How may we help you?

Yoshlar muammolarini o‘rganish har bir davrning eng muhim masalasi sifatida qaralib kelingan va bu jarayon bugun o‘zining yangi rivojlanish davrini boshidan o‘tkazmoqda. Ayniqsa, yoshlar bandligi va bu orqali ularning daromad topishlarini ta’minlash borasida so‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan qator amaliy choralar olib borilmoqda.

Joriy yilning 11 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida joylardagi rahbarlarga qator opshiriq va vazifalar yuklatilgan edi.

– Barcha rahbarlar bir narsani bilib olsin: ertangi kunimiz egalari bo‘lgan yoshlar bilan ishlash – biz uchun hayot-mamot masalasi! Biz yoshlarga bugundanoq sharoit qilib bermasak, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha inqilobiy tashabbuslarni ilgari surmasak, Yangi O‘zbekistonni qanday barpo qilamiz? – dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida.

Jumladan, Davlatimiz rahbari og‘ir toifadagi yoshlardan  har bir rahbarlarga 50 nafardan e’tiborga muhtoj yoshlar nomma-nom biriktirilishi belgilandi.

Mazkur topshiriqqa asosan, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshaevga ham tumanlarda yashovchi  yoshlar biriktirilgan.

Institut rahbariyati tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh a’zolari Jondor tumanida istiqomat qiluvchi 15 nafar yoshlar bilan tuman hokimiyati binosida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda mahallalardagi uyushmagan ishsiz yoshlar bilan suhbatlashib, ularni qiynab kelayotgan masalalar tinglandi. Institut rektori Sh.Teshaev imkon doirasida yoshlar muammolarini bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatib, qo‘ldan kelgan yordamini berishdi hamda tibbiy ko‘rik tashkil etilishi aytib o‘tildi.  Shuningdek, Xalq deputatlari

Buxoro viloyati kengashida shlarning tegishli muammo va masalalarini olib chiqish, uni bartaraf etish choralari ko‘rilishini ma’lum qildi.

Suhbat davomida har bir yoshning fikri va muammosi tinglanib, salomatligi yuzasidan mavjud muammoi bo‘yicha mutaxassis shifokorlarga biriktirildi. Ishlashga ehtiyoji bor yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida kasbga yo‘naltirildi va o‘qishga ishtiyoqi borlar to‘garaklarga biriktirildi.

Imkon qadar ularning muammolarini bartaraf etish maqsadida yoshlarga maslahatlar berildi.

Nomma-nom biriktirilgan yoshlar doimiy ravishda institut rahbariyati bilan aloqada bo‘lib turishga kelishildi.

“Qo’l to’pi” sport turi bo’yicha rektor kubogi g’olib jamoa sardori.

Taqdirlash marosimi.

Rektor kubogi taqdirlash marosimi.

Mansurov Abdulaziz – Stomatologiya fakulteti 3-kurs 327-guruh talabasi.

Buxoro viloyatida Yoshlar hayotida bo‘layotgan voqea va xodisalardan xabardor bo‘lmoqchimisiz?

Unda mazkur kanal aynan siz uchun!

“Yoshlar-kelajagimiz” media platformasi siz izlagan kanal.

A’zo bo‘ling!

https://t.me/+TLZzpVRKJtFHty50

📱 Telegram: OTFIVǀRASMIY

➡️ Yangi sahifa orqali oliy va professional taʼlim, fan va innovatsiyalar sohalari hamda akademik litseylarda amalga oshirilayotgan islohotlarga doir yangiliklar, uchrashuv va turli tadbirlar haqidagi xabarlar berib boriladi.

➡️Amaldagi @eduuz kanali esa, asosan vazirlik faoliyatiga oid eng muhim va dolzarb yangiliklarni e’lon qiladi.

✅ Bizni, shuningdek, Facebook , Instagram , YouTube , Twitter ijtimoiy tarmoq va messenjerlarida ham kuzatib borishiningiz mumkin.

☝️ Unutmang, sohaga doir tasdiqlangan rasmiy maʼlumotlar faqat bizning sahifalarda beriladi!

Yurtimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ommaviy sportni rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida sport-sog‘lomlashtirish ishlarini taraqqiy ettirish maqsadida sport musobaqalari, turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

Ushbu tadbirlar doirasida Buxoro davlat tibbiyot instituti sport zalida badiiy gimnastika bo‘yicha respublika ochiq birinchiligi bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning asosiy tashkilotchisi Buxoro davlat tibbiyot instituti talabasi gimnastika bo‘yicha O‘zbekistan chempioni, «Zulfiya» nomidagi davlat mukofoti sovrindori Sitora Ismatova bo‘ldi.

Dastlab, tadbirda so‘z olgan institut rektori Shuxrat Teshaev Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlarga yaratilgan imkoniyat va e’tibor havida so‘zladi va gimnastikachi qizlarga omad tiladi.

Musobqada respublikamizning turli viloyatlaridan tashrif burgan 10 yoshgacha bo‘lgan sportchi qizaloqlar jamoalari bellashishdi.

Bugun 15 aprel kuni Buxoro davlat tibbiyot institutida “Karyera kuni” mehnat yarmakasi tashkil etildi. Buxoro davlat tibbiyot institutida an’anaviy tarzda otkazib kelinayotgan “Karyera kuni” bosh ish orinlari yarmarkasi mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash va yoshlar ortasida bandlikni oshirishda muhim orin tutmoqda.

Unda talabalar hamda bitiruvchilari ozlariga mos ish orni topish, korxona va tashkilotlar esa ozlariga munosib kadrni saralash imkoniga ega bolishmoqda. Ishtirokchilar sonining oshishi bilan mehnat yarmarkasining kolami ham kengayib bormoqda. Bugun o`tkazilgan “Karyera kuni” ham fikrimizning yaqqol isbotidir.

Bitiruvchi talabalarning bandligi ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkada asosiy buyurtmachi tashkilotlari ya’ni Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, qon quyish stansiyasi, viloyat Perinatal markazi, viloyat ona va bola skring markazi, viloyat onkologiya dispanseri, viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali, Buxoro viloyat sanitariya- epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi kabi tibbiyot muassasalari ishtirok etishdi.
Mehnat yarmarkasida birqancha talaba yoshlar ish beruchilar bilan mehnat shartnomasi imzolab, o’z ishlariga ega bo’lishdi.