Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev  kelajagimiz poydevori bo‘lgan yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalashda sog‘lom ijtimoiy – ruhiy muhitlarni yaratib berish maqsadida ta’lim – tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga katta ahamiyat berdi. Ta’lim – tarbiya jarayoni, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar faoliyatining o‘zaro hamjihatligidan iboratdir. Ta’lim – tarbiya jarayoni har bir insonning faqatgina bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirib qolmasdan, balki tarbiyalanuvchi shaxsiga kompleks ravishda ta’sir etuvchi ijtimoiy muhit doirasida amalga oshadi. Bunday jarayonni talab darajasida amalga oshishida murabbiylar, hamda o‘qituvchilarning  roli beqiyosdir. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar talabalar o‘rtasida doimiy ravishda reja asosida o‘tkazildi. Ma’naviy – ma’rifiy ishlarning bosh maqsadi yoshlarni istiqlol, ma’naviy vatanparvarlik mafkurasi asosida tarbiyalash mustaqil yurtga, uning tarixi, madaniyati, boy ma’naviy-ma’rifiy merosiga sodiqlik, g‘urur, e’tiqod hislarini shakllantirishdan iboratdir.  Asosiy e’tibor zukko, tashabbuskor,  jahon andozalari talablariga javob bera oladigan ma’naviy barkamol, siyosiy yetuk, ijtimoiy omillarning tub mohiyatini tushunadigan, jamiyat rivojiga to‘sqinlik qiladigan har qanday yot unsurlarga, salbiy illatlarga qaqshatgich zarba bera oladigan malakali shifokorlarni tayyorlashga qaratiladi. Mana shu yo‘nalishdagi mavzularga oid talaba yoshlar o‘rtasida g‘oyaviy, siyosiy, ma’naviy, mafkuraviy suhbatlar talabalar o‘rtasida olib borildi. Fakultetning xar bir kurslar kesimida 120-150 ta talabaga birta tyutor  biriktirilgan boʼlib, ular tajribali pedagoglardan tanlangan. Fakultet studentlari boʼsh vaqtlarni mazmunli oʼtkizish maqsadida, tyutorlar rahbarligida jamoat tadbirlarida, havaskorlik tashabbuslariga jalb etiladi, Samarqandning va Respublikaning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor yodgorliklari, teatr va muzeylarga tashrif buyurishadi. Fakultet studentlari Respublikamizda oʼtkizilib kelinayotgan turli ijodiy konkurslarda qatnashib kelishmoqda. Jismoniy tarbiya va sportga katta eʼtibor berilmoqda. Fakultet studentlari institutimiz sport kompleksi bazasida faoliyat koʼrsatayotgan  tennis, shaxmat, futbol, basketbol, voleybol, milliy kurash, sharq yakkakurashi, yengil atletika sektsiyalariga qatnaydilar. Ular hududiy va Respublika miqiyosidagi sport musobaqalarida xam faol qatnash munosib o‘rinlarni egallashdi.Fakultetimiz talabalari munosib o‘rinlar olishdi.Taqdirlash marosimidan lavhalar.