Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shofirkonlik yoshlar muammolarini o‘rgandi
19.04.2023 2023-04-28 11:03Avval xabar berganimizdek, Prezidentimizning yoshlar masalalarini o‘rganishga qaratilgan videoselektor yig‘ilishida barcha bo‘g‘indagi rag‘barlarga yoshlar bilan ishlash bo‘yicha qator topshiriqlar berilgan edi.
Mazkur topshiriqqa asosan, institut rektori Shuxrat Teshayev ham o‘ziga biritirilgan tumanlarda yashovchi yoshlar bilan bog‘liq masalalarni o‘rganmoqda.
Kecha, institut rahbariyati tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh a’zolari Shofirkon tumanida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashdi. Shuningdek, xorijda ishlashga ketgan turli daftarlarda ro‘yxatda turadigan yoshlarning ota-onalari, qarindoshlari bilan muloqot qildi.
Uchrashuvlarda mahallalardagi uyushmagan ishsiz yoshlar bilan suhbatlashib, ularni qiynab kelayotgan masalalar tinglandi. Institut rektori Sh.Teshayev imkon doirasida yoshlar muammolarini bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatib, qo‘ldan kelgan yordamini berish ta’kidladi.
Kelgusida shofirkonlik yoshlarning muammolarini bartaraf etish maqsadida tez-tez uchrashuvlar tashkil etishga kelishildi.
Ochiq amaliy mashg’ulot
18.04.2023 2023-04-19 11:27Gematologiya va klinik laborator diagnostika kafedrasi assistenti Sulaymonova G.T tomonidan o`tiladigan Gematologiya fanidan “Gemorragik diatezlar” mavzusida 25.04.2023 da soat 10:00 da Simulyatsion sentrda 11-xonada bo`ladigan ochiq amaliy mashg`ulotga taklif etamiz.
Ota-onalarning farzand tarbiyasidagi roli kuchaytirilmoqda.
17.04.2023 2023-04-19 12:49Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Jondorlik yoshlar muammolarini o‘rgandi
17.04.2023 2023-04-19 12:44Yoshlar muammolarini o‘rganish har bir davrning eng muhim masalasi sifatida qaralib kelingan va bu jarayon bugun o‘zining yangi rivojlanish davrini boshidan o‘tkazmoqda. Ayniqsa, yoshlar bandligi va bu orqali ularning daromad topishlarini ta’minlash borasida so‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan qator amaliy choralar olib borilmoqda.
Joriy yilning 11 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida joylardagi rahbarlarga qator opshiriq va vazifalar yuklatilgan edi.
– Barcha rahbarlar bir narsani bilib olsin: ertangi kunimiz egalari bo‘lgan yoshlar bilan ishlash – biz uchun hayot-mamot masalasi! Biz yoshlarga bugundanoq sharoit qilib bermasak, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha inqilobiy tashabbuslarni ilgari surmasak, Yangi O‘zbekistonni qanday barpo qilamiz? – dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida.
Jumladan, Davlatimiz rahbari og‘ir toifadagi yoshlardan har bir rahbarlarga 50 nafardan e’tiborga muhtoj yoshlar nomma-nom biriktirilishi belgilandi.
Mazkur topshiriqqa asosan, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshaevga ham tumanlarda yashovchi yoshlar biriktirilgan.
Institut rahbariyati tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh a’zolari Jondor tumanida istiqomat qiluvchi 15 nafar yoshlar bilan tuman hokimiyati binosida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda mahallalardagi uyushmagan ishsiz yoshlar bilan suhbatlashib, ularni qiynab kelayotgan masalalar tinglandi. Institut rektori Sh.Teshaev imkon doirasida yoshlar muammolarini bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatib, qo‘ldan kelgan yordamini berishdi hamda tibbiy ko‘rik tashkil etilishi aytib o‘tildi. Shuningdek, Xalq deputatlari
Buxoro viloyati kengashida shlarning tegishli muammo va masalalarini olib chiqish, uni bartaraf etish choralari ko‘rilishini ma’lum qildi.
Suhbat davomida har bir yoshning fikri va muammosi tinglanib, salomatligi yuzasidan mavjud muammoi bo‘yicha mutaxassis shifokorlarga biriktirildi. Ishlashga ehtiyoji bor yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida kasbga yo‘naltirildi va o‘qishga ishtiyoqi borlar to‘garaklarga biriktirildi.
Imkon qadar ularning muammolarini bartaraf etish maqsadida yoshlarga maslahatlar berildi.
Nomma-nom biriktirilgan yoshlar doimiy ravishda institut rahbariyati bilan aloqada bo‘lib turishga kelishildi.
Rektor kubogi
17.04.2023 2023-04-19 12:34“Qo’l to’pi” sport turi bo’yicha rektor kubogi g’olib jamoa sardori.
Taqdirlash marosimi.
Rektor kubogi taqdirlash marosimi.
Mansurov Abdulaziz – Stomatologiya fakulteti 3-kurs 327-guruh talabasi.
“Yoshlar-kelajagimiz” media platformasi
17.04.2023 2023-04-19 12:53Buxoro viloyatida Yoshlar hayotida bo‘layotgan voqea va xodisalardan xabardor bo‘lmoqchimisiz?
Unda mazkur kanal aynan siz uchun!
“Yoshlar-kelajagimiz” media platformasi siz izlagan kanal.
A’zo bo‘ling!