Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi
16.12.2021 2024-12-23 15:54Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi
Umumiy ma’lumot
Umumiy ma’lumot
Umumiy ma’lumot
Google scholar :
ORCID :
Scopus Author ID :
Researcher ID :
Kafedra xodimlari
Kafedra tarixi
Kafedra Abu ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining birinchi rektori, professor A.I.Mo’minov tomonidan 1990 yilning 30 oktyabridagi chiqarilgan № 4\7-sonli buyruq asosida tashkil etildi. Kafedra mudiri etib o’sha paytgacha II ToshDavTI Gistologiya kafedrasida ishlab kelgan tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent R.D.Davronov tayinlandi.
Kafedra o’z faoliyatini 1991-1992 o’quv yilining 2 sentyabridan quyidagi tarkibda boshladi (1- rasm):
– R.D.Davronov – kafedra mudiri
– J.A.Porsoyev – assistent, o’quv ishlari bo’yicha mas’ul
– R.H.Hamdamov – assistent, xo’jalik ishlari bo’yicha mas’ul
– R.Y.Ergashev – assistent, ma’naviy-tarbiyaviy ishlar bo’yicha mas’ul
– A.A.To’xtayev – assistent, ilmiy ishlar bo’yicha mas’ul
– N.N.Xabibullayeva – katta laborant
– N.Ochilova – laborant
Gistologiya kafedrasida o’tgan davr mobaynida quyidagi professor – o’qituvchilar va texnik xodimlar faoliyat ko’rsatdilar: B.A.Xidoyatov- kafedra mudiri, professor; assistentlardan: R.X.Xamdamov, A.A.To’xtayev, Sh.Sidiqova, M.J.Hamroyeva, X.T.Rajabov, N.E.To’xsanova, Z.J.Jumayeva, J.G’.Kenjayeva, M.Safarova, O.I.Jabborova, K.Sh.Jumayev; laborantlardan: M.Xidoyatova, M.X.Baxronova, N.I.Xabibullayeva
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan quyidagi muammolar bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda:
1) Turli xildagi antigenlar hamda noxush ekologik faktorlarning immun tizimi a’zolari struktura va funktsiyasiga ta’sirini o’rganish;
2) Tabiiy va sun’iy ovkat omillarining endokrin tizim a’zolari morfologiyasiga ta’sirini o’rganish (tajriba-xolatida);
3) Toksik gepatit va surunkali enterokolit xolatlarining laktatsiya jarayoniga hamda keyingi avlodda immun tizimi a’zolarining shakllanishiga ta’sirini o’rganish.
O’quv jarayonini optimallashtirish maqsadida 2005 yil 22 apreldan boshlab gistologiya va tibbiy biologiya kafedralari o’z faoliyatini birlashtirilgan xolatda davom ettirdi. Ushbu yillarda kafedra mudirlari etib dotsent R.D.Davronov (2005-2013 y.y.), va professor B.A.Hidoyatov (2013-2016 y.y.) lar tayinlandilar.
Ma’lumki, tibbiyot fanlari doktori, professor B.A.Xidoyatov 1996 yildan boshlab qariyib 20 yil Buxoro davlat tibbiyot institutida o’quv ishlari bo’yicha prorektor lavozimida ishlash bilan birgalikda yuqori metodologik saviyada odam anatomiyasi va gistologiya fanlaridan ma’ruzalar hamda amaliyot darslari olib bordi. Professor B.A.Hidoyatov kafedra mudiri lavozimida ishlagan davrda uning ilmiy rahbarligida 1 nafar magistr ( B.S.Shokirov) tayyorlandi, ulardan biri hozirgi paytda kafedrada assistent lavozimida ishlab kelmoqda.
Kafedrada gistologiya, sitologiya va embriologiya fanini o’qitish jarayonida yangi ta’lim texnologiyalari (o’quv mulьtimediyalari, internet xabarlari, masofaviy o’qitish va x.k.) hamda interfaol usullar (“Aylana stol”, “Miya xujumi”, “Stol ustida ruchka”, Galereya bo’ylab tur” va x.k.) dan keng foydalaniladi.
O’tgan davrda kafedra xodimlari tomonidan 9 ta o’quv qo’llanmalar, 3 ta monografiyalar, 200 dan ortik multimediyalar, 30 ta o’quv – uslubiy qo’llanmalar va 100 dan ortiq ilmiy maqolalar tayyorlangan.
Kafedra xodimlarining faol ishtirokida Buxoro davlat tibbiyot instituti bazasida 2008 yilning 14-17 may kunlarida Xalqaro Morfologlar Assotsiatsiyasining IX kongressi hamda O’zbekiston morfologlari Assitsiatsiyasining IY qurultoyi yuqori saviyada o’tkazildi.
Kafedra faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri-ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar hisoblanadi. Ushbu faoliyat Buxoro viloyati tumanlari axolisi bilan, akademik guruxlarda, talabalar turar joylarida olib borilmoqda. Tadbirlar mavzulari keng qamrovli bo’lib, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar va xokimliklar buyruqlarining mazmun-mohiyatiga, “ustoz-shogird” tizimi faoliyatiga hamda kunning dolzarb mavzulariga bag’ishlanganligi bilan e’tiborga molikdir.
Kafedra o’z faoliyati mobaynida xalqaro maydonda Rossiya federasiyasining Omsk tibbiyot universiteti (Gistologiya kafedrasi mudiri professor B.B.Semchenko), Qozog’stonning Qaraganda tibbiyot universiteti (dosent B.B.Britko), Qirg’izistonning O’sh tibbiyot universiteti (Gistologiya kafedrasi mudiri professor S.T.Shatmanov), Turkiya respublikasi Sog’liq bilimlari universiteti (Gistologiya va embriologiya kafedrasi professori Sapmaz Tansel) bilan hamkorlikda o’quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqotlar olib bormoqda.
O’tgan davr mobaynida kafedra xodimlari tomonidan 1 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi (O.I.Jabborova “Buxoro vohasi xonqizi qo’ng’izlarining ekologik, biologik va xo’jalik ahamiyati”, 2011 yil)
Kafedra a’zolari tomonidan quyidagi nufuzli o’quv va ilmiy ishlar yaratilgan:
1)R.D.Davronov, O.I.Jabborova, J.A.Porsoyev “Gistologiyadan mikro-fotogrammalar atlasi”, o’quv qo’llanma, Buxoro, 2014 y.
2) B.A.Xidoyatov, R.D.Davronov, J.A.Porsoyev, O.I.Jabborova
“Gistologiya, sitologiya va embriologiya fanidan test savollari”, o’quv qo’llanma, Buxoro, 2015 y.
3) J.A.Porsoyev “Morfologicheskiye osobennosti nadpochechnikov
pri yestestvennom i iskusstvennom vskarmlivanii v rannem postnatalьnom ontogeneze” monografiya, Buxoro, 2016 y.
4)B.B.Xasanov “Patofiziologik atamalarning izoxli lug’ati”, o’quv qo’llanma, Buxoro, 2018 y.
5) R.D.Davronov, O.I.Jabborova, J.A.Porsoyev, B.S.Shokirov, N.I.Xudoykulova “Qon tizimi morfologiyasi” o’quv qo’llanma, Buxoro,2019y.
6) R.D.Davronov “Morfo-funktsionalnye osobennosti adaptivnыx izmeneniy sentralnыx i perifericheskix organov sistemы immuniteta pri antigennom vozdeystvii”, monografiya, Buxoro , 2020 y.
7) R.D.Davronov, B.B. Xasanov, B.S. Shokirov, Davronova Sh, Xalimova Y – Ovqat hazm qilish tizimi o’quv qo’llanma, Buxoro, 2021 y
2019-2020 o’quv yilidan boshlab kafedra maqomi o’zgartirilib, Gistologiya, sitologiya va embriologiya nomi bilan alohida kafedra sifatida faoliyat ko’rsata boshladi. Kafedraning hozirgi paytdagi tarkibi quyidagicha (5 rasm): R.D.Davronov – kafedra mudiri, dotsent; B.B.Xasanov – katta o’qituvchi, tibbiyot fanlari nomzodi, ilmiy ishlar bo’yicha mas’ul; Sh.R.Davronova – assistent, o’quv ishlari bo’yicha javobgar; B.S.Shokirov – assistent, axborot texnologiyalari bo’yicha mas’ul; S.B.Azimova – assistent, ma’naviy va tarbiyaviy ishlar bo’yicha mas’ul; assistentlar – N.A.Oripova, , G.R.Axmatova, Xalimova Yu, Xasanova M, laborant M.Murodova.
Kafedra tarkibi
Kafedrada iktidorli talabalar bilan o‘quv-pedagogik ish yuritishga aloxida e’tibor beriladi. Iktidorli talbalar uchun kushimcha mavzu va ma’ruzalar matnlari, testlar tuzilgan. Ular Gistologiya, sitologiya, embriologiya kafedrasidagi talabalarning ilmiy tugaragida faol qatnashishadi. Kafedradagi «Yosh Gistolog» ilmiy tugaragi faoliyat ko‘rsatmoqda. Tugarak majlislari oyida ikki marotaba olib boriladi.
Buxoro Davlat |Tibbiyot institutidagi 2020 yil Talabalar o’rtasida 3 Renesansgacha Xalqaro olinpiadada 211 guruh Tixonov Bladislav Sergeevich talabasi 1 o’rinni egalladi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
Kafedrada ma’naviy – ma’rifiy va axloq tarbiya ishlari institut tomonidan tasdiqlangan rejasiga muvofiq olib borildi. Kafedrada har payshanba kuni ma’naviyat soati o’tkazib turildi. Ma’naviyat soatini o’tkazishda kafedraning hamma xodimlari dotsent Davronov R.D boshchiligida faol qatnashadilar. Har payshanba kuni soat 8.30 da kafedrada talabalarga ma’ruzalar qilinadi va berilgan savollarga tuliq e’tibor beriladi. Bunda ma’naviyat va ma’rifat soatlarida videoroliklar namoyish qilinishida, mavzular bo’yicha ma’ruzani utkazishda kafedraning barcha xodimlari, shu jumladan, kafedra dotsenti Shokirov B.S. va ass. Azimova S.B. lar faol qatnashadilar.
Studentlar qalbi va ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish: Bo’lajak shifokorlarni ma’naviy qiyofasini shakllantirish, ularda Vatan va Prezidentga sadoqatlilik kabi xislatlarni rivojlantirish, nafaqat darsdan tashqari xolatda olib boriladi, qolaversa xar bir amaliy va leksion mashg’ulotlarning boshlanishida 5-10 daqiqa axloqiy tarbiyaviy ishlar olib boriladi. SHu bilan birga 2,3 kurs talabalari uchun kafedrada o‘tiladigan barcha fanlardan dars o’tish jaryonida bo’lajak shifokorlar ma’naviy qiyofasini shakllantirishga aloxida urg’u berildi.
“2017-2021 yillarda Uzbekiston Respublikasini Rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi buyicha Xarakatlar strategiyasi” Davlat dasturi bo’yicha kafedrada ushbu dastur tuliq o’rganib chiqilib, uning mazmun va moxiyati xodimlarga, talabalarga yetkazildi. Davlat Dasturi ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi tuzildi, devoriy stendlar tashkil qilindi.
Xar bir murabbiy o’z gurux talabalari bilan suxbat o’tkazadi, talabalar orasida turmushga chiqqan, yosh bolalari bo’lgan, yaqinda farzandli bo’lgan va xomilador ona talabalarga, oilali yigit talabalarga kerakli maslaxatlar berildi. Talaba qizlar ko’rikdan o’tkazilib, nazorat qilib turildi.
Talabalar turar joyida olib borilgan ishlar: Kafedradagi murabbiylar o’z rejalari bo’yicha talabalar yotoqxonasida bo’lib u yerda yashaydigan talabalari sharoitlari bilan tanishdilar. Tashrif paytida yotoqxonadagi talabalar orasida axloq va odobga ta’luqli suxbatlar o’tkazdilar. Kafedra mudiri, dotsent Davronov, kafedra assistentlari Shokirov B.S., Oripova N.A., Azimova S.B., Xasanov B.B., muntazam ravishda talabalar yotoqxonasida bo’lib turdilar. O’z tashriflari paytida ular talabalarning kayfiyati bilan, ularga yaratilgan sharoitlar bilan kizikib yotokxona komendantiga kerakli tavsiyalar berdilar.
Talaba -yoshlar bilan xuquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurash, ijarada turuvchi talabalar bilan ishlash. Xar bir murabbiy ijarada yashovchi talabaning yashash sharoitlari bilan yil davomida muntazzam borib tanishib turadi. Tashrif davomida ukituvchi uy egasi bilan talabalarning xulki atvori xakida, uyga begona odamlarni kuymaslik, shuningdek talabalarga doimo mexribonlik kilish xakida suxbatlashdilar. Uylarning elektr manbalari, tabiiy gaz bilan ta’minlanganligi, oshxonadagi gaz plitalar xolatlari obdon tekshirildi va institut ma’naviyat bulimiga xisobotlar, bayonnomalar, rasmlar topshirildi. Bu suxbatlarda giyoxvandlik, diniy ekstremizm, akidaparastlik, OITS masalalariga aloxida urgu berildi. Institut ma’naviyat va ma’rifat xodimlari tashabbusi bilan utkazilgan tadbirlarda talabalarning katnashishi ta’minlandi.
O’quv-uslubiy ishlari
Kafеdrada gistologiya, sitologiya va embriologiya fanini o’qitish jarayonida yangi ta’lim tеxnologiyalari o’quv multimеdiyalari, intеrnеt xabarlari, masofaviy o’qitish va x.k.) hamda intеrfaol usullar (“Aylana stol”, “Miya hujumi”, “Stol ustida ruchka”, Galеriya bo’ylab tur va x.k.) dan kеng foydalanilmoqda. Utgan davrda kafеdra xodimlari tomonidan 8 ta o’quv qo’llanmalar, 3 ta monografiya 200 dan ortik multimеdiyalar, 30 ta o’quv – uslubiy qo’llanmalar, 30 dan ortiq uslubiy majmualar, uslubiy ko’rsatmalar va 100 dan ortiq ilmiy maqolalar tayyorlangan.
Kafеdrada gistologiya, sitologiya va embriologiya fanini o’qitish jarayonida o’zbеk va rus tillaridan tashqari ingliz tilida xam darslar olib boriladi. Ingliz tilida o’quv adabiyotlari va multimеdiyalardan foydalaniladi.
Kafedra mudiri dotsent R.D.Davronov 2021 y 6-11 dekabr kunlari Qozog’ston Respublikasi ta’lin va fan vazirligi huzuridagi M.Auezov nomli Janubiy Qozog’iston Universitetida Akademik mobillik bo’yicha ma’ruza va mahorat darslari o’tgan.
2019 -2020 o’quv yili davomida bir nechta o’quv qo’llamalar va monografiya chop etildi :
- D.Davronov, J.A.Porsoev, B.S.Shokirov, O.I.Jabborova, N.I.Xudoukulova . « Qon tizimi morfologiyasi» O’quv qo’llanma. Buxoro 2019 y.
- B.Hasanov. «Testlar to’plami» O’quv qo’llanma. Buxoro 2020 y.
- D.Davronov, B.B.Hasanov, B.S.Shokirov, Sh.R.Davronova, Y.S.Xalimova. «Ovqat hazm qilish tizimining morfologiyasi». O’quv qo’llanma. «Durdona nashriyoti» Buxoro – 2021 y
- D.Davronov. «Morfo – funktsionaln`е osobеnnosti adaptivn`x izmеnеniy sеntraln`x i pеrifеrichеskix organov sistеmo immunitеta pri antigеnnom vozdеystvii» Monogirafiya Buxoro – 2020 y
Ilmiy tadqiqot ishlari
Xozirgi vaqtda kafedrada 10 nafar xodim faoliyat yuritadi. 2 kishi tibbiyot fanlari nomzodi, shulardan 2 nafar t.f.n., dotsent, 8 nafar assistentlar ilmiy darajaga ega emaslar.
Kafedraning ilmiy salohiyati 20 % ni tashkil qiladi.
Kafedranining barcha xodimlari ilmiy tadqiqot ishlari olib bornoqdalar. Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasida oxirgi 5 yil davomida 133 ta ilmiy ishlar (92 ta jurnal makolalari va 41 ta ilmiy tezislar) chop etilgan. Chop etilgan 92 ta jurnal makolalaridan 64 tasi Xorijiy nashrlarda (5 tasi «Scopus»da), 28 ta Respublika miqiyosidagi nashrlarda chop etilgan. CHop etilgan 41 ta tezisdan 29 tasi xorijiy nashrlarda, 12 tasi respublika nashrlarida chop etilgan.
Kafedra xodimlari tomonidan 3 ta o‘quv qo‘llanma va 1 ta monografiya chop etilgan.
2020 yilda kafedra xodimlari tomonidan amaliyotga kiritilgan ilmiy izlanishlar natijalarining soni 6 ta. Kafedra assistenti B.S.Shokirov Buxoro viloyat Shofirkon tumanidagi 50 – sonli umumta’lim maktabida hamkorlik doirasida Biologiya, Biologiya (Inson salomatligi) fanlaridan mahorat darslari olib borgan.
Kafedraning asosiy ilmiy yo’nalishlari
“Surunkali gеpatit sharoitida sut bеzilarining funktsional morfologiyasi va organizmning postnatal rivojlanishi bilan bog’liqligi” (B.B.Xasanov)
“Она токсик гепатитининг авлод тимусининг илк постнатал онтогенези давридаги структур-функционал шаклланишига таьсири” (Азимова С.Б.)
“Postnatal ontogеnеzda ingichka ichak immun tizimining (ekspеrеmеntal) disbaktеrioz xolatida morfologik uzgarishlar. (B.S.Shokirov)
Фертил ёшдаги аёлларда ИПВ билан боғлиқ цервикал касалликларда цитокинларнинг истиқболли қиймати”.(Г.Р.Ахматова)
Xozirgi vaqtda kafedra xodimlaridan assistant Sh.R.Davronova «NOXUSh EKOLOGIK FAKTORLAR TA’SIRIDA TIMUSNING MORFOFUNKTSIONAL O’ZGARISHLARI» mavqzusi bo‘yicha PhD darajasini olish uchun ilmiy ish olib bormaqda. Kafedra assistenti B.S.Shokrov «Postnatal ontogеnеzda ingichka ichak immun tizimining (ekspеrеmеntal) disbaktеrioz xolatida morfologik uzgarishlar» mavzusi tasdiqlangan va ilmiy –izlanish ishlar olib borilmoqda.
5 Tashabbus sport yo’nalishi bo’yicha kafedra xodimlari bilan bilan shaxmat va shashka o’yini tashkil qilindi.
Gistologiya kafedrasidagi professor-o'qituvchilarning maqolalari
NavigatsiyaToggle Table of ContentToggle