BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Madaniy-ma’rifiy tadbirlar Talabalar hayoti

“Ma’rifat maydoni” Respublika tanlovining 2-hududiy bosqichi

photo_2023-02-07_15-13-28

“Ma’rifat maydoni” Respublika tanlovining 2-hududiy bosqichi

Ayni paytda Buxoro davlat universitetida viloyatdagi OTMlar o’rtasida o’tkazilayotgan “Ma’rifat maydoni” Respublika tanlovining 2-hududiy bosqichi boshlandi.

Unda Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi ham ishtirok etdi.

“Ma’rifat maydoni” tanlovining Buxoro viloyati bosqichida faol ishtirok etgan BuxDTI jamoasi faxrli ikkinchi o’rinni qo’lga kiritdi.

69 ball bilan BuxDU birinchilikdan joy olgan bo’lsa, bo’lajak shifokorlar 68 балл to’plashdi!

Buxoro davlat tibbiyot institutining faol va iqtidorli talabalaridan tashkil topgan “Iqro’ jamoasi viloyatdagi OTMlar o’rtasida o’tkazilgan “Ma’rifat maydoni” Respublika tanlovining 2-hududiy bosqichida faol ishtirok etdi va faxrli 2- o’rinni egalladi.

➡️Tanlovning ikkinchi savol-javob shartida savollar tarqalib ketishi va tanish-bilishchilikning oldini olish maqsadida 2-shart boshlanishi bilan hakamlar hay’atiga Telegram orqali tashlab berildi. Savollar hakamlar tomonidan oʻqib eshittirildi va barcha jamoalar savollarga avval yozma, soʻngra ogʻzaki javob berishdi. Institutimiz sharafini himoya qilgan zukko talabalarimiz berilgan 10 ta savolning hammasiga to’g’ri lavoblar berib, aql-zakovatlarini namoyon etdilar. Birinchi va uchinchi shartlarga asosan tayyorlangan sahna ko’rinishlari esa mazmun-mohiyati va yuqori darajadagi ijrosi bilan tomoshabinlar yuragini larzaga keltirdi. Buxoro davlat tibbiyot instituti “Iqro” jamoasi ishtirokchilarining kelgusi o”qish va ish faoliyatlariga ulkan zafarlar tilaymiz.