BuxDTI rahbariyati ko‘zi ojizlar jamiyatida
15.04.2023 2023-04-15 15:12Mohi Ramazonda ado etiladigan solih amallar evaziga mo‘min-musulmonlar juda katta ajr-savoblarga erishadilar.
Saxovatpesha, qo‘li ochiq insonlarimiz nogironlar, yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotgan kishilar hamda kam ta’minlangan oilalarga mehr-muruvvat ulashadilar. Bemorlar holidan xabar olib, ko‘ngillarini ko‘taradilar.
Shunday ezgu amallardan institut jamoasi ham chetda qolmayapti.
Bugun institutning Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Zubayda Bahronova boshchiligidagi jamoa Buxoro viloyati ko‘zi ojizlar jamiyatida bo‘lib, rektor sovg‘asini topshirishdi.
⚡️Talabalar “Zakovat” da bellashishdi
14.04.2023 2023-04-15 15:01Bugun Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Musobaqada institutining barcha fakultetlaridan jamlangan 250ga yaqin talabalar zukko va topqirlik borasida o’z salohiyatlarini namoyon etishdi.
Referendum nima?
14.04.2023 2023-04-15 14:56Referendum — Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadlarida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir
Gandbol bo‘yicha U-16 o‘quvchi-yoshlar chempionati institutda o‘tkazildi
14.04.2023 2023-04-15 14:53Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti sport kompleksi gandbol bo‘yicha qiz bolalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqalarining viloyat final bosqichiga mezbonlik qilmoqda.
Musoboqaning viloyat bosqichi ochilish marosimida so‘z olgan institut Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Zubayda Bahranova o‘quvchi yoshlarga omad tilar ekan, mamlakatimizda so‘nggi yillarda jismoniy tarbiya va sportga qaratilgan e’tibor davlat siyosatining ajralmas qismiga aylanganini ta’kidladi.
Tumanlardan kelgan qizlar jamoasi guruhlarga bo‘linib kuch sinashmoqda. G‘olib Jamoa musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Eslatib o‘tamiz, gandbol federatsiyasining Buxoro viloyatiga institut rektori Shuhrat Teshaev rahbarlik qilmoqda.
⚡️ Talabalar uchun stipendiya tanlovi!
14.04.2023 2023-04-15 15:07— Respublika miqyosida talabalar uchun “REGISTON STIPENDIYASI” tanlovi o‘tkazilmoqda.
✅ Stipendiya kimlar uchun?
— Davlat va nodavlat oliygohlarida tahsil olayotgan barcha talabalar uchun
🏆 Talabalarni pul yutuqlari, “Registon stipendiyasi sohibi” maxsus guvohnomasi, esdalik sovg‘alar kutmoqda.
📄 Tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar beriladi.
✅ Batafsil ma’lumot: @Registon_stipendiya_bot
“Ziyorat velomarafoni”
14.04.2023 2023-04-14 12:12🚴♀️ An’anaviy tashkil etilib kelinayotgan “Ziyorat velomarafoni”ning navbatdagi manzili Fathobod, Fayzobod, Abu Hafs Kabir ziyoratgohlariga bo’ldi🚴♀️