Tibbiy kimyo kafedrasi

Tibbiy kimyo kafedrasi

Bahromov Hasan Qayumovich

Kafedra mudiri

Kafedra xodimlari

Niyazov Laziz Nurxonovich
dоtsеnt
Xayrullayev Choriqul Qazoqovich
dоtsеnt
Gulyamova Mavjuda Tashpulatovna
dоtsеnt
Safarova Nafisa Sulaymonovna
аssistеnt
Raxmatov Shokir Botirovich
аssistеnt
Sevinchova Dilobar Ne’matovna
аssistеnt
G’apurov Umurbek Ulug’bekovich
аssistеnt
Karimov Javohir Sobirzoda
аssistеnt
Djumayeva Maxfuza Qayumovna
аssistеnt
Sadullayeva Gulmira G’aybulla qizi
аssistеnt
Amrieva Sabina
аssistеnt
Maxmudov Sulton Obit oʻgʻli
аssistеnt
Haydarova Hulkar Axtamjonovna
аssistеnt
Atavulloyev Hafiz Hayotovich
аssistеnt
Karimova Sadoqat Amrilloyevna
аssistеnt
Shamsiddinova Gulruh Hayot qizi
Laborant
Kayumova Sarvinoz Kadirovna
Kabinet mudiri

Kafedra tarixi

Amonov Muxtor
Raxmatovich
(1991-1993 y.y.
1995-2002 y.y)

Raxmatov Nekboy
Amonovich
(1993-1995 y.y)

Nazarov Ilhom Isoqovich
(2002-2014 y.y.)
(2017-2018)

Yoriyev Oltin
Muzaffarovich
(2014-2015 y.y.)

Shukurov Ilhom
Boltayevich
(2016-2017 y.y.)

Ixtiyarova Gulnora Akmalovna
(2017 y.)

Tibbiy kimyo kafedrasi 1991 yildan o‘z faoliyatini dastlab “Umumiy va bioorganik kimyo” kafedrasi sifatida boshlagan.

Kafedra tashkil etilgan vaqtda mudir Amonov M.R. bo‘lgan. O‘sha davrda kafedraning va o‘qish jarayonini tashkil etishda quyidagi professor o‘qituvchilar jonbozlik ko‘rsatib ish boshlaganlar: dotsentlar Xayrullaev Ch.K., Juraev Yu., Nazarov I.I., assistentlar Mavlonov X.N., Sodikova S.Sh., Shukurov I.B., Mirzametov B.S., Amonova X.I. Bozorova S.O., Juraeva S.B., Xolikova R.F. Laborantlar: Safarova R., Nuriddinova X., Umurov F. Faoliyat yurutishgan.

1993 yildan kafedra “Biologik kimyo” kafedrasi bilan birlashtirilib “Biologik va bioorganik kimyo” kafedrasi deb nomlangan, kafedra mudiri lavozimiga biologiya fanlari doktori, professor Raxmatov N.A. tayinlangan. Raxmatov N.A. 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. 

1995 yildan 2002 yilgacha kafedrani dotsent Amonov M.R. boshqargan. O‘zining ilmiy izlanishlari davomida 300 dan ortiq ilmiy maqolalar, ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar va tezislar tayyorlagan. Ilmiy maslahatchi prof. O.M.Yoriev rahnamoligida 2005 yil M.R.Amonov 02.00.16 – Kompozitsion materiallar kimyosi va texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha “Paxta tolasini ishlab chiqarishda qo‘llash uchun mahalliy xom-ashyo asosida suvda eruvchan polimer kompozitsiyalar va ularni olish texnologiyasi”  mavzusidagi  doktorlik dissertatsiyasini O‘zbekiston Respublikasi “Fan va taraqqiyot” ilmiy-texnologik markaz huzuridagi ixtisoslashtirilgan kengashda muvoffaqiyatli himoya qilgan.

2002-2014  yillarda  kafedrani dotsent Nazarov I.I. boshqargan. 1991 yilda «Радикальная полимеризация и сополимеризация бензоксазолилметилметакрилатов и свойства полимеров на их основе» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Mutaxassisligi 02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi. OAK tomonidan 2002 yilda dotsentlik ilmiy unvoni berilgan. Dotsent Nazarov I.I. ilmiy pedagogik faoliyati davomida 180 dan ortiq Respublikamiz va xorij jurnallarida maqolalar va tezis chop ettirgan. 1 ta elektron darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma hamda 20 ta uslubiy qo‘llanma chop etgan.

 Kafedrada 2004 yilda assistent I.B.Shukurov “O‘tkir pankreatitda glutation almashinuvi va uning peroksidlanish va detoksikatsiya jarayonlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qilib, biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan.

2005 yil mart oyidan 2015 yil may oyigacha kafedra nomi o‘zgarib “Bioneorganik, bioorganik va biologik kimyo” kafedrasi deb nom berilgan.  

2009 yilda katta o‘qituvchi H.I.Amonova “Kraxmal va seritsin asosida iqtisodiy samarali ohorlovchi polimer kompozitsiyalarni olish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qilib, texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan.

2014 – 2015 yillarda kafedrani professor Yoriev O.M. boshqargan. O.M. Yoriev 300 dan ortiq ilmiy maqolalar 20 dan ortiq patentlar va ixtirolar muallifi. O.M.Yoriev Respublikamiz “Ustoz” jamg‘armasi tomonidan 2002 yilning eng yaxshi ilmiy rahbari deb tan olingan. Uning ilmiy rahbarligida 25 nafar kimyo va texnika fanlari nomzodi va doktorlari tayyorlangan. Polimerchi olimlarning Buxoro maktabini shakllanishiga asos solgan.

2015 yil may oyida kafedraga “Tibbiy va biologik kimyo” nomi berilgan. 2016 yil yanvar oyidan 2017 yil sentabr oyigacha kafedrani dotsent Shukurov I.B. boshqargan.

Nazarov I. I. va kafedra professor-o`qituvchilari

Nazarov I.I. boshchiligida kafedra yig`ilishi

2017 yil sentabr oyida kafedraga “Tibbiy kimyo” nomi berilgan.

2017 yil sentabr – oktabr oylarida Ixtiyarova G.A., 2017 yil oktabr oyidan 2018 yil oktabr oyigacha kafedrani dotsent Nazarov I.I. boshqargan.

2018 yil noyabr oyidan boshlab kafedrani f.-m.f.f.d. (PhD) Niyazov Laziz Nurxonovich boshqarib kelmoqda. Oxirgi 3 yilda kafedra Rossiyaning Volgograd davlat tibbiyot universteti, Chuvash davlat universiteti; Qozog‘istonning M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti; Turkiyaning Istanbul Jerraxpashsha universiteti va boshqa OTMlar bilan 10 ga yaqin hamkorlik shartnomalari tuzishga muvaffaq bo‘ldi. Shu davrda tibbiy kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 1 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta monografiya, 10 dan ortiq elektron darslik va dasturlar tayyorlandi. Rossiya, Qozog‘iston va Tojikiston davlatlari OTMlariga kafedraning barcha professor-o‘qituvchilar mobillik doirasida ma’ruza, master-klass va seminarlar tashkil etib kelishdi.

Volgograd davlat tibbiyot universiteti professori Brel A.K. akademik mobillik doirasida kafedraga tashrifi  2018 yil

2020 yil sentabr oyidan boshlab kafedra ikkiga “Tibbiy kimyo” va “Biokimyo” kafedralariga bo‘lindi. Hozirgi kunda  Tibbiy kimyo kafedrasini dots. L.N.Niyazov boshqarib kelmoqda.

L.N. Niyazov institut talabalari bilan xalqaro yosh olimlar va talabalar forumida 2019 yil

Bugungi kunda Tibbiy kimyo kafedrasida 3 nafar dotsent, 8 nafar assistent faoliyat olib bormoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari biologik faol moddalar sintezi hamda oliy tibbiyot ta’limida kimyo fanlarini o‘qitish usullari mavzularida ilmiy izlanishlari olib bormoqda.

Kafedrada birinchi bosqich talabalari uchun tibbiy kimyo fanidan hamda institutning qo‘shma ta’lim dasturlari uchun rus va ingliz tillarida Kimyo, Umumiy va noorganik kimyo, Organik kimyo, Fizik kimyo, Kolloid kimyo, Farmasevtik noorganik kimyo, Farmasevtik organik kimyo va boshqa fanlardan mashg‘ulotlar olib borilmokda.

Kafedrada ma’ruza xonalari, amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun xonalar, laboratoriya ishlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan alohida xonalar mavjud. Ular asbob-uskunalar va jihozlar bilan jihozlanib, laboratoriya ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan kimyoviy reagentlar bilan ta’minlangan.

Kafedra professor-o`qituvchilari 2020 yil

Kafedra maqsadi

Tibbiy kimyo fanini ma’ruza darslarida ilm-fanning zamonaviy yutuqlaridan foydalangan holda o‘qitish;

Talabalarga Tibbiy kimyo fanini fundamenal va klinik fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikda o‘zlashtirishlariga sharoit yaratib berish;

Talabalarning Tibbiy kimyo fanidan olgan bilimlarini kelajakdagi kasbiy faoliyatida ko‘llay qo‘llay olishi uchun kerakli bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetesiyalarni shakllantirish;

Talabalarga modda almashinuvida qatnashuvchi moddalarni , ularning xossalarini o‘rganish uchun zarur bo‘lgan fizik-kimyoviy tahlil usullari, biologik faol moddalar-dori preparatlari hamda organizm tarkibini tashkil qiluvchi metabolit va antimetabolit moddalar tuzilishi va xossalarini o‘rgatish;

Amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini turli zamonaviy interfaol usullar: “Keys-stadiy”, “Miya hujumi”, “Sinkveyn” va boshqalar yordamida olib borish;

Talabalarning mustaqil bilim olishlariga aloxida e’tibor karatish, ularning internet, ilmiy  adabiyot va ilmiy jurnallar yordamida bilimlarini oshirish imkoniyatlarini o‘rgatish;

Kafedra professor-o‘qituvchilarining o‘z ilmiy salohiyatlarini oshirib borishga, ilmiy tadqiqot ishlariga shart-sharoitlarni yaratib berishga, ularning malakalarini muntazam oshirishga kerakli shart-sharoitlarni yaratib berish.

Kafedra professor-o`qituvchilarining xalqaro anjumanlardagi ishtiroki

Turkiyaning  Istanbul shahrida ta’lim, yoshlar bilan ishlash, sport va madaniyat bo‘yicha Yevropa Komissiyasi bosh direktorati tashabbusi bilan Erasmus+ kontakt seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda Evropa, Markaziy Osiyo, hamda Afg‘oniston va Rossiya kabi 34 ta davlatdan  oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etishdi. Seminarda “Tibbiy kimyo” kafedrasi o‘qituvchisi  PhD L.N.Niyazov ishtirok etib, Ispaniya, Portugaliya, Angliya, Fransiya, Bolgariya, Niderlandiya, Islandiya va boshqa oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashdi.

2021 yil 1-5 noyabr kunlari Qozogʼiston davlati Shimkent shahrida M.Auezov nomidagi Janubiy-Qozog’iston universitetida hamkorlik shartnomasiga asosan bir guruh insitut professor-o’qituvchilari akademik mobillik doirasida “Kimyoviy injineriya va biotexnologiya” oliy maktabi talabalariga ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar o’tib kelishdi. “Tibbiy kimyo” kafedrasidan ushbu kafedra mudiri L.N.Niyazov, dotsent Ch.K.Xayrullayev va assistent J.S.Karimovlar ishtirok etishdi.

2022 yil sentabr oyida Germaniyaning Freiburg universitetida, Italiyaning Pavia universiteti tomonidan muvofiqlashtirilgan ChildCA Oliy ta’lim salohiyatini oshirish Erasmus+ loyihasi tomonidan tashkil etilgan Metabolik kasalliklar va biokimyo bo’yicha treningda Tibbiy kimyo kafedrasi mudiri L.N.Niyazov hamda malaka oshirish fakulteti assistenti D.R. Adizovalar  ishtirok etishdi.

Tibbiy kimyo kafedrasining ilmiy tadqiqot ishlari

2022-yil 7-8 oktyabr kunlari kafedrada “KIMYO VA TIBBIYOT nazariyadan amaliyotgacha”  nomli xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi. Anjumanga ko’plab kimyogar olimlar tashrif buyurishdi. Shuningdek, anjumanning Qozog’iston  Xalqlar do’stligi instituti rektori faxriy professorlik unvoni bilan taqdirlandilar.

Har yili Tibbiy kimyo kafedrasida an’anaviy tarzda “Kimyogarlar kuni”ga bag‘ishlangan festival o‘tkaziladi. Bunda talabalar o‘zlarining kimyoviy bilimlarini namoyon etadi. Shuningdek ularning zukkoligi bilimi tekshiruvdan o‘tadi. Festival so‘ngida g‘olib bo‘lgan talabalar rektor tomonidan sovrinlar bilan taqdirlanadi.

Tibbiy kimyo kafedrasida professor o‘qituvchilarining ilmiy uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlari

NavigatsiyaToggle Table of ContentToggle