Bo’limning ma’naviy-ma’rifiy ishi
07.01.2022 2022-04-11 12:36Bo’limning ma’naviy-ma’rifiy ishi
Talabalarning bo’sh vaqtlari madaniy ishlarda amalga oshiriladi. Talabalar o‘rtasida yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirish, kasbiy faoliyatga qiziqish, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish, talabalarni institutning madaniy tadbirlariga keng jalb etish kafedra faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Kafedra talabalari kuratorlar rahbarligida ommaviy tadbirlarda faol ishtirok etib, madaniy hordiq chiqarishlarini tashkil etishadi, Buxoroning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylariga, teatr va muzeylarga tashrif buyurishadi.
Kafedra mudiri va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul o‘qituvchi guruh kuratorlari va talabalar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazib turadi. har payshanba kuni darslar axborot soatiga kirish bilan boshlanadi.