How may we help you?

Ayni kunlarda taʼlim muassasalarida talaba-yoshlar ishtirokida “Referendum va yoshlar” forumlari tashkil etilmoqda. Gala-konsert ko‘rinishida o‘tayotgan bunday forumlarda mamlakatimizdagi muhim siyosiy voqelik – referendumning ahamiyati, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati yoshlarga batafsil tushuntirilmoqda.

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida o’tkazilgan tadbirda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Sherzod Rahmonov va xalq deputati viloyat kengashi deputatlari, siyosiy partialar vakillari ishtirok etishdi.

“Yangi O‘zbekiston” gazetasining № 79 (868), 2023 yil 26 aprel, chorshanba sonida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuxrat Teshaevning “TA’LIM VA SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASIDA YANGI DAVR” nomli maqolasi nashr etildi.

BuxDTI talabalari tomonidan “Historical buildings of Bukhara” (“Buxoroning tarixiy binolari”) nomli sharhli videorolik tayyorlandi.

Bugun rektor Shuxrat Teshaev Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tgan xalqaro olimpiadada yuqori o‘rinni egallagan talabalar va ularning ustozini qabul qildi.

Joriy yilning 19-22 aprel kunlari Qozog‘iston Respublikasi Almati shaxridagi S.J.Asfandiyorov nomidagi tibbiyot universitetida “Bilim-fan va kommunikativ psixologiya” yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro olimpiadada Buxoro davlat tibbiyot institutining Davolash fakulteti 1 kurs talabalaridan Azizbek Sharipov faxrli 1-o‘rinni, Mironshox Latipov 2-o‘rinni hamda Kamila Nekova 3-o‘rinni egalladi.

Shu bilan birga jamoaviy ravishda instittut 1-faxrli o‘rinni egalladi.

Ta’kidlash joizki, mazkur olimpiada 3 bosqichda o‘tkazildi: 1- bosqichda har bir talaba tomonidan “Talabalik davrim”, “Yurtim bilan faxrlanaman”, “Milliy urf-odatlar” mavzularida videorolik tayyorlab, komissiya a’zolariga taqdimot qilindi. 2 turda esa pedagogika, rus tili, jahon tarix hamda kommunikativ psixologiyadan talabalar test sinovlaridan o‘tkazildi hamda yuqori ball olgan talabgorlar qatori bizning talabalarimizning ham kommunikativ psixologiyadan vaziyatli masalalarni og‘zaki suxbat orqali Bilim-ko‘nikma-malakalari sinovdan o‘tkazildi.

Olimpiadada 27 guruh o‘rtasida guruh raxbari o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili, pedagogika, psixologiya kafedrasi mudiri Gulnoz Qurbonova boshchiligidagi “Ibn Sino vorislari” jamoasi g‘olib deb topildi hamda universiteti rahbariyati tomonidan taqdirlandi.

Talabalarga rektor Sh.Teshayev omad va zafarlar tiladi.

Mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilish negizida tibbiyotga qaratilayotgan ulkan e’tibor samarasi o‘laroq bugun soha yanada rivojlanib, yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Xitoy davlatidan tashrif buyurgan oliy toifadagi vrachlarni qabul qildi.

Xorijiy mehmonlar bilan samimiy ruhda kechgan suhbatda bir qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi. Jumladan, chet ellik soha vakillari viloyatda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini amalga oshiradigan mexanizm yaratish, murakkab operatsiyalarni xorijga bormasdan shu yerning o‘zida o‘tkazish taklifini bildirishdi. Institut professor-o‘qituvchilarning Xitoyda malakasini oshirish, viloyatda muutaxassislar va talabalar ishtirokida mahorat darslari tashkil etish masalalariga kelishildi.

Mazkur uchrashuvda Buxoro viloyatida ham kelgusida yuqori texnologik travmatologik va kardiojarrohlik operatsiyalarni rivojlantirish maqsadida bir guruh mutaxassislarni institut mazkur klinikasida malaka oshirishga yuborish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuni takidlash joizki, uchrashuv bir qator kelishuvlar doirasida tibbiyot va tibbiy ta’lim xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish bo‘yicha alohida e’tibor qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.