Kafedra ilmiy tadqiqot ishlari
24.01.2022 2022-03-25 14:29Kafedra ilmiy tadqiqot ishlari
Xozirgi vaqtda kafedrada 10 nafar xodim faoliyat yuritadi. 2 kishi tibbiyot fanlari nomzodi, shulardan 2 nafar t.f.n., dotsent, 8 nafar assistentlar ilmiy darajaga ega emaslar.
Kafedraning ilmiy salohiyati 20 % ni tashkil qiladi.
Kafedranining barcha xodimlari ilmiy tadqiqot ishlari olib bornoqdalar. Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasida oxirgi 5 yil davomida 133 ta ilmiy ishlar (92 ta jurnal makolalari va 41 ta ilmiy tezislar) chop etilgan. Chop etilgan 92 ta jurnal makolalaridan 64 tasi Xorijiy nashrlarda (5 tasi «Scopus»da), 28 ta Respublika miqiyosidagi nashrlarda chop etilgan. CHop etilgan 41 ta tezisdan 29 tasi xorijiy nashrlarda, 12 tasi respublika nashrlarida chop etilgan.
Kafedra xodimlari tomonidan 3 ta o‘quv qo‘llanma va 1 ta monografiya chop etilgan.
2020 yilda kafedra xodimlari tomonidan amaliyotga kiritilgan ilmiy izlanishlar natijalarining soni 6 ta. Kafedra assistenti B.S.Shokirov Buxoro viloyat Shofirkon tumanidagi 50 – sonli umumta’lim maktabida hamkorlik doirasida Biologiya, Biologiya (Inson salomatligi) fanlaridan mahorat darslari olib borgan.
Kafedraning asosiy ilmiy yo’nalishlari:
“Surunkali gеpatit sharoitida sut bеzilarining funktsional morfologiyasi va organizmning postnatal rivojlanishi bilan bog’liqligi” (B.B.Xasanov)
“Она токсик гепатитининг авлод тимусининг илк постнатал онтогенези давридаги структур-функционал шаклланишига таьсири” (Азимова С.Б.)
“Postnatal ontogеnеzda ingichka ichak immun tizimining (ekspеrеmеntal) disbaktеrioz xolatida morfologik uzgarishlar. (B.S.Shokirov)
Фертил ёшдаги аёлларда ИПВ билан боғлиқ цервикал касалликларда цитокинларнинг истиқболли қиймати”.(Г.Р.Ахматова)
Xozirgi vaqtda kafedra xodimlaridan assistant Sh.R.Davronova «NOXUSh EKOLOGIK FAKTORLAR TA’SIRIDA TIMUSNING MORFOFUNKTSIONAL O’ZGARISHLARI» mavqzusi bo‘yicha PhD darajasini olish uchun ilmiy ish olib bormaqda. Kafedra assistenti B.S.Shokrov «Postnatal ontogеnеzda ingichka ichak immun tizimining (ekspеrеmеntal) disbaktеrioz xolatida morfologik uzgarishlar» mavzusi tasdiqlangan va ilmiy –izlanish ishlar olib borilmoqda.