O’quv-uslubiy ishlar

O’quv-uslubiy ishlar

     Kafedradagi amaliy mashg’ulotlar va o’quv jarayoni amaliy ko’nikmalar, o’quv materiallari va ko’rgazmali qurollar bilan boyitilgan. Kafedradagi talabalar amaliy mashg’ulotlarni Buxoro viloyati Yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi bazasida o’tishadi.

      Kafedrada o’qitiladigan fanlar

Ø Yuqumli kasalliklar;

Ø Bolalar yuqumli kasalliklari;

Ø Yuqumli kasalliklarda hamshiralik ishi;

Ø Harbiy epidemiologiya;

Ø Epidemiologiya;

Ø Parazitologiya;

       Kafedrada quyidagi yo’nalishlarning talabalari dars o’tishadi

5510100-Davolash ishi;
5510200-Pediatriya ishi;
5111000-Kasbiy  ta’lim;
5510400-Stomatologiya;
5510700-Oliy hamshiralik ishi;
5510900-Tibbiy biologiya ishi;

5510300-Tibbiy profilaktika ishi.

Kafedrada «Yuqumli kasalliklar magistratura mutaxasisligi, «Yuqumli kasalliklar» va «Bolalar yuqumli kasalliklar» ordinatura yo’nalishlari bo’yicha talabalar tahsil oladi. Ularga biriktirilgan professor- o’qituvchilarimiz dars o’tishadi. Magistratura rezidiyentlari va ordinatorlar o’qishdan tashqari, darsdan keyin yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida navbatchilikda turishadi.

Magistratura rezidiyentlari, ordinatorlar va bakalavriat talabalari Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar kasalxonasi bazasida joylashgan laboratoriyada turli xil laborator tekshirish usullarni o’rganishadi. 

Oliy taʼlimning Davlat taʼlim standartiga koʻra “Pedagogika” va “Sogʻliqni saqlash” taʼlim sohalarida oʻqitiladigan yuqumli kasalliklar va epidemiologiya fani inson faoliyatini oʻrganishga taaluqli boʻlgan yangi ilmiy bilimlar, uslub va usullar orqali  aholi sogʻligʻini saqlash, boshqa somatik kasalliklardan farqli oʻlaroq, mikroblar taʼsiri natijasida kelib chiqqan kasallik bemordan atrofdagi sogʻlom odamlarga ham tarqalishi mumkin boʻlgan yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish, yuqumli kasalliklarning etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi, tashhisoti, davosi, profilaktikasi va reabilitatsiyasini keng qamrovda oʻrgatadi hamda boʻlgʻusi umumiy amaliyot vrachlarida klinik fikrlash, kasallik va uning belgilarini asoslash uchun zamin yaratib beradi.

      Fanning maqsad va vazifalari

 Yuqumli kasalliklar boʻyicha asosiy nazariy bilimlarni oʻzlashtirish.

 Yuqumli kasalliklar boʻyicha asosiy amaliy koʻnikmalarni oʻzlashtirish.

 Talabalarini yuqumli kasalliklar fanidan oʻqitish uchun qoʻllanailadigan asosiy printsiplarni oʻzlashtirish.

Fan boʻyicha talabalarning malakasiga qoʻyiladigan talablar

 Eng koʻp tarkalgan yuqumli kasalliklarning etiologiyasi, epidemiologiyasi, patogenezi, patologik anatomiyasi, klinikasi va laborator diagnostika prinsiplari.

 Yuqumli kasalliklarni davolash va profilaktika asoslari (umumiy, shaxsiy, maxsus).

 Bemor shikoyatlari, epidemiologik va klinik anamnez yigish.

 Aʼzo va tizimlar boʻyicha bemorni klinik tekshirish.

 Dastlabki tashhis shakllanishi uchun tayanch simptomlarini ajratgan holda asosiy anamnez maʼlumotlarni aniqlash va bemorlarni klinik tekshirish.

 Bemorni laborator tekshirish natijalarini tahlil qilish.

 Klinik tashhisni shakllantirish.

Davolash taktikasini belgilash.

Аkademik mobillik

       Kafedrada professor-oʼqituvchilar oʼrtasida akademik mobillik yaxshi yoʼlga qoʼyilgan. Kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor A.R. Obloqulov bu yoʼnalish boʼyicha 2018 yilda Boshqirdiston tibbiyot universiteti, 2019 yilda Janubiy Qozogʼiston tibbiyot akademiyasi, 2019 yilda Al-Farobiy nomidagi Qozogʼiston milliy universiteti, 2021 yil M.Auezova nomidagi Janubiy Qozogʼiston universitetida maʼruzalar oʼqib, mahorat darslarini oʼtadi. Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent M.R.Mirzoeva 2019 yil Boshqirdiston tibbiyot universitetida reja boʼyicha akademik mobillikni amalga oshirib, maʼruzalar oʼqib, amaliy mashgʼulotlar oʼtqazdi.

Kafedra Turkiyaning sog’lik bilimlar universiteti, Rossiya Federastiyasi  Bashkiriya davlat tibbiyot universiteti  va Ryazan davlat tibbiyot universiteti, Qozog’iston Respublikasi Janubiy Qozog’iston tibbiyot akademiyasi bilan ilmiy, amaliy  va akademik aloqalar o’rnatilib faoliyat davom ettirilmoqda.  Turkiyaning sog’lik bilimlar universiteti professori Xurem Budur, Dog’iston tibbiyot instituti rektori, Qozog’iston Respublikasi Janubiy Qozog’iston tibbiyot akademiyasi  o’qituvchisi J.I.Isabekova va Bashkiriya davlat tibbiyot instituti professori G.M. Xasanova, Rossiya Federastiyasi  Ryazan davlat tibbiyot universiteti K.A.Ageeva tomonlaridan akademik almashinuv asosida seminar va mahorat darslari olib borilgan.

Chop etilgan o’quv uslubiy qo’llanmalar soni 200 dan ortiq bo’lib, kafedrada oxirgi yillarda 10 tadan ortiq o’quv qo’llanma darslik va qo’shma adabiyot Rossiya Federastiyasi bilan birgalikda prof. A.R Obloqulov va M.G. Avdeeva, L.P Blyajnyaya tomonlaridan “Инфекционные болезни” nomli qo’shma darslik chop ettirilgan. Shu bilan birga kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan “RF Boshkiriya” qo’shma grant tuzilib, ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan “COVID-19” bo’yicha milliy qo’llanma va o’quv qo’llanma tuzilishda ishtirok etgan.