2-son Gigiena kafedrasi
06.01.2024 2025-02-15 10:352-son Gigiena kafedrasi

Sharipova Gulnihol Idiyevna
Kafedra mudiri
Kafedra xodimlari

assistent

assistent

assistent

assistent

assistent

assistent
Kafedra tarixi
Buxoro davlat tibbiyot institutining Umumiy gigiyena kafedrasi tarixi, asosan, O‘zbekiston tibbiyot ta’limining rivojlanishi bilan bog’liqdir. Kafedra talabalarga Umumiy gigiyenaning tarixini o‘rgatish, shuningdek, tibbiyotda tutgan o’rni, sanitar qonun va me’yorlarni, davlat standartlarni tushuntirish maqsadida 1991-1992 o’quv yilda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining birinchi rektori, professor A.I.Mo‘minov buyrug‘iga asosan tashkil etilgan. Kafedra mudiri t.f.n. U.X.Xasanov tayinlangan va assistentlar Manasova I.S., Jumayeva A.A, Mirzoyeva M.R, Fayzullayeva F.U. faoliyat ko‘rsatgan. 2005 o‘quv yilida kafedra Jamoat salomatligi kafedrasi bilan birlashtirilgan va Tibbiy xizmat marketingi, Valeologiya, Noinfektsion kasalliklar epidemiologiyasi kabi yangi fanlar kiritilgan, shu fanlar bo‘yicha yangi namunaviy va ishchi dasturlar asosida dars jarayonlari olib borilgan. Kafedrada dotsenti X.N.Qayumov, dotsent O‘.X.Xasanov, katta o‘qituvchilar Salomova H.J, Qobilova G.A, Sharipova N.S, Atayeva M.A, o‘qituvchilar A.A.Jumayeva, Z.J.Jumayeva, D.B.Rajabova, X.X.Shirinovalar faoliyat olib borganlar.
2017-2018 o‘quv yilida kafedrada dotsent X.N.Qayumov, dotsent O‘.X.Xasanov, katta o‘qituvchilar Salomova H.J, Qobilova G.A, Sharipova N.S, I.S.Manasova, o‘qituvchilar A.A.Jumayeva, Z.J.Jumayeva, D.B.Rajabova, X.X.Shirinova, Yuldashova Sh.T. va Mavlyanova S.Sh lar faoliyat olib borganlar. 2018 yil yanvardan kafedra mudiri t.f.n. Atoyeva M.A. o‘z faoliyatini yuritgan.

2018-2019 o‘quv yilida kafedrada Mutaxassislikka kirish 1-kurs Tibbiy profilaktika fakulteti talabalari uchun va Gigiyena va tibbiy ekologiya Tibbiy biologiya yo‘nalishi talabalari uchun yangi fanlar kiritilgan va shu fanlar bo’yicha yangi namunaviy va ishchi dasturlar asosida dars jarayonlari olib borilgan. Kafedrada professor t.f.d. Nuraliyev N.A, t.f.n, kafedra mudiri Atoyeva M.A, dotsent X.O.Qosimov, katta o‘qituvchilar Manasova I.S, o‘qituvchilar : Salomova H.J, Qobilova G.A., A.A.Jumayeva, Z.J.Jumayeva, D.B.Rajabova, Yuldashova Sh.T, Voxidov U.G. va tashqi o‘rindoshlar t.f.n. To‘xtayev A.A. va t.f.n. Baratova M.S.lar faoliyat olib borganlar. 09.09.2019 yil Umumiy gigiyena kafedrasi mustaqil kafedra bo‘lib ajralib chiqqan.
2019-2020 o‘quv yilida kafedra ikkiga bo‘lingan. Umumiy gigiyena kafedrasida X.O.Qosimov kafedra mudiri qilib tayinlangan. O‘qituvchilar Manasova I.S, Jumayeva A.A, Jumayeva Z.J, Nurova Z.X, Mirzoyev O.M. o‘quv yilini to‘liq bajarganlar. 2020-2021 o‘quv yilida Ortiqov.A.A, Nabiyeva.S.S, Yadgarova.Sh.S, Muhammedova.Z.R, Zokirov.V.Z. va ichki o‘rindoshlar Kosimov I.X, Ismoilova M.Z. lar faoliyat olib borganlar. 2021-2022 o‘quv yilida Olimova D.V., Sharipova G.I. o‘quv yili boshida ishga qabul qilinganlar hamda Jumayeva Z.J. ning mehnat shartnomasi bekor qilingan. 24.12.2021 yildan Ibroximov K.I. ichki o‘rindosh sifatida ishga qabul qilingan, 17.01.2022 yilda Hakimov T.B. ichki o‘rindosh sifatida ishga qabul qilingan. 01.02.2022 yilda Oxunjonova M.Z. 1.0 hissaga asosiy shtatga ishga qabul qilingan. 06.05.2022 yildan Mirzoyev O.M. mehnat shartnomasini bekor qilingan. 01.06.2022 yil Ismoilov F.F. 1.0 hissaga asosiy shtat bilan ishga qabul qilingan.
2023-2024 o’quv yilida Umumiy gigiyena va ekologiya kafedrasi ikkiga bo’lingan: 1 son gigiyena va 2 son gigiyena kafedralari.
2 sonli kafedrasi 2024- Gigiena 2025 o‘quv yilida tashkil qilingan. Kafedra mudiri lavozimiga DSc, dotsent Sharipova G.I. tayinlangan bo‘lib, kafedra a’zolari PhD Yadgarova Sh.S, PhD Karshiyeva D.R, PhD Qodirov O.O‘, assistentlar Tuxtaeva M.M, Nurov S.A, Ismoilov F.F va doktorant Olimova D.V lar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Dastlab 2 sonli Gigiena kafedrasi Umumiy gigiena va ekologiya kafedrasining tarkibida mavjud bo‘lib, 2023-2024 o‘quv yilida Xususiy gigiena kafedrasi bo‘lib ajralib chiqqan. 2024-2025 o‘quv yilida kafedraga 2 sonli Gigiena nomi berilgan. Kafedra Biotibbiyot fakultetining 3-4-5 kurs tibbiy-profilaktika yo‘nalishi talabalariga Kommunal gigiena, Mehnat gigienasi, Ovqatlanish gigienasi, Bolalar va o‘smirlar gigienasi va Radiatsion gigiena fanlaridan tahsil berib kelmoqda.
Kafedraning barcha professor-oʼqituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan qa’bul qilingan davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari, o‘quv reja va dasturlar asosida ma’ruza va seminar mashgʼulotlarini olib borish bilan birgalikda, yoshlarni maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan yuksak saviyada tarbiyalash borasida mehnat qilib kelmoqdalar.
Shuningdek, kafedraning barcha olim va olima oʼqituvchilari: DSc, dotsent G.I Sharipova, PhD Yadgarova Sh.S, PhD Karshiyeva D.R, PhD Qodirov O.O‘, assistentlar Tuxtaeva M.M, Nurov S.A, Ismoilov F.F va doktorant Olimova D.V lar tomonlaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunlari, Davlat dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va farmonlari, hukumat qarorlarini xalq orasida targʼib qilish, talaba yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasi va dunyoqarashini oshirish hamda tarbiyasini yaxshilashda faol ishtirok etib kelmoqdalar. Kafedrada har o`quv yilida Respublika va xalqaro miqyosda ilmiy-nazariy konferensiyalar, anjumanlar oʼtkazilib kelinmoqda.
Kafedra o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha TTA, SamTI, ToshPTI, kafedralari bilan uzviy aloqada bo‘lib kelmoqda. Kafedra 2023 yilda faoliyati davomida 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 1 ta grant loyihasi, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta monografiya, xo‘jalik shartnomalar kafedra xodimlari tomonidan tayyorlangan va nashr etilgan.
Kafedra professor-o‘qituvchilari talabalarning ovqatlanish gigienasi doirasidagi bilimlarini kengaytirish va mustahkamlash, ularda to‘g‘ri va ratsional ovqatlanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga juda katta e’tibor qaratib kelmoqdalar. Bu borada kafedrada tashkil etilgan “Yosh gigiyenistlar” kabi to‘garaklarda 30 dan ortiq talabalar ishtirok etib kelmoqdalar, shuningdek ularning ilmiy ishlari (tezis, ma’ruza) talabalarning anjuman to‘plamlarida e’lon qilinib kelinmoqda. Kafedraning ushbu faoliyatlari nafaqat talabalarning o‘qishi va ilmiy rivojlanishiga, balki tibbiyot tizimining sifatini yaxshilash va jamiyat salomatligini oshirishga ham katta ahamiyatga egadir.
Kafedra Yangi O‘zbekiston sharoitida zamonaviy ta’lim talablariga mos ravishda xorijlik olimlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xorij tajribasini o‘rganish, qiyosiy tahlil qilish borasida Qozog‘iston (M.Auvezov nomidagi JQDU), Ukraina, Rossiya, Tojikiston oliy o‘quv yurtlari bilan akademik mobillik doirasida ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslari tashkil qilish, yangi avlod kitoblarini yaratish borasida faoliyat olib bormoqdalar. Bir so‘z bilan aytganda, kafedra xodimlari talabalarni sanitar qonun va me’yorlari, davlat standartlari, gigiyenik normativlarga to‘la qonli rioya qilishlari va Ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.
Ilmiy-tadqiqot ishlari
Kafedra o‘quv-uslubiy ishlar bo’yicha TTA, SamTI, ToshPTI, AnTI «Umumiy gigiyena va radiatsion gigiyena » kafedralari bilan uzviy aloqada bo’lib kelmoqda.
Kafedra 2023- yilda faoliyati davomida 70 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 1ta darslik, 3ta o’quv qo’llanma, 1 ta monografiya kafedra xodimlari tomonidan tayyorlandi va nashr etildi.
Xususiy gigiyena kafedrasidagi professor-o'qituvchilarning maqolalari
2. 15. TORCH_инфицирланган_беморларда_герпетик_стоматитларни
3. 16. Биология_ва_Тиббиёт_муаммолари_2024_й_2_сон_
4. 2 chi OAK
5. 7. Интегративная стоматология
6. 8. Torch infisirlangan bemorlarda
7. OAK. ПОЛИГРАФИЯ ИШЧИЛАРИНИНГ ОРГАНИЗМИДАГИ ФУНКЦИОНАЛ ЎЗГАРИШЛАР
8. OAK.HYGIENIC ASSESSMENT OF DRINKING WATER QUALITY IN BUKHARA REGION
10. ОАК СУВНИНГ ИНСОН ОРГАНИЗМИДАГИ ХУСУСИЯТЛАРИ ВА ҚАТТИҚ СУВ
11. ОАК ТУРЛИ КИМЁВИЙ ТAРКИБЛИ EР OСТИ СУВИ ИСТEЬМOЛИ НAТИЖAСИДA
12. ОАК. BOLALAR VA O‘SMIRLARNING RIVOJLANISHIGA NOTO‘G‘RI OVQATLANISHNING SALBIY TA’SIRI
13. ОАК. ISHLAB CHIQARISHDA SHOVQINNING ISHCHI ORGANIZMGA TASIRI
16. ОАК. МЕТОДЫ ИССЛЕДОВАНИЯ, ПРОВЕДЕННЫЕ ПРИ ОБСЛЕДОВАНИИ КУРЯЩИХ МУЖЧИН
17. ОАК. ОЛИНАДИГАН ТИШ ПРОТЕЗЛАРИДАН КЕЙИН ОҒИЗ БЎШЛИҒИДАГИ АСОРАТЛАР
19. ОАК. ПРИМЕНЕНИЕ СТОМАСФЕРЫ В КОМПЛЕКСНОМ ЛЕЧЕНИИ ПРОТЕЗНОГО СТОМАТИТА
20. ОАК. РЕЗУЛЬТАТЫ ПРИМЕНЕНИЯ СТОМАСФЕРЫ В КОМПЛЕКСНОМ ЛЕЧЕ-НИИ ПРОТЕЗНОГО СТОМАТИТА.