O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash tizimini yuqori malakali, hozirgi zamon talablariga javob beradigan, tanlangan kasbi bo‘yicha ijodiy faoliyatga tayyor tibbiyot xodimlarini yetishtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 noyabrdagi Farmoniga asosan Buxoro davlat tibbiyot instituti davolash fakulteti tarkibida 1999 yil sentyabrdan “Oliy hamshiralik ishi” bo‘limi tashkil etildi.
O‘rta ma’lumotli hamshiralik kursini tugatganlar umumiy qoidalariga binoan ushbu yo‘nalishda qabul qilindilar. O‘qish muddati 3 yil bo‘lib fakultet tugatgan talabalar Sog‘liqni Saqlash tizimining murakkab ish jarayoni bo‘lgan tibbiyot texnik kollejlariga ishga yuborildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 12 iyun 250-sonli qarori, O‘zbekiston Sag‘liqni Saqlash Vazirligining 2001 yil 15 iyun 271-sonli buyrug‘i asosida 2001 o‘quv yilidan tibbiyot pedogogika yo‘nalishi ish faoliyatini boshladi. yo‘nalishda o‘qish muddati 7 yil. Tibbiy pedogogika fakultetini bitirgan talabalarga umumiy amaliyot shifokori, pedogog mutaxassisligi bo‘yicha diplom beriladi, ular belgilangan tartibda Qishloq Vrachlar Punktlarda, tibbiy kollejlarda, shuningdek xodimlar malakasini oshirish, qayta tayyorlash kurslarida ishlashlari mumkin.
Institut rektorining 2007 yil 5 noyabrdagi 57/1-1-sonli buyrug‘iga asosan Tibbiy pedogogika va Oliy hamshiralik ishi fakulteti tashkil etildi. Fakultet dekani etib t.f.n. dotsent N.X.Voxidov tayinlandi. 2009-2012 yillarda t.f.d Sh.I.Navro‘zova fakultet dekani etib tayinlandi. 2012-2014 yillarda t.f.n. dotsent N.X.Voxidov, 2014 yil 1 dekabrdan boshlab t.f.n. dotsent U.I.Nurov 2019 yilgacha fakultet dekani lavozimida ishladi. 2019-2020 yilgacha bu lavozimda tibbiyot fanlari doktori, professor A.R.Obloqulov fakultet dekani lavozimida ishladi. 2021 yil 14 yanvardan 2022 yil 28 fevralgacha bu lavozimda tibbiyot fanlari doktori I.X.Usmonov fakultet dekani lavozimida ishladi.
Fakultetimiz dastlabki davrlarda davolash fakulteti tarkibida oliy hamshiralik ishi bo‘limi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2001-yil 15-iyundan fakultet tarkibida Tibbiy pedagogika bo‘limi ham tashkil etildi. Mazkur bo‘limlarda o‘rta maxsus ma’lumotli hamshiralar umumiy qoidalarga binoan o‘qishga qabul qilinar edi. O‘qish muddati 3 yil bo‘lib, fakultetni tugatgan talabalar sog‘liqni saqlash tizimining murakkab ish jarayoni bo‘lgan bo‘limlariga, tibbiyot kollejlariga ishga yo‘naltirilgan.
2007-yil 5-noyabrda esa pedagogika va oliy hamshiralik ishi bo‘limlari alohida fakultet sifatida faoliyat boshladi. Mazkur Tibbiy pedagogika fakultetida o‘qish muddati 6 yil. Fakultetda 3 nafar professor, 27 nafardan ortiq fan nomzodlari va dotsentlar faoliyat ko‘rsatganlar. Tibbiy pedagogika fakultetini ilk bor 14 nafar talaba tugatib, turli davolash muassasalarida umumiy amaliyot shifokori, pedagog mutaxassisligi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
2022 yil 1 martidan PhD G.H.Rajabova fakultet dekani lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Rajabova Gulchexra Hamroevna
1978 yilda Buxoro tumanida tug‘ilgan.
2002 yilda Buxoro davlat tibbiyot instituti davolash fakultetini muvaffaqiyatli tugatgan
Mutaxassisligi terapevt
2021 yilda 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot, 14.00.05 – Ichki kasalliklar ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan.
2006 -2011 yillarda Buxoro davlat tibbiyot instituti “Xalqaro YuNESKO” va Sharq tabobati kafedrasi assistenti
2012-2022 yillarda Ichki kasalliklar va endokrinologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi
2022 yildan Tibbiy pedagogika va oliy hamshiralik ishi fakulteti dekani
Fakultetning kafedralarining olimlari ilmiy izlanishlarda faol ishtirok etishadi. Klinik yo‘nalishlarda davolash-diagnostik va profilaktika ishlari bo‘yicha tibbiy xizmat natijalarini va sifatini yaxshilashga oid ilmiy izlanishlar olib boriladi. Fakultetning 30 dan ortiq o‘qituvchilari xorijning yirik markazlarida malakasini oshirishdi, bir nechta professor o‘qituvchilar salmoqli xalqaro konferensiyalarda uzlarining muhim ilmiy qarashlari bilan qatnashishdi. Xalqaro va respublika nashrlarida olingan ilmiy izlanishlarning natijalari chop qilinmoqda. Ilmiy ishlar dunyoning yetakchi mutaxassislari va klinikalari bilan hamkorlikda olib borilmoqda.
Fakultetda 8 ta tibbiyot fanlari doktori, 23 ta tibbiyot fanlari nomzodi faoliyat olib bormoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, shulardan 4 ta olim professor i 13 kishi dotsent hisoblanadi.
Fakultetning asosiy ishlaridan bu talabalarda ma’naviy yetuklikka, kasbga muhabbatga, sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan bo‘lib, talabalarni jamoaviy va madaniy ishlarga jalb qilish hisoblanadi. Bu vazifalarni bajarishda fakultetda pedagogik sovet faoliyat ko‘rsatadi va u uz vazifasini amalga oshirishda tasdiqlangan aniq reja asosida harakatlanadi. Xar bir guruhda murabbiy-o‘qituvchi bo‘lib, u tajribali pedagoglardan tanlanadi. 2021-2022 o‘quv yilidan 2-3 kurs talabalari uchun tutorlik shtat birliklari ajatildi va ular talabaning ruhiy holati, tarbiyasi hamda muammolari bilan to‘liq shug‘ullanishadi. Talabalarning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish maqsadida murabbiylar va tutorlar bilan birgalikda talabalar turli tadbirlarda, xalq bayramlarida ishtirok etishadi, Buxoro va boshqa respublikamizning shaxarlaridagi tarixiy obidalarni, muzeylarni sayoxat qilishadi.
Fakultet talabalari Respublikada o‘tkazilayotgan turli xildagi ijodiy konkurslarda faol ishtirok etishadi. Jismoniy tarbiyaga va sportga alohida e’tibor beriladi. Talabalar futbol, tennis, shaxmat, basketbol, voleybol, kurash, sambo va yengil atletika bilan institut sport kompleksida shug‘ullanishadi. Ulardan ko‘pchiligi regionar va respublika bosqichlaridagi sport musobaqalarining faxrli o‘rinlar sohibidir.
Fakultet Kengashi faoliyat ko‘rsatadi, u xar oyda yig‘ilib, fakultetdagi mavjud muammolarni yechishda amaliy ko‘maklashadi.
NavigatsiyaToggle Table of ContentToggle
© 2024 BSMI. Barcha huquqlar himoyalangan