Biofizika va tibbiyotda axborot texnologiyalari kafedrasi

Biofizika va tibbiyotda axborot texnologiyalari kafedrasi

Xalloqov Farhod Karimovich

Kafedra mudiri

Kafedra xodimlari

Umarov Salim Xallokovich
professor
Gulamov Muhammad Isakovich
professor
Hamroyev Rustam Rasulovich
Katta o’qituvchi
Temirov Sohib Amonovich
O’qituvchi
Narzullayeva Zilola Muhiddinovna
O’qituvchi
Yunusova Rano G’aybullayevna
O’qituvchi
Nizomova Shahnoza Qahramon qizi
O’qituvchi
Rahimova Volida Karim qizi
O’qituvchi
Kamolov Jo’rabek Jalol o’g’li
O’qituvchi
Davronov Shaxbos Erkin o’g’li
O’qituvchi

Kafedra tarixi

Kafedra institut rektori professor A.I.Mo‘minovning 1990 yil 22 noyabr №71 2/2 §4 buyrug‘i asosida tashkil qilindi.

1990 yil kafedraga «Biofizika» deb nom berilgan, kafedrada biofizika, matematika va informatika asoslari fanlari o‘qitilgan. Kafedra mudiri etib dots D.Jurayev 1991 yil tayinlangan. Kafedrada dotsentlar M.S.Sottikulov , S.F.Shodiyev, S.Hojiyevlar ishlaganlar.

1994 yildan kafedra mudiri etib dots. S.X.Umarov tayinlandi. Bu davrga kelib kafedraga «Biofizika va kompyuter texnikasi» deb nom berilgan va kafedrada 3 ta fan «Tibbiy va biologik fizika», «Kompyuter texnikasi» va «Tibbiyot texnikasi va tibbiyotda yangi texnologiyalar» fanlari o‘qitilgan bo‘lib, dotsentlar M.S.Sottiqulov , S.F.Shodiyev, A.Hayitov, assistenlar J.D.Ashurov, B.S. Qurbonov, F.Mustafakulovalar va O’.O.Xodjayevalar faoliyat ko‘rsatganlar.

2001 yildan – 2003 yilgacha kafedra mudiri lavozimiga dotsent O.U.Sharopov tayinlandi. Bu davrga kelib dotsent S.F.Shodiyev. t.f.n. B.J.Safarov, dots. S.X.Umarov, assis. J.D.Ashurov, B.S.Qurbonov, M.Bozorov, F.Mustafakulovalar talabalarga saboq berdilar.

2003 yilda kafedra mudiri etib dots. S.F. Shodiyev tayinlandi. Kafedrada      f-m.f.d. S.X.Umarov, dots. S.F.Shodiyev, dots. O.U.Sharopov, assistentlar J.D.Ashurov, B.S.Qurbonov, O’.O.Xodjayev, R.R.Hamroyevlar faoliyat ko‘rsatganlar.

2005-2021 yillar davomida kafedrani f.-m.f.d., professor S. X. Umarov boshqarib kelgan. Kafedrada F.-m.f.d., prof. S.X.Umarov, f.-m.f.n. X.G. Najmudinov, M.R.Nazarov, J.D.Ashurov, O’.O.Xodjayev, R.R.Hamroyev, F.R.Murodova, T.R.Ruziyev, F. K.Xalloqov, Sh.N.Murodov, Z. M.Narzullayeva, Sh.F.Davronova, R.S.Safarovalar faoliyat olib borishgan.

2021-2022 o’quv yildan e’tiboran kafedra “Tibbiyotda innovatsion va axborot texnologiyalari, biofizika” deb nomlandi. Kafedrani fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) J.D.Ashurov boshqarib kelmoqda. Hozirgi kunda kafedrada f.-m.f.d., professor S.X.Umarov, f.-m.f.d., professor M.I.Gulamov, p.f.d. (PhD), dotsent Sh.F.Davronova, katta o’qituvchi R.R.Hamroyev, assistentlar B.B.Nabiyev, S.A.Temirov, Z.M.Narzullayeva, R.G’.Yunusova, Z.H.Fayziyeva, Sh.Q.Nizomova, V.K.Raximova, J.J.Kamolov, Sh.E.Davronovlar faoliyat ko‘rsatib kelyaptilar.

Hozirgi vaqtda “Tibbiyotda innovatsion va axborot texnologiyalari, biofizika” kafedrasi kondensirlangan holat fizikasi, matematika, elektron pedagogika sohalarida ilg’or tadqiqotlarni olib bormoqda. So’nggi uch yil mobaynida kafedraning 2nafar o’qituvchilari fizika-matematika, 1 nafar o’qituvchilari pedagogika fanlari bo’yicha dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo’lishdi. Jumladan, f.-m.f.d., professor S.X. Umarov raxbarligida kafedrada katta o‘qituvchisi J.D. Ashurov O‘zFA ning Yadro fizikasi institutida “TlInSe2 Monokristallarining va ular asosidagi qattiq eritmalarning tenzorezistiv xususiyatlari” mavzusida, kafedra o’qituvchisi Sh.N. Murodov esa Ispaniyada M.Ladra, U.A.Rozikovlarning ilmiy rahbarliklarida “Evolyutsion algebralar zanjirlarining dinamikasi” mavzusida, Sh.F.Davronova p.f.d., professor U.Sh.Begimkulov rahbarligida “Ta’lim sifatini ta’minlashda elektron resurslardan foydalanish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. 

Kafedraning ilmiy ishlari xalqaro ilmiy va o’quv markazlari bilan chambarchas bog’liq. Kafedra xodimlari milliy va xalqaro ilmiy -texnik loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etadilar.

Olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar esa o’z navbatida bizga kafedra  talabalari uchun o’quv dasturlarini eng zamonaviy darajada ishlab chiqish imkonini beradi. Kafedra xodimlari “Davolash”, “Pediatriya”, “Stomatologiya”, “Tibbiy profilaktika, Tibbiy biologya va Xalq tabobati” fakultetlari talabalariga “Tibbiyotda axborot texnologiyalari”, “Ta’limda axborot texnologiyalari”, “Biofizika”, “Matematika va matematik statisytka” kabi fanlarni o’qitadilar.

Har bir ma’ruza ko‘rgazmali tarzda yangi pedagogik texnologiyalar va uslublari qo‘llab o‘tkaziladi va har bir mavzu tibbiyot nazariyasi va tibbiyot amaliyoti bilan bog‘lanadi hamda yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan to‘liq foydalangan holda, xususan multimedia vositalari yordamida olib boriladi.

Laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarda talabalar nazariy olgan bilimlarini mustaqil va bevosita o‘qituvchi nazoratida amaliyotda sinab ko‘radilar va mustaqil-ilmiy asoslangan mavzular bo‘yicha muayyan ishlarni bajaradilar hamda natijalar oladilar. Bu darslarda talabalar asosan nazariy olgan bilimlarini turli xil tibbiy misol-masalalarni kompyuterlar orqali hal qilish usullari bilan tibbiy amaliyotga o‘z bilimlarini bog‘laydilar va amalda tadbiq qilib ko‘radilar.

Kafedra professor-o‘qituvchilari mashg‘ulotlar davomida talabalar bilan vatanparvarlik, mafkuraviy, fuqarolik, huquqiy, estetik, ekologik va salomatlik tarbiyasiga oid suhbatlar olib borishadi. Ushbu suhbatlarda mafkura nimaligi uning insoniy fazilat sifatidagi talqini, fuqarolik va huquqiy tarbiyaning mohiyati, ekologiya va salomatlik haqida doimiy ravishda ma’lumotlar berilib boriladi.

O‘qituvchilarimiz dars o‘tish jarayonidan tashqari talabalar yotoqxonasida ham doimiy ravishda turli qiziqarli mavzularda suhbatlar uyushtirishadi. Jumladan, bu borada kafedramiz professor – o‘qituvchilari tomonidan talabalar yotoqxonasida talabalarning burchi, vatanga sodiqligi hamda ularninig ma’naviy, ma’rifiy, axloqiy jixatdan yetuk va yaxshi mutaxassis bo‘lib yetishishlariga qaratilgan ko‘pgina uchrashuvlar davriy ravishda o‘tkazib boriladi.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarmoqda. Yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari» degan hayotbaxsh g‘oyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Bu borada olib borilayotgan muhim ishlarga qaramasdan, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi yangilanishlar jarayonida ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.

Xususan, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni tashkil etishda yaxlit tizim mavjud emas, xalqimiz, ayniqsa yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoya qilish borasida yetarli darajada tashkiliy-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmayapti, ushbu yo‘nalishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektorning ijtimoiy hamkorligi samarali yo‘lga qo‘yilmagan.

Buxoro davlat tibbiyot instituti Tibbiyotda  innovatsion  va  axborot  texnologiyalari, biofizika  kafedrasida avgust oyi 2021 yil o’quv yili boshlanishida ma’naviy-ma’rifiy ishlar ishchi rejasi kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha ma’sul tomonidan tuzildi va tasdiqlatildi. Kafedra xodimlari bilan har oyning ikkinchi dushanbasi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha yig‘ilish amalga oshirish belgilandi..

Odob-axloq va  ichki tartib qoidalari  buyicha  kafedra  professor-o‘qituvchilari  va  darsda  ishtirok  etadigan  talabalarga  ham  unda  belgilab  o‘tilgan  har  bir  bandlari  bo’yicha   alohida tushuntirish  ishlari  olib  borilgan  va bayonnomalashtirilib  qayd  qilib  qo‘yilgan. 

Oliy ta’lim tashkilotidagi ma’naviy-axloqiy muhitini, pedagoglarning axloqiy sifatlarini ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul bo‘lim kafedrada  olib  borilayotgan  ma’naviy- ma’rifiy  ishlar yuzasidan tahliliy  ishlarni  olib  borgan va o’z  nazoratiga olgan.

Kafedrada  faoliyat  yuritayotgan  professor-o’qituvchilar  tomonidan  Xorijiy  talabalar  bilan  suxbat  o’tkazib  ularning  yashash  sharoitlarini  o’rganish  va  ko’maklashish  maqsadida  davra  suhbati  tashkil  qilindi.

Tibbiyotda  innovatsion  va  axborot  texnologiyalari ,  biofizika   kafedrasi  tomonidan      “Ulkan  koinotning   bir  zarrasimiz”  nomli  tadbir Buxoro  davlat  universiteti  “Umumiy  fizika ” kafedrasi  katta  o’qituvchisi M.N.Narzullaev   bilan  hamkorlikda   tashkil  kilindi.

Tadbir  juda  ko’tarinki  ruhda  tashkil  qilindi  va  talabalarda  katta  qiziqish  va  savol-javoblarga  boy  o’tdi.

Kafedrada  faoliyat  yuritayotgan  professor-o’qituvchilar  tomonidan  Xorijiy  talabalar  bilan  suhbat  o’tkazib  ularning  yashash  sharoitlarini  o’rganish  va  ko’maklashish  maqsadida  davra  suhbati  tashkil  qilindi.

Talabalar  turar  joyida talabalarning o‘qishlari,  ularning  dam  olishlari hamda talabalarning  xavfsizliklarini  ta’minlash  uchun  kafedra  professor-o‘qituvchilari navbatchilik  asosida  xavfsizlikni  ta’minlab  berishda  ishtirok  etganlar. Hamda ularning  dam olishlari  uchun talabalar  turar  joyida kafedra  professor-o’qituvchilari  ishtirokida tadbirlar  tashkillashtirilib  bayonnomalar  qayd  qilib  qo‘yilgan.

Ichki  turizimni  yanada  rivojlantirish,  buyuk  ajdodlarimizning faoliyati  va  qoldirgan  me’rosini  chuqurroq    o‘rganish  maqsadida  Buxoro  davlat  tibbiyot  institutining bir  guruh  professor-o‘qituvchilari  va  jamoa  ishchi  xodimlari  bilan  Samarqand  shaxrining  tarixiy  obidalariga  institutning  “Yoshlar  bilan  ishlash , ma’naviy-ma’rifiy  ” ishlar  bo‘limi  tomonidan sayohat  uyushtirildi. Ushbu    sayohatga  kafedraning   bir  guruh  o‘qituvchilari  ham  jalb  qilindi.

Tibbiyotda  innovatsion  va axborot   texnologiyalari, biofizika kafedrasida ma’naviy  va ma’rifiy ishlari  reja  asosida risoladagidek  davom  etmoqda

NavigatsiyaToggle Table of ContentToggle