Buxoro tibbiyot institutining 1993-yil 25-fevraldagi 4- / 165-son buyrug‘i bilan Buxoro viloyat onkologiya dispanseri (hozirgi O‘zR “RIORIATM” Buxoro filiali) negizida onkologiya bo‘limi tashkil etilgan. Onkologiya kursi dispanser bosh vrachi Mamedov Sunnat Niyazovich tomonidan asos solingan.
Kurs mudiri etib t.f.n. XN Abdullaev. 1993-yil sentabrdan 1996-yil sentabrgacha “Onkologiya” kursi gospital xirurgiyasi kafedrasi tarkibiga kirdi. 1996-yilda onkologiya va rentgenoradiologiya kursi birlashtirilib, kafedra mudiri etib dotsent Yarmuxammedova D.S.
1999-yil 1-sentabrdan 2012-yilgacha kafedra onkologiya va rentgen radiologiya kafedrasi deb nomlandi va unga t.f.n. dotsent Abdullaev X.N.
2012-yildan 2015-yil martigacha – kafedra mudiri, t.f.n. Mamedov U.S. 2015 yil mart oyidan 2016 yil sentyabr oyigacha G.N.Saidov tayinlangan. 2016-yil sentabr oyidan 2017-yil sentabr oyigacha Xirurgiya, bolalar xirurgiyasi, onkologiya va radiologiya kafedrasida onkologiya va tibbiy radiologiya kursi oʻtkazildi. 2017-yil sentabrdan 2019-yil sentabrgacha Otolaringologiya, onkologiya va oftalmologiya kafedrasi tarkibida onkologiya va radiologiya kursi oʻtkazildi.
2019-yil avgust oyidan kafedra nomi Onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi deb o‘zgartirildi va unga t.f.n. Mamedov U.S. rahbarlik qildi. Bugungi kunda kafedrada 18 nafar xodim mehnat qilmoqda.
Razoqov Rahim Rabiyevich shogirdlari davrasida 1989-2009 y.y
Razoqov Rahim Rabiyevich Buxoro viloyati onkologiya dispanseri (hozirgi RIO va RIATM Buxoro filiali) radiologiya bo’limida 1984 yildan boshlab onkolog sifatida o’z faoliyatlarini boshlagan. Dastlab bo’limda rentgenoterapevtik apparatlar (RUM-17, RUM-11) apparatlari yordamida bemorlar dardiga shifo topilgan bo’lsa, keyinchalik Razoqov R.R. tashabbuslari bilan dispanserga1994 yilda yangi distension gammaterapevtik AGAT-R1 apparati o’rnatilgan. 1989-2009 y.y.larda Razoqov R.R. bo’lim mudiri lavozimida ishlagan. 1992 yilda Buxoro davlat tibbiyot institu Onkologiya kursiga ishga qabul qilinib, 2007 yilga qadar kafedrada faoliyat olib borgan.
Maripova Xasiba Rasulovna o’z shogirdlari bilan 1991-2011 y.y.
Maripova Xasiba Rasulovna 1980 yilda Buxoro viloyati Onkologiya dispanseri (RIO va RIATM Buxoro filiali) Ximya-Nur bo’limiga onkolog bo’lib o’z faoliyatlarini boshlagan. 1983 yilda shu soha mutaxasisligi bo’yicha Moskva shahrida Bloxin nomidagi Onkodispanserda, 1985 -1986 yillarda Toshkent shahri shifokorlar malaka oshirish instituda malaka oshirishgan. 1985-1991 yillarda Buxoro viloyati onkologiya dispanseri (hozirgi RIO va RIATM Buxoro filiali) Ximya – nur bo’limi mudiri lavozomida ishlagan. 1991 yil Buxoro davlat tibbiyot instituti tashkil topgach, Onkologiya kursiga ishga qabul qilingan va 2011 yilga qadar institutda faoliyat olib borgan.
2015 yil mart oyidan 2016 yil sentabr oyigacha kafedra mudiri vazifasiga Saidov G.N. tayinlandi.
2016 yil sentabr oyidan boshlab 2017 yil sentabr oyiga qadar Onkologiya va tibbiy radiologiya kursi Jarrohlik, bolalar jarrohligi, onkologiya va nur tashxisi kafedrasi tarkibida bo’lgan. 2017 yil sentabr oyidan 2019 yil sentabr oyigacha Onkologiya va nur tashxisi kursi “Otoloringologiya, onkologiya va oftalmologiya” kafedrasi tarkibida bo’lgan.
2019 yil avgust oyidan kafedra “Onkologiya va tibbiy radiologiya” kafedrasi deb nomlangan va mudiri vazifasida t.f.n. Mamedov U.S. tayinlandi. Mamedov Umid Sunnatovich Buxoro viloyati Buxoro shaxrida tug’ilgan. Mutaxassisligi onkolog, oliy toifali bosh-bo’yin jarroh onkologi. 2012 yildan 2015 mart oyigacha kafedra mudiri vazifasida, 2012-2016 yillarda Respublika onkologiya ilmiy markazining bosh-bo’yin o’smalari bo’limi katta ilmiy xodimi, 2016 yillarda Buxoro viloyat onkologiya dispanseri bosh vrachi lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2012 yildan boshlab “Rossiya federatiyasi bosh-bo’yin sohasi mutaxasislari hamjamiyati” ning a’zosi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishi
Talabalarning bo’sh vaqtlari madaniy ishlarda amalga oshiriladi. Talabalar o‘rtasida yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirish, kasbiy faoliyatga qiziqish, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish, talabalarni institutning madaniy tadbirlariga keng jalb etish kafedra faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Kafedra talabalari kuratorlar rahbarligida ommaviy tadbirlarda faol ishtirok etib, madaniy hordiq chiqarishlarini tashkil etishadi, Buxoroning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylariga, teatr va muzeylarga tashrif buyurishadi.
Kafedra mudiri va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul o‘qituvchi guruh kuratorlari va talabalar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazib turadi. har payshanba kuni darslar axborot soatiga kirish bilan boshlanadi.
Texnologiya uskunalari
Kafedra tashkil topgan kundan to hozirgi kungacha bo‘lgan davr kafedramizning shonli tarixidir, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu davrda minglab tibbiyot xodimlarining ma’naviy-axloqiy va kasbiy kamolotiga munosib hissa qo‘shdi va bu mas’uliyatli vazifani zamon ruhidan kelib chiqib, izchil davom ettirmoqda.
Kafedrada zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalar: MSCT (SIEMENS), 3D terabalt tashqi nur terapiyasi apparati va FLEXITRON ichki nur terapiyasi braxiterapiya apparati mavjud bo‘lib, ular saratonni davolashda samarali natijalarga erishishda qo‘llaniladi.
Ochiq dars
319- guruh talabalari bilan birgalikda “O‘pka va ko‘ks oralig‘i a’zolari diagnostikasi” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Ilmiy-amaliy konferensiya “Radiologiyada innovatsiyalarning zamonaviy jihatlari. Hozir va kelajak»