Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasi

Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasi

Olimov Siddiq Sharipovich

Kafedra mudiri

Kafedra xodimlari

Saidov Akbar Ahadovich
professor
Idiyev G'ayrat Elmurodovich
dotsent
Nurov Norpo'lot Boboqulovich
Katta o’qituvchi
Ibragimova Feruza Ikromovna
dotsent
Nurova Shohsanam Norpo'lotovna
Assistent
Durdiyev Jonibek Ismatovich
assistent
Ahmedov Xurshid Kamolovich
assistent
Badriddinov Baxrom Baxtiyor o'g'li
assistent
jumayev Akbar Hamidovich
assistent
Aliyev Navruz Xasanovich
assistent
Azimova Shaxnoza Shuxratovna
assistent
Bakayev Jasur Najmiddinovich
assistent
Saidova Lobar Abdulloyevna
assistent
Idiyev Oybek Elmurodovich
assistent
Nusratov Umid G'olibovich
assistent
Fozilov O’ktam Abdurazzoqovich
assistent
Astanov Otabek Mirjonovich
assistent
Arslanov Kamol Sadullayevich
assistent
Yunusova Umida Axmedjanovna
assistent
Rabiyev Behruz Xomit o’g’li
assistent
Axmedov Alibek Bahodirovich
assistent

Kafedra tarixi

Abu Ali ibn Sino nomli Buxoro davlat tibbiyot institutining rektori O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori professor A.I.Mo‘minovning 25.08.1993 yil № raqamli 15-buyruqlari asosida stomatologiya kafedrasi tashkil qilindi.

Kafedra mudiri lavozimiga dotsent YU.X. YUnusov tayinlandi.

Ortopedik stomatologiya mutaxassisligi bo‘yicha kurs tashkil qilindi va kurs rahbari M.M.Mirzaev etib tayinlandi. Ortopedik stomatologiya kursi joylashgan o‘rni M.M.Mirzaevning xususiy klinikasida edi. Manzili: SHarq-1 mavzesi. SHu vaqtda quyidagi assistentlar: N.B.Nurov, F.E.Raximov, J.K.Nazarov, CH.I.Xo‘janazarov dastlab ish olib borganlar.

1994 yil ortopedik stomatologiya kafedrasi tashkil etildi. M.M.Mirzaev kafedra mudiri etib saylandi. Kafedrada F.E.Raximovga katta o‘qituvchi lavozim berildi, assistentlar:N.B.Nurov, J.K.Nazarov, CH.I.Xo‘janazarov ishlaganlar,  I.K.Ergashev ortodont bo‘lib ishga qabul qilingan.

1995-1996 yillar kafedraning ishlarini rivojlantirish maqsadida kafedra mudiri t.f.n. X.R.Jalilov Toshkent davlat tibbiyot instituti ortopedik stomatologiya kafedrasidan yo‘llanma asosida ishga kelgan. Kafedra joylashishi SHarq-1 mavzesi 7-uy manzilida joylashgan binoga ko‘chirildi. SHu yili M.M.Mirzaev tibbiyot fan nomzodligi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. G‘.E. Idiev assistent lavizimiga va M.A.Ataeva “Ortopedik stomatologiya” yo‘nalishi bo‘yicha klinik ordinaturaga qabul qilindi.

1997 yillar assistent N.B.Nurovga katta o‘qituvchi lavozimi berildi, F.B.Barotov, A.M.Mirzaev, M.A.Ataeva assistent lavozimiga ishga qabul qilindi. Assistentlar: G‘.E.Idiev, J.K.Nazarov, CH.I.Xo‘janazarov ishlaganlar.

1998 yil X.R.Jalilov sog‘liqlari bo‘lmaganligi sababli kafedra mudiri lavozimidan ozod etildi va t.f.n. M.M.Mirzaev kafedra mudiri lavozimiga o‘tkazildi. Kafedrada katta o‘qituvchi N.B.Nurov, assistentlar: F.B.Barotov, A.M.Mirzaev, M.A.Ataeva, CH.I.Xo‘janazarov ishlaganlar va O.N.Nazarov Ortodont bo‘lib ishga qabul qilindi. G‘.E.Idiev stomatologiya yo‘nalishi bo‘yicha aspiranturaga kirgan.

1999 yil kafedra mudiri t.f.n. M.M.Mirzaev, katta o‘qituvchi N.B.Nurov, assistentlar: F.B.Barotov, A.M.Mirzaev, CH.I.Xo‘janazarov, O.N.Nazarov ishlagan. Klinik ordinaturaga O.E.Idiev qabul qilingan.

2000 yil kafedra mudiri t.f.n. M.M.Mirzaev, katta o‘qituvchi N.B.Nurov, assistentlar: F.B.Barotov,  A.M.Mirzaev, CH.I.Xo‘janazarov, O.N.Nazarov ish faoliyatini davom ettirganlar. Kafedra mudiri t.f.n. M.M.Mirzaevga – dotsent lavozimi berildi.

2001 yil kafedra mudiri dotsent M.M.Mirzaev, katta o‘qituvchi N.B.Nurov, assistentlar: F.B.Barotov, A.M.Mirzaev, CH.I.Xo‘janazarov, O.N.Nazarov ishlagan va O.E.Idiev assistent lavozimiga ishga o‘tqazilgan, N.N.Gadaeva, SH.SH.Gafarova klinik ordinaturaga qabul qilingan.

2002 yil kafedra mudiri dotsent M.M.Mirzaev, katta o‘qituvchi N.B.Nurov, assistentlar: F.B.Barotov,  A.M.Mirzaev, O.N.Nazarov, G‘.E.Idiev va O.E.Idiev ish faoliyatini yuritgan, S.SH.Olimov, A.A.Saidov, D.A.Jo‘raeva klinik ordinaturaga qabul qilingan, katta laborant lavozimida F.I.Ibragimova ish boshlagan.

 Kafedra mudiri lavozimida

1996 yildan 2004 yilgacha dotsent M.M.Mirzaev,

2004 yil noyabr oyidan 2006 yil avgust oyigacha t.f.n. G‘.E.Idiev,

2006-2009 yil  t.f.d. M.M.Mirzaev,

2009-2015 yil dotsent G‘.E.Idiev,

2015-2016 yil t.f.n. A.A.Saidov,

2016-2017 yildan dotsent G‘.E.Idiev,

2017 yil t.f.n. A.A.Saidov,

2017-2019 yillarda dotsent G‘.E.Idiev, 

2019-2020 yillarda PhD F.I.Ibragimova  

2020 yil (DSc) dotsent Olimov  Siddiq Sharipovich kafedra mudiri bo‘lib ishlab kelmoqdalar.

Maqsadi, vazifalari, faoliyati va yo‘nalishi

Kafedraning maqsadi talabalarga ortopedik stomatologiya va ortodontiya fanlaridan bilim berish, tibbiy masalarni yechishda axborot t ortopedik stomatologiya va ortodontiya ning tutgan o’rni bo’yicha bilim va malakalarini oshirish.

O‘quv rejasi

Tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar asosida kafedrada yangi o`quv-uslubiy majmualar va ishchi o`quv dasturlarni ishlab chiqish, ularni ta`lim jarayoniga joriy qilish, o`quv mashg`ulotlari, klinik  darslari, nazorat turlari, mustaqil ishlarni tashkil qilishdan iborat.

Ilmiy yo‘nalishi

Kafedra ilmiy salohiyatni oshirib borish maqsadida muntazam ravishda ilmiy ishlar olib borilmoqda. T.f.n. A.A.Saidov, PhD F.I.Ibragimova,  assistentlardan SH.N.Nurova, J.I. Durdiev, A.X.Jumaev, N.X.Aliev, U.G‘.Nusratov, O.E. Idievlarga dotsent G‘.E.Idiev ilmiy izlanishlariga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib kelmoqdalar.

 Kafedraning ilmiy yo‘nalishi: “Ekologik xududlarda va ishlab chiqarish korxonalarida stomatologik kasalliklarini erta aniqlash va oldin olish chora tadbirlari”.

Istiqbolli rejalar

  • Kafedra ilmiy salohiyatini oshirish;
  • Xorijiy mamlakatlar bilan o’quv, ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish
  • Kafedra moddiy-texnik bazasini yangi zamonaviy uskuna va o`quv laboratoriya jihozlari bilan boyitish

O‘qitiladigan fanlar

  1. Olinmaydigan tish pratezlari bilan pratezlash
  2. Olib qo‘yiluvchi tish pratezlari bilan pratezlash
  3. Orpedidik stomatologiya gospital kursi
  4. Ortodontiya
  5. Ortodontiya va bolalar tishini protezlash

Kafedrada o‘tilayotgan fanlari uchun o‘quv rejasiga asosan alohida tish texniklar laboratoriyasi, fantom xonalari zamonaviy stomatologik asbob – uskunalar bilan jihozlangan xonalar mavjud.

Kafedrada o‘tilayotgan barcha mashg‘ulotlar har bir talabaning individual qobiliyati va bilim zaxirasiga asoslangan holda muntazam ravishda zamonaviy interaktiv pedagogik uslublarni qo‘llash bilan olib boriladi. Buning uchun “Miya shturmi”, “Aylana stol”, “CHarxpalak”, “Akvarium”, “Ruchka stol o‘rtasida”, “Blits so‘rov” kabi interfaol uslullar yuqori samara bermoqda.

Kafedra xodimlari reja asosida doimiy ravishda malakalarni oshirib kelmoqdalar. Kafedrada tayanch instituti hisoblangan Toshkent davlat stomatologiya instituti, Karaganda davlat tibbiyot universtiteti, Moskva davlat stomatologiya universiteti, Ural davlat tibbiyot uneversiteti,  chet el oliygohlari bilan aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. 

Chop etilgan ilmiy ishlar

  1. Идиев Ғ.Э., Ибрагимова Ф.И.“Исследование действия гипохлорита натрия на биохимические показатели в эксперименте”. МАТЕРИАЛЫ РЕСПУБЛИКАНСКОЙ С МЕЖДУНАРОДНЫМ УЧАСТИЕМ НАУЧНО-ПРАКТИЧЕСКОЙ КОНФЕРЕНЦИИ, ПОСВЯЩЕННОЙ 60-ЛЕТИЮ ГРОДНЕНСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО МЕДИЦИНСКОГО УНИВЕРСТИТЕТА. – Беларусь. Гродно, 2018. -С.334-336.
  2. Идиев Ғ.Э., Ибрагимова Ф.И. “Действие гипохлорита натрия (ингредиента синтетических моющих средств) на активность окислительно-восстановительных ферментов и её коррекция введением растительных препаратов в эксперименте”. «Проблемы биологии и медицины» Международный научный журнал. –  Самарканд, 2017.-№4.1(98).-С.52-53.
  3. Идиев Ғ.Э., Ибрагимова Ф.И. “О состоянии здоровья у рабочих производства синтетических моющих и чистящих средств”. Материалы Всероссийской научно-практической конференции. РОЛЬ ПЕРВИЧНОЙ МЕДИЦИНСКОЙ ПРОФИЛАКТИКИ В УКРЕПЛЕНИИ ОБЩЕСТВЕННОГО ЗДОРОВЬЯ. – Россия. Новосибирск, 2016.-С.43-44.
  4. Идиев Ғ.Э., Ибрагимова Ф.И., Тухтаева М.А.“Оценка некоторых функциональных показателей полости рта рабочих производства сырьевых компонентов для синтетических моющих средств” «Стоматологиянингдолзарбмуаммолари» мавзусидагиХАЛҚАРО ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ ТЎПЛАМИ. –Тошкент, 2016.-С.100-102.
  5. Идиев Ғ.Э., Ибрагимова Ф.И., Саидов А.А.“Анализ состояния здоровья рабочих производства синтетических моющих и чистящих средств”. «Стоматологиянингдолзарбмуаммолари» мавзусидагиХАЛҚАРО ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ ТЎПЛАМИ. –Тошкент, 2016.-С.96-100.
  6. Идиев Ғ.Э., Ибрагимова Ф.И., Касымова Г.Л., Искандаров Ж.М.“Состояние иммунологической реактивности полости рта у рабочих производства синтетических моющих и чистящих средств”. Стоматологиянингдолзарбмуаммолари» мавзусидагиХАЛҚАРО ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ ТЎПЛАМИ. –Тошкент, 2016.-С.94-96.
  7. Идиев Ғ.Э., Ибрагимова Ф.И., Жуматов У.Ж., Саидов А.А. “Синтетик ювиш ва тозалаш воситаларини ишлаб-чиқаришда ишлайдиган ишчиларнинг оғиз бўшлиғидаги шиллиқ қавати зарарланишининг учраши ва хусусиятлари.” O`ZBEKISTON tibbiyot JURNALI. Медицинский ЖУРНАЛ УЗБЕКИСТАНА. Научно-практический журнал. – Тошкент, 2016.-№1.-С.27-29.
  8. Идиев Ғ.Э.,Ибрагимова Ф.И. “Частота и характер поражений слизистой оболочки полости рта у работников производства бытовой химии”.  МОЛОДЁЖЬ И МЕДИЦИНСКАЯ НАУКА. Материалы III межвузовской научно-практической конференции молодых учёных. – Россия. Тверь, 2015.-С.121-123.
  9. Идиев Ғ.Э.,Ибрагимова Ф.И. “Параметры полости рта у работников химического предприятия”. Материалы 61-й Всероссийской межвузовской студенческой научной конференции с международным участием. –  Россия. Тверь, 2015.-С.36-38.
  10. Идиев Ғ.Э., Ибрагимова Ф.И. “Изучение состояния тканей пародонта у рабочих производства синтетических моющих и чистящих средств”. МАТЕРИАЛЫ. II Всероссийская научная конференция студентов и молодых учёных с международным участием. – Россия. Иваново, 2015.-С.246.
  11. Идиев Ғ.Э., Ибрагимова Ф.И., Жуматов У.Ж., Жабборова Ф. У. ” Состояние слизистой оболочки полости рта рабочих производства синтетических моющих и чистящих средств”. «Ёш олимлар» илмий-амалий анжуман. – Тошкент, 2015.-С.168-169.
  12. Idiev G.E., Jumatov U.J. “Influence of the harmful factors of manufacture of synthetic detergents and cleaners on the clinical-functional parameters of the oral cavities in the workers”. European Science Review. Scientific journal.- Austria, Vienna. 2014.-№9-10.-С.31-32
  13. Идиев Ғ.Э.,  Ибрагимова Ф.И.,  Жуматов У.Ж., Саидов А.А. “Влияние вредных факторов производства синтетических моющих и чистящих средств на клинико-функциональные показатели полости рта”. «Проблемы биологии и медицины» Международный научный журнал – Самарканд, 2014.-№4 (80).-С.90-91.
  14. Идиев Ғ.Э.,  Ибрагимова Ф.И., Жуматов У.Ж. “Влияние вредных факторов производства синтетических моющих и чистящих средств на состояние местного иммунитета полости рта рабочих”. Сборник статей VIIмеждународной научной конференции «Приоритетные направления в области науки и технологии в XXI веке». –  Ташкент. 2014.-С.119-120
  15. Науч. рук.: Идиев Г.Э., Ибрагимова Ф.И. Студенты: Юсупов Ш.А., Жураев Б.Н., Тожиев Ф.И. ” Оценка параметров полости рта у работников химического предприятия”.СБОРНИК МАТЕРИАЛОВ 78-ой итоговой студенческой научно-практической конференции с международным участием. – Россия. Красноярск, 2014.-С.758-759.
  16. Науч. рук.: Идиев Г.Э. Студенты: Юсупов Ш.А., Тожиев Ф.И., Жураев Б.Н., Мухаревский А.А., , Сулейманова Г.С. “Характеристика показателей полости рта у работников, занятых на химическом предприятии”. Материалы 66-й научно-практической конференции студентов и молодых учёных «Актуальные вопросы современной медицины и фармации». – Беларусь. Витебск, 2014.-С.305-306.
  17. Науч. рук.: Идиев Г.Э. Студенты: Жураев Б.Н., Мухаревский А.А., Юсупов Ш.А., Тожиев Ф.И., Сулейманова Г.С. “Микробно-иммунологический профиль и параллели у пациентов с пародонтитом”. Материалы 66-й научно-практической конференции студентов и молодых учёных «Актуальные вопросы современной медицины и фармации». – Беларусь. Витебск, 2014.-С.267-268.
  18. Saidov A.A., G‘afforov S.A.,Olimov S.SH. “CHakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi kasalliklarida so‘lakdagi biokimyoviy ko‘rsatkichlarning ahamiyati”.O‘zbekiston tibbiyot jurnali №3 2019y 32-35 bet
  19. Saidov A.A.,  G‘afforov S.A.,Olimov S.SH., Axmadaliev N.N. “Buxoro viloyati maktab o‘quvchilarida aralash so‘lakning element tarkibi tavsifi”. Journal of Biomedicine and Practice 2019, 2,issue 4, pp. 64-70.
  20. Saidov A.A.,  Olimov S.Sh., Gaffarov S.A., Akmadaliev N.N. “Assessment of hepatobiliary system with dentoalveolar anomalies in school children”. International journal of Research (IJR),Volume-06, Issue-03 march 2019. 576-583
  21. Saidov A.A.,  G‘afforov S.A.,Olimov S.SH. “Kichik maktab yoshidagi bolalarda tish-jag‘ tizimi anomaliyalarning tarqalganlik darajasi (Retrospektiv ma’lumotlar)”. Tibbiyotda yangi kun №2 (26) 2019y 286-288 bet
  22. Saidov A.A., G‘afforov S.A.,Olimov S.SH. “Maktab yoshidagi bolalarda aralash so‘lak element tarkibining o‘ziga xosligi”. Tibbiyotda yangi kun №2 (26) 2019y 133-135 bet
  23. Saidov A.A., G‘afforov S.A.,Olimov S.SH., Xodjimetov A.A. “Maktab yoshdagi bolalarda gepatobiliar tizimning tish-jag‘ nuqsonlari patogenezidagi ahamiyati”. Doktor Axborotnomasi, №2 2019y,35-39 bet
  24. Saidov A.A., Abruev U.R., Rasulov M.M. “Bolalarda tishlov anomaliyalari va chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi patologiyalarni tarqalish darajasi”. “Stomatologiyaning dolzarb muammolari” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi, xalqaro ishtirok bilan 29-30 mart 2019y. Buxoro 162-163 bet.
  25. Saidov A.A., Abruev U.R., Rasulov M.M. “Bolalarda chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi patologiyalari rivojlanishida biriktiruvchi to‘qima markerlarini baholash”. “Stomatologiyaning dolzarb muammolari” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi, xalqaro ishtirok bilan 29-30 mart 2019y. Buxoro
  26. Saidov A.A., Saidova L.A. “Tishlarni patologik edirilishi va uning axoli orasida tarqalishi”.O‘zbekiston vrachlar Assosatsiyasi byulleteni 2017№4.
  27. Saidov A.A.,  Alimov U. “Maktab yoshidagi bolalar tish-jag‘ tizimi anomaliyalari va deformatsiyalari profilaktikasining zamonaviy usullari”. “Biologiya va tibbiyot muammolari” xalkaro ilmiy jurnal №4,1(98) 2017 167-bet.
  28. Saidov A.A.,  Jumaev A.X. “Bolalar va o‘smirlarda chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi funksional buzilishlarini oldini olishda atsetal plastmassali protezlar bilan protezlash” «Stomatologik kasalliklarni davolashda va profilaktikada dolzarb muammolar»Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari 4 mart 2016y Buxoro, 86-87 bet.
  29. Saidov A.A.,  Jumaev A.X, Saidova L.A. “Olib qo‘yilmaydigan to‘liq quyma konstruksiyalar bilan ortopedik davolashda zararlanmagan tishlar pulpasini olishga ko‘rsatma”. «Stomatologik kasalliklarni davolashda va profilaktikada dolzarb muammolar»Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari 4 mart 2016y Buxoro, 43-44 bet.
  30. Saidov A.A.,  Jumaev A.X, Saidova L.A. “Tishlarning patologik yemirilishi va uning axoli orasida tarkalishi”. «Stomatologik kasalliklarni davolashda va profilaktikada dolzarb muammolar» Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari 4 mart 2016y Buxoro, 66-67 bet.
  31. Саидов А.А., Ғаффоров С.А.,Олимов С.Ш. “Оценка маркеров соединительной ткани в развитии патологии височно-нижнечелюстного сустава у детей”. MEDICUSМеждународный медицинский научный журнал, №3 (27), 2019г 44-46 ст. Волгоград.
  32. Саидов А.А., Ғаффоров С.А.,Олимов С.Ш., Бадриддинов Б.Б. ”Особенности элементного состава смещенной слюны у детей с зубочелюстьними аномалиями ”. VI-междунороднқй конгресс стоматологов Казахстана “Образование, наука и практика стоматологии XXI века”, посвященного 60-летию стоматологического факультета. 29-30 май 2019 г. Алматы.
  33. Саидов А.А., Ғаффоров С.А.,Олимов С.Ш.“ Оценка маркеров соединительной ткани в развитии патологии ВНЧС у детей ”. VI-междунороднқй конгресс стоматологов Казахстана “Образование, наука и практика стоматологии XXI века”, посвященного 60-летию стоматологического факультета. 29-30 май 2019 г. Алматы.
  34. Саидов А.А., Хабибова Н.Н., Саидова М.А. “Характерные особенности процессов перекисного окисления липидов (ПОЛ) и антиоксидантной защиты организма (АОС) в полости рта при хроническом рецидивирующем афтозном стоматите ”. “Тиббиётда янги кун” 3(23) 2018й, 61-63
  35. Саидов А.А., Нуров Н.Б, Шодмонов К.Э. “ Тиббий таълимда  педагогик махоратнинг ўрни ва аҳамияти ”. Меддународная научно-практическая конференция “Актуальние вопросы высшего медицинского образования” г.Нукус 18-19-ноября 2016г 24-26 ст.
  36. Саидов А.А., Ибрагимова Ф.И., Идиев Ғ.Э. “Анализ состаяния здоровья рабочих произвоства синтетических моющих и чистящих средств (летиратурный обзор)”. «Стоматологиянинг долзарб муаммолари» халқаро илмий-амалий конференция тўплами 19 апрел 2016й. 96-100ст
  37. Саидов А.А.,Саидова Н.Б,  Атаханов Э.С. “ Распространенность кариеса зубов у детей, проживающих в сельских районах республики Узбекистан ”. «Стоматологик касалликларни даволашда ва профилактикада долзарб муаммолар». Республика илмий-амалий анжуман материаллари 4 март 2016й Бухоро, 39-40 бет.
  38. Саидов А.А.,Иноятов А.Ш, Шаропов С.Г. “ Клинико-иммунологические факторы риска развития врожденных пороков челюстно-лицевой области ”. Всероссийской научно-практической конференции Сборник статей “Актуальные вопросы стоматологии” Уфа 2015г 45-51ст
  39. Саидов А.А.,Ибрагимова Ф.И.,.Жуматов У.Ж. Идиев, Г.Э. “Влияние вредных факторов производства синтетических моющих и чистящих средств на клинико-функциональные показатели полости рта рабочих”. Биология ва тиббиёт муаммолари 2014№4 90-91 бет

Kafedra xodimlaridan fotolavha

Kafedrada himoya qilganlar

Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasida falsafa doktori (PhD) tibbiyot fanlari bo‘yicha himoya

Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasi mustaqil izlanuvchisi O.M.Astanov “TISH QATORLARI NUQSONI BILAN BOG’LIQ CHAKKA – PASTKI JAG’ BO’G’IMI OG’RIQLI SINDROMINI DAVOLASHNI TAKOMILLASHTIRISH” mavzusida falsafa doktori (PhD) tibbiyot fanlari bo‘yicha himoyasini movofaqiyatli himoya qildi.

Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Stomatologik kasalliklar orasida chakka-pastki jag’ bo’g’imining faoliyat buzilishi o’zgarishlari o’zining keng tarqalganligi, tashxislash va davolashda murakkabligi bilan alohida o’rin egallaydi. Ilmiy manbalarda «…so’nggi yigirma yil davomida o’tkazilgan epidemiologik tadqiqotlar chakka-pastki jag’ bo’g’imi patologiyasi bolalar va o’smirlar orasida 20% gacha, yoshi katta aholi orasida 80% gacha…»  kuzatilishi qayd etilgan. Shu bilan birga «…chakka-pastki jag’ bo’g’imi bo’g’im faoliyat buzilish sindromi patologiyasi mavjud bemorlar orasida bo’g’im faoliyati buzilishi sindromlari ustunlik qilishi hamda 78,3% dan 95,3% gacha…»  kuzatilishi patologiyaning ko’p tarqalganligidan guvohlik qiladi. Bu holat, patologiyaning boshlang’ich bosqichlarining aniq belgilarsiz kechishi, klinik, hamda rentgenologik tekshiruvlarda chakka-pastki jag’ bo’g’imida organik o’zgarishlar to’g’risida yetarlicha ma’lumotlar olish imkoniyatining yo’qligi hamda mutaxassislar orasida yagona etiopatogenetik qarashlar yo’qligi bilan tushuntiriladi. Bu esa muammoning davolash va oldini olish usullarini takomillashtirish zaruratini ko’rsatadi. Jahon miqiyosida tish qatorlari nuqsoni bilan kechadigan chakka-pastki jag’ bo’g’imi og’riqli sindromlarini davolashni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda zamonaviy stomatologiyada tish qatorlari nuqsoni bilan kechadigan chakka – pastki jag’ bo’g’imi og’riqli sindromlarining o’ziga xos kechishini klinik, funktsional xususiyatlarini aniqlash; kompleks davolashda ortopedik va fizioterapevtik choralarning o’rnini baholash; bemorning somatik holatini e’tiborga oluvchi kompleks bosqichma-bosqich yondashuv

rejasini ishlab chiqish; chakka-pastki jag’ bo’g’imi bo’g’im faoliyat buzilish sindromining etiopatogenetik asoslangan davolash profilaktika usullarini taklif etish; davolash samaradorligini baholash usullarini ishlab chiqishni takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish va uni jahon talablariga tenglashtirish borasida maqsadli va amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda, chakka-pastki jag’ bo’g’imi og’riqli sindromlarini oldini olish, erta tashxislash va kompleks davolashning samarador usullarini ishlab chiqish bo’yicha chora-tadbirlar bajarilmoqda. Bu borada «…tibbiy yordamning samaradorligi, sifati va ommabopligini oshirish, shuningdek, tibbiy standartlashtirish tizimini shakllantirish, tashxis qo’yish va davolashning yuqori texnologik usullarini joriy etish…»  kabi vazifalar belgilangan. Ushbu vazifalar tish qatorlari nuqsoni bilan kechadigan chakka pastki jag’ bo’g’imi og’riqli sindromlarini davolashni takomillashtirish amaliyotini amalga oshirish dolzarb ilmiy yo’nalishlardan biri bo’lib hisoblanadi.

Tadqiqotning maqsadi. tish qatorlari nuqsoni bilan bog’liq chakka-pastki jag’ bo’g’imi patologiyalarida bemorlarda og’riqli sindromni davolashni takomillashtirishdan iborat.

Tadqiqotning vazifalari:

chakka-pastki jag’ bo’g’im soxasidagi kelib chiqadigan kasalliklarni uchrashi darajasini o’rganish, hamda chakka-pastki jag’ bo’g’imi faoliyat buzilishlarida tibbiy-ijtimoiy omillar o’rnini baxolash;

chakka-pastki jag’ bo’g’im faoliyatidagi buzilishlarni tashxislash va davolashda qo’llanilgan klinik-funktsional usullar samaradorligini tahlil qilish;

chakka-pastki jag’ bo’g’imi faoliyat buzilishi sindromlaridagi og’riqlarini tashxislash va davolashda samarali usullarni asoslash;

chakka-pastki jag’ bo’g’imi faoliyat buzilishlari kasalliklarini tashxislash va davolashda tibbiyotning turli ixtisoslikdagi mutaxassislari yondashuvi o’rtasidagi bog’liqlikni ketma-ketligini yaratish va asoslash;

chakka-pastki jag’ bo’g’imi faoliyat buzilishi sindromlarining  etiopatogeneziga asoslangan kompleks, stomatologik, nevrologik va ijtimoiy omillarga tayangan davolashni amaliy sog’liqni saqlash tizimiga tadbiq qilish.

       Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

qiyoslashda yuz-jag’ sohasi to’qimalarida kuzatilishi mumkin bo’lgan simptomlarni inobatga olgan holda, chakka-pastki jag’ bo’g’imi faoliyat buzilishlarini tashxislash va klinik tashxis mezonlari aniqlangan;

chakka-pastki jag’ bo’g’imi faoliyat buzilishlarida yuz-jag’ sohasidagi neyromushak to’qimalar salbiy o’zgarishlariga klinik jihatidan faoliyat buzilishlariga baho berishda etiopatogenik omillariga asoslanib, takomillashtirilgan davo choralarining samarali xususiyatlari aniqlandi;

chakka-pastki jag’ bo’g’imi faoliyat buzilishlariga tashxis kuyishda, klinik-tashxis sinamalari, tibbiy – ijtimoiy ma’lumotlaridan foydalanish, shuningdek instrumental va paraklinik uskunalardan birgalikda foydalanilganda davolash natijalarining ijobiyligi isbotlandi;

chakka-pastki jag’ bo’g’imi faoliyat buzilish sindromlari bilan og’rigan bemorlarga tashxis qo’yish va davolash metodologiyasining samaradorligi stomatologlar, nevropatologlar bilan birgalikda

bo’g’imlarning, yuzning nerv-mushak majmuasi va bemorning xarakteridagi simptomatik alomatlar va sindromlarni hisobga olishga asoslangan.

Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasida falsafa doktori (PhD) tibbiyot fanlari bo‘yicha himoya

Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasi mustaqil izlanuvchisi J.N.Bakaev “BOLALARDA OG’IZ BO’SHLIG’I SHILLIQ QAVATI KASALLIKLARI RIVOJLANISHI XAVF OMILLARINI ANIQLASH, ERTA TASHXISLASH VA OLDINI OLISHGA MAJMUAVIY YONDASHUV” mavzusida falsafa doktori (PhD) tibbiyot fanlari bo‘yicha himoyasini movofaqiyatli himoya qildi.

Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Butun dunyoda bolalik va o‘smirlik yoshidagi stomatologik kasalliklar insonlarning keyingi hayoti davomida sog‘lik holatini ko‘p jihatdan aniqlab beradi. Stomatologik kasalliklar ichida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining (OBSHQ) kasalliklari alohida o‘rin egallaydi.  Aniqlangan, «…so‘ngi yillarda OBSHQ yallig‘lanish va allergik kasalliklarining soni ortishi kuzatilmoqda, kasalliklarning tarqalganligi 3% dan 35% ni tashkil qiladi…»1. Bu ham organizmga ta’sir qiluvchi nomaqbul omillar sonining ortishi, hamda aholi turmush darajasining pasayishi bilan bog‘liq. OBSHQ kasalliklarining og‘irligi va tarqalishi etiologik omil tabiati, kuchayib borish intensivligi bilan bog‘liq. «…bolalarda OBSHQ kasalliklarining og‘irlik darajasi, tarqalishining sababi,  etiologik omil tabiati, uning asoratlanish jadalligi  mahalliy immunitetga  bog‘liqligini ko‘rsatdi…»2.

Jahon miqyosida aholining, shu jumladan bolalarning og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarining shakllanishi va rivojlanishi, shuningdek, erta tashxis qo‘yish, davolash va oldini olish uchun yangi yondashuvlarni ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. SHu munosabat bilan, turli yoshdagi bolalardagi tish kasalliklarini qiyosiy asoslash amalga oshirilmoqda, jumladan og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari, rivojlanishning tibbiy va ijtimoiy jihatlari, maktabdagi katta yoshli bolalar orasida ushbu kasalliklarni erta tashxislash, davolash va oldini olish maqsadga muvofiqdir. Bemor bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarida og‘iz bo‘shlig‘ining me’yoriy mikroflorasi va mahalliy immuniteti o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qilish, shuningdek, maktab yoshidagi bolalarning hayot sifatini yaxshilash dolzarb masala hisoblanadi.

Bugungi kunda mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish, tibbiy tizimni jahon sog‘liqni saqlash standartlari talablariga muvofiqlashtirishga, issiq iqlimi bo‘lgan mintaqalardagi turli yoshdagi bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining kasalliklarini kamaytirishga qaratilgan bo‘lib, bu esa o‘z navbatida bir qator vazifalarni belgilab beradi«… mamlakatimizda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning samaradorligi, sifati va ommaviyligini oshirish, shuningdek tibbiy standartlashtirish tizimini shakllantirish, tashxis qo‘yish va davolashning yuqori texnologiyali usullarini joriy etish, patronaj va tibbiy ko‘rikning samarali modellarini yaratish, sog‘lom turmush tarzini va kasalliklarning oldini olish …»3 kabi vazifalar belgilangan.

Tadqiqotning maqsadi. Issiq iqlim sharoitida yashovchi bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarining kelib chiqishini, rivojlanish xavf omillarini aniqlash, erta tashxislash va oldini olishga majmuaviy yondashuvdan iborat.

Tadqiqotning vazifalari:

 maktab yoshdagi katta bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarining rivojlanishida va ularning og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari bilan bog‘liq xavf omillarini aniqlash (Buxoro viloyati misolida);

tekshirilgan bolalarning yoshi va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalligini inobatga olgan holda,  og‘iz bo‘shlig‘ining  klinik-funksional holatini  qiyosiy aniqlash;

sog‘lom va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida  kasalliklari bo‘lgan bolalarda  og‘iz bo‘shlig‘ining me’yoriy mikroflorasi va mahalliy immunitet ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liqligini baholash;

 og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari bor maktab yoshidagi katta bolalarning hayot sifatini baholashdan iborat.

       Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

maktab yoshdagi  katta bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarining rivojlanishida va ularning og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklariga bog‘liqlik asosiy xavf omillari aniqlangan (Buxoro viloyati misolida);

tekshirilgan bolalarning yoshi va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalligini inobatga olgan holda,  og‘iz bo‘shlig‘ining  klinik-funksional holatini baholash  qiyosiy aniqlangan;

og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining kasalliklarini shartli va patogen mikroorganizmlar disbiozi tomonidan keltirib chiqarish natijasini  aniqlash uchun qo‘shimcha diagnostik va prognostik mezonlar sifatida foydalanish tavsiya etilishi belgilangan;

bolalarda og‘iz bo‘shlig‘ining hujayraviy nospetsifik disbalansi   og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida patologik jarayonning rivojlanishi natijasi bo‘lib, bu  holatni erta tashxislashning  qo‘shimcha mezoni sifatida foydalanishi aniqlangan;

katta yoshdagi maktab bolalarining og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari, stomatologik muammolarni inobatga olib bolalarning hissiy, ijtimoiy holat va oilaviy farovonligi hayot sifatiga  salbiy ta’sir qilishi isbotlangan.

Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasida falsafa doktori (PhD) tibbiyot fanlari bo’yicha himoya

Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasi mustaqil izlanuvchisi

J.I. Durdiyev “NAFAS OLISh TIZIMI SURUNKALI KASALLIKLARI MAVJUD BOLALARDA TISh-JAG‘ A’ZOLARI SUYaK TIZIMI ShAKLLANIShINING MORFOMYeTRIK ASOSLARI” mavzusida falsafa doktori (PhD) tibbiyot fanlari bo‘yicha himoyasini movofaqiyatli himoya qildi.

Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Yuz chiroyi ahamiyatli psixosotsial omil hisoblangan holda, insonlarning ijtimoiy hayotida muhim rol o‘ynaydi. Yuz ko‘p jihatdan insonning jozibasini belgilaydi, shuningdek identifikatsiya va noverbal kommunikatsiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Adabiyotlarda keltirilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, “…63% bolalarning tashqi ko‘rinishlari bilan bog‘liq muammolar ularning bolalik hayotiga, 37% da esa – ijtimoiy hayotiga salbiy ta’sir qilishini aniqlashgan”. Mualliflar “…tana, pastki jag‘ sohasi o‘sishining jadallashuvi, shuningdek uning oldinga chiqishi 11, 14, 15 yoshda kuzatiladi, organizmning umumiy o‘sishi dajadallashuv 7, 12-13 yoshda namoyon bo‘lishini va boshning sagittal diametri shuningdek bir xil ortib borishini aniqlashgan”. Nafas olish tizimi surunkali kasalliklarida uzoq vaqt og‘iz bilan nafas olish natijasida yuz-jag‘ suyaklari o‘sishida qator buzilishlar soni sezilarli darajada o‘sishi aniqlangan. Yoshga bog‘liq holda yuz-jag‘ suyaklari o‘sishida nafas olish tizimi surunkali kasalliklari yuzning sagittal va vertikal o‘lchovlariga ta’siri, ularning konfiguratsiyasi o‘zgarishlariga olib kelishi ushbu patologik jarayonlar ta’sirini baholashni o‘rganish dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda.

Dunyo miqyosida nafas olish tizimi surunkali kasalliklari mavjud bolalarda yuz-jag‘ sohasida bo‘ladigan o‘zgarishlarni aniqlash, o‘lchov ko‘rsatkichlarini baholash va oldini olish chora tatbirlari olib borilyapti. Tish-jag‘ tizimi hamda yuqori nafas olish yo‘llarida o‘zgarishlarning morfofunksional umumiyligini aniqlash nazariy hamda amaliy stomatologiyaning muhim muammosi hisoblanadi. Og‘iz bilan nafas olish davomiyligiga qarab, tish-jag‘ tizimida morfo-funksional o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin, u yuqori nafas olish yo‘llari bilan tuzilmali va funksional yaqin bog‘liq. Burundan nafas olish qiyinlashgan bolalarda tish-jag‘ anomaliyasi rivojlanish xavfi 2-2,5 marta yuqori. Tish-jag‘ anomaliyasi insonning jismoniy va ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ularning tuzatilishi esa vaqt, mehnat va vositalarning ko‘p miqdorda sarflanishiga olib keladi. nafas olish tizimi surunkali kasalliklari mavjud bolalarda yuz-jag‘ sohasida bo‘ladigan o‘zgarishlarni aniqlash, o‘lchov ko‘rsatkichlarini baholash va oldini olish chora tatbirlari bo‘yicha tadqiqotlar o‘z yakuniga yetgani yo‘q hamda bu tadqiqotlarni davom ettirilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqotning maqsadi. Nafas olish tizimining surunkali kasalliklari mavjud bolalarda tish-jag‘ a’zolari suyak tizimining morfofunksional buzilishlariga tashxis qo‘yish va morfometrik asoslarini aniqlash usullarini takomillashtirish.

Tadqiqotning vazifalari:

bosh va yuz-jag‘ suyaklarining o‘sishida yoshga bog‘liq xususiyatlar, ularning tish-jag‘ deformatsiyalari mavjud bolalar va nafas olish tizimining surunkali kasalliklari bo‘lgan bolalarda sagittal va vertikal ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholash;

me’yorda va nafas olish tizimining surunkali kasalliklarida yuz sohasi tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash;

me’yor va nafas olish tizimining surunkali kasalliklarida tish-jag‘ tizimi differensial diagnostikasini takomillashtirish uchun turli tana rentgenologik ko‘rsatkichlari o‘rtasida klinik o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash;

nafas olish tizimining surunkali kasalliklari mavjud tish-jag‘ deformatsiyasi bor bolalarda immunologik va biokimyoviy tahlil natijalarini baholash.

       Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

tish-jag‘ anomaliyasi bor nafas olish tizimida surunkali kasalliklari bo‘lgan va bo‘lmagan bolalar o‘sish davrida tish-jag‘ tizimida ularning hajmi, kengligi, balandligida kuzatiladigan morfometrik o‘zgarishlar aniqlangan;

tish-jag‘ anomaliyasi bor nafas olish tizimida surunkali kasalliklari bo‘lgan va bo‘lmagan bolalar yuz sohasining morfometrik shakllanishi bosqichlarida ushbu tizimdagi anomaliya va deformatsiya turlari, klinik ko‘rinishlari hamda mazkur kasalliklar differensial diagnostikasini takomillashtirish uchun turli tana rentgenologik ko‘rsatkichlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik borligi isbotlangan;

nafas olish tizimi surunkali kasalliklari bor tish-jag‘ deformatsiyasi tashxislangan bolalarda ushbu kasalliklar aniqlanmagan bolalarga nisbatan distal tishlov, distopiya, progeniya va yuqori jag‘ mikrognatiyasi og‘ir shakllari uchrash darajasi ishonarli ko‘pligi isbotlangan;

nafas olish tizimi surunkali kasalliklari bor tish-jag‘ deformatsiyasi tashxislangan bolalarda so‘lak va qon zardobidagi immunologik hamda biokimyoviy ko‘rsatkichlar asosida diagnostik mezonlar yaratilgan.

Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasida falsafa doktori (PhD) tibbiyot fanlari bo‘yicha himoya

Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasi mustaqil izlanuvchisi U.A.Fozilov  “ОРТОДОНТИКORTODONTIK DAVOLASHDA KARIESNING RIVOJLANISHINI TASHXISLASH VA OLDINI OLISHNI MUKAMMALLASHTIRISH” mavzusida tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) himoyasini movofaqiyatli himoya qildi.

Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. JSST ekspertlari ma’lumotlariga ko‘ra tish-jag‘ anomaliyalarining tarqalganligi 50% ni tashkil qiladi. Mutaxassislarni fikriga ko‘ra «… Tish-jag‘ anomaliyalari bilan bog‘liq 92% holatlarda parodont sohasida turli xil noxush holatlar kuzatiladi»1. Tibbiy amaliyotda tishlarni ma’lum holatda saqlash maqsadida fiksatsiya qiladigan breketlar, xalqalar, yoylardan keng ko‘lamda foydalanish og‘iz bo‘shlig‘i gigienasiga qat’iy amal qilish imkoniyatlarini qiyinlashtiradi, bu tish-jag‘ anomaliyalari bilan bog‘liq
32,7% holatlarda tishlar qattiq to‘qimasining shikastlanishiga, asosan kariesga moyillikka sabab bo‘ladi. Kasallikning erta davrlarida, og‘iz bo‘shlig‘ida gigiena darajasi va parodont yumshoq to‘qimalarida yallig‘lanish reaksiyasi tishlar qattiq to‘qimasidagi morfofunksional o‘zgarishlari hali yuzaga kelmagan holatlarda tish kariesini erta aniqlash qiyin muammo bo‘lib, kasallikni an’anaviy funksional usullar bilan aniqlash imkonini beradigan usullarni qo‘llash dolzarb vazifa bo‘lib hisoblanadi. Dunyo miqyosida ortodontik davolashning erta bosqichlarda morfologik
va funksional og‘ishlarni tuzatishda ijobiy natijalarga erishishga imkon beradi. Erta davoning asosiy maqsadi, tish-jag‘ tizimining o‘sishi va funksiyasiga ta’sir ko‘rsatuvchi salbiy omillar bo‘lgan, denta-alьveolyar va skelet buzilishlarini korreksiya qilishdan iborat. Erta bosqichlarda,
ortodontik davolash vaqtida kariesni tashhislash va davolashga bo‘lgan maksimal yaqin yondoshuvni ishlab chiqish, ortodontik bemorlarni davolashda stabil estetik natijani olish va retsidivlar sonini kamaytirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar bajarilmoqda. Shunga qaramasdan tashhislashning mavjud usullari yetarli emas, bu esa tadqiqotning qo‘shimcha usullariga bo‘lgan qat’iy zaruratni yuzaga keltiradi. Ushbu jihatdan bolalarga ortodontik yordam ko‘rsatishning sifat ko‘rsatkichlarini oshirishga yo‘naltirilgan tashhislash va davolash tadbirlarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash xizmatini tubdan takomillashtirish, jumladan stomatologik kasalliklarni erta tashxislash va uni surunkali shakliga o‘tishining oldini olish bo‘yicha asosli natijalar olingan. Bu borada O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
harakatlar strategiyasida «….aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, aholida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish» ga yo‘naltirilgan muhim vazifalar belgilangan. Bundan kelib chiqqan holda stomatologik kasalliklarni, jumladan tish kariesini erta tashxislash, davolash va oldini olish alohida ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqotning maqsadi bemorlarni ortodontik davolashda karies va uning asoratlari rivojlanishini oldini olishga yo‘naltirilgan innovatsion diagnostik va profilaktik chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va joriy etishdan  iborat.  

Tadqiqotning vazifalari:

olinadigan va yechilmaydigan ortodontik texnika bilan davolashda bemorlar og‘iz bo‘shlig‘ining gigienik holatini o‘rganish va gigienik bilim va ko‘nikmalar darajasini aniqlash;

ortodontik davolash jarayonida asoratlarning rivojlanishi oldini olish uchun turli profilaktik usullarni qo‘llashdan avval va keyin tishlar emali holatini tekshirish;

olinadigan va yechilmaydigan ortodontik texnika bilan davolashda tishlar emalining rezistentligini baholash va remineralizatsiyalovchi vositalarning samaradorligini aniqlash;

olinadigan va yechilmaydigan ortodontik texnika bilan davolashning bosqichlarida asoratlarning rivojlanishini oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar kompleksini ishlab chiqish.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

ilk bor dinamikada gigienik va parodontologik statusning ko‘rsatkichlari bo‘yicha yechilmaydigan va olinadigan texnika yordamida ortodontik davolash jarayonida karies rezistentligining turli darajasi bo‘lgan bolalarda tishlar qattiq to‘qimalari holatining o‘zgarishi; 

ortodontik davolash jarayonida fiksatsiyalangan breketlar atrofidagi tish qattiq to‘qimalarining holati baholangan va remineralizatsiyalovchi vositalar,  nur induksiyalovchi flyuoressensiyadan foydalanish bilan kappa ta’sirining samaradorligi aniqlangan;

yechilmaydigan ortodontik texnika va olinadigan ortodontik texnikadan foydalanganda emalning o‘choqli demineralizatsiyasini oldini olish uchun kappa yordamida fiksatsiya qilingan “R.O.C.S. Medical Minerals” vositasining samarali ekanligi isbotlangan;

nur induksiyalovchi flyuoressensiya usuli yordamida yechilmaydigan  ortodontik texnika va olinadigan ortodontik texnikadan davolash bosqichlarida bemorlarda profilaktik tadbirlar kompleksining samaradorligi isbotlangan.

Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasida falsafa doktori (PhD) tibbiyot fanlari bo‘yicha himoya

Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasi mustaqil izlanuvchisi F.I.Ibragimova “SUN’IY YUVISH VA TOZALASH VOSITALARINI ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI ISHCHILARIDA OG‘IZ BO‘SHLIG‘I SHILLIQ QAVATI VA PARODONT TO‘QIMASI KASALLIKLARINING KECHISH XUSUSIYATLARI VA DAVOLASH CHORA-TADBIRLARI”  mavzusida falsafa doktori (PhD) tibbiyot fanlari bo‘yicha himoyasini movofaqiyatli himoya qildi.

Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Bugungi kunda respublikamizdagi chuqur ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar natijasida ishga layoqatli aholining xavfsiz mehnat sharoitlarini kafolatlash va salomatligini saqlash davlat siyosatining asosiy tamoyili hisoblanadi. Mavjud sharoitlarda bir qator ishlab chiqarish sektorlarida kimyoviy moddalar miqdorining ruxsat etilgan me’yorda (REM), yoki undan ko‘p uchrashi holatlari kuzatilishi jarayonidagi zararli omillarga qarshi ishchilarni himoya tizimi yaratilgan bo‘lsada “…biroq yangicha zaharli moddalar va ularning kombinatsiyalashgan birikmalarini kuzatilishi, yangicha klinik shakldagi kasbiy tavsifdagi patologik jarayonlarni keltirib chikarmoqda. SHu munosabat bilan dastlab kasbiy kasalliklarning o‘rganish dolzarb bo‘lib qolmay, balki kasalliklardan oldindan ogoh bo‘lish choralarini ishlab chiqish ahamiyatlidir”. Sano’atning yangicha yunalishlari bilan bir vaqtda su’niy yuvish vositalari (SYUV) va su’niy tozalash vositalari (STV), ularning ingridientlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar xam keng rivojlanib bormokda. “YUz-jag‘ tizimi holatiga SYUVni kompleks ta’sirini to‘liq tahlili, zamonaviy jamoatchilikda tibbiy-ijtimoiy muammo darajasidagi ahamiyatini ko‘rsatmoqda. SYUV bilan uzoq vaqt aloqada bo‘ladiganlar og‘iz bo‘shlig‘i to‘qima va a’zolari patologiyalarining klinikasi, diagnostikasi va davolashi masalalariga bag‘ishlangan adabiyotlar kam, mavjudlarida ham bir-biriga qarama-qarshi ma’lumot va tavsiyalarni uchratamiz”.

Tadqiqotning maqsadi zamonaviy SYUV va STV ishlab chiqarishdagi ishchilar OBSHQ va parodont to‘qimalari kasalliklarining klinik kechishi asoslash hamda tegishli davolash-profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

SYUV va STV ishlab chiqarish ishchilarida OBSHQ va parodont to‘qimalaridagi yallig‘lanishlar mehnat sharoitlaridagi gipoxlorit natriy va xlor birikmalarining xavfli omillaridan kelib chiqishi isbotlangan;

SYUV va STV tarkibidagi kimyoviy birikmalar: jumladan gipoxlorit natriy, xlor, ammik, atseton, metilakrilat kabi birikmalar salbiyta’siri oqibatida ishchilarining OBSHQ va parodont to‘qimalarida kasalliklar keng tarqalishi, og‘ir klinik kechishini o‘ziga xosligi aniqlangan;

SYUV va STV mehnat sharoitida mavjud kimyoviy birikmalarning maxalliy va umum toksik ta’sirida parodont to‘qimasi qon tomirida o‘tkazuvchanlik buzilishi, shilliq qavat sezgirligi pasayishi va immunitet tizimi IgA faolligini salbiy siljish natijasida allergik o‘zgarishlar aniqlangan va patologiya klinikasi salbiy omillar ta’siri davriga bog‘likligi asoslangan;

SYUV va STV ishlab chiqarishida qo‘llaniladigan moddalar jonivorlar og‘iz bo‘shlig‘i allergik reaksiya, jigar oksil, xolesterin, glyukoza, siydikdagi, xamda qondagi ALT, AST, ishkoriy fosfatazadagi, amilaza salbiy ta’siri tajribada etiopatogenetik jixatidan asoslangan.

Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasida falsafa doktori (PhD) tibbiyot fanlari bo‘yicha himoya

Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasi mustaqil izlanuvchisi SH.N.Nurova “SURUNKALI TONZILLIT VA SURUNKALI BRONXIT BILAN KASALLANGAN BOLALARDA TISH-JAG‘ ANOMALIYALARINI TASHXISLASH, PROFILAKTIKASI VA DAVOLASHGA MAJMUAVIY YONDASHUV”  mavzusida falsafa doktori (PhD) tibbiyot fanlari bo‘yicha himoyasini movofaqiyatli himoya qildi.

Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Dunyoda bolalarda og‘iz orqali nafas olish – burun to‘sig‘ining qiyshayishi, shakli va qattiq tanglay o‘lchamining o‘zgarishi, tishlov anomaliyalari va yuz suyagining o‘sishdan orqaga qolishi bilan o‘zaro bog‘liqligi asoslangan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, «…burun orqali nafas olish tiklangandan keyin 3-10 yoshli bolalarning bo‘yi va vazni ishonchli tarzda oshishi zamonaviy bosqichda insulinga o‘hshash o‘sish omil ta’siri deb qaraladi…»1. Xorijiy olimlar tomonidan o‘tkazilgan stomatologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, «…tish-jag‘ anomaliyalaridan aziyat chekkan bolalar ulushi 75%ni tashkil qilib, o‘sish tendensiyasiga ega…»2. Tish-jag‘ anomaliyalari tarqalishini baholash tashqi nafas olish faoliyati va yuz-jag‘ a’zolari morfologiyasi orasidagi o‘zaro bog‘liqlik mavjudligini asoslash va bir birining faoliyatiga ta’sirini baholash – zamonaviy ortodontiyaning dolzarb masalalaridan biridir. SHunday qilib, burun bilan nafas olishni to‘qima va a’zolarning adekvat oksigenatsiyasini qiyinlashtiruvchi, surunkali tonzillit va surunkali bronxit sabab bo‘lgan, tish-jag‘ anomaliyalarining rivojlanish xavfi omillari korreksiyasini o‘tkazishga, ular asosida individul profilaktika dasturlarini yaratishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar ahamiyatli va o‘zining echimini talab qiladi.

Jahonda surunkali tonzilit va surunkali bronxit bilan kasallangan bolalarda tish-jag‘ anomaliyalarini tashhislash, profilaktikasi va davolashga majmuaviy yondoshishga yo‘naltirilgan qator ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu borada tish-jag‘ anomaliyalari va ularning rivojlanish xavfi omillari, surunkali tonzillit va surunkali bronxit bilan bir vaqtda xastalangan bolalar ijtimoiy-tibbiy omillarini asoslash hamda ushbu anomaliyalar mavjud bolalar va o‘smirlar orasida nuqsonlarning zamonaviy klinik-funksional baholash tuzilmaviy mezonlarini ishlab chiqishdan iborat. Tish-jag‘ anomaliyalari mavjud bolalarda og‘iz bo‘shlig‘ining klinik jihatlarini, tish va tishlov qatori nuqsonlari shakllanishida burun-halqum va bronx-o‘pka tizimi patologiyalarini erta tashhislashning ahamiyatini asoslash, surunkali nafas olish tizimi patologiyalari bilan bir vaqtda kechayotgan tish qatori va tishlovdagi anomaliyalari mavjud bolalar orasida nuqsonlarni keltirib chiqaruvchi mexanizmlar istiqbolini belgilash, tashhislash va samarali davolashni takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqotning maqsadi surunkali tonzillit va surunkali bronxit bilan kasallangan bolalarda tish-jag‘ anomaliyalarini tashhislash, davolash va oldini olishni takomillashtirishdan iborat.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi kuyidagilardan iborat:

maktab yoshidagi o‘quvchilarda yuz-jag‘ anomaliyalari holatini tizimli baholashda, tish-jag‘ anomaliyalari tarqalishi, surunkali tonzillit va surunkali bronxit patologiyasida, tish-jag‘ anomaliyalari uchrashi va tashhisida antropometrik, telerentgenologik, sefalometrik ko‘rsatkichlar afzalligi isbotlangan;

surunkali tonzillit va surunkali bronxit bilan xastalangan maktab yoshidagi bolalarda tishlov va tish qatori anomaliyalarining rivojlanishi va shakllanishida suyaklar tarkibiy o‘zgarishlari, mayda suyaklar shakllanishidagi fiziologik regulyasiyasi, tish qattiq to‘qimalari mineralizatsiya jarayoninining buzilishi, parodont to‘qimasi patologiyasi, tizimli kariesning rivojlanishi, mahalliy to‘qimalarda to‘qimalar gipoksiyasi, lipidlar perekis oksidlanishi, proteaza faolligi va og‘iz suyuqligida gormonal holat disfunksiyasidagi salbiy jarayonlarning etakchi omil ekanligi isbotlangan;

surunkali tonzillit va surunkali bronxit bilan kasallangan maktab yoshidagi bolalarda tishlov va tish qatori anomaliyalarini davolashda mahalliy an’anaviy va kompleks davolanish usullariga qo‘shimcha ravishda antioksidant, antigipoksant va immunitetni oshiruvchi dori vositalarini qo‘llashning ahamiyati isbotlangan;

bolalarda tishlov va tish qatori anomaliyalari etiopatogenezida klinik, immunologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlar natijasidagi o‘zaro 9 bog‘liqlik omillari, somatik kasalliklar bilan birgalikda tish-jag‘ tizimi anomaliyalariga sababchi to‘qima shikastlanishini inobatga olgan davolash profilaktik va patologiya xavfi istiqbolini belgilovchi tizimli tartib ishlab chiqilgan.

Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasida falsafa doktori (PhD) tibbiyot fanlari bo‘yicha himoya

Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasi mustaqil izlanuvchisi А.Х.Жумаев “ОЛИНАДИГАН ТИШ ПРОТЕЗЛАРИ БИЛАН ТУГАЛЛАНГАН НУҚСОНЛАРНИ ПРОТЕЗЛАШ ХУСУСИЯТЛАРИmavzusida falsafa doktori (PhD) tibbiyot fanlari bo‘yicha himoyasini movofaqiyatli himoya qildi.

Bugungi kunda stomatologiya soxasida implantologiya va stomatologik kasalliklarini davolashda erishilgan yutuqlarga qaramay, olib qo‘yiladigan ortopedik konstruksiyali protezlar bilan muhtoj bemorlarni ta’minlash muhim vazifalardan biri xisoblanadi. Mutaxassislarning keltirgan ma’lumotlariga ko‘ra «olib qo‘yiladigan tish protezlari bilan ortopedik davolashga bo‘lgan ehtiyojning yuqoriligi sabablari orasida og‘iz bo‘shlig‘i sanatsiyasining yetarli darajada emasligi, bemorlarning stomatolokka o‘z vaqtida murojaat qilmasligi yetakchi o‘rinni egallab turibdi»[Ryaxovskiy A.N. Metod ukrepleniya bazisov s’emnыx plastinochnыx protezov setkoy iz aramidnыx nitey i klinicheskaya lsenka yego effektivnosti // Institut stomatologii. – 2012. – №2. – S.28-29.]. Shu sababli protez tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallarni yaratish va texnologiyalarni ishlab chiqish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda

Jahonda turli xil plastmassalardan tayyorlangan protezlarga organizmning mahalliy va tizimli sezgirligini kamaytirish bo‘yicha keng ko‘lamda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga akril polimerlardan tayyorlangan tish protezlardan foydalanganda protez o‘rni va shilliq qavati to‘qimalarda turli o‘zgarishlarni bartaraf etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu yo‘nalishda protezlarning biomosligi va fizik-kimyoviy xossalarini yaxshilashini ta’minlaydigan materiallarni yaratish va texnologiyalarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar muhim axamiyat kasb etmoqda.

Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish, jumladan stomatolgiyada va olib qo‘yiladigan ortopedik konstruksiyali protezlarni sifatini yaxshilash va ular bilan bemorlarni to‘la qonli ta’minlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishiga muvofiq «…aholiga tibbiy xizmatni sog‘liqni saqlash xalqaro standartlari talablariga moslashtirish va mamlakatimiz turli mintaqalarida kasalliklarini kamaytirish…»[O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» gi Farmon] kabi vazifalari belgilangan. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda ortopedik stomatologiyada tugallangan nuqsonlarni inobatga oladigan tish protezlarini tayyorlash, bemorlarni ta’minlash xamda davolash va profilaktika tadbirlarni ishlab chiqish yuzasidan tadqiqotlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi PF-6110-son «Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni, 2020 yil 10 noyabrdagi PQ-4887-son «Aholining sog‘lom ovqatlanishini taminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida» va 2020 yil 12 noyabrdagi PQ-4891-son «Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Tadqiqotning maqsadi tugallangan nuqsonlarni olinadigan tish protezlari bilan protezlashning xususiyatlarini aniqlash va davolashda protez xom ashyosini tanlashning mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

qisman tishsizlikda xar xil xomashyoli tish protezlaridan foydalanganda protez yuzasining gigienik xolati og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasiga ta’siri asoslangan;

termoplast xom ashyoli protezlar yuzasida, akril asosli protezlar yuzasiga qaraganda agressiv ko‘rinishdagi bakteriyalar va Candida tipidagi zamburug‘larning yig‘ilib qolishi nisbatan kamligi isbotlangan;

«corega tabs» bilan tish protezlarini tozalash va dezinfeksiyalash ortopedik davolash sifatini oshirishi va og‘iz bo‘shlig‘i salomatligiga ijobiy ta’siri asoslangan;

olinadigan tish protezlaridan foydalanuvchi qisman tishsizligi bo‘lgan bemorlar uchun protezdan foydalanish uchun kriteriylar ishlab chiqilgan;

Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasida falsafa doktori (PhD) tibbiyot fanlari bo‘yicha himoya

Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasi mustaqil izlanuvchisi U.G’.Nusratov “BUYRAK FAOLIYATI BUZILISHIGA QARAB 2-TOIFA QANDLI DIABETLI BEMORLARDA OLIB QO’YILADIGAN TISH PROTEZLARI XUSUSIYATI”  mavzusida falsafa doktori (PhD) tibbiyot fanlari bo‘yicha himoyasini movofaqiyatli himoya qildi.

Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Hozirgi kunda planetamiz aholisi tibbiy-ijtimoiy hamda iqtisodiy ahamiyatga ega surunkali noinfektsion kasalliklarning global muammosiga duch keldi. Mutaxassislarni ta’kidlashicha “…buyrakning surunkali kasalliklariga ega 2-tipdagi qandli diabet bilan kasallangan bemorlar og‘iz bo‘shlig‘ida kasalliklar rivojlanish xavfi bo‘lgan guruhga kirishi”  belgilangan. Stomatologik salomatlikning past darajasi nefrologik bemorlarda asoratlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Bugung kunda qandli diabetli kasallarni davolash samaradorligi va prognozini yaxshilash, shu bilan birga ularda buyraklar funktsiyasi buzilishini oldini olish uchun mazkur bemorlarda xavf omillari – odontogen infektsiya o‘choqlarini bartaraf qilish zarur. Shuning uchun 2-tipdagi qandli diabetning surunkali buyrak xastaligiga ega bemorlar uchun stomatologik reabilitatsiya katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Jahon miqyosida 2-tipdagi qandli diabetning surunkali buyrak xastaligi bilan asoratlangan bemorlarni diagnostika qilish, davolash, profilaktika va reabilitatsiya qilish, bundan tashqari mazkur toifadagi bemorlarga ortopedik stomatologik yordam ko‘rsatish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda va stomatologik reabilitatsiya masalalari muvaffaqiyat bilan yechilayotgan muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Ko‘plab mamlakatlarning tadqiqotchilari “…2-tipdagi qandli diabetning buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlar ko‘proq balog‘at yoshidagi  mehnatga layoqatli shaxslar o‘rtasida uchrayotganligini ta’kidlashmoqda…” . Ammo hozirgacha jahonda 2-tipdagi qandli diabetning surunkali buyrak xastaligi bilan asoratlangan bemorlarning ruhiy holati, stomatologik sanatsiyaga motivatsiya darajasi, stomatologik kasallanish hamda asosiy kasallikni davolash bosqichlarida uning tuzilishi, stomatologik xavf omillarini baholashga uslubiy yondashuvlar hamda stomatologik davolash algoritmi to‘liq ishlab chiqilmagan.

Tadqiqotning maqsadi 2-tipdagi qandli diabetning buyrak faoliyatining buzilishiga bog‘liq ravishda bemorlarda stomatologik holatni kompleks baholash, olib qo‘yiladigan tish protezlari xususiyatlarini aniqlagan holda stomatologik reabilitatsiya choralarini ishlab chiqishdan iborat.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

2-tipdagi qandli diabet tasdiqlangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari namoyon bo‘lish chastotasi buyrak funktsiyasi buzilishi ko‘rinishidagi buyrak yetishmovchiligi (oliguriya) kabi asoratlar mavjudligiga bog‘liqligi isbotlangan;

2-tipdagi qandli diabetning surunkali buyrak kasalligi bilan asoratlangan bemorlarning og‘iz bo‘shlig‘ida mahalliy immun tizim parametrlari lizotsim va sekretor immunaglobulin A ishonarli pasayishi aniqlangan;

2-tipdagi qandli diabetning surunkali buyrak kasalligi bilan asoratlangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasi miqdor va sifat tarkibi, disbioz darajasi kasallik kechishiga bog‘liqligi aniqlangan;

2-tipdagi qandli diabetning surunkali buyrak xastaligi bilan asoratlangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida mikrotsirkulyator qon oqimining regressiz o‘zgarishlari ro‘y berishi isbotlangan;

2-tipdagi qandli diabetning surunkali buyrak xastaligi bilan asoratlangan bemorlarni jag‘lari alveolyar o‘siqlarida suyak to‘qimasi zichligining kasallik kechishiga  bog‘liqligi isbotlangan.

Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasida tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) himoyasi

Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasi tayanch doktoranti Shaxnoza Shuxratovna Azimovaning BOLALARDA KESISHGAN TISHLOVNI ERTA TASHXISLASH VA DAVOLASHNI MUKAMMALLASHTIRISHDA TIBBIY-PSIXOLOGIK YONDASHUV” mavzusida tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) himoyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Stomatologik kasalliklar orasida tish-jag‘ anomaliyalari uchrashi va tarqalganligi bo‘yicha tishlar kariyesi va parodont kasalliklaridan keyin uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Qator ilmiy nashrlardan ma’lumki, tish-jag‘ anomaliyalari va deformatsiyalarining rivojlanishi polietiologik sanaladi. Jumladan, umumiy etiologik omillar: tug‘ilganda tana vaznining kamligi, homiladorlik va tug‘ilish nuqsonlari, homila rivojlanishining ortda qolishi, asab tizimining buzilishi, chaqaloqlik davrida turli kasalliklar bilan kasallanish, ovqat ratsionining buzilishi, ruhiy zo‘riqishlar: mahalliy etiologik omillar – zararli odatlar natijasida tish-jag‘ sohasi faoliyatidagi salbiy o‘zgarishlar, sut tishlarini noto‘g‘ri davolash, sut tishlarini erta yo‘qotilishi, tish qatorlaridagi nuqsonlarni vaqtida bartaraf etilmasligi shular jumlasidandir .

Tish-jag‘ va tishlov deformatsiyalarini bolalarda tashxislash va davolash ortodontiyadagi dolzarb vazifalardan biri sanaladi, modomiki ular chaynash funksiyalariga ta’sir qilib, nutq buzilishlari, estetik nuqsonlarga olib keladi va inson salohiyatini namoyon qilishni cheklanishiga olib kelib, hayot sifatini sezilarli ravishda pasaytiradi.

Bolalarda kesishgan tishlovning bir tomonlama shaklida, mushaklarning elektromiografik tekshiruvida mushaklar faoliyatida disbalans kuzatilishi aniqlangan. Chaynashning odatiy yon tomon bilan juda uzoq vaqt foydalanishi yuz-jag‘ sohasidagi mushaklarning o‘zgarishiga olib kelib, bu esa o‘z navbatida kesishgan tishlovning shakllanishiga sabab bo‘ladi. Kesishgan tishlovda pastki jag‘ bir tomonga qarab surilishi oqibatida yuqori va pastki jag‘ tish qatorlari bir-biri bilan kesishishi kuzatiladi. Bu patologik holatda kosmetik holatning buzilishi, ovqat chaynashning buzilishi bilan birga chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imida ham turli patologik o‘zgarishlar kelib chiqadi. O‘smirlarda patologik tishlovlar kuzatilganda ularning umumiy psixo-emotsional holatida ham o‘zgarishlar kuzatiladi. Davolash jarayonlarida bolalar va o‘smirlarning turmush sharoiti oilaviy muhitini o‘rganib, tibbiy psixologik yondashuvlar samarasi yuqori bo‘ladi.

Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish aholiga tibbiy xizmatni sog‘liqni saqlash standartlari talablariga moslashtirish, jumladan tish-jag‘ anomaliyalari bor bo‘lgan bemorlarda stomatologik kasalliklarni kamaytirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilangan. Bu borada «…mamlakatimizda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam samaradorligini sifati va ommabopligini oshirish, shuningdek tibbiy standartlashtirish tizimini shakllantirish, diagnostika va davolashning yuqori texnologik usullarini joriy etish, tibbiy ko‘riklarning samaradorligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va kasalliklarning oldini olish…» kabi vazifalar belgilangan. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda stomatologiyada tish-jag‘ anomaliyalari va deformatsiyalarini erta aniqlab, tashxislash va davolash sifatini yaxshilash va profilaktika tadbirlarni ishlab chiqish yuzasidan tadqiqotlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.

Tadqiqotning maqsadi. Bolalarda kesishgan tishlovni erta tashxislash va davolashning kompleks yondashish tamoyillarini asoslash

Tadqiqotning vazifalari:

doimiy tishlovli bolalarda kesishgan tishlovni strukturasi va tarqalishini o‘rganish;

kesishgan tishlovli bolalar stomatologik holatini baholash;

kesishgan tishlovli bolalarni tekshirishda ortopantomogramma va telerentgenografiya tekshirish usullari samaradorligini baholash;

kesishgan tishlovli bolalarni tibbiy-sotsial va tibbiy-psixologik holatini baholash;

bolalarda kesishgan tishlovni kompleks davolash algoritmini ishlab chiqish.       Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

ilmiy izlanish davomida birinchi marta bolalarda kesishgan tishlovni doimiy tishlov davrida epidemiologiyasi, zararli odatlarni tishlov anomaliyasi yuzaga kelishidagi o‘rni baholangan;

ortopantomogramma va telerentgenografiya orqali o‘tkazilgan tekshiruvlar tahlili bemorlardagi yuqori va pastki jag‘ tish qatorlari yoyi holatlari, tishlovning munosabati va tishlar chiqish ketma-ketligini tahlil qilib, kesishgan tishlovni erta aniqlashga imkoniyatini bergan;

ilmiy tekshirish davomida bolalarda kesishgan tishlovni davolashda tibbiy-psixologik yondashilib, o‘smirlar sotsial va psixologik holatini hisobga olgan holda davolash samaradorligi oshirilgan;

bolalarda kesishgan tishlovni kompleks davolashga qaratilgan qisqa va uzoq muddatli kuzatishlar davomida yetarli samara bergan chora-tadbirlar algoritmi ishlab chiqilgan.

Chop etilgan maqolalar

  1. Azimova Shaxnoza Shuxratovna Medical Psychological Approach In The Development Of Early Diagnosis And Treatment Of Children`S Crossbite // Eurasian Scientific Herald / Польша / Volume 3| December, 2021 ISSN: 2795-7365. p.31-36.
  2. Azimova Shaxnoza Shuxratovna Medical and Psychological Approach in the Early Diagnosis and Treatment of Cutaneous Bite in Children // Annals of the Romanian Society for Cell Biology / Москва / Vol. 25, Issue 4, 2021, Pages. 16137 – 16142 Received 05 March 2021; Accepted 01 April 2021.
  3. Badriddinov Baxrom Baxtiyorovich FEATURES OF THE COURSE OF THE CARIOUS PROCESS IN CHILDREN WITH DENTOALVEOLAR ANOMALIES IN THE BUKHARA REGION // Journal of Natural Remedies / Москва / Vol. 21, No. 12(2), (2021) p.27-33.
  4. Akhmedov Hurshid Kamalovich THE MUCOUS MEMBRANE OF THE ORAL CAVITY AND PАRАDONTAL TISSUES WHEN PROSTHETIC DIOXIDE-ZIRCONIUM BRIDGES // WORLD MEDICINE JOURNAL / Польша / NO 2 (2) 2021 p.48-51
  5. Akhmedov Hurshid Kamalovich PARODONTAL TISSUES DURING PROSTHETICS WITH ZIRCONIUM DIOXIDE BRIDGES // Вопросы науки и образования / № 29 (154), 2021 С.71-77
  6. Akhmedov Hurshid Kamalovich EFFICACY OF THE ORAL MUCOSA AND PERIODONTAL TISSUES DURING PROSTHETICS WITH ZIRCONIUM DIOXIDE BRIDGES // Вопросы науки и образования / № 29 (154), 2021 С.78-85
  7. Aliyev Navruz Xasanovich IMPROVEMENT OF DIAGNOSTIC METHODS AND TREATMENT OF PARAFUNCTION OF MASTICATORY MUSCLES TEMPOROMANDIBULAR JOINT // WORLD MEDICINE JOURNAL / NO 2 (2) 2021 p.76-93
  8. Badriddinov Baxrom Baxtiyorovich INTENSITY AND PREVALENCE OF CARIOUS PROCESS IN CHILDREN WITH A DENTOALVEOLAR MALFORMATION IN THE BUKHARA REGION // WORLD MEDICINE JOURNAL / NO 2 (2) 2021 p.676-684
  9. Durdiyev Jonibek Ismatovich INFLUENCE OF THE QUALITY OF LIFE ON THE FORMATION OF THE UPPER JAW IN CHILDREN WITH PATHOLOGIES OF THE RESPIRATORY SYSTEM // WORLD MEDICINE JOURNAL / NO 2 (2) 2021 p.182-186
  10. Fozilov O`ktam Abdurazoqovich Clinical-diagnostical characteristics of development of caries in children in orthodontic treatment with disclosured and restricted equipment // CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES / Ispaniya / Volume: 02 Issue: 01 | Jan-Feb 2021.p.15-19
  11. Fozilov O`ktam Abdurazoqovich Evaluation of the Efficiency of Remineralizing Agents in Treatment with Removable and Fixed Orthodontic Technique in Children // American Journal of Medicine and Medical Sciences / AQSH / 2021, 11(2): pp. 134-136 DOI: 10.5923/j.ajmms.20211102.14
  12. Ibragiova Feruza Ikromovna Conceptual Approach to the Prevention and Prediction of Dental Morbidity in Chemical Industry Workers // International Journal of Medicine, Nursing & Health Sciences (IJMNHS) ® (IJMNHS.COM) / Volume: 2, Issue: 6 Page: 73 – 79 2021. p.1-7
  13. Idiyev Oybek Elmurodovich COMPLICATIONS THAT OCCUR AFTER BAD HABITS IN CHILDREN WITH CEREBRAL PALSY // WORLD MEDICINE JOURNAL / Польша / NO 2 (2) 2021 p.240-245
  14. Idiyev Oybek Elmurodovich Evaluation of Electromyographic studies of masticatory muscles in Children with Cerebral Palsy // INTERNATIONAL JOURNAL ON HUMAN COMPUTING STUDIES / Volume: 03 Issue: 2 March-April 2021 Pages 46-48
  15. Idiyev Oybek Elmurodovich Maxillofacial Region in Children with Cerebral Palsy // MIDDLE EUROPEAN SCIENTIFIC BULLETIN / VOLUME-13 Juni 21/2021 pages 203-207
  16. Idiyev Oybek Elmurodovich Cerebral Palsy and Dental Anomalies // CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES / Volume: 02 Issue: 03 | May-June 2021 pages 350-354
  17. Jumayev Akbar Hamidovich Гигиенические Условия Протеза У Пациентов Старческого Возраста // JOURNAL OF ADVANCED RESEARCH AND STABILITY (JARS) / Испания / Volume: 01 Issue: 06 | 2021 ISSN: 2181-2608 С.806-815
  18. Nurov Norpulot Boboqulovich TREATMENT OF OLD PEOPLE ACCORDING TO AGE SPECIALTIES // World Bulletin of Social Sciences (WBSS) Available / Berlin / Vol. 3, October- 2021 ISSN: 2749-361X 125-128
  19. Nurov Norpulot Boboqulovich PREVALENCE OF ADENTIA IN THE ELDERLY AND DEVELOPMENT FACTORS // World Bulletin of Public Health (WBPH) / Berlin / Volume-3, October-2021 ISSN: 2749-3644 p.78-81
  20. Aliev Navruz Xasanovich Correction of Internal Disorders of the Temporomandibular Joint Using Muscle Relaxation Splints Made With Cad/Cam Technologies // International Journal of Health Systems and Medical Sciences / Россия / Volume 1 | No 4 | Oct-2022 p.160-166
  21. Aliev Navruz Xasanovich Individual approach to splint therapy in the complex treatment of temporomandibular joint dysfunction // ScienceAsia / Thailand / Volume 48 (2022): p.989-995
  22. Arslanov Kamol Sadullayevich FEATURES OF REPEATED PROSTHETICS OF PATIENTS WITH COMPLETE ABSENCE OF TEETH // EUROPEAN JOURNAL OF MODERN MEDICINE AND PRACTICE / Англия / Vol. 2 No. 8 (August – 2022) p.22-25
  23. Arslanov Kamol Sadullayevich Comparison of the Neutral Zone Recorded by Two Impression Methods // WEb of Scholars: Multidimensional Research Journal / Gemany / Volume: 01 Issue: 04 | 2022 p.77-81
  24. Astanov Otabek Mirjonovich Evaluation of Asymetry of the Person Due to Dental Diseases // MIDDLE EUROPEAN SCIENTIFIC BULLETIN / Белгия / Volume 25, June 2022 p.161-165
  25. Astanov Otabek Mirjonovich Symptomatic Signs of Disease of the Lower Joints // International Journal on Integrated Education / Индия / Volume 5, Issue 6, Jun 2022 p.243-247
  26. Astanov Otabek Mirjonovich Analysis of Data Detected in a Special Examination in Painful Pathologies in Impaired Function of the Lower Jaw-Chuck // International Journal of Health Systems and Medical Science / Россия / Volume 1 | No 5 | Nov-2022 p.296-301
  27. Axmedov Xurshid Kamalovich Immunological Changes in the Organs of the Oral Cavity When Prosthetics with Bridging Prostheses Made of Zirconium and Metalloceramics // International Journal of Health Systems and Medical Science / Россия / Volume 1 | No 5 | Nov-2022 p.302-305
  28. Axmedov Xurshid Kamalovich CLINICAL-FUNCTIONAL EXAMINATION METHODS IN THE ORGANS OF THE ORAL CAVITY WHEN PROSTHETICS WITH BRIDGING PROSTHESES MADE OF ZIRCONIUM AND METALLOCERAMICS // EUROPEAN JOURNAL OF MODERN MEDICINE AND PRACTICE / Болгария / Vol. 2 No. 11 (Nov – 2022) p.59-63
  29. Fozilov Uktam Abdurazoqovich Improvement of Early Diagnosis and Orthodontic Treatment in Children with Dental Anomalies and Deformations // American Journal of Medicine and Medical Sciences / США / 2022, 12(5): p.554-557 DOI: 10.5923/j.ajmms.20221205.20
  30. Ibragimova Firuza Ikromovna Impact on Health of Working Conditions in Various Industries (Review of Literature) // American Journal of Medicine and Medical Sciences / США / 2022, 12(5): p.541-550 DOI: 10.5923/j.ajmms.20221205.18
  31. Ibragimova Firuza Ikromovna Prediction of Dental Morbidity in Workers in the Chemical Industry // MIDDLE EUROPEAN SCIENTIFIC BULLETIN / Белгия / VOLUME 24 May 2022 p.234-239
  32. Ibragimova Firuza Ikromovna A CONCEPTUAL APPROACH TO THE PREVENTION AND PREDICTION OF DENTAL MORBIDITY IN CHEMICAL INDUSTRY WORKERS // EUROPEAN JOURNAL OF MODERN MEDICINE AND PRACTICE / Болгария / Vol. 2 No. 6 (2022) p. 36-40
  33. Ibragimova Firuza Ikromovna Distinctive Features of Clinical Indicators of Dental Diseases in Workers of the Chemical Industry // International Journal of Health Systems and Medical Science / Россия / Volume 1 | No 6 | Dec-2022 p. 126-131
  34. Ibragimova Firuza Ikromovna A NEW APPROACH TO PRIMARY AND SECONDARY PREVENTION OF DENTAL DISEASES IN CHEMICAL INDUSTRY WORKERS // EUROPEAN JOURNAL OF MODERN MEDICINE AND PRACTICE / Болгария / Vol. 2 No. 12 (Dec – 2022) p. 16-20
  35. Idiyev G’ayrat Elmurodovich Improving the effectiveness of treatment based on an interdisciplinary approach of specialists to the diagnosis of temporomandibular joint dysfunction // ScienceAsia / Thailand / Volume 48 Number 3 Jun 2022 p. 51-60
  36. Idiyev Oybek Elmurodovich To Study the Anthropometric Parameters of the Head of Children with Cerebral Palsy and Compare them with the Data of Healthy Children // MIDDLE EUROPEAN SCIENTIFIC BULLETIN / Белгия / Volume 24, May 2022 p.249-252
  37. Jumayev Akbar Hamidovich DENTAL STATUS OF ELDERLY PATIENTS DURING PROSTHETICS WITH REMOVABLE DENTURES (Review Article) // GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL / Россия / Vol. 10, Issue 10, Oct. (2022) p.230-235
  38. Jumayev Akbar Hamidovich Comparative analysis of the application of bacteriostatic preparation and hygiene activity to dental prosthesis in elderly patients // ScienceAsia / Thailand / Volume 48 (2022): p.1121-1127
  39. Nurov Norpo’lot Boboqulovich INDICATIONS FOR MORPHOMETRIC PARAMETERS OF THE CRANIOFACIAL REGION OF ELDERLY PEOPLE WITH PARTIAL AND COMPLETE ADHESION // World Bulletin of Public Health (WBPH) / Германия / Volume-8, March 2022 p.91-93
  40. Nurov Norpo’lot Boboqulovich To Compare the Morphometric Data of the Craniofacial Region of Healthy Elderly People Without Adentia and With Partial and Complete Adentia // International Journal of Health Systems and Medical Science / Россия / Volume 1 | No 6 | Dec-2022 p.
  41. Nurova Shoxsanam Norpulotovna Treatment and Prevention of Dental Deformities in Women in Early Menopause // CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES / Болгария / Volume: 03 Issue: 03 | May- Jun 2022 p.223-228
  42. Nurova Shoxsanam Norpulotovna Prediction and Prevention of the Development of Partial and Complete Defects of the Dentition in Women in Early Menopause // MIDDLE EUROPEAN SCIENTIFIC BULLETIN / Белгия / Volume 28 | Sep-2022 p.11-15
  43. Nusratov Umid G’olipovich Improving The Quality and Effectiveness of Treatment of Patients with Dental Anomalies // Eurasian Scientific Herald / Индия / Volume 5| February, 2022 p.165-169
  44. Olimov Siddiq Sharifovich INFLUENCE OF THE QUALITY OF LIFE ON THE FORMATION OF THE UPPER JAW IN CHILDREN WITH PATHOLOGIES OF THE RESPIRATORY SYSTEM. // Journal of Hunan University (Natural Sciences) / Германия / 2022. p. 56-64
  45. Olimov Siddiq Sharifovich Early Detection, Treatment And Rehabilitation Management Of Dental And Maxillary Anomalies And Deformation In Children Of Early Age // Journal of Pharmaceutical Negative Results / Англия / Vol. 13 SPECIAL ISSUE 09 (2022) p.1168-1172
  46. Saidov Akbar Ahadovich DENTAL STATUS OF ELDERLY PATIENTS DURING PROSTHETICS WITH REMOVABLE DENTURES (Review Article) // GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL / Россия / Vol. 10, Issue 10, Oct. (2022) p.230-235
  47. Saidov Akbar Ahadovich Evaluation of the effectiveness of a complex method of treatment in children and adolescents with pathologies of the temporomandibular system // ScienceAsia / Thailand / Volume 48 (2022): p.1067-1075
  48. Arslanov Kamol Sadullayevich Oral Microbiota Changes in Patients with Complete Dentures: a Systematic Review // European Journal of Innovation in Nonformal Education / Europe / Volume 3, No 6 | Jun – 2023 | p. 134-137
  49. Astanov Otabek Mirjonovich DIAGNOSIS AND TREATMENT OF PAIN IN THE SYNDROME OF FUNCTIONAL DISORDERS OF THE TEMPOROMANDIBULAR JOINT // International Journal of Health Systems and Medical Sciences / Europe / Volume 2 | No 5 | May -2023. p-125-130
  50. Astanov Otabek Mirjonovich Effective Methods of Diagnosis and Treatment of Pain in the Syndrome of Functional Disorders of the Temporomandibular Joint // RESEARCH JOURNAL OF TRAUMA AND DISABILITY STUDIES / Europe / Volume: 2 Issue: 5 | May – 2023. p-137-146
  51. Aliyev Navruz Xasanovich Treatment of Temporomandibular Joint Dysfunction after Complication of Orthodontic Treatment. // International Journal of Studies in Natural and Medical Sciences / Netherlands / Volume 02 Issue 05, May, 2023. p.125-130
  52. Durdiyev Jonibek Ismatovich Modified Diagnostic Methods For The Treatment Of Children With Narrowing Of The Upper Jaw And Impaired Nasal Breathing // Journal of Pharmaceutical Negative Results / India / Volume 14 ¦ Regular Issue 03 ¦ 2023. p.3700-3707
  53. Axmedov Xurshid Kamalovich Functional Assessment of Marginal Gum Tissue of Supporting and Retaining Teeth, Taking into Account the Design Features of Metal-Ceramic Prostheses // International Journal of Health Systems and Medical Sciences / Europe / Volume 2 | No 5 | May -2023. p.248-251
  54. Axmedov Xurshid Kamalovich Morphological and Immunological Reactions of Tissues around the Supporting Teeth and Mucous Membranes of the Oral Cavity // RESEARCH JOURNAL OF TRAUMA AND DISABILITY STUDIES / Europe / Volume: 2 Issue: 5 | May – 2023. p. 201-205
  55. Axmedov Xurshid Kamalovich METHODS FOR DETERMINING THE IMMUNE STATUS OF THE ORAL CAVITY IN PATIENTS BEFORE ORTHOPEDIC TREATMENT // RESEARCH JOURNAL OF TRAUMA AND DISABILITY STUDIES / Europe / Volume: 02 Issue: 06 | Jun – 2023 p.178-181
  56. Azimova Shaxnoza Shuxratovna Medical Psychology Algorithm of Prevention and Treatment of Malocclusion among Children Aged 10-18 // International Journal of Health Systems and Medical Sciences / Europe / Volume 2 | No 5 | May -2023. p.300-308
  57. Fozilov O’ktam Abdurazoqovich DIAGNOSIS OF CHILDREN WITH DENTOALVEOLURAL ANOMALIES AND DEFORMATIONS // World Bulletin of Public Health (WBPH) / Germaniya / Volume-22, May 2023. p.66-69
  58. Fozilov O’ktam Abdurazoqovich Methods for Treating Pathological Occlusion Caused by Narrowing of the Upper Jaw // RESEARCH JOURNAL OF TRAUMA AND DISABILITY STUDIES / Europe / Volume: 2 Issue: 5 | May – 2023. p.159-167
  59. Fozilov O’ktam Abdurazoqovich PATHOLOGIC OCCLUSION AS WELL AS A WAY TO PREVENT SEVERE PATHOLOGIES THROUGH THE DIAGNOSIS OF TOOTH – JAWEFORMATIONS IN EARLY-AGED CHILDREN // International Journal of Health Systems and Medical Sciences / Europe / Volume 2 | No 5 | May -2023. p.145-150
  60. Ibragimova Feruza Ikromovna CLINICAL-LABORATORY EXAMINATION OF DENTAL DISEASES IN CHEMICAL INDUSTRY WORKERS // World Bulletin of Public Health (WBPH) / Germaniya / Volume-20, March 2023. p.96-99
  61. Ibragimova Feruza Ikromovna Development of a Modern Preventive Program for the Prevention of Dental Diseases in Chemical Industry Workers // CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES / Asia / Volume: 04 Issue: 02 | Mar-Apr 2023. p.277-281
  62. Ibragimova Feruza Ikromovna Prevention and Prediction of Dental Morbidity in Chemical Industry Workers // INTERNATIONAL JOURNAL OF HEALTH SYSTEMS AND MEDICAL SCIENCES / AQSH / Volume 2 | No 5 | May -2023 p.224-226
  63. Idiyev Oybek Elmurodovich RESULTS OF THE ELECTROMYOGRAPHIC METHOD OF CHEWING MUSCLES IN PATIENTS WITH CEREBRAL PALSY IN CHILDREN // RESEARCH JOURNAL OF TRAUMA AND DISABILITY STUDIES / Europe / Volume: 02 Issue: 06 | Jun – 2023 p.136-141
  64. Idiyev Oybek Elmurodovich Preventive Methods of Dental Diseases in Patients with Cerebral Palsy in Children // International Journal of Health Systems and Medical Sciences / Europe / Volume 2 | No 6 | Jun -2023 p.145-148
  65. Nurov Norpulot Boboqulovich Morphometric Parameters of the Facial Skeleton in Persons with Complete and Partial Adentia // RESEARCH JOURNAL OF TRAUMA AND DISABILITY STUDIES / Europe / Volume: 2 Issue: 5 | May – 2023. p-63-67
  66. Nurov Norpulot Boboqulovich Prevalence of Adentia in the Elderly and Development Factors // CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES / Europe / Volume: 04 Issue: 03 | May-Jun 2023.p.171-174
  67. Nurova Shohsanam Norpulotovna Аёлларда Эстроген Етишмовчилиги Оқибатида Тиш-Жағ Тизимидаги Ўзгаришлар Бўйича Умумий Тавсиф // INTERNATIONAL JOURNAL OF HEALTH SYSTEMS AND MEDICAL SCIENCES / AQSH / Volume 2 | No 6 | Jun -2023 p.44-46
  68. Nurova Shohsanam Norpulotovna General Description of Changes in the Gums in Women with Breast Cancer // RESEARCH JOURNAL OF TRAUMA AND DISABILITY STUDIES / Europe / Volume: 2 Issue: 6 | Jun – 2023 p.220-224
  69. Olimov Siddiq Sharifovich CHARACTERISTIC CHANGE IN THE PROTRUSION OF THE UPPER JAW IN CHILDREN // Journal of new century innovations / Europe / Vol. 30 No. 4 (2023) 175-179бет
  70. Saidov Akbar Ahadovich Modern Approaches to the Prevention of Dental Anomalies // JOURNAL OF INTELLECTUAL PROPERTY AND HUMAN / Poland / Volume: 02 Issue: 04 | April– 2023. p.27-31
  71. Saidov Akbar Ahadovich Prostheses Taking into Account the Anatomical, Functional and Microbiological State of The Oral Cavity with Partial Toothlessness // JOURNAL OF INTELLECTUAL PROPERTY AND HUMAN / Poland / Volume: 02 Issue: 04 | April– 2023. p.36-40
  72. Saidov Akbar Ahadovich Orthopedic Structures and Raw Materials for Their Manufacture in the Treatment of Defects in the Borders of Dentition // JOURNAL OF INTELLECTUAL PROPERTY AND HUMAN / Poland / Volume: 02 Issue: 04 | April– 2023. p.47-52
  73. Saidov Akbar Ahadovich Treatment of Gingivitis Caused by Orthodontic Treatment of Anomalies and Deformities of the Dentition in Children // JOURNAL OF INTELLECTUAL PROPERTY AND HUMAN / Poland / Volume: 02 Issue: 04 | April– 2023. p.68-74