar ishtirok etishdi. albatta bu kabi mahorat darslari sog’lik garovi bo’lgan sportga qiziqtirish muntazam shug’ullanishlari uchun motivasiya vazifasini o’taydi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti mamlakatimizda xorijlik talabalar ko‘pligi, umuman xalqaro hamkorlik geografiyasining kengligi bilan alohida ajralib turadi.

BuxDTIda bugungi kunda 15ga yaqin davlatdan minglab talabalar tahsil olmoqda. Ayniqsa, go‘zal Hind diyoridan kelib tib ilmini o‘rganayotgan bo‘lajak shifokorlar 1000 nafardan ortdi. Qolaversa, deyarli har oyda hindistonlik mutaxassislar yurtimizga tashrif buyuradi.

Bugun institutga Hindistonning Kalkutta universiteti professori doktor Sudha Setharam tashrif buyurdi. Institut rektori Shuxrat Teshayev va prorektor Laziz Niyozov hamrohligida hindistonlik talabalar bilan uchrashdi.

Setharam xonim institutning ta’lim imkoniyatlari bilan tanishib, bu yerdagi imkoniyatlarni yuqori baholadi.

Kelgusida ikki davlat o‘rtasida fan, ta’lim, sport, iqtisod kabi sohalarda hamkorlik aloqalari manfaatli bo‘lishini tiladi.

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi “Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek jamgʻarmasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 30-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi, Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligining Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi va Qorakoʻl tuman hokimligi mutassadilari tomonidan 2023-yilning 17-18-aprel kunlari tanlovning viloyat bosqichi oʻtkazildi.

✅Tanlovda tuman (shaharlar) bosqichlarida g’olib deb topilgan jami 65 nafar yoshlar ishtirok etdi. 2 kun bo’lib o’tgan tanlov doirasida tanlov shartlariga ko’ra 20 nafar yoshlar o’z innovatsion loyohalarini Komissiya a’zolariga taqdimot qilib, ularning yakuniy qaroriga ko’ra g’olib deb topildi.

💰Tanlov gʻoliblari bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida (3 mln.so‘m) pul mukofotlarini qoʻlga kiritib, g’oliblik sertifikatlari va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.