O’quv-uslubiy ishlar

Kafedrada davolash, stomatologiya, tibbiy pedagogika, tibbiy biologiya, tibbiy profilaktika, xalq tabobati yo`nalishlarining I va II kurs talabalari uchun Anatomiya; davolash, stomatologiya, tibbiy pedagogika, xalq tabobati yo`nalishlarining II, III kurs talabalari uchun Klinik anatomiya (OXTA) fanidan ma`ruza va amaliy mashg`ulotlar olib boriladi.

I kurs talabalari o`quv yili davomida Anatomiya fanidan osteologiya, artrosindesmologiya, miologiya, splanxnologiya, angiologiyani, II kurs talabalari bo`lsa nevrologiyani o`rganishadi.

II, III kurs talabalari o`quv yili davomida klinik anatomiya fanidan odam tanasidagi barcha a`zolarning topografik anatomiyasi, ularga bog`liq jarrohlik aralashuvlarini o`rganishadi.

Bundan tashqari, boshqa oliy ta`lim muassasalari bilan hamkorlikda ochilgan qo`shma ta`lim dasturlari, chet el talabalari o`qiydigan General medicine, MBBS yo`nalishlariga ham anatomiya va klinik anatomiya fanlari o`tilmoqda

Kafedrada oʼquv jarayoni oʼzbek, rus, ingliz tillarida olib borilmoqda.

Аnatomiya, klinik anatomiya (OXTА) kafedrasida barcha maʼruza va amaliy mashgʼulotlar ilgʼor pedagogik texnologiyalar va zamonaviy texnik vositalarni qoʼllagan holda olib boriladi. Kafedrada 10 dan ortiq interfaol dars oʼtish usullaridan foydalanib kelinmoqda. Kafedra oʼquv jarayonida turli koʼrgazmali qurollar, hoʼl va quruq anatomik preparatlar, mulyajlar, planshetlardan keng foydalaniladi. Ikkala fanning barcha maʼruza va amaliy mashgʼulotlar mavzulari boʼyicha multimediyali taqdimotlar banki tayyorlangan va institutning Аxborot resurs markaziga topshirilgan.