How may we help you?

Bugun Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Musobaqada institutining barcha fakultetlaridan jamlangan 250ga yaqin talabalar zukko va topqirlik borasida o’z salohiyatlarini namoyon etishdi.

Referendum — Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadlarida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti sport kompleksi gandbol bo‘yicha qiz   bolalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqalarining viloyat final bosqichiga mezbonlik qilmoqda.

Musoboqaning viloyat bosqichi ochilish marosimida so‘z olgan institut Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Zubayda Bahranova o‘quvchi yoshlarga omad tilar ekan, mamlakatimizda so‘nggi yillarda jismoniy tarbiya va sportga qaratilgan e’tibor davlat siyosatining ajralmas qismiga aylanganini ta’kidladi.

Tumanlardan kelgan qizlar jamoasi guruhlarga bo‘linib kuch sinashmoqda. G‘olib Jamoa musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, gandbol federatsiyasining Buxoro viloyatiga institut rektori Shuhrat Teshaev rahbarlik qilmoqda.

— Respublika miqyosida talabalar uchun “REGISTON STIPENDIYASI” tanlovi o‘tkazilmoqda.

Stipendiya kimlar uchun?

— Davlat va nodavlat oliygohlarida tahsil olayotgan barcha talabalar uchun

👉 BATAFSIL MA’LUMOT

🏆 Talabalarni pul yutuqlari, “Registon stipendiyasi sohibi” maxsus guvohnomasi, esdalik sovg‘alar kutmoqda.

📄 Tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar beriladi.

Batafsil ma’lumot: @Registon_stipendiya_bot

📩 HUJJAT TOPSHIRISH

🚴‍♀️ An’anaviy tashkil etilib kelinayotgan “Ziyorat velomarafoni”ning navbatdagi manzili Fathobod, Fayzobod, Abu Hafs Kabir ziyoratgohlariga bo’ldi🚴‍♀️

Yarmarkada viloyatning yetakchi sanoat korxonalari bilan bir qatorda oliy ta’lim muassasalari, shular qatorida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ham o‘zining ilg‘or ishlanmalari ham faol ishtirok etmoqda.

Tadbirning ochilishida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov so‘zga chiqib, muntazam o‘tkazilib kelayotgan ushbu yarmarkaning sanoat rivojlantirishdagi ahamiyati, tadbirkorlik sub’ektalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ommalashuvi va xaridorgirligini ta’minlashdagi o‘rniga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti professor o‘qituvchilari va talabalari tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotlar yarmarkaga tashrif buyurgan mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Jumladan, Laparoskopik amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga mo‘ljallangan “Universal laparoskopik trenajer” ko‘pgina kelgan yuqori martabali mehmonlarda, hamda viloyat hokimi Botir Komilovich Zaripovda katta qiziqish uyg‘otdi. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Salim Davlatov tomonidan ushbu trenajerning mohiyati va afzalliklari namoyish etilgandan so‘ng  viloyat hokimi trenajerni amalda qo‘llab ko‘rdi.

Xalq tabobati kafedrasi dotsenti Djumaev Bahodir Zayniddinovich tomonidan Abu Ali ibn Sino ta’limotiga asosan ishlab chiqilgan, oshqozon-ichak va jigar kasalliklarida samarali hisoblanuvchi “Skanjubin” dorivor eliksiri o‘zining yuqori samaradorligini sinovlar davomida isbotlagan.

Oilaviy shifokorlar qayta tayyorlash va malakasini oshirish kafedrasi dotsenti Dilnavoz Adizova  tomonidan yaratilgan va yo‘lga qo‘yilgan “Diqqat nutq mayda motorika va koordinatsion harakatlarni rivojlantirish” qurilmasi sog‘lom va rivojlanishdan ortda qolayotgan bolalarda bazaviy ko‘nikmalarni rivojlantirishda samarador qurilma hisoblanadi. Ushbu ishlanmaning pediatriya va bolalar psixologiyasida qo‘llash orqali yaxshi natijalarga erishish mumkin.

Institutning mustaqil izlanuvchisi Ibodjon  Ismoilov tomonidan yaratilgan va ishlab chiqarishga yo‘lga qo‘yilgan bel-dumg‘aza sohasi umurtqalari disk churralarining profilaktikasi va davolashda qo‘llaniladigan “SASh” nomli korsetlari ham kelganlarda qiziqish uyg‘otdi.

Yarmarka ertaga ham o‘z ishini davom ettiradi.