Tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va xalq tabobati fakulteti
23.09.2021 2023-01-31 16:53Tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va xalq tabobati fakulteti
Dekanat xodimlari
Fakultet tarixi
Tibbiy profilaktika tibbiy biologiya xalq tabobati fakulteti 2018 yil 29 avgustda institut kengashining 12-son yig’ilish bayonnomasi va institutning 2018 yil 30 avgustdagi 652/1-sonli buyrug’iga asosan tashkil yetildi.2018-2019 o’quv yilida фakultetda 3 ta yo’nalish bo’yicha talabalar tahsil oladi.Pediatriya yo’nalishi bo’yicha 181 tatalaba, shundan 17 ta xorijiy talaba.Tibbiy profilaktika yo’nalishi bo’yicha 72 ta talaba,shundan 16 ta xorijiy talaba, tibbiy biologiya yo’nalishi bo’yicha 66 ta talaba,shundan 12 ta xorijiy talaba.Fakultetda umumiy talabalar soni 319 ta bo’lib, shulardan chet yel talabalari 45 kishini tashkil qiladi. Fakultetda jami 174 ta qiz va 145 ta o`g`il talaba tahsil olgan.
FAKULTETDA DEKANLIK LAVOZIMIDA ISHLAGAN

Qayumov Xolmurod Naimovich
(2018-2019yy )

Nurboev Farmon Ergashovich
(2019-2021yy)

Hamdamova Muhayyoxon To‘xtasinovna (2021y).
Fakultetning kafedralarining olimlari ilmiy izlanishlarda faol ishtirok etishadi. Klinik yo’nalishlarda davolash-diagnostik va profilaktika ishlari bo’yicha tibbiy xizmat natijalarini va sifatini yaxshilashga oid ilmiy izlanishlar olib boriladi. Fakultetning 40 dan ortiq o’qituvchilari xorijning yirik markazlarida malakasini oshirishdi, bir nechta professor o’qituvchilar salmoqli xalqaro konferensiyalarda uzlarining muhim ilmiy qarashlari bilan qatnashishdi. Skopus, хalqaro va respublika nashrlarida olingan ilmiy izlanishlarning natijalari chop qilinmoqda. Ilmiy ishlar dunyoning yetakchi mutaxassislari va klinikalari bilan hamkorlikda olib borilmoqda.
Fakultetda 4 ta professor, tibbiyot fanlari doktori, 19 ta dotsent, 25 ta tibbiyot fanlari nomzodi faoliyat olib bormoqda.
Fakultetdagi viloyatlardan kelgan talabalar ko’rsatgichi
№ | Viloyatlar nomi | 2018-2019 o’quv yili | 2019-2020 o’quv yili | 2020-2021 o’quv yili | 2021-2022 | 2022-2023 |
1 | Qoraqalpog‘iston Res. | – | 8 | 12 | 10 | _ |
2 | Andijon viloyati | – | – | 2 | 2 | _ |
3 | Buxoro viloyati | 195 | 359 | 582 | 427 | 154 |
4 | Jizzax viloyati | – | – | 1 | 5 | 3 |
5 | Sirdaryo viloyati | – | – | – | 1 | _ |
6 | Samarqand viloyati | 3 | 6 | 10 | 5 | 6 |
7 | Surxondaryo viloyati | 16 | 16 | 17 | 17 | 2 |
8 | Namangan viloyati | – | 2 | 5 | 5 | 2 |
9 | Navoiy viloyati | 27 | 50 | 109 | 87 | 27 |
10 | Qashqadaryo viloyati | 32 | 40 | 44 | 26 | 10 |
11 | Toshkent viloyati | 1 | 10 | 7 | 13 | _ |
12 | Xorazm viloyati | – | 2 | 1 | 4 | 3 |
13 | Farg‘ona viloyati | 2 | 9 | 10 | 7 | 3 |
| Jami | 276 | 502 | 800 | 609 | 210 |
Fakultet kengashi a’zolari
*Mavlonov Namoz Xalimovich – PhD, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va xalq tabobati fakulteti o’quv ishlari dekan o’rin bosari.
*Nazarova Dildora Ilxomovna – PhD, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va xalq tabobati fakulteti o’quv ishlari dekan o’rin bosari.
O’quv-uslubiy ishlari
Fakultet ochilgandan kundanoq ta’limning sifatini oshirish yo’lida salmoqli ishlar amalga oshirilib, dars o’tishning yangi uslublari ishlab chiqildi. Fakultet kafedralari 6 ta o’quv-klinik bazalarda joylashgan bo‘lib, 8 ta ma’ruza zallari, 80 dan ortiq auditoriyalarda darslar olib boriladi.Xamma ukuv xonalari elektron doska, kompyuterlar va zamonaviy o’quv mebellari, xamda multimediyali proektorlar bilan jihozlangan. Kafedralarning klinik bazalarda joylashganligi talabalarga zamonaviy ko‘nikmalar olishga imkoniyat beradi. Kafedralardagi kompyuterlar internetga ulangan bo‘lib, o’quv va ilmiy ishlarda qulayliklar yaratadi.
O’quv jarayonining shakli va uslubi doimiy yangilanib va yaxshilanib boradi. Bolon ta’lim jarayoniga muvofiq fakultetda studentlar kredit-modul tizimida tahsil olishadi. Pedagogik jarayonda talabalarning mustaqqil tayyorgarligini oshirish, test topshiriqlarini yechish, amaliy ko’nikmalarni ortirishga qaratilgan. Reyting tizimi o‘quv jarayonlarida ijodiy yondashuvni va talabaning induvidual tayyorgarligini nazorat qilishni ta’minlaydi.
O’quv jarayonlari o’zbek, rus va ingliz tillarida “Tibbiy profilaktika” – 5510300 va “Tibbiy biologiya” – 5510900, “Xalk tabobati” – 5511100 yo‘nalishiga muvofiq olib boriladi.
Pedagog va talabalarni tizimli ravishda moddiy va ma’naviy qo’llab turiladi. A’lochi talabalarga O’zbekistan Prezidenti, Ibn Sino, I.A.Karimov va boshqa nomdor stipendiyalar berilishi tanlov asosida yo’lga qo’yilgan.
Fakultet olimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar ilmiy-pedagogik kadrlar va amaliy tibbiyot talablariga mos mutaxassislar tayyorlashga yo’naltirilgan. Shuni aytish lozimki, fakultet olimlari ilmiy izlanish grantlarini tanlovlarida doimiy ishtirok etishadi.
Iqtidorli talabalar ishlashga alohida e’tibor beriladi, ular ilmiy to’garaklarda, institut, respublika va xalqaro fan olimpiadalarida, ilmiy konferensiyalarda maruzalar bilan doimiy ishtirok etishiadi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev kelajagimiz poydevori bo‘lgan yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalashda sog‘lom ijtimoiy – ruhiy muhitlarni yaratib berish maqsadida ta’lim – tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga katta ahamiyat berdi. Ta’lim – tarbiya jarayoni, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar faoliyatining o‘zaro hamjihatligidan iboratdir. Ta’lim – tarbiya jarayoni har bir insonning faqatgina bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirib qolmasdan, balki tarbiyalanuvchi shaxsiga kompleks ravishda ta’sir etuvchi ijtimoiy muhit doirasida amalga oshadi. Bunday jarayonni talab darajasida amalga oshishida murabbiylar, hamda o‘qituvchilarning roli beqiyosdir. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar talabalar o‘rtasida doimiy ravishda reja asosida o‘tkazildi. Ma’naviy – ma’rifiy ishlarning bosh maqsadi yoshlarni istiqlol, ma’naviy vatanparvarlik mafkurasi asosida tarbiyalash mustaqil yurtga, uning tarixi, madaniyati, boy ma’naviy-ma’rifiy merosiga sodiqlik, g‘urur, e’tiqod hislarini shakllantirishdan iboratdir. Asosiy e’tibor zukko, tashabbuskor, jahon andozalari talablariga javob bera oladigan ma’naviy barkamol, siyosiy yetuk, ijtimoiy omillarning tub mohiyatini tushunadigan, jamiyat rivojiga to‘sqinlik qiladigan har qanday yot unsurlarga, salbiy illatlarga qaqshatgich zarba bera oladigan malakali shifokorlarni tayyorlashga qaratiladi. Mana shu yo‘nalishdagi mavzularga oid talaba yoshlar o‘rtasida g‘oyaviy, siyosiy, ma’naviy, mafkuraviy suhbatlar talabalar o‘rtasida olib borildi. Fakultetning xar bir kurslar kesimida 120-150 ta talabaga birta tyutor biriktirilgan boʼlib, ular tajribali pedagoglardan tanlangan. Fakultet studentlari boʼsh vaqtlarni mazmunli oʼtkizish maqsadida, tyutorlar rahbarligida jamoat tadbirlarida, havaskorlik tashabbuslariga jalb etiladi, Samarqandning va Respublikaning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor yodgorliklari, teatr va muzeylarga tashrif buyurishadi. Fakultet studentlari Respublikamizda oʼtkizilib kelinayotgan turli ijodiy konkurslarda qatnashib kelishmoqda. Jismoniy tarbiya va sportga katta eʼtibor berilmoqda. Fakultet studentlari institutimiz sport kompleksi bazasida faoliyat koʼrsatayotgan tennis, shaxmat, futbol, basketbol, voleybol, milliy kurash, sharq yakkakurashi, yengil atletika sektsiyalariga qatnaydilar. Ular hududiy va Respublika miqiyosidagi sport musobaqalarida xam faol qatnash munosib o‘rinlarni egallashdi.Fakultetimiz talabalari munosib o‘rinlar olishdi.Taqdirlash marosimidan lavhalar.
Buxoro davlat tibbiyot instituti Tibbiy profilaktika,tibbiy biologiya va xalq tabobati fakultetining “Dimedrol” jamoasi OTM lar o‘rtasida o‘tkazilgan “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovida qatnashib 1- o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Ilmiy-tadqiqot ishlar
Fakultetning kafedralarining olimlari ilmiy izlanishlarda faol ishtirok etishadi. Klinik yo’nalishlarda davolash-diagnostik va profilaktika ishlari bo’yicha tibbiy xizmat natijalarini va sifatini yaxshilashga oid ilmiy izlanishlar olib boriladi. Fakultetning 40 dan ortiq o’qituvchilari xorijning yirik markazlarida malakasini oshirishdi, bir nechta professor o’qituvchilar salmoqli xalqaro konferensiyalarda uzlarining muhim ilmiy qarashlari bilan qatnashishdi. Skopus, хalqaro va respublika nashrlarida olingan ilmiy izlanishlarning natijalari chop qilinmoqda. Ilmiy ishlar dunyoning yetakchi mutaxassislari va klinikalari bilan hamkorlikda olib borilmoqda.
Fakultetda 4 ta professor, tibbiyot fanlari doktori, 19 ta dotsent, 25 ta tibbiyot fanlari nomzodi faoliyat olib bormoqda.
Аkademik mobillik
Kafedrada professor-oʼqituvchilar oʼrtasida akademik mobillik yaxshi yoʼlga qoʼyilgan,fakultet va gospital xirurgiya, urologiya kafedrasi mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor B.Z. Khamdamov shu kafedra dotsentlari S.S,Davlatov, K.U.Gaziyev, hamda biologiya kafedrasi mudiri tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent O.I.Jabborova, jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni boshqarish kafedrasi mudiri dotsent,Atoyeva Mashxura Abrarovna, PhD, reabilitologiya, sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri S.S.Pulatovlar bu yoʼnalish boʼyicha 2021 yilda Al-Farobiy nomidagi Qozogʼiston milliy universiteti, 2021 yil M.Auezova nomidagi Janubiy Qozogʼiston universitetida, fakultet dekani, tibbiyot fanlari doktori M.T.Xamdamova 2018 yilda Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida V.I.Kulakov nomidagi “Akusherlik, ginekologiya va perinatologiya markazi”, hamda I.S.Sechenov nomidagi tibbiyot universitetida . maʼruzalar oʼqib, mahorat darslarini oʼtdilar.
Fakultet kengashi faoliyat ko’rsatadi, u xar oyda yig’ilib, fakultetdagi mavjud muammolarni yechishda amaliy ko’maklashadi.
FAKULTET KENGAShI A’ZOLARI
1. Xamdamova Muxayyoxon To’xtasinovna – t.f.d, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va xalq tabobati fakulteti dekani.
2. Mavlonov Namoz Xalimovich – PhD, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va xalq tabobati fakulteti o’quv ishlari dekan o’rin bosari.
3. Nazarova Dildora Ilxomovna – PhD, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va xalq tabobati fakulteti o’quv ishlari dekan o’rin bosari.
4. Fayzullaeva Nazokat Shodmonovna – tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va xalq tabobati fakulteti ma’naviyat va ma’rifat ishlari dekan o’rin bosari.
5. Nuraliyev Nekkadam Abdullayevich – prof., mikrobiologiya,virusologiya va immunologiya kafedrasi mudiri.
6. Jabborova Oysha Iskandarovna – t.f.n, dotsent, tibbiy biologiya kafedrasi mudiri.
7. Qosimov Xayriddin Olimovich – t.f.n, dotsent, umumiy gigiyena va ekologiya kafedrasi mudiri.
8. Saidova Muhabbat Muhiddinovna – PhD, reabilitologiya, sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri.
9. Atoyeva Mashxura Abrarovna – t.f.n, dotsent, jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni boshqarish kafedrasi mudiri.
10. Axmedova Zebiniso Azizovna – t.f.n, dotsent, ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri
11. Qodirova Shaxlo Salomovna – PhD, xalq tabobati va kasb kasalliklari kafedrasi mudiri.
12. Usmonov Isomiddin Haydarovich – t.f.d, dotsent, ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi mudiri.
BuxDTI tibbiyot fanlari doktori “Yil ayoli-2022” viloyat bosqichi nominatsiya g‘olibi
Xabaringiz bor, joriy yil 27-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Yil ayoli” va “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Buxoro viloyatda o‘tkazilgan ushbu tanlovlarda Buxoro davlat instituti Tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va xalq tabobati fakultetlari dekani tibbiyot fanlari doktori Muhayyoxon Hamdamova “Yil ayoli-2022” milliy tanlovining viloyat bosqichida “Yilning eng yangi g’oyalar tashabbuskori ” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.
Institut rahbariyati va jamoasi M.Hamdamovani ushbu yutuq bilan tabriklab, navbatdagi Respublika bosqichida muvaffaqiyat tilaydi.
NavigatsiyaToggle Table of ContentToggle
So'ngi yangiliklar
- Hindistonda O’zbekiston madaniyati kunlari
- Buxoro viloyat Yoshlar akademiyasi OTM liderlari o’rtasida uchrashuv tashkil etildi!!
- Ilmiy Seminar
- Shahrimizning “Ko‘hna va boqiy Buxoro” majmuasida bo’lib o’tgan Navro’z shodiyonalari
- Buxoro viloyati sport boshqarmasi hamda Buxoro viloyati oliy ta’lim muassasalari o’rtasida qo’shma qaror hamda hamkorlik memorandumlari imzolandi